Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
“El-yurt umidi” jamg'armasi doirasida 2021-yil 1- apreldan boshlab:

- xorijiy oliygohlarga o'qishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi;

- xorijda bakalavriat ta'lim dasturlari bo'yicha o'qitish tizimi joriy etilib, 2021-yilda 100 nafar yoshlar chet elga ta'lim olish uchun yuboriladi;

- OTMga kirish imtixonlarida eng yuqori ball toplagan 200 nafar yoshlarga Prezident granti joriy qilinadi. Ikki va undan ortiq farzandi kontrakt asosida o’qiydigan oilalarga talim krediti beriladi. Oliy talimga ajratiladigan grantlar soni 25%ga oshadi. Shuningdek, Bolalarni qollab-quvvatlash fondi tashkil etilib, unda ogʻir kasallikka chalingan bolalar davolanadi. Bunga davlat byudjetidan 100 mlrd. som mablag` ajratiladi.

Batafsil maʼlumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filliali talabasidan kelgan murojaat.

"Men tahsil olayotgan oliygoh talabalariga 1.090.000 (bir million to'qson ming) so'm evaziga fillial rahbariyati tomonidan majburan forma xarid qildirildi. Agar biz formani sotib olmaydigan bo'lsak, fillial binosiga kirish uchun mo'ljallangan turniket kartasi berilmasligi haqida ogohlantirildik. Bizga sotilgan formaning sifati juda ham past va belgilangan tannarxiga javob bermaydi deb o'ylayman. Sizdan iltimosim shuki,bizga qo'yilgan majburiy talablar qonunga muvofiqligini,talaba tomonidan to'langan pul mablag'i haqiqatdan ham ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnomada ko'rsatilgan miqdordami yoki yo'qmi? Shu masalalarni hal qilib bersangiz.Ushbu muammoli taklifim ko'plab talabalar tomonidan berilganligini va talaba sifatida menga nisbatan rahbariyat tomonidan turli hil tazyiqlar bo'lmasligi uchun murojaatimni anonim tarzda ko'rishingizni inobatga olishingizni hohlayman."

Ismi sir bo'lib qolishni istagan talabaning qo'shimcha qilib aytishicha, darslar tugagandan keyin "ketamiz" deyishsa ham soat 12.50 dan oldin chiqarilmas ekan.
Rahbariyatning buyrug'i ekan?

Lekin talabarni darsi soat 11.30 tugasayu ular 12.50 gacha kutib turishga majburmi?


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalarga akademik ta’til berishning yangi tartibi o‘rnatilmoqda

Unga ko‘ra, akademik ta’til olishni istagan talabalar o‘z ixtiyori bilan akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga o‘tkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

Oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi.

Talabalarga o‘qish davomida akademik ta’til berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi.

Shuningdek, akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha qaytadan o‘qitish amaliyoti bekor qilinadi.

Bularning barchasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonda o‘z aksini topgan.

Farmonga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda akademik ta’til olishni istagan talabalar tomonidan sirtqi va masofaviy shaklda mustaqil ta’lim olishni tashkil etish, oliy ta’lim muassasalarida eksternat tartibida ta’lim olish bo‘yicha huquqiy asoslarni yaratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

Batafsil maʼlumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juma kunida shunday bir vaqt bor-ki, unda duolar albatta ijobat bo'lajak.
Balki, o'sha vaqt hozirdir...

Juma muborak azizlarim! 😊

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad 📿
Vazirlik dasturni kechiktirdi — senator talabalarni turar-joy bilan ta’minlash masalasida Oliy ta’lim vazirligini tanqid qildi

▪️Yalpi majlisda Senatning Fan qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov davlat dasturi ijrosining kechikayotgan bandlari haqida to‘xtaldi.

"Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublikada talabalarni turar-joy bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqishi belgilangan.

Lekin dastur 1 oydan kechiktirib kiritilgan va sifatli ishlab chiqilmagani uchun qayta tayyorlash uchun muddat qo‘shib berilgan. OTMlarda onlayn ta’limdan oflaynga o‘tilgach talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash katta muammo bo‘lmoqda", – deya senatorning so'zlarini keltirmoqda Xpress.uz muxbiri.

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimi joriy etilayotgani haqida yozganimizdan so'ng, Germaniyada magistratura bosqichida tahsil olayotgan vatandoshimiz Germaniyadagi kredit-modul tizimi haqida maqola yubordi. Mutasaddilar bu maqolaga va unda keltirilgan ma'lumotlarga e'tibor qaratishlari lozim, deyiladi Masofaviy ta'lim bergan xabarda.

Germaniyada o’qishga kirishda imtihon yo’qligi, o’qish bepulligi haqida yozmoqchi emasman — ular alohida mavzular. Kredit-modul tizimi haqida yozmoqchiman, bizda ham bu tizimni qo’llash bo’yicha ishlar boshlangan, menimcha. Bu esa ularga qo’shimcha ma’lumot uchun foydali bo’ladi degan umiddaman.

Germaniyada kredit-modul tizimi ancha sodda tashkil etilgan. Bakalavrda o’qish 6-7 semestr (3-3,5 yil), magistraturada esa 3-4 semestr (1,5-2 yil) davom etadi. Har semestrda talabalar o’z mutaxassisliklari bo’yicha 5-6 ta fan (modul) o’qishadi va har bir topshirilgan fan uchun 5 yoki 6 ECTS ball olishadi. Shunday qilib, bir semestrda maksimal 30 ECTS ball yig’ish imkoni bo’ladi. Bakalavr oxirida talaba 180-210 ECTS (European Credit Transfer System) ball, magistraturada esa 90-120 ECTS ball yig’ishi kerak bo’ladi.

Har semestr oxirida imtihonlarga online ariza topshiriladi va arizalar avtomatik qabul qilinadi. Imtihonlarni aynan shu dars o’tilgan semestr oxirida topshirish majburiy emas: kimdir xohlasa va imkoni yetsa, hamma modullarni, yana kimdir esa 2-3 ta modullarni yopishi mumkin. Agar talaba qaysidir imtihondan o’ta olmasa, imtihon keyingi semestr oxirida topshiriladi, bizdagi kabi 10-15 kundan keyin emas. Bitta imtihonni topshirish uchun bir talabaga maksimal uch marta imkoniyat beriladi, ya’ni uchinchisi puchinchisi bo’ladi :)

Oxirgi semestrda esa diplom ishi yoziladi. Odatda, diplom ishi uchun ham 30 ECTS ball beriladi, bu degani butun bir semestr faqat diplom ishi yozish uchun ajratiladi, boshqa qo’shimcha fanlar o’tilmaydi. Diplom ishi yozish bo’yicha bir qancha qo’shimcha seminarlar ham o’tiladi, bu esa diplom ishi yozishni ancha osonlashtiradi. Diplom ishi yozishga odatda 12 hafta vaqt ajratiladi, ish topshirilgach esa uning himoyasi uchun tayyorgarlik ko’rishga ham alohida 5-6 hafta vaqt beriladi. Qisqacha shular.

Kredit-modul tizimi juda qulay va oson tizim hisoblanadi. Imkoni boricha bu tizimga tezroq o’tilishi tarafdoriman. Shu orada ozroq takliflarimni ham aytmoqchiman:
• har semestrda faqat mutaxassisliklarga oid 5-6 ta, maksimal 8 ta fan qo’yilsa, keraksiz fanlarga ajratilgan potensial mutaxassislik fanlar uchun qoladi-bu bilan ta’lim sifati yaxshilanadi
• o’qish davrini ham bir yoki ikki semestrga qisqartirish kerak;
• har bir yo’nalish uchun batafsil imtihonlar yo‘riqnomasi ishlab chiqilishi lozim;
• bir semestrda imtihondan o’ta olmagan talaba imtihonni keyingi semestr oxirida topshiri lozim;
• haftada besh kunlik o’qish kuni joriy etilishi lozim — talaba ham, o’qituvchi ham ko’proq dam olsin.

Aytgancha, uchinchi yozgi semestr, qo’shilishi — bu o’ta ahmoqona qaror. Bunday tizim boshqa davlatlarda yo’q. Inson — tirik mavjudot, ma’lum bir ishdan keyin u ham dam olishi kerak. Bundan tashqari, 45-50 gradus issiqda kim o’qishni, kim dars o’tishni xohlaydi? Hech kim. Maksimal 35 gradus issiq bo’ladigan Germaniyada ham yozgi semestr iyun oyi oxirlarida tugaydi. Bu shunchaki qo’shimcha pul ishlashdan boshqa narsa emas. Bundan talaba ham, o’qituvchi ham yutqizadi, faqat OTM “yutishi” mumkin.

Faxriddin
O'taganov, Germaniya.
Ostfalia Hochschule für angewandte Wissenschaften universiteti magistranti

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❗️Abituriyentlar savollariga javob beramiz.

✅ Qabul jarayonlari bo'yicha barcha eng kerakli ma'lumotlar bilan tanishib chiqing:

- Bu yil kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Bu yil kirish imtihonlarida 5ta fandan test olinadimi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Nechta fandan imtihon o'tkaziladi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Har bitta savolga necha balldan hisoblanadi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Fanlardan nechta savol tushadi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

- Bu yil kirish imtihonida maksimal ball qancha bo‘ladi?
👉 BATAFSIL MA'LUMOT

🔹 Eng muhim ma'lumotlarni Oliygoh.uz sayti orqali tanishib boring.

Kanalga ulanish👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#lirik_chekinish

Tunu kun uxlaysan bosgancha g‘aflat,
Ey mag‘rur, bilmaysan: g‘aflat-falokat.
Bo'm-bo'sh amallarga sevinma-aldar,
Mag‘rurlar shundan ham mag‘rurlanarlar.
Nafrat uyg‘otmasmi senda bu hayot,
Bunday hayot uchun bor-ku hayvonot.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Johiliyatda, arablarning bir odati bor ekan. Agar otlari ko‘payib, zotdori bilan xashakisi aralashib ketib, ularni bir-biridan ajratolmay qolishsa, bir ishni amalga oshirishar ekan.
Hamma otlarni bir joyga to‘plab, yemish va suvdan man qilib, ularni qiynashar, urishar ekan.
So‘ngra biroz o‘tgach ularga yem va suv keltirisharkan. Ana shu paytda otlar ikki guruhga bo‘linar ekan. Bir guruhi hech narsaga qaramasdan, ochligi sabab yem va suv uchun shoshgancha chopib kelar, ikkinchi guruhdagi otlar esa, urib xorlagan qo‘ldan yemish yeyishdan bosh tortar ekanlar.

Ular mana shunday uslub ila asl, zotdor otlarni xashakilari orasidan ajratib olishar ekan. Biz yashayotgan davrda xashaki otlar va xashaki fikrlovchilar naqadar ko‘p-a?!
Ⓜ️ arabicuz

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Har yili kontraktni 4ga bo'lib tolash tartibi qanday bo'ladi?

Ma’lum qilinishicha, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Barcha uchun muhim raqamlar

🔰 Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida:

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 747 300 so‘m;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 262 470 so‘m;
🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 513 350 so‘m;
🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 513 350 so‘m;
🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 315 030 so‘mdan iborat.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TalabaUZ`ga tahdid qilinmoqda.

Esingizda bo‘lsa, shu yilning 4-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filliali talabasidan kelgan (majburiy forma masalasi) postni kanalga e'lon qilgan edik

Bugun mazkur post bo‘yicha, o‘zini Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani prokuraturasidan "Prokuror yordamchisi, Mo'minov Begzod" deb tanishtirgan shaxs, admin "lichka"siga "ustingizdan arz tushgan" deb aytib o'tdilar. ( Biroz "dardlashganimizdan" keyin esa negadir blok qilib qo'ydilar😅)

Savol: Nima uchun? Nima aybimiz bor? Talabaning murojaatini o'zgartirishsiz chiqarganimiz uchunmi? Yoki bo'lmasam yana boshqa nimadir bormi? Bizga aloqaga chiqqan shaxs chindan ham Prokuror yordamchisi bo'lsa, nima sababdan xat orqali bizga chiqishmadi? Yoki biz haqimizda ma'lumot topish qo'lidan kelmadimikan?

Amaldorlarimiz hali hanuz tanqidga tayyor emas ekan, degan fikrga keldim.

✅ Janob, mutasaddilar qachongacha muammolarning sabablari bilan emas, oqibati bilan shug‘ullanasiz?

✅Maqolani kim yozgani emas, undagi faktlar haqiqat yoki yolg‘onligi muhim emasmi. Xabarni sizdirgan odamni qidirgandan, undagi muammoning ildiziga yechim topish foydali emasmi?!

⭕️ Oliy ta’lim muassasalari xalqning farzandlari tahsil oladigan, kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Tizimga shuncha e’tibor qaratilib, islohotlar ketayotgan bir paytda, qolaversa, davlat rahbarining o‘zi "menga qarsaklar emas, tanqid kerak" deb turgan vaqtda ayrim OTM rahbarlari xulosa qilishmagan bo‘lsa.

Tanqidiy maqoladan xulosa qilish, unda ko‘tarilgan masala yechim o‘rniga, ijodkorning ovozini o‘chirishga urinish, unga tahdid qilish...... Bilmadim, buni qanday izohlash mumkin.

Maqsadimiz tengdoshlarimiz bo‘lgan talabalarga imkon qadar yordam berish, bitta bo‘lsa-da, talabaning muammolariga yechim topish. Pirovard maqsadimiz esa - barcha yoshlarni Vatanimiz ravnaqi yo‘lida birlashtirish uchun xizmat qilishdir.

Ha, bugun tanqid qildik, lekin unga befarqligimizdan emas, balki achinganimizdan. Toki bir guruh shaxslar manfaati vatan manfaatidan ustun bo‘lmasin.

Kecha va bugun juda ko'p filialdagilar aloqaga chiqib, qo'rqitish bilan ovvora. Nimaga sizlar haq ekansizlar, 2 kundan oshdi, matbuot kotiblaringiz tomonidan javob xati chiqarilmadi? Shunchalik sizlarni nima qo'rqityapti, ijodkorni og'zini yopishga harakat qilyapsiz? Agar yuqorida postda talaba haq bo'lmas ekan, sizlar bunga munosabat bildirishingiz kerak edi.

Haqiqat yo'lida hamkorlik qilishga doim tayyormiz. Haqqimni sud orqali himoya qilaman desangiz - unisiga ham rozimiz. Faqat xalqni asl masaladan chalg'itishga urinmang!

Hurmat bilan TalabaUz kanali ma'muriyati!


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Layfhak

Mabodo blogerlarning yozayotgan tanqidlarini yoqtirmayotgan va «tanqid qilmanglar» deb talab qilayotgan insonlarni ko‘rsangiz, mana bu videoni ko‘rsating.

P.s: Kimdir qarshilik qilmoqchimi?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oxirgi gapim,shu bilan muhokamani tugatamiz!

Bitta arzirli javob posti qilishni istamadinglarmi, bu yog'i o'zlaringizga havola.

Hurmatli, filial kutubxonasi direktori Shaxnoza opa, birinchidan o'zini prokuror deb tanishtirgan talabangizga aytib qo'ying, sizni ishdan haydataman degan gapim bo'lmagan. Men sizni tanimayman ham.Video screen olib qo'yganman. Istasangiz uni ham kanalga chiqaraman. Faqat gaplashganimizda o'sha talaba sizning kimlingizni ham aytib o'tib ketgan.

Ikkinchidan, guruhlaringiz shu vaqtgacha ochiq turgan edi. Shunchaki telegramdan "poisk" berib, guruhni kuzatgandim) Hech qaysi talaba sizni audiolaringizni menga tashlamadi, o'zim eshitib chiqdim. Ayniqsa, "evro patok" talabalarini tarbiyasizga chiqargan audiongiz ancha muhokamaga sabab bo'lmoqda.Ja vahima qilib tashlamang)

Uchinchidan, aynan mana shu guruhda yozgan postni ma'qullab rosa ko'p talabalar fikr bildirishgan.

Bu yerda yana ko'p gaplar bo'lishi mumkin edi. Foydasi yo'qligini bildim va yakun yasadim. E'tibor uchun tashakkur)
​Bir kun hayotinga “U” kirib keladi...

O’sha kuni ob-havo hech qachon bunchalik yoqimli bo’lmaganini payqaysan...

O’sha kuni birinchi marta hayotga juda tashna bo’lasan...

“U” ni ko’rganingda atrof “portret” rejimiga tushib qoladi...

Sen bilan har xil mo’jizalar sodir bo’la boshlaydi...

“U” senga eng sevimli faslingdagi yoqimli sayrlaringni eslatadi...

Eh stipendiya, stipendiyam 😂

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qiziq nimalar bo'lyapti? 😳

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Energetika vazirligi 15-fevraldan 20-mayga «Save Energy» tanlovini e’lon qildi.

Gʻoliblarni tanlashning asosiy mezonlari energiyani tejash va energiya samaradorligi mavzusini yoritishda ochiqlik, o‘ziga xoslik va xolislikdan iborat.

Konkursda rejissyorlar, jurnalistlar, blogerlar, dizaynerlar va boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Ishlar o‘zbek va rus tillarida quyidagi nominasiyalar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin:
1️⃣ “Eng yaxshi ijtimoiy video-rolik” yo‘nalishida. Mukofot – 20 million so‘m;
2️⃣ Eng yaxshi ijtimoiy banner (banner, poster, surat). Mukofot – 15 million so‘m;
3️⃣ “Eng yaxshi maqola”. Mukofot – 10 million so‘m.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ilk bor bu qalinlikda bir kitob ko'rdim. Kitob nomi World Biography. 2624 sahifalik ensiklopediya.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Davlat protokolining talablariga mos qizlar qanday bo'larkan-a?! Bu ishlarni bajarishga modellarni yollashsin! Ota-onalar qizlarini xorijdan kelganlarni nozlanib kutib olishi uchun o'qitmayapti!

Ushbu hujjatga imzoni qo'ygan vazir o'rinbosari — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo'yicha oʻrinbosari hisoblanadi. IT sohasidagi o'rinbosar bunaqa ishlar bilan shug'ullanib o'tirishida biror mantiq ko'rinmadi!

❗️G'urur, degan narsa bo'lishi kerak odamda! O'zbekning qizi, o'zbekning ilm olayotgan talaba-qizi xorijdan kelayotganlarni guldasta bilan kutib olishga majbur emas!
Ⓜ️ Masofaviy ta'lim

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg