Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​Talabalar murojaati: oliy taʼlim muassasalarida Prezident farmoni ijrosi taʼminlanmayapti

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoniga asosan, 2020/2021-oʻquv yilidan boshlab, talabalar toʻlov-kontrakt pulini toʻrtga bo‘lib to‘lashi mumkin.

Bu haqida biz koʻp marotaba maʼlum qilgan edik. Biroq birorta oliy taʼlim muassasasi toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlashning imkoni mavjudligini tan olmayapti va faqatgina ikkiga boʻlib toʻlash mumkinligini aytmoqda.

Oʻrganishlarimiz natijasida oliy taʼlim muassasalari bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan rasmiy xat olmaganini, vazirlikning bu haqidagi rasmiy xati boʻlmasdan turib, hech qanday yangilik qila olmasligini aytmoqda.

Ayni shu masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan ham bogʻlandik. Adliya vazirligidagilarning ham taʼkidlashicha, bu gʻirt byurokratiya va Prezident farmoni ijrosini taʼminlash uchun vazirlikning hech qanday rasmiy xati boʻlishi shart emas, oʻz nomi bilan u Prezident farmoni va ijrosi taʼminlanishi shart!

Endi savol tugʻilmoqda: Prezident farmoni ijrosini taʼminlamagan, farmonga bepisand boʻlgan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda vazirlikning rasmiy xatisiz nafas ham olmay turadigan oliy taʼlim muassasalari talabaning fikrini, uning murojaatini qanday eshitsin? Qanday amalga oshirsin? Bular Prezident farmoni ijrosini taʼminlamayapti-ku, oddiy talabaning talabini qanday bajaradi?

Ochigʻi vazirlikni ham, oliy taʼlim muassasalarini ham gapirib odam charchadi. Toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlash boʻyicha Prezident farmoni talabalarga, ularning ota-onalariga yengillik va qulaylik yaratadi. Nega endi buning ijrosi taʼminlanmasligi kerak?

Soʻnggi soʻz oʻrnida bir gap aytmoqchimiz. Hurmatli Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagilar hamda oliy taʼlim muassasalari! Siz Prezident farmoniga shunchalik bepisandmisiz?

❗️Toʻlov-kontraktni toʻrtga boʻlib toʻlashning huquqiy asosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni: 👉🏻 https://www.lex.uz/docs/4751561

‼️ P.S.: Bu holat boʻyicha bizda yetarlicha dalillar, audioyozuvlar mavjud va gap Prezident farmoni haqida ketayotgan ekan, barcha dalillarni kerakli joylarga, albatta, taqdim etamiz!

Ⓜ️ masofatalim

Mutasaddilarga yetkazamiz😒👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

Yaqin kunlarda Oliy ta'lim muassasalari an'anaviy darslarga qaytadi!

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorlikda pandemiya sharoitida an'anaviy darslarni tashki qilish to'g'risida vaqtinchalik tavsiyalari tasdiqlangan qaror bizning qo'limizga kelib tushdi.

Ushbu qarorda OTMlarni va Talabalar turar joylarini har kuni dezinfektsiya qilish. Darslarni 08:00dan 17:30 oralig'ida tashkil qilish to'g'risida yozilgan.

Va shuni unutmangki, qarorning 40-bobida uzoq hududda yashayotgan talabalar o'z hohishiga ko'ra masofaviy ta'lim olishlari mumkinligi aytib o'tilgan.

Qaysi sanadan an'anaviy darslar boshlanishi haqida aniq ma'lumot yo'q!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​O‘qishni ko‘chirish imtihonidan qolib ketganlarga 14-15 oktyabr kunlari qayta onlayn test sinovlari o‘tkaziladi

2020/2021 o‘quv yiliga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Onlayn test sinovlari o‘tkaziladigan manzil va aniq vaqti onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “ruxsatnoma”da qayd etiladi.

Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “ruxsatnoma”larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.

✅ Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o‘z vaqtida fuqarolik pasporti (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “ruxsatnoma” bilan kelishlari talab etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
DIQQAT!!!

Kuni kecha kanalimizda o'qishlar tez kunlarda an'anaviy boshlanishi to'g'risida ma'lumot joylagan edik.

Ishonchli manbalarning aytishicha, yuqoridagi qaror faqat 2020-2021 o'quv yilida o'qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun ekan. Ya'ni, an'anaviy darslar faqat 1-kurslarga yo'lga qo'yilar ekan.

Undan yuqori kurslar uchun an'anaviy darslar qachon boshlanishi to'g'risida ma'lumot yo'q!

Demak, hurmatli yuqori kurs talabalari, yurakni keng qilib masofaviy ta'lim olishni davom ettiramiz)!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Koʻcha futboli haqida ikki ogʻiz soʻz 😄.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Super-kontrakt narxlari (kunduzgi) @xushnudbek.pdf
236.7 KB
⭕️☑️Super-kontraktning belgilangan minimal miqdorlari oshirilmaydi

📌 Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko‘ra, tasdiqlangan super-kontrakt narxlarini OTMlar oshirmasligi belgilab qo‘yildi. O‘tgan yildan buyon OTMlar super-kontrakt narxlarini o‘zi mustaqil belgilay olar edi, Davlat qabul komissiyasi esa minimal narxlarni belgilardi xolos.

📍 Joriy yilda pandemiya sharoitini inobatga olib, belgilangan minimal narxlar oshirilmaydigan bo‘ldi. Bu ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yordam bo‘ladi.

🔖 Izoh: lekin bu qoida o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlaydigan 10 ta OTM uchun istisno qilinadi.

👆🏻 Yuqoridagi faylda kunduzgi ta’lim uchun super-kontrakt narxlari keltirilgan.

🔘Doʻstlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Magistraturaga imtihon topshirgan, biroq o‘qishga kirolmaganlar diqqatiga

Bugun, 12-oktyabrdan boshlab magistraturaga test sinovlarida ishtirok etgan, biroq imtihon natijalariga ko‘ra o‘qishga kira olmagan talabgorlar o‘zi hujjat topshirgan oliygohiga kelib qo‘shimcha o‘rinlarga ariza topshirishlari mumkin.

Bunda talabgor test sinovlarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha to‘planishi lozim bo‘lgan maksimal ballning 55%ini yig‘gan bo‘lishi lozim.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekiston turizm politsiyasining sinovdan o‘tkazilayotgan yangi formasi.

O‘zbekistonda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlari (turizm politsiyasi)ning yangi forma kiyim-boshlari bo‘yicha namunalar loyihasi ishlab chiqildi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Statistika

Qo‘shni davlatlarda necha nafar O‘zbekistonlik talabalar tahsil olishmoqda?

Xabaringiz bor, bahorda qo‘shni davlatlarda o‘qiyotgan talabalarning hujjatlarini O‘zbekistonga ko‘chirilishiga ruxsat berilgan edi.

O‘shanda Tashqi ishlar vazirligi bergan dastlabki ma’lumot bo‘yicha, bizda yigirma sakkiz yarim mingga yaqin talaba qo‘shni davlatlarda o‘qiydi degan ma’lumot bor edi.

Uchta qo‘shni davlat – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan hujjatlar qabul qilinishi boshlangandan keyin ma’lum bo‘ldiki, 55 mingdan ortiq hujjat келиб тушган.

Bu raqamlar faqatgina qo‘shni davlatlardagi yurtdoshlarimizning soni edi holos. Butun dunyo bo‘yicha tahsil olayotgan o‘zbek talabalari soni aqlni shoshirishiga shubha yo‘q!

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​⚡️⚡️⚡️ 2020/2021 oʻquv yiliga xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish uchun roʻyxatdan oʻtgan ammo ayrim sabablarga koʻra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar DIQQATIGA !

⚠️2020/2021 oʻquv yiliga xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari oʻtkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020 yil 14-15 oktyabr kunlari onlayn test sinovlari oʻtkaziladi.

✅ Onlayn test sinovlari oʻtkaziladigan MANZIL VA ANIQ VAQTI onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “ruxsatnoma”da qayd etiladi.

✅ Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari oʻtkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “ruxsatnoma”larni joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.

❗️Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga oʻz vaqtida fuqarolik PASPORTI (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “RUXSATNOMA” bilan kelishlari talab etiladi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⭕️☑️Talabalar kontraktini toʻlaganda daromad soligʻidan ozod boʻladimi ❓

Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqida tushuncha berib o'tdi

Hozir talabalarning kontrakt toʻlash jarayonlari boshlangan. Ushbu jarayonlar mobaynida koʻpchilik soliq imtiyozi haqida savol bermoqda.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yoʻnaltiriladigan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun oʻtkazilgan ish haqlaridan daromad soligʻi ushlanmaydi:

1) fuqaro oʻzining kontraktiga oʻtkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga toʻlmagan farzandining kontraktiga oʻtkazsa;
3) er yoki xotin turmush oʻrtogʻining kontraktiga oʻtkazsa.

Bu nima degani?

Masalan, ota oʻz farzandining kontrakti uchun ish haqining bir qismini, aytaylik 1 mln soʻmini toʻgʻridan-toʻgʻri institut hisobiga oʻtkazadi deylik. Buning uchun institutdan shartnoma (hisob-raqam) olib, tashkilot buxgalteriyasiga ariza berib qoʻyish kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln soʻm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uchun oʻtkazgan 1 mln soʻmdan 12%lik daromad soligʻi ushlanmaydi, faqat qolgan 2 mln soʻmdan soliq olinadi.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki boshqa shaxslarning kontrakti uchun ish haqidan toʻlov oʻtkazilsa hech qanday imtiyoz qoʻllanmaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ta'lim inspeksiyasi qaysi OTMlarda masofaviy ta'lim yaxshi yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O‘zbekiston OTMlaridagi masofaviy ta'lim sifatini o‘rgandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Inspeksiya matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulovning aytishicha, o‘quv yili boshlangan kunlardanoq OTMlardagi onlayn ta'lim sifati tekshirib borilmoqda.

«Professor-o‘qituvchilar va talabalarning elektron platformadan foydalanish ko‘nikmasi yo‘qligi, mazkur platformalar o‘quv-uslubiy tomondan to‘liq boyitilmagani, texnika, sharoit yetishmasligi va internet sifati kabi muammolar sabab talabalar davomati kabi kamchiliklar kuzatildi», – dedi inspeksiya rasmiysi 13 oktabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.

Qayd etilishicha, masofaviy ta'limda yaratilgan elektron resurslar sifati tahlili natijalariga ko‘ra:

❇️ 38ta OTMda talabalarga maslahat berish xizmatlari va koll-sentrlar faoliyati yo‘lga qo'yilmagan;

❇️ 26ta OTMda talabalar tomonidan mashg‘ulot sifatiga baho berish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan;

❇️ 19ta OTMda masofaviy o‘qitish platformasidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma va yo‘riqnomalar yo‘q.

Qayd etilishicha, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha OTMlarga qat'iy ogohlantirish berilib, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning «Yo‘l xaritalari» tasdiqlangan. Kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotgani aytildi.

Shavkat Xo‘jaqulov masofaviy ta'lim nisbatan samarali yo‘lga quyilgan OTMlarni ham sanab o‘tdi:

〽️ Xalqaro islom akademiyasi
〽️ Toshkent moliya instituti
〽️ Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
〽️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
〽️ Toshkent shahridagi Inxa universiteti
〽️ Turin politexnika universiteti
〽️ Samarqand davlat universiteti
〽️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
〽️ Buxoro davlat tibbiyot instituti

Ma'lum qilinishicha, boshqa OTMlarga yuqoridagi oliygohlar tajribasini o‘rganish tavsiya qilingan.

«Biroq ta'kidlash joizki, hali masofaviy ta'limni sifatli tashkil etish bo‘yicha OTMlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar mavjud. Xususan, ko‘pgina mutaxassislik bo‘yicha bevosita amaliy mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutishini inobatga olib, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib bosqichma-bosqich an'anaviy ta'limga o‘tilishi bilan mazkur kamchiliklar ham bartaraf etiladi», – dedi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Буюк инсон бўлиш учун президент бўлишингиз шарт эмас!

Бугун 3-курсларга ''Иқтисодий дипломатия'' дарсини ўтаётгандик.
Ўқувчиларимиздан бири Ямайка давлати ҳақида маълумот тайёрлаган экан.
Шу жойида савол бердим:
-Ямайканинг Президентини танийсизми?
-Йўқ.
-Бош вазириничи?
-Йўқ.
-Ташқи ишлар вазириничи?
-Йўқ.
-Усейн Болтничи?
-Ҳа, уни танимай бўладими?)

Кейин асосий саволга ўтдим:
-Нега президентни танимайсиз-у, оддий бир югурувчи-спринтерни танийсиз?
Талабалар ўйланиб қолишди...
Ростдан ҳам нега шундай?!

Ушбу ҳолатга ўзим изоҳ беришга ҳаракат қилдим:

-Дипломатиядаги ҳар бир талаба ҳеч бўлмаса бир марта бўлса ҳам келажакда Президент бўлишини тасаввур қилиб, ўз олдига катта мақсад қўйган.
Кўпчилик президент ёки вазир бўлсам жамиятга максимал фойдам тегади ва барча муаммолар ҳал бўлади деб ўйлайди.

Усейн Болтга қаранг - оддий спортчи, лекин Ямайкани бутун дунёга танитди. Бурак ёки Нусретга қаранг, улар оддий ошпаз.
Ҳаётда ҳамма ҳам президент бўлавермайди.
Бўлиши ҳам шарт эмас.

Кимдир оддий печкачи, кимдир мебелчи, кимдир имом ёки яна кимдир кучли дастурчи бўлиши мумкин.
Ким бўлсангиз ҳам энг зўри бўлинг!

AЛЛОҲ ТА'ОЛО ҳар бирингизга жудаям ноёб қобилиятлар берган.
Шу қобилиятларни тўғри йўналтира олсангиз, замонамизнинг энг буюк инсонларидан бири бўласиз ин шаа AЛЛОҲ.

© Muhammadali Eshonqulov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o'qituvchisi, kanalimiz admini😊
@Muhammadali_Eshonqulov

Yaqinlaringizga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Умумтаълим фанлари бўйича миллий тест тизими жорий қилинди

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарорига (№646, 12.10.2020й) биноан, 2020 йил 1 декабрдан бошлаб босқичма-босқич бакалавриат таълим йўналишларига мос фанлар мажмуасидаги умумтаълим фанларидан билиш даражасини баҳолашнинг миллий тест тизими жорий этилади.

👉 Қарорга кўра, 2021/2022 ўқув йили қабулидан бошлаб тегишли умумтаълим фанини (чет тили бундан мустасно) билиш даражаси тўғрисида давлат намунасидаги сертификатга эга бўлган абитуриентга сертификатдаги ўзлаштириш фоизига мос равишда олий таълим муассасаси бакалавриатига ўқишга қабул қилиш бўйича тест синовларида ушбу фандан белгиланган максимал баллга нисбатан табақалаштирилган (пропорционал) балл бериш тартиби жорий этилади;

👉 Умумтаълим фанлари бўйича сертификатлаш қуйидаги муддатларда жорий этилади:

- 2020 йил 1 декабрда она тили ва адабиёт (ўзбек тили ва адабиёти, рус тили ва адабиёти, қорақалпоқ тили ва адабиёти) ҳамда математика фанлари бўйича;
- 2021 йил 1 февралда кимё ва биология фанлари бўйича;
- 2022-2024 йилларда физика, география ва тарих фанлари бўйича.

👉 Сертификат бериш учун тузиладиган тест саволлари Халқ таълими вазирлиги ва Таълим сифатини назорат қилиш инспекцияси томонидан ишлаб чиқилади.

👉 Сертификат бериш учун талабгордан ариза берилган кундаги базавий ҳисоблаш миқдорининг 1,5 баравари миқдорида тўлов ундирилади.

👉 Сертификат тест синови натижаси бўйича энг юқори баллнинг камида 60 фоизини тўплаган шахсларга 3 йил муддатга берилади.

👉 Талабгор тест синовида қатнашиш учун Давлат тест марказининг расмий веб-сайтида рўйхатдан ўтади ва шахсий кабинети орқали керакли ҳужжатларни юклайди.

👉 Тест синови бланкаларда ёки компьютер (онлайн платформа)да ўтказилиши мумкин.

👉 Сертификат тест синовидан ижобий натижага эришган талабгорга тест синови натижалари эълон қилинган кундан бошлаб бир ҳафта мобайнида Давлат тест маркази директорининг буйруғи асосида электрон шаклда берилади. Талабгор сертификатни шахсий кабинети орқали юклаб олиши мумкин.

Талабаларга улашинг
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining bayonotiga ko'ra bugun soat 12:00 dan boshlab Perevod javoblari chiqa boshlaydi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Мендан кейин қоплаб олишади...

3-курс Иқтисодий дипломатия
Давоми...


Эҳтимол ҳозир ораларингизда бўлажак президентлар ёки вазирлар ўтиришгандир.
Aгар AЛЛОҲ насиб қилиб, бирор каттароқ мансабни эгалласангиз ҳозир айтадиган ҳикоямни бутун умр ёдингизда тутинг ва амал қилинг:

Тарихда бир буюк подшо ўтган.
Ўзининг адолати ва ҳалоллиги билан машхур бўлган.
Исмини ўзингиз топасиз.

Бир куни подшо лашкари билан сафарга чиқиб, дам олиш учун бир қишлоқнинг бўйида тўхташибди.
Шунда лашкар учун овқат тайёрлашаётганларида бир коса туз етмай қолади.
Подшо бир аскарни чақирадида, қўлига пул бериб, қишлоқдан бир коса туз сотиб олиб келишини буюради.

Aскар эса табассум қилиб шундай дейди:
-Подшоҳим бу ерлар ўзимизга қарашли қишлоқлардан бири. Бир косагина тузни шундай сўрасак ҳам беришади. Бўлиб ҳам Сиздек Инсонга беришмасинми?! Пул беришингиз шарт эмас...

Шунда ҳукмдорнинг қошлари чимирилди. Жаҳли чиққани сезилди ва аскарга тарих ҳечам унутмайдиган ҳамда барча келажак бошлиқларга тааллуқли жавобни берди:
-Aгар мен бир косагина тузни текинга оладиган бўлсам, мендан кейин мана булар (аскарларни кўрсатиб) қоплаб олишади...

Унинг шундай адолати, бировнинг ҳаққидан қўрқиши ва халқни ўзи учун хизматкор деб эмас, ўзини халқнинг хизматкори деб билиши туфайли давлати кенгайгандан кенгайганди.
Ўзи тарихнинг энг одил подшоларидан, ҳукмронлик даври эса энг фаровон замоналардан бири бўлиб қолди.

Ҳурматли талабалар!
Бошлиқ бўлиш имконият эмас, масъулият.
Сиз ҳаммадан аввал келиб, кейин кетишингиз, ҳар бир ходимнинг, халқнинг ҳар бир вакилининг ҳаққини тўла адо қилишингиз шарт.
Халқнинг заррача бўлса ҳам ҳаққини еб қўйишдан сақланинг.
Чунки бунинг жавобини бериш жудаям оғир бўлади.

@Muhammadali_Eshonqulov
⚡️ Turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishi koʻchirilishi (qayta tiklash) ruxsat etilgan talabalar roʻyxati oliy taʼlim muassasalarining veb-saytlarida eʼlon qilinishi boshlandi.

✅ Universitetlar:

1.
Guliston davlat universiteti
2. Qoraqalpoq davlat universiteti
3. Qarshi davlat universiteti
4. Samarqand davlat universiteti
5. Toshkent davlat texnika universiteti
6. Buxoro davlat universiteti
7. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
8. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
9. Toshkent davlat pedagogika universiteti
10. Toshkent davlat transport universiteti
11. Urganch davlat universiteti
12. Fargʻona davlat universiteti
13. Andijon davlat universiteti
14. Termiz davlat universiteti
15. O'zbekiston Milliy universiteti


✅ Institutlar:

1. Nukus davlat pedagogika instituti
2. Samarqand davlat chet tillar instituti
3. Namangan muhandislik-qurilish instituti
4. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
5. Jizzax politexnika instituti
6. Navoiy davlat pedagogika instituti
7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
8. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
9. Jizzax davlat pedagogika instituti
10. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
11. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
12. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
13. Andijon mashinasozlik instituti
14
. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
15. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
16. Namangan muhandislik-texnologiya instituti
17. Fargʻona politexnika instituti
18. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
19. Toshkent arxitektura-qurilish instituti
20. Toshkent moliya instituti

✅ Filiallar:

1. TATU Fargʻona filiali
2. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali
3. TATU Urganch filiali
4. TATU Samarqand filiali
5. TATU Nukus filiali
6. TATU Qarshi filiali

Roʻyxat yangilanmoqda...

Batafsil bizda👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan talabalar OTMga qanday hujjatlarni taqdim etishi kerak?

Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan talabalar OTM magistratura bo‘limiga quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari lozim:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi 2 ta (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; IELTS, CEFR (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka 1ta ipli va 1 ta skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).
9. Obektivka (ma’lumotnoma)
10. STIR (INN)
11. 086 tibbiy ma’lumotnoma

✅ Shuningdek, magistraturaga tavsiya etilmagan, lekin kontrakt asosida o‘qishni istaganlar magistratura bo‘limiga ariza yozib ketishlari mumkin.

⚠️ Izoh: Arizani faqatgina mutaxassislik fanidan 55 va undan yuqori balldan to‘plaganlar yozishi mumkin. Afsuski, 55 balldan kam ball egalari kvotalar bo‘sh qolib ketgan bo‘lsa ham o‘qishga qabul qilinmaydilar.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5000words @TUIT_ONLINE.pdf
24.2 MB
​​Mana sizlarga o‘sha mashxur innovatsion kitob!

Afzalliklar:

- Xotira mashqlari;
- 1 soatda 150-320ta so'z yodlash texnikasi;
- 15 daqiqada 80.000ta passiv lug'at strukturasi;
- Barcha noto'g'ri fe'llarni 2 soat ichida yodlab olish texnikasi.

Yangi innovatsion lug'at haqida

Bu lug'at jahon bo'yicha yagona innovasion lug'at
hisoblanadi. Ushbu lug'at o'z turlari ichida juda ham noyob hisobranib,
sizni lug'at masalasidagi barcha muammolaringizni hal etib beradi. Ingliz
tilini o'rganuvchi inson ko'p vaqtini yangi so'zlarni yodlashga sarflaydi.
Ayni shu 90%lik muammoingiz endilikda ushbu lug'at orqali butunlay

hal bo'ladi, sababi endilikda siz atiga 1 oy ichida 5000ta so'z yodlab olish
imkoniyatiga egasiz.


P.S: Ushbu kitobni sotayotganlardan uzr so'rab qolamiz. Marhamat, tekin yuklab oling!

Hajmi: 24MB

👉 Kanalimizga obuna bo'ling
va bundanda foydali ma'lumotlarga ega bo'ling!


KANALGA ULANISH👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg