⚡Test sinovlarida yangi tartib joriy qilinadi. Kirish imtihonlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi
Prezident qaroriga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi topshiriqlarini tuzish va ekspertizadan oʻtkazishning yangi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:
👉 test sinovi topshiriqlari davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida tuziladi;
👉 test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi fanlarning oʻquv dasturlariga moslashtiriladi;
👉 abituriyentlarning nazariy bilimlarni oʻzlashtirish darajasi bilan birga mantiqiy fikrlashi, masala va misollarni bajara olish qobiliyati va taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topshiriqlari ishlab chiqiladi;
👉 amaldagi ABITUR dasturini takomillashtirish hisobiga yangi dasturiy mahsulot ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 oʻquv yili uchun saralash test sinovlari yangi test savollari asosida oʻtkaziladi.
Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

O‘qituvchining sochini olayotgan professional sartarosh so‘rabdi:
- nega maktab va Oliy ta’lim tizimimiz borgan sari yomonlashib ketmoqda?
O‘qituvchi ozgina o‘ylanib javob beribdi:
- tasavvur qiling, soch olish uchun ishlatadigan har bir instrumentingizni qo‘llanilishini yozma shaklda isbotlashingiz va tushuntirishingiz kerak, xar bir odamning sochini olish bo‘yicha kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yillik, 3 yillik, 5 yillik rejalar va istiqbol rejalaringizni tuzishingiz lozim, sochni yuvish tartibini, shampun va boshqa soch uchun kosmetik moddalarni izoxlab yozma xisobot tayyorlashingiz kerak. Bu ishlardan tashqari Sizning statusingizni belgilash “Bosh yuvish va sochga e’tibor” kabi mavzularda ma’ruza qilish xamda “Soch oldirish axborot texnologiyalari sharoitida tarixiy urf” mavzusidagi seminar va konferensiyalardagi chiqishlaringizga mijozlaringizning fikr-muloxazalari, taqrizlari asosida belgilanadi. Yuqoridagilarning qarori asosida o‘tkir tig‘li qaychidan foydalanish ta’qiqlanadi.
Har oyda bir necha marta nazoratga missiya keladi. Har bir mijoz bilan “avvalgi va keyingi holat” haqida selfi qilib, rasm chiqarib, uni hisobotga qo‘shib tikib, komissiyaga topshirasiz va bu haqiqat ekanligini og‘zaki suhbat o‘zingiz yoki salon raxbari bilan birga isbotlab berishingiz kerak. Davriy ravishda xar bir mijozingiz va qo‘shnilaringizning kommunal to‘lovlarini to‘lashayotganligi xaqida ma’lumotnomalarini to‘plab, topshirib borishingiz kerak.
Yana ba’zida mijozlaringizning uyiga borib, ularning sochlari yaxshi o‘sayotganligini, muammolari yo‘qligini, xech qanday psixologik yordam kerakmasligini so‘rashingiz kerak.
Yana oyda bir necha marta ixtiyoriy ravishda ko‘cha supurishga, yo‘l chetlarini va daraxtlarni oqlashga chiqishingiz kerak. Yilda bir marta metalolom va paxta yig‘ish mavsumida ishtirok etishingiz kerak.
Undan keyin ishdan bo‘sh vaqtingizda yana .....
- TO‘XTANG TO'XTANG, YeTADI!!! Sochni qachon olaman!! debdi. 😅
P.S: Xulosa o'zingizdan
Kanalga ulanish👇👇

📌 Qat'iy karantin yana qaytadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidanda og‘ir kechishi to‘g‘risidagi audio tarqaldi. Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi shtammi qayd etilgani aytiladi.
“Gap bundoq, fevral oyidan boshlab karantin qaytarkan. Kovid markazlar yana ochilarkan. Yangi shtammda burun bitib, tomoq yiringlashi, ich ketishi bilan kecharkan. Kasallik juda keskin kecharkan. Kimda kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilsin”, – deydi kimligi noma'lum bo‘lgan erkak.
Kun.uz mish-mishlar bo‘yicha izoh olish uchun Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov bilan bog‘landi.
“O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi qayd qilinmagan. Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi shtammga ham xos bo‘lishi mumkin. Yangi shtamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot choralarini susaytirish yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yashayapmiz.
Karantin choralarining fevral oyida kuchaytirilishi haqidagi gaplar o‘rinsiz. Bu borada faqat respublika maxsus komissiyasi qaror chiqarishi mumkin. Bunday qaror chiqarilganda esa rasman e'lon qilinadi.
O‘zbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Shu jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi shtamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. O‘sha fakultet talabalariga ma'lum muddat javob berilgani esa standart amaliyot.
Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda”, – dedi Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

📌 2021-yil 1-fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmasligini ma’lum qilamiz.
🔹Shuningdek, 2021-yil 1-fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi (aktivlashtiriladi).
Shu bilan birga, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.
📝Qo‘llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi.
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyati
Talabalarga ulashing 👇👇

Maqsad qo'yish muhim
1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilarga quyidagi savolni berishadi:
- “Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:
84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan
13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan
3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.
Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:
13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.
3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.
Demak inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.
©Shaxsiy Rivojlanish kitobidan
Do'stlarga ulashing 👇👇

Yoshlarning “Respublika yosh kimyogarlar forumi” ni o‘tkazish hamda “O‘zkimyosanoat” stipendiyasi”ni ta’sis etish taklifi ma’qullandi
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan uchrashuvda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi va yoshlar yetakchilarining takliflari tinglandi. Mamlakatimiz kimyo sanoati va tizimdagi korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yoshlar yetakchilari tomonidan bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi. Hususan, yoshlar tomonidan D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialida Toshkent shahri va respublika oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kimyo sohasi bo‘yicha talaba va mutaxassislari, kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini jalb qilgan holda “Respublika yosh kimyogarlar forumi”ni tashkil etish va tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan, talabalikka qabul qilingan salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va tizim uchun kadrlar zahirasini yaratish maqsadida “O‘zkimyosanoat” stipendiyasi”ni ta’sis etish bo‘yicha berilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi hamda “Respublika yosh kimyogarlar forumi”ni tashkil etish va “O‘zkimyosanoat” stipendiyasi”ni ta’sis etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
“Respublika yosh kimyogarlar forumi” har yil may oyining so‘nggi yakshanba kuni keng nishonlanadigan “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami arafasida tashkil etiladi.

Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda Farg'ona Politexnika instituti shahar qurilishi hamda komunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish (shahar qurilish fakulteti deya xabar beriladi) fakulteti yotoqxonasining 3 qavatidan koronavirus chiqqanligi va majlis qilinib rostan ham virus aniqlanganligi ushbu qavat tezda dezinfeksiya qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar kelib tushdi.
Bu ma'lumot hali rasmiy tasdiqlanmagan.
Institut ma'muriyatidan ushbu holatga nisbatan rasmiy ma'lumot berishlarini so'rab qolgan bo'lardik!
P/S: Biz pandemiya davrini hali yengib o'tganimiz yo'q. Karantin qoidalariga rioya qilinglar. Talabalar yotoqxonalari jim bo'lib ketdi. TTJ larni dezinfeksiya qilish holatlarini to'xtatmasligimiz kerak!
Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu ma'lumot hali rasmiy tasdiqlanmagan.
Institut ma'muriyatidan ushbu holatga nisbatan rasmiy ma'lumot berishlarini so'rab qolgan bo'lardik!
P/S: Biz pandemiya davrini hali yengib o'tganimiz yo'q. Karantin qoidalariga rioya qilinglar. Talabalar yotoqxonalari jim bo'lib ketdi. TTJ larni dezinfeksiya qilish holatlarini to'xtatmasligimiz kerak!
Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra Sharqshunoslik instituti, TATU Samarqand filliali hamda Milliy Universitetlarida talabalar orasida virus aniqlangan. Shu sababli ayrim fakultetlar va yotoqxona qavatlari dezinfektsiya ishlari uchun yopilgan.
Barcha virus aniqlangan inshootlarda xavfsiz yo'lakchalar tashkil etilgan.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Barcha virus aniqlangan inshootlarda xavfsiz yo'lakchalar tashkil etilgan.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TATU Samarqand filiali talabasini Covid-19 ga topshirgan testi salbiy(bu degani yaxshi) chiqibdi.
Hozirda filial 1-4 kurs talabalari darslarga qatnayotganini aytishdi.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hozirda filial 1-4 kurs talabalari darslarga qatnayotganini aytishdi.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi kechagi axborot bo'yicha munosabat bildiribdi.
Unda aytilishicha biz sanab o'tgan OTMlarda koronavirus infektsiyasi aniqlanmabdi. Lekin bizda faktlar bor. Mayli rasmiy tarzda aniqlanmagan bo'lsa ham, ya'ni ro'yxatga olinmagan bo'lsa ham virus aniqlandi deb "узкий круг"da majlis o'tkazib faqat sanoqli odamlarnigina bundan xabardor qilish noto'g'ri.
Avvalambor virusdan qo'rqib vahimaga tushish kerak emas, shunchaki gigiyenaga rioya qilinsa bas, virus aniqlanganini ochiq oydin aytish "паника"dan ko'ra ko'proq xushyorlikni oshirishga xizmat qiladi.
P/S: Tezkor munosabat uchun OO'MTV matbuot xizmatiga rahmat.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Unda aytilishicha biz sanab o'tgan OTMlarda koronavirus infektsiyasi aniqlanmabdi. Lekin bizda faktlar bor. Mayli rasmiy tarzda aniqlanmagan bo'lsa ham, ya'ni ro'yxatga olinmagan bo'lsa ham virus aniqlandi deb "узкий круг"da majlis o'tkazib faqat sanoqli odamlarnigina bundan xabardor qilish noto'g'ri.
Avvalambor virusdan qo'rqib vahimaga tushish kerak emas, shunchaki gigiyenaga rioya qilinsa bas, virus aniqlanganini ochiq oydin aytish "паника"dan ko'ra ko'proq xushyorlikni oshirishga xizmat qiladi.
P/S: Tezkor munosabat uchun OO'MTV matbuot xizmatiga rahmat.
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Тадқиқот
1000 дан зиёд талабалар билан суҳбатлашиб, қуйидаги саволни берганимизда бир ажойиб статистик маълумотга эга бўлдик.
Савол: Aбитуриентлик даврингизда бир кунда ўртача неча соат ўқиш билан шуғуллангансизлар ва эрталаб соат неччида уйғонардингиз?
Ўртача ҳисобда Ўзбекистондаги абитуриентлар кунига 8 соатдан дарс қилишади ва эрталаб соат 5-6 оралиғида уйғонишиб, фаол турмуш тарзини кечиришган ва кўпчилиги мунтазам спорт билан шуғулланишган.
Ўқишга киришгач эса кунлик дарс қилиш соатлари 2 соатга тушиб, эрталаб уйғониш вақтлари эса 2 соатга сурилган (7-8 орасида).
Уларнинг самарадорликлари ўртача ҳисобда 3 баробар тушиб кетиши, ўз салоҳиятларидан эса максимал фойдаланмаётганликлари гувоҳи бўлдик.
Сабаби нима биласизми?
Yuksalish: Shaxsiy Rivojlanish kitobidan olindi
t.me/Muhammadali_Eshonqulov

⚡️Yo‘lovchilar diqqatiga!⚡️
🔖Quyidagi hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng talaba, ijtimoiy nafaqa, o‘quvchi (N, T, O‘, NM, TM, O‘M) turidagi imtiyozli transport kartalari bepul berilib, faqatgina tanlangan tarif uchun to‘lov amalga oshiriladi.
🟨Talabaning elektron oylik yo‘l chiptasi uchun pasport nusxasi hamda muassasa tomonidan taqdim etilgan guvohnoma;
🟥Ijtimoiy elektron oylik yo‘l chiptasi uchun pasport nusxasi hamda nafaqaga chiqganligi haqida hujjat;
🟩O‘quvchining elektron oylik yo‘l chiptasi uchun, ushbu o‘quvchining ota onasining pasport nusxachi hamda o‘quvchining tug‘ilganligi haqida guvohnoma talab etiladi.
📍Toshkent shahridagi 70 ta transport kartalari sotish shahobchalaridan xarid qilishingiz mumkin.
"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati

O'qituvchi:
— Hamma kitoblarni olib qo'ysin va ikki varoqdan olsin.
Talabalar:
— 😒😞🥺😩
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
— Hamma kitoblarni olib qo'ysin va ikki varoqdan olsin.
Talabalar:
— 😒😞🥺😩
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Dunyoning eng qimmat brendlari nomi ma’lum qilindi
Brand Finance tahlilchilari dunyoning eng qimmat kompaniyalari kiritiladigan har yilgi Global 500 hisobotini taqdim etdi.
Qiziq jihati, 2016-yildan buyon birinchi bor eng yuqori pog‘ona Apple’ga nasib etgan — u 263,4 milliard dollarga baholangan. Ko‘rsatkichlarning o‘sishi biznesning diversifikatsiyasi va raqamli servislarga, jumladan, iCloud, Apple Podcasts, Apple Music, Apple TV va Apple Arcade’ga obunalarning rijovlanishi bilan bog‘lanmoqda.
Ikkinchi o‘rinni chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi Amazon giganti egallagan bo‘lsa (254,2 milliard dollar), uchinchi o‘rindan Google joy oldi (191,2 milliard dollar). Shu bilan birga, tahlilchilarning ta’kidlashicha, pandemiya vaqtida Google jiddiy zarar ko‘rgan, kompaniya o‘zining marketing budjetlarini qisqartirishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, yuqori beshlikdan Microsoft (140,4 milliard) va Samsung (102,6 milliard) o‘rin oldi.

❓ Bu yil kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?
❓ Nechta fandan imtihon o'tkaziladi?
❓ Har bitta savolga necha balldan hisoblanadi?
❓ Fanlardan nechta savol tushadi?
✅ Batafsil tanishib chiqing: https://oliygoh.uz/abituriyent/bu-yil-kirish-imtihonlari-qanday-boladi
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓ Nechta fandan imtihon o'tkaziladi?
❓ Har bitta savolga necha balldan hisoblanadi?
❓ Fanlardan nechta savol tushadi?
✅ Batafsil tanishib chiqing: https://oliygoh.uz/abituriyent/bu-yil-kirish-imtihonlari-qanday-boladi
Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistonda talabalar uylari quriladi
Prezident 1 oy ichida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalar uylari tashkil etish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Oxirgi 4 yilda OTMlar soni 47taga ortdi. Bugungi kunda 129ta OTMda 500 mingdan ortiq talaba ta’lim olyapti. Lekin poytaxtning o‘zidagi jami 85ta talabalar uyida atigi 13 foiz yoshlar turar-joy bilan ta’minlangan.
Yoki 18 ming talaba tahsil olayotgan Samarqand davlat universitetida bor-yo‘g‘i 1 600 o‘rinli yotoqxona mavjud.
Shuning uchun 2021–2023 yillarda talabalar uylari tashkil dasturi 1 oy ichida ishlab chiqilib, hukumatga kiritilishi kerak», – deya prezidentning 27 yanvar kungi selektordagi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari bu topshiriq ijrosini bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov va moliya vaziri Timur Ishmetovga yukladi.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz bor e’tiborini o‘qishga qaratish o‘rniga, kvartira tashvishi bilan band uysiz talabalar muammolari haqida bir necha bor materiallar e’lon qilgan edi.
Shu oy boshida Oliy ta’lim vazirligi rasmiylari Kun.uz'ga ma’lum qilgandiki, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona bilan ta’minlanishi ko‘rsatkichini 2020/21 o‘quv yili oxirigacha 35–36 foizga, 2025 yilgacha 50 foizga yetkazish mo‘ljal qilingan.
Bunda TTJlar davlat-xususiy sherikchiligi asosida quriladi.
«Bu borada 2021–2025 yilga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqib, taklif sifatida kiritdik. Bu tasdiqlanadigan bo‘lsa, 2021 yilning o‘zida 21ta TTJ quriladi va qo‘shimcha 8200 talaba yotoqxona bilan ta’minlanadi», – degandi vazirlik boshqarma boshlig‘i Otabek Bazarov.
Uning aytishicha, 2030 yilgacha motel va hosteller ham qurilib, ularning hisobiga talabalarning 90 foizga yaqini turar joyga ega bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan qiynalyapsizmi? Yoki bo'lmasa chizma chizishga vaqtingiz yo'qmi?) Yakuniylar qiynab qo'ydimi?
Muommongizni men orqali hal qilishingiz mumkin😉
Murojaat qiling: @CHGvaKG

#lirik_chekinish
#sessiya
Talabaning ota-onasiga
Holiga tushuning, otalar,
Oyog'i kuygandek chopyapti,
Non tishlab jo'nating, onalar,
Bolangiz sessiya yopyapti.
O'qishga chog'lansa tong sahar,
Yaxshi bor, derdingiz har mahal,
Quruq gap kerakmas bu safar,
Bolangiz sessiya yopyapti.
Kuyunmang, kirtayib, ozisa,
Olifta sochlari to'zisa,
Bularni qilmaydi o'zicha,
Bolangiz sessiya yopyapti.
Bor bo'lar yaxshilik bor joyda,
Gadoyni siylaydi bu oyda,
(Bor bo'lsa, duodan bor foyda!)
Bolangiz sessiya yopyapti.
Nimalar kelmaydi o'yiga,
Tushsangiz bilasiz ko'yiga,
Besh-o'n kun bormaydi uyiga,
Bolangiz sessiya yopyapti.
Qizg'onmang, uch tanga, to'rt tanga,
Darslarda bormasin man-sanga,
Yiqilib kelsa ham so'kmang, a?!
Bolangiz sessiya yopyapti.
Tun-u kun qilingiz ibodat,
Mobodo ko'rmasdan talofat,
Sog' chiqsa, boradi salomat,
Bolangiz sessiya yopyapti.
Holiga tushuning, otalar,
Oyog'i kuygandek chopyapti,
Non tishlab jo'nating, onalar,
Bolangiz sessiya yopyapti.
Talabalarga yuboring😄👇

Ijtimoiy tarmoqlarda "Jahongir Ortiqxo'jayev talabalar yotoqxonasini pulli qilishni taklif berdi" degan video shiddat bilan bir xil matnda tarqalmoqda.🤦♂
Nima oldin bepulmidi yotoqxona?
Oldin ham pullik edi, shunchaki Jahongir Ortiqxo'jayev talabalar yotoqxonasini xususiylashtirish haqida gapirdi. Ya'ni yotoqxonalarni ham biznes, ekonom va VIP ta'riflariga ajratib talabalarni moliyaviy sharoitiga qarab tabaqalashtirilgan turar joylar bilan ta'minlash nazarda tutilgan.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Nima oldin bepulmidi yotoqxona?
Oldin ham pullik edi, shunchaki Jahongir Ortiqxo'jayev talabalar yotoqxonasini xususiylashtirish haqida gapirdi. Ya'ni yotoqxonalarni ham biznes, ekonom va VIP ta'riflariga ajratib talabalarni moliyaviy sharoitiga qarab tabaqalashtirilgan turar joylar bilan ta'minlash nazarda tutilgan.
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tanlov eʼlon qiladi!
Qadrli yoshlar!
✔️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining logotipini yaratish boʻyicha vazir buyrugʻi imzolandi.
📱Oʻz ijodingiz va kreativ gʻoyalaringiz bilan Apple iPhone 12 Pro Max smartfoniga ega boʻlishni qoʻldan boy bermang!
👉 Tanlovda texnikum, akademik litseylar oʻquvchilari va talabalar hamda 30 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.
✅ Tanlov shartlari:
-vazirlikning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
-betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
-zamonaviy, oʻziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega boʻlishi lozim.
Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga koʻra:
🔸 har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
🔸logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki koʻrinishda – PNG va JPG formatda logo@edu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi.
👉 Logotip Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.
☝️ Tanlovda loyihalar bir bosqichda 2021-yil 1-fevraldan 25-fevral soat 23:59gacha qabul qilinadi.
🏆 Gʻolib 2021-yil 2-martda eʼlon qilinadi.