Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​2-noyabrdan o'qishga borishga tayyorgarlik ko'raveringlar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra so'rovnomada 70%dan ko'proq qatnashchilar an'anaviy ta'limni 2-noyabrdan boshlashni tanlagan.

Yakuniy natijalarni kutamiz

So‘rovnomaga o‘tish uchun quyidagi havolini bosing:
https://forms.gle/r14o45g6CFS3K3ah8

🔘Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalq nima deydi? Oliy ta’lim muassasalarida ananaviy ta’lim boshlangani yaxshimi yoki masofaviy?

"Zamon" ko‘rsatuvi muxbirlari bu borada xalqdan fikr so‘rashibdi. O‘zining ko‘ring!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bugun kollej va texnikumlarga hujjat topshirishning oxirgi kuni.

Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish onlayn tarzda kollejlarga www.kollej.edu.uz va texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali amalga oshirildi.

Kollej va texnikumlarga elektron platforma orqali qo'yidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- Elektron ariza;
- Pasport (elektron) nusxasi
- Umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom (elektron) nusxasi;
- 3x4 fotosurat.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 DTM Harbiy imtiyoz to‘g‘risidagi maqolalarga munosabat bildirdi

Joriy yilda Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlari jarayonlariga oid holatlar ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, internet nashrlarida keng muhokama qilindi. Bu davrda ularning xizmatlari, hamkorligi, shubhasiz, Davlat test markazi uchun katta bo‘ldi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va internet nashrlarida harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar huquqlari hamda harbiy imtiyozni tasdiqlash mavzularini muhokama qilish davom etmoqda.

Bu borada jamoatchilikka quyidagilarni ma’lum qilamiz:

👉 joriy yilda onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi (harbiy imtiyoz) to‘g‘risidagi ma’lumotlar abitur.dtm.uz tizimiga abituriyentlar tomonidan kiritilgan;

👉 ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng, ularning ma’lumotlari mas’ul vakolatli organlarga yuborilib, ular tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan;

👉 bugungi kunda dastlab imtiyozi tasdiqlanmagan abituriyentlarning ma’lumotlarini mas’ul vakolatli organlar tomonidan qayta tekshirish va tasdiqlash ishlari yakunlangan;

👉 Davlat test markazi tomonidan harbiy tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari asosida tanlov natijalari Davlat komissiyasiga taqdim etilgan;

👉 Davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilingandan so‘ng, bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi hamda abituriyentlar shaxsiy kabinetlari orqali natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazi barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik qilish va haqiqatga asoslangan ma’lumotlarning e’lon qilinishidan manfaatdor ekanligini eslatib o‘tadi.

© Davlat test markazi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Hurmatli so'rovnoma "ishtirokchilari"!
Iltimos uzoqni o'ylab ish tuting.

Koronovirusga hali vaksina topilgani YO'Q!

Siz bergan birgina ovoz kimnidir hayotini katta xavfga qo'yishi mumkin.

Ayniqsa shoshib,hovliqib,dovdirab...yettinchi osmonlarda uchib yurgan I kurs talabalari!
Hali 4 yil o'qiysiz. Bemalol hammasiga ulgurasiz. Kerak bo'lsa 4 haftada,ba'zan 4 kunda shu institutga borishdan bezor bo'ladiganlar bor.

Bugun bittasi gruppaga so'rovnomani linkini yuborib, "iltimos hamma offline o'qishni tanlasin,o'qish tezroq boshlanishi uchun birga harakat qilaylik" deb message yubordi.

Okey, 60% odam offline (o'quv binosiga borib) ta'lim olishni tanladi deylik. But, nega endi qolgan 40% ham borishga majbur bo'lishi kerak?! Ne-ga?! Ular online ni tanlagandi-ku! Hayoti uchun o'zlari (ota-onasi) qaror qabul qilib bo'ldi-ku!

Offline o'qishni tanlamang degan fikrdan yiroqmiz.
Shunchaki,yana bir bor har tomonlama o'ylab ko'ring:

Rostan ham offline o'qishga ehtiyojingiz bormi?! Shuni xohlaysizmi?

Yo shunchaki yangi kiyim bilan telefoningizni ko'z-ko'z qilib,darsdan keyin qaysidir cafeda yangi kursdoshlaringiz bilan tushgan rasmlarni Instagram,Telegramga qo'yishnimi?


Think about it.

#maximal #repost #qilamiz

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Masofaviy ta'lim kanalining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi manbalari xabar qilishicha:

- Noyabr oyidan boshlab (aniq sanasi tez orada maʼlum qilinadi), birinchi kurs talabalar toʻliq anʼanaviy shaklda taʼlim ola boshlaydi.

- Noyabr oyidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-kurs va undan yuqori talabalari uchun va magistratura bosqichi talabalari uchun fanlarning nazariy qismlari (maʼruza mashgʻulotlari)ni masofaviy taʼlim platformasi orqali, amaliyot, labaratoriya va seminar darslarini anʼanaviy taʼlim shaklida olib borish rejalashtirilmoqda.

- Endilikda pandemiya sababli oliy taʼlim muassasalarida bir para dars vaqti 80 daqiqa emas, 60 daqiqaga tenglashtirilishi kutilmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

Dekan ayol talabalarni an'anaviy o'qishga qarshi chiqishga da'vat qildi.

P.s: Yuqoridagilar har tomonlama o'ylab, to'g'ri qaror qabul qilishadi deb o'ylaymiz...

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ona tilim o‘lmaydi!

Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yuqolur butkul,
Bir til qolur dunyoda.

“Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!”
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.

Kim darg‘azab, kim xayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.

“Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi.”
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi!”

“Xey, bu qanday aqida?”
Qo‘lida tabarruk jom.
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.

Extirosli, otashdil
Baranje so‘rdi nolon:
- Nahotki farangi til,
Yo‘qolgisi bir zamon”

Neruka, Lorka turdi,
Servantesning yoniga:
- Kim qasd etib tig‘ urdi,
Ona tilim joniga.

Fuzuliy yondi: - Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi!”

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san’at tillar.
Asrlarcha jang qildik,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa nahot,
Tillardagi tarovat.
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

“Faust” yondi gurullab,
“Xamsa” o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab,
Taraldi, qirlar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar: Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

✍ Erkin Vohidov

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!

Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

1989 yil 21 oktyabrda, g‘oyat murakkab ijtimoiy-siyosiy sharoitda yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi milliy mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lganini barchamiz yaxshi eslaymiz.

Jamoatchiligimiz, xalqimizning xohish-istaklarini inobatga olib, o‘tgan yili ushbu tarixiy sanani O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilganimizdan hammangiz xabardorsiz. Bugun mamlakatimizda birinchi marta keng nishonlanayotgan ana shu bayram ma’naviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin oladi, deb ishonaman.

Toʻliq oʻqish.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​Oʻzbekiston Respublikadagi nodavlat oliy taʼlim muassasalari soni nechta?

Respublikada amaldagi qonunchilik boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tashkil etilgan nodavlat oliy taʼlim muassasalari roʻyxati:

1. Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti;
2.Akfa universiteti;
3.Qoʻqon universiteti;
4.Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti;
5. “Tashkent International University” xalqaro universiteti;
6. TEAM universiteti;
7. Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti;
8. “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti.

Eslatma: mazkur roʻyxatda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining respublikamizdagi oʻrnatilgan tartibda tashkil etilgan filiallari keltirilmagan.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Olingan maʼlumotlarga koʻra, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi anʼanaviy taʼlimga qaytish borasida ota-onalar va talabalarning fikrini oʻrganish uchun oʻtkazgan soʻrovnomada 2-noyabrdan anʼanaviy taʼlimga qaytish varianti koʻproq ovoz toʻplagan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shaxsiy fikr: Agar 2-noyabrdan an'anaviy darslar boshlanadigan bo'lsa, yuragini hovuchlab o'tirgan ota-onalar farzandlarini shahar yo viloyatlarga o'qishga yuborarmikan? Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buni inobatga olgan deb o'ylaymiz... Taklifim: kim online ta'limni hohlasa online, an'anaviy ta'limni hohlasa an'anaviy o'qishi kerak...

Aks holda ko'plab e'tirozlarga olib kelishi hech gap emas)

Talaba.uz official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Talabalikda vaqtni boshqarish - Hikmat Abdurahmonov | Abdullo Nasullayev
Ⓜ️ Modul 5

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani

✅ Bugun, 22-oktabr kuni soat 11:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Milliy test tizimi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati

Ishtirokchilar:

🎙 Davlat test markazi;
🎙 Xalq ta’limi vazirligi;
🎙 Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.


OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @aokapressa ga jo‘natishingiz mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari orqali onlayn yoritiladi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Firibganlardan ogoh bo‘ling!

Qirg‘izistondagi O‘sh davlat universitetiga 1350$ evaziga o‘qishga kiritib qo‘yaman degan noqonuniy faoliyat olib borayotgan firibgar qo‘lga tushdi

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Sertifikat uchun testlar faqat variantning o‘zidan iborat bo‘lmaydi — DTM

Milliy sertifikat uchun savollar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonidan qanday farq qilishi haqidagi savolga Davlat test markazi xodimi Guljahon Madrahimova izoh berdi.

❗️Sertifikat uchun talabgor faqat A, B, C, D variantli topshiriq ishlamaydi. Uning og‘zaki bilimi, yozish ko‘nikmasi ham tekshiriladi.

📝 «Har bir fan xususiyatlari hisobga olinib, savollar tuziladi. Hozircha sertifikat uchun imtihonlar qog‘oz ko‘rinishida, keyinchalik esa onlayn shaklda ham o‘tkaziladi», — dedi DTM vakili.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Qorako‘ldagi maktabning siri nimada?

Qorako‘l xalqaro matematika maktabining o‘qituvchilari bilimlimi yoki o‘quvchilari? Maktab direktori Temir Ro‘ziyevning jurnalist Zuhra Abduhalimovaga bergan intervyusida aytishicha, maktabning asosiy yutug‘i o‘quvchilarni qabul qilishda adolatli tizim joriy etilganida ekan. U hech qanday tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymasdan, faqat bilimli o‘quvchilar uch bosqichda sinovdan o‘tkazilib, maktabga qabul qilinishini aytdi.

👉 Shuningdek, ishga kirayotgan o‘qituvchilar ham saralab olinadi.

Rost-da, ta’lim tizimida adolat, shaffoflik bo‘lsa, sifat o‘z-o‘zidan oshadi. Ta’lim sifatini zo‘rma-zo‘rakilik bilan ko‘tarib bo‘lmaydi. Ayniqsa, matematika va fizika fanlarini o‘zlashtirishda bu jihatga alohida e’tibor qaratish zarur.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📃 Harbiy imtiyozga ega abituriyentlar kimdan aniq javob olishni bilmay sarson bo'lmoqda

100 nafardan ortiq abituriyentlar mustaqillik maydonidan Vazirlar Mahkamasi kengashi raisi Abdulla Aripov qarorgohi tomon harakatlanmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berildi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib, quyidagi muddatlarda amalga oshirishlari mumkin.

✅ Jumladan:

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

➖xorijiy fuqarolar uchun oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha;

➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg