Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
DTM katta janjal ichida qoladigan ko‘rinadi.

Insayderlarimning xabar berishicha faqatgina Toshkent davlat yuridik universitetining o‘ziga hujjat topshirgan 400 nafardan ziyod abituriyent eng yuqori 189 ball to‘plagan.

Bu nima degani?

O‘zi bu yil yuridik universitetga qabul kvotasi bo‘yicha har bir fakultetga 150 o‘rin berilgan. Endi bir fakultetga topshirgan abituriyentlarning 400 nafari bir xil eng yuqori ball 189 ball olgan.

Nega bunday bo‘ldi?

Bunday bo‘lishiga sabab abituriyentlar kuchli tayyorgarlik ko‘rishdi, rahmatli Hojiboy Tojiboy aytganidek yerni chuqurroq kovladik demoqchimisiz? Aslo unday emas, savollar chiqib ketdi, oldin aytganimdek har kunlik savollar yig‘ilib sotildi, ko‘chada yuridik universitetga kirish savollari bir fani 2000$, ikkita fan 4000$ dollarga sotildi va bu savollar imtihonda tushdi.

Mana endi 400 nafardan ortiq abituriyent bir xil ball olib o‘tiribdi, qani eni DTM nima qilar ekan? Ota-onalarga, abituriyentlarga qanday javob berar ekan?

Menimcha umumiy mandat savollarini e’lon qilinmay kelayotganining ham asosiy sababi shunda. Hech qanaqa imtiyoz yana boshqa ballarni qo‘shib e’lon qilish shart emas aslida. Koroche, mana senga o‘sha kayf.

©Facebookdan olindi

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
DTM katta janjal ichida qoladigan ko‘rinadi. Insayderlarimning xabar berishicha faqatgina Toshkent davlat yuridik universitetining o‘ziga hujjat topshirgan 400 nafardan ziyod abituriyent eng yuqori 189 ball to‘plagan. Bu nima degani? O‘zi bu yil yuridik…
#DTM_JAVOB_BERDI

Ballar oshganligiga sabab ko‘p

2020-2021-o‘quv yilida o‘tkazilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 240 614 (95,1%) nafar abituriyent ishtirok etdi. Ular orasida maksimal ball (189 ball) olganlar ham ko‘p kuzatildi. Buni ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda bir yoqlama talqin qilish holatlari kuzatilmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda holatga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Bo‘lib o‘tgan test sinovlari natijalarini tahlil qilish davomida maksimal ball olgan abituriyentlar soni avvalgi yillarga qaraganda ko‘payganligi aniqlandi. Buning bir necha sabablari bor. Ma’lumki, mamlakatimizda pandemiya sharoitida joriy etilgan karantin cheklovlari davrida boshqa sohalar kabi ta’limda ham, jumladan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va abituriyentlarning puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida murakkab vaziyatlar yuzaga keldi.

Holatlarni hisobga olgan holda va abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz rahbarligida, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan bir qator yig‘ilishlarda kirish imtihonlarini soddalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda muhim qarorlar qabul qilindi. Shulardan kelib chiqib, kirish imtihonlari jarayonida abituriyentlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratildi. Ularga to‘xtalib o‘tamiz:

👉 2019-yildan boshlab umumta’lim fanlaridan test savollari to‘plami nashr etildi va ushbu to‘plamda ishlatilgan savollar bazasining 20 foizidan ko‘prog‘i kirish test jarayonlarida foydalanildi.

👉 Telegram tarmog‘ida e-sinov tizimidan abituriyentlarga bepul foydalanish imkoniyati yaratildi (test sinovlariga qadar 1,4 mlndan ortiq abituriyent ushbu xizmatdan bepul foydalandi).

👉 Test topshiriqlari soddalashtirildi. Bunda avvallari qo‘llanilgan 4-daraja qiyinlikdagi (eng qiyin) savollar umuman olib tashlandi, bu yil ular ishlatilmadi, 3-darajali savollar soni kamaytirildi va 1-darajali savollar soni tegishli ravishda oshirildi (12 ta savol – 1 darajali, 12 ta savol – 2 darajali, 6 ta savol – 3 darajali). Shuningdek, barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha nazariy savollarning soni ko‘paytirildi, o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlariga oid, rasmli, xaritali va jadvalli test topshiriqlari soni oshirildi.

👉 Milliy va xalqaro sertifikatlarning tegishli darajasiga, pandemiya davrida ishlab chiqilgan IELTS Indicator sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun ham maksimal ball berish belgilandi.

👉 Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarning test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun “Onlayn repetitor” teledasturlari muntazam efirga uzatildi.

👉 Joriy yil uchun istisno tariqasida test sinovi topshiriladigan 5 ta fandan 2 ta mutaxassislik fani qoldirildi.

👉 Har bir to‘g‘ri deb topilgan javobga ball berish tizimi o‘zgartirilib, birinchi va ikkinchi fan uchun mos ravishda 3,2 hamda 3,1 balldan berildi, oldingi yillardagi kabi 1,1 ball berish qo‘llanilmadi.

👉 Test sinovlarini topshirish uchun ajratilgan vaqt me’yori oshirilib, amaldagi tartibda ko‘rsatilgan 2 soat o‘rniga 3 soat etib belgilandi.

Test sinovi qanchalik murakkab jarayon bo‘lmasin, qayd etilgan o‘zgarish va taqdim etilgan imkoniyatlar abituriyentlarning yuqori natijaga erishishiga asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

Tez orada mandat natijalari e'lon qilinishi kutilmoqda...

Xabarni abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandat.dtm.uz saytiga kirib ko'rdik. Hali natijalar e'lon qilinmagan. Lekin ism-familiya va sizning yo'nalishingizga qancha odam topshirganini bilish mumkin!!!

Batafsil bizni kuzatib boring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Juda ko'pchilik abituriyentlar
" Vpn nima?" "Qanday ishlatamiz?" degan savollar bilan murojaat qilyapti.


Demak, sabrsiz abituriyentlarimiz uchun qo'llanma😉

1. Vpn - sizni joylashgan joyingizni umuman boshqa davlat qilib qo'yadi.

2. Play Marketdan 👉 http://dl.apkgoogle.org/2019/4/X-VPN.ver.96.build.366.apk 👈 ushbu dasturni yuklab olasiz.

3. Bu pulli dastur, siz bepuliga kirishingiz kerak. Dasturga kirsangiz tushunib olasiz.

4. Afrika davlatini belgilab, vpnni faollashtirasiz👦🏿

5. Mandat.dtm.uz o'z-o'zidan ochilib ketadi😅

Kanalimizdagi abituriyentlar @TalabaUz kanalidan chiqib ketmaslikni va'da qilishgani uchun harakatdamiz😉


Birinchi bizda, keyin qolganlarda🙃👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
X-VPN.ver.96.build.366.apk
25.4 MB
Play marketdan yuklab olishga eringan abituriyentlarimiz uchun Vpn dasturi.

Agar shuniyam o'rnatolmasangiz, javobi chiqqancha kuting. Adminlarimiz sizni id raqamingiz orqali "Grant" ga kirganingizni e'lon qilishadi☺️😉

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#sŏragan_edingiz

Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar soni hamda qabul rejasi!

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Шухрат ака вы много дали" dermidi "Kichkina tabib" filmida😅

Exx alg'ov-dalg'ov zamonga qolib ketdik(

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana hozirgina yana DTM hodimi bilan telefonda gaplashildi.

Aytishlaricha...😁😁😁

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ayni vaqtda....😂😂😂😂

Mandatni qachon chiqarish haqida bosh qotirishyapti...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#mandat

😃 ALBATTA O'QING, MAZZA QILIB KULASIZ!

Abituriyentning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mandat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...😉😂

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

🤪🤪 Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

🤪 Alpomish mandatni ushlab hey menga qara deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Vada berib chiqmadingku, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam... 🤣🤣🤣

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...

Mandatga yuboramiz, ee uzr abituriyentlarga😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️MANDAT: Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona instituti mandati bilan tanishing:

✅ Rekord ball –
237.6 ball

5 nafar abituriyent 189 ball toʻplashgan.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
BOJXONA ISHI ( O'ZBEK ).pdf
9.3 MB
☑️BOJXONA INSTITUTI MANDATI

Yoʻnalish: Bojxona ishi

Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona instituti 2020-2021 oʻquv yili uchun test natijalari toʻliq formati bilan tanishing

Eslatib oʻtamiz,
mandat.dtm.uz sayti hamon ishlamayapti. Koʻpi bilan 18-sentyabrda chiqishiga vaʼda berishgan DTM rasmiylari ham bu borada tayinli maʼlumot taqdim etishmayapti.

VPN orqali saytga kirish mumkin, lekin ichida hechqanday ballar keltirilmagan.

♻️Barcha abituriyentlarga ulashing!

Kanalga ulanish
👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Davlat test markazi huzurida Ilmiy markaz tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining «Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori (562-son, 2020-yil 17-sentabr) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Davlat test markazi huzurida “Ilmiy-o‘quv amaliy markazi” davlat muassasasi (Ilmiy markaz) tashkil etiladi.

Markazni tashkil etishdan maqsad testologiya va pedagogik o‘lchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyoda testologiya bo‘yicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratishdir.

Quyidagilar Ilmiy markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

👉 test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasidagi ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etish;

👉 test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash bo‘yicha mutaxassislar – testologlarni tayyorlash, bu borada mahalliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

👉 shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli testologiya, pedagogik o‘lchovlar, chet tillari bo‘yicha tinglovchilarning malakasini oshirish, diagnostik test sinovlarini tashkil etish;

👉 testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi shaxslar uchun zarur shartsharoitlar yaratish, xorijiy tajribani o‘rganish asosida milliy tizimni yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

👉 xalqaro imtihon oluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Batafsil ⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Eʼlon

⚡️⚡️⚡️ Magistraturaga kirish test sinovlarida uzrli sabablarga ishtirok etmagan abituriyentlarga qayta imtihon o`tkaziladi

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi respublika OTMlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 2020 yil 22 sentabr kuni soat 10:00da onlayn test sinovlari o‘tkazilishini maʼlum qildi.

Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abituriyentlar 2020 yil 21 sentabr kuni soat 10:00dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.

Ushbu toifadagi abituriyentlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan 22 sentabr kuni soat 09:30ga qadar yetib kelishlari talab etiladi.

❗️ Belgilangan muddatdan kech kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
@talimxabarlari

Kanalga ulanish:
👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Abituriyentlar Mandatlashib oʻtirganda, biz talabalar Zoomlashaylik 😜.

Kanalga ulanish: 👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Ayni damga nisbatan she'r

Bizga MANDAT begonadir borgan sari,
Koʼnglimiz ham vayronadir borgan sari.
Oʻn beshida chiqar edi avvallari,
Endi oktyabrni kutamizov borgan sari.

Buzildimi DTMning apparati,
Ishonchimiz yoʻqolyapti borgan sari.
Da'vo bilan telefon qilsak masʼullarga,
Aytar soʻzi "ertaga"dur borgan sari.

Abituriyentlar ham kasal boʻlib sekin-sekin,
Sogʻligʻini yoʻqotadi borgan sari.
Har minutda internetga oʻn kiraman,
MB ham tugaydiyov borgan sari.

Qani edi bitgan boʼlsa oʼsha sayt,
Ishlamaydi VPNsiz borgan sari.
Soʼrayverib qon qilishdi qarindoshlar,
Javobini aytmaymanov borgan sari
.

Bizga MANDAT begonadir borgan sari...

♻️Barcha abituriyentlarga ulashing!

Kanalga ulaning
👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#obunachimizdan

"Talabalarga òqish boshlanishi haqida

Bir necha kunlar oldin tibbiyot oliygohlari talabalarining tibbiyot OTM larida òqish boshlash shart ekanligi haqida murajaati turli kanal va guruhlarda aylanyapti. Va bu talabalar tomonidan qòllab-quvvatlanmoqda. Uydan zerikib, har qanaqa holatda ham òqishga borishga tayyor talabalar ham bor.
Tòģri, òylab kòradigan holat. 6 mln òquvchisi uchun maktablar ochilganda, 20 ming atrofidagi talabalari bor tibbiyot otm lari ochilsa nima qilibdi, deyishingiz mumkin.
1. Lekin maktab òquvchilarining hammasi(99%) uydan qatnaydi va karantin qayta joriy qilinsa, uyda qoladi. Talabalarchi? Aksariyati uyidan qatnamaydi. Minglab talabalar TTJ (yotoqxona) da turadi va bu òchoqqa aylanishi mumkin.
2. Ishni tashkil qilish masalasi. Oilasida òqituvchi borlar maktabga tayyorlik qay darajada ketayotganligini kòrib turibdi.
3. Tòģri, tibiyyot talabalari bir xonada 30 kishi emas, 12 va hatto 8 kishi dars òtadi. Lekin, oraliq masofa masalasi ham bor. Ba'zi xonalarda 8 kishi 1 ta parta (yoki stol) atrofida yelkama-yelka òtirishadi.
4. Gigiyena talablarini yaxshi biladi va rioya qiladi deysizmi?
Bunga 100% erishishning iloji yòq. Hatto, vrachlar orasida ham.
5. Maktablarda bir sinfda koronavirusga chalingan òquvchi aniqlansa, òsha sinf yopiladi. Sinf òquvchilari esa uyida òtirishadi. Talabalarchi? Yotoqxonaga "qamaladi"mi? Yotoqxonadan chiqmaslikni tasvvur qilish qiyin. Lekin yotoqxonani ochmasdan òqishni boshlash ham mumkin.
Kvartirada ham 4 devor orasidan chiqmasdan òtirishning òzi bòlmaydi.
6. Kovidning asoratlari haqida tibbiyot talabalari boshqalardan kòproq ma'lumotga ega.

"Bosh omon bolsa, dòppi topiladi" deganlaridek, tibbiyot talabalari bor bòlsa, hali òqishga, shifokor bòlishga ulgurishadi.

Men faqat tanganing 2-tomonini yozishga harakat qildim. Tanganing har ikki tomonini òrganib ish tutish esa, mas'ullarga boģliq. Òylaymanki, bu haqida mukammal òrganiladi va qaror qabul qilinadi.

E'tiboringiz uchun rahmat
"

P.s: Siz bunga nima deysiz? Fikrlaringizni kommentariyada qoldirishingiz mumkin

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Baxt - hayotga qanday oynadan qarashni tanlaganimizga bog'liq.

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👉 @TalabaUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim #Tezkor
❓Oliy taʼlim muassasalarida aʼnaviy taʼlim qachondan ochiladi?

“Bugungi kunda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan shu masala boʻyicha ishlamoqda. Yangilik boʻlsa tezkorlik bilan eʼlon qilamiz. Nafaqat talabalar, balki oʻqituvchilar ham anʼanaviy taʼlimni sogʻingan.

Bundan tashqari, tumanlarda internetga kirish imkoniyati yoʻq talabalar uchun markazlar tashkil etilyapti va talabalarning onlayn taʼlim olishi uchun imkoniyat yaratilyapti”
, — Abduvali Xoliqov, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg