Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
PROFESSORNING SABOGʻI

Professor suv to‘ldirilgan stakanni oldi. Qo‘llarini oldinga uzatib talabalardan so‘radi:

— Stakanning vazni qancha deb o‘ylaysizlar?

Sinfga jon kirdi, har kim o‘zicha taxmin qildi.
- Ikki yuz gramm chiqar-ov. Balki uch yuz grammdir. Bor-e, ana besh yuz gramm bo‘lsin.
— Tortib ko‘rmaguncha, aniq vaznini baribir bilib bo‘lmaydi. Lekin hozir bu muhim emas. So‘ramoqchi bo‘lganim: agar idishni shu holda bir necha daqiqa ushlab tursam, nima bo‘ladi?
— Hech narsa.
— To‘g‘ri, hech narsa bo‘lmaydi, dedi professor. Deylik, ikki soat ushlab tursam-chi, unda nima bo‘ladi?
— Qo‘llaringiz og‘rib ketadi.
— Bir kun tutib tursam-chi?
— Qo‘llaringiz uyushib, tamom bo‘ladi. Mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin. Balki davolanishingizga to‘g‘ri kelar.

— Kun bo‘yi ushlab tursam, stakanning vazni o‘zgaradimi?
— Aslo yo‘q!
— Xo‘sh, bu ahvoldan qutulish uchun nima qilishim kerak?
— Idishni qaytarib stol ustiga qo‘ying!
— Yashanglar!
– yuziga kulgi yugurib javob berdi professor. Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga o‘xshaydi. Agar muammolar haqida bir necha daqiqa o‘ylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Fikringizni bir necha soat ular bilan band qilsangiz, tinkangizni qurita boshlaydi.
Kun bo‘yi shu muammolar dardi bilan yursangiz bormi, miyangiz falajlanib qolishi – to‘g‘ri qaror qabul qilolmaydigan holga kelishi aniq. Muammolar haqida o‘ylayverish biron-bir yaxshi natijaga olib bormaydi. Bu bilan muammoning “vazn”i ham o‘zgarib qolmaydi. Ular bilan kurashishning yagona yo‘li – harakat qilish.


Muammoni hal qiling yoki bir chetga surib qo‘ying. Yuragingizga yuk bo‘lib tushadigan og‘ir toshlarni qayg‘uli o‘y-xayollarni ko‘tarib yurish yaramaydi.

"Baxtli hayot sari" kitobidan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2020-yil 5-noyabr kuni Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari 5-7-noyabr kunlari katta sig‘imli binolarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda 3 smenada o‘tkaziladi.

Bunda hududga kirish joylarida nomzodlarning tana harorati o‘lchanib, ular tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlanadi.

Test sinovlari 22 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Test olinadigan fanlar 2 blokdan iborat bo‘lib, har bir fan bloki 20 tadan, umumiy 40 ta test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.
Ⓜ️ Davlat test markazi

Batafsil ma'lumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizda tarmoqli marketing keng tarqalgan. Ular asosan talaba va pensionerlarni jalb qilib, millioner bo‘lib ketishlarini va’da qilishadi.

Undan ko‘ra o‘z vaqtingizni ta’limga sarflab, biror sohada mahoratingizni oshiring. Tushunarsiz tashkilotlar bugun bor, erta yo‘q, bilim esa xech qayerga yo‘qolmaydi.
© Abdusattor

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bazi joylarda an'anaviy darslar boshlanganligi hammamizga sir emas. Talabajonlar qachondir an'anaviy darslar boshqa hududlarda boshlangan taqdirda ham sizlar o'zingiz bu narsani xohladingizmi? o'z sog'ligingizga o'zingiz javob berasiz.

Karantin tartib qoidalariga ham rioya qilish o'zingizga bog'liq bo'ladi.

P/S: Talaba degani o'zi juda dangasa har qanday vaziyatda ham o'zini foydasiga ishlaydigan, na issiqqa na sovuqqa ko'nadigan bo'ladida... Barcha OTMlarda an'anaviy darslar boshlangan taqdirda ham bizga bunday shikoyatlardan ko'p kelib tushsa kerak.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mehringiz birdek barchaga boʻlsin,
Qalbingiz iymon nuriga toʻlsin.
Kuningiz doim quvonch-la oʻtsin,
Juma ayyomingiz muborak boʻlsin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetni yoʻlakda bitirish kerak (mi)?

Taniqli bloger Shahnoza Soatova talabalarga hayotda oʻz oʻrnini topish va oddiy ijrochi boʻlib qolmaslik tavsiyalar berib oʻtdi.

* Videoni hoziroq tomosha qilmaslik, keyinchalik afsuslanishga olib kelishi mumkin.
Ⓜ️ Modul5

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

2 ta talaba aftobusga chiqishibdi.1 ta ayol kishi bolam namuncha ozg'insan, joy beraymi debdi?

-Yoq xolajon,studentman deb javob beribdi, talaba.

-Bo'lmasam qo'lingdagi kurtkangni ber ushlab o'tiraman desa.

- Bu kurtkam emas kursdoshim bu debdi.😂.

Do'stlarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bog’chalar ochildi, maktablar ochildi, OTMlar ham. Ha-ha, to’g’ri o’qidingiz. Faqat ayrimlari ochildi xolos. Qanday ta’lim muassasalari ochildi deb qiziqayapsizmi?

Javobini ko’p izladik va topdim. Supermenlar o’qiydigan ta’lim muassasalari ochildi. Temir odamlar an’anaviy ta’limga o’tishdi. Axir ularga kasal yuqmaydida. Kasal yuqtirish ehtimoli mavjud bo’lgan siz-u biz kabi oddiylar esa onlayn o’qishga mahkum ekanmiz.

So’rovnoma-chi, bildirilgan fikrlar-chi, deysizmi? Nimalar deyapsiz? Unday so’rovnomalar har bir ta’lim muassasasining o’zida alohida ham o’tkazilyapti-ku, bilmagan edingizmi? Kimdir “hammang onlaynni tanla” desa, kimdir “hammang oflayn o’qiysan”ni bayroq qilib chopyapti.

Go’yoki o’qishni an’anaviy yoki onlayn tarzda boshlash haqidagi yozilmagan buyruq qandaydir yangicha, tushunarsiz tilda yozilgan-u, uni har kim o’z bilganicha tarjima qilib olayotgandek.

Mayli, nima ham deymiz. To’g’ri tarjimani kutib qolamiz. Ungacha koronavirus deganlari ham qolgan ishimni onlayn davom ettiraman deb yer yuzidan “survormasa” bo’lgani!😁

Yarim hazil, yarim chin-u, lekin bema’ni-yu bemantiq harakatlar, o’quvchilarning va talabalarning bir qismi oflayn o’qishi-yu bir qismi uyda o’tirishi (chindan ham, qani bunda mantiq?) qachongacha davom etadi? Qachon ta’lim tizimida ishlaydiganlarning oltin boshi ham ishlashni boshlaydi? Mabodo xabaringiz yo’qmi? Fikringizni izohlarda qoldiring

© Nodirbek Ashirov

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident qaroriga ko‘ra (PQ–4879-son, 04.11.2020 y.) Fiskal institut (Institut):

👉 soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch OTM;

👉 moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini taʼminlaydigan OTM hisoblanadi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan Farg‘ona va Toshkent soliq kollejlari Institut huzuridagi soliq texnikumlariga aylantiriladi.

📍Hujjat haqidagi to‘liq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Ⓜ️ Huquqiy axborot

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​📌O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etildi

Institut:
👉 soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi;

👉 moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini ta’minlaydigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi
.


👉 Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​"Investisiyani bolalaringizga kiriting.
Ular eng ko‘p foyda beradigan sohadir".


Ⓜ️ Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#odam_bolmas_ekanda TDPU da pul ishlashni o'zgartirilgan usuli. Oldin narxlar yozilgan bo'lsa, hozir esa clickka ulangan raqamingizga sms keladi. 3700 so'm o'tkazish to'g'risida. Kanalimizning muhokamalar chatida universitet o'qituvchisi (yoki Matbuot…
Pul undirish majburiy bo'ldimi? Yohud TDPU dagi o'yinlar...

Xabaringiz bor yaqindagina, Toshkent davlat pedagogika universitetidagi modul tizimi pulli qilib qo'ygani to'g'risida post qoldirgan edik.

Bugun esa universitet ma'muriyati talabalardan tilxat yozdirib olmoqda. Buning sababi moodlega kirayotganlarning statistikasi past emish) Boshqa nimani kutgan edingiz? Moodle tizimini pulli qilib qo'yganingizdan keyin talabalarda kirish bilan bog'liq muommolar bo'laveradida. Bu tilxatni yozib bergan talabalar endilikda majburiy 3700 yoki 13700 so'm haq to'lashni boshlaydilar.

Avval ma'muriyat nega statistika pastligini o'rganib, muammoni bartaraf etib keyin tilxat yozdirsa yaxshi bo'lar edi.

Universitet matbuot kotibidan esa darak yo'q. O'zlarini oqlash uchun hech bir raddiya qilib bermadilar! Demak, tushundiz...

Mutasaddilarga tarqating 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Gulistonda tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohi tashkil etiladi

Guliston shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi filiali va viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bir hududda bo‘lib, unga tutash yoki atrofida 10 ga yaqin tibbiyot muassasasi joylashgan. Ularni viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga yagona boshqaruv asosida birlashtirib, “tibbiyot klasteri”ga aylantirish, tibbiyot kolleji negizida tibbiyot oliygohini tashkil etish uchun barcha zaruriy infratuzilma mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligiga yil yakuniga qadar xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda “Guliston tibbiyot klasteri”ning loyihasini ishlab chiqib, ishni boshlash vazifasi yuklatildi.
Har bir viloyat hokimi bir oy muddatda o‘z hududida Sirdaryo tajribasi asosida, ilg‘or xorijiy klinikalar bilan hamkorlikda “tibbiyot klasterlari”ni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritishi belgilandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimki yoshligini bir narsada o‘tkazsa, qariganda ham shunda o‘tkazadi
© Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba...

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Oliy ta'lim tizimida eng ko'p kuzatilayotgan korrupsiya o'qishga kiritish masalasi bilan bog'liq bo'lib qolmoqda”

Oliy ta'lim tizimida ham korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar to'liq bartaraf etilmaganligi ham ko'rsatib oʻtildi.

O'tgan 9 oyda tizimdagi 70 nafar xodimlar ta'lim jarayoni bilan bog'liq jinoyatlarni sodir qilgan. Tizimda eng ko'p kuzatilayotgan korrupsiya o'qishga kiritish masalasi bilan bog'liq bo'lib qolmoqda. Bu haqda Bosh prokuraturada Bosh prokuror N.Yo'ldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart - sharoitlariga bag'ishlangan idoralararo yig'ilishda ma'lum qilindi.
Nostrifikatsiya jarayonida korrupsiyaviy omillar tanqid ostiga olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'ining yordamchisi SH. sheriklari orqali 4 nafar fuqarodan xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilib berish evaziga jami 6.500 dollar olganda ushlangan.
Ta'lim sifatini nazorat qilishga mas'ul idoraga xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish, ya'ni boshqaruv idorasi funksiyasining berilishi korrupsiyaning oldini olish imkonini cheklashi ta'kidlandi.

* Faqat tanqid qilinadi va gapiriladi. Amalda esa doimgidek...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#TDPU #Talabasi

- ALLOHga shukr bugun 5600 so'm pul ishlab topdim.
- 3700 so‘miga Online ta'lim platformasidan ro'yxatdan o‘tdim.
- 1900 so‘mni qayerga ishlatsam ekan ? Iltimos yaxshilar kommentlarda biror biznes loyiha aytvoringlar... 1300 so‘mdan yig'ib - yig‘ib biznes boshlab olayin men ham....

#tugadi 😂
#Mr_devona

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sal qolsa esimizdan chiqarkan...

Bugun ​​«Tibbiyot xodimlari kuni»
👨‍🔬🎂👩‍🔬

Pandemiya davridagi og‘ir sharoitda o‘z jonlarini xatarga qo‘yib, tunu-kun aholi salomatligi uchun mehnat qilayotgan shifokorlarning bayrami bormi yoki yo‘qmi buni bilmaymiz. Chunki bizda bu kasb egalarining bayrami nishonlanganligini bilmaymiz, shunday bo‘lsada, o‘zimizni nomimizdan barcha shifokorlarni «Tibbiyot xodimlari kuni» bilan chin dildan tabriklaymiz!

Shu jumladan tibbiyot oliygohida tahsil olayotgan talabalarni ham alohida tabriklab o'tamiz ☺️☺️

Boringlarga shukr, bayram muborak bo'lsin!

#rahmatshifokorlarga

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EXCLUSIVE
🥺 Sovg’aning katta-kichigi bo’lmaydi. Eng asosiysi e’tibor ❤️

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kechki hazil😅

Jiddiyga olmaymiz))
Online darslardagi holat😅

©️Dj MuXiJaN

Talabalarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg