Talaba.uz | Ta'lim portali
5.46K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
📌 Kimlar o‘qishga kirishda alohida imtiyozga ega hisoblanadi?

1. Badiiy akademiyaning tasviriy sanʼat bo‘yicha Respublika tanlovi g‘oliblari
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari
3. Ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlar
4. Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari
5. Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari
6. Maqsadli qabul asosida topshirgan abituriyentlar
7. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari
8. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari
9. “Nihol” mukofoti sohiblari
10. Olis cho‘l hududlari aholisi uchun
11. “Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari
12. “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari
13. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol aʼzolari
14. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xizmatchilari farzandlari
15. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab, harbiy qismlar qo'mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo'lganlar
16. Nogironligi bo‘lgan shaxslar
17. Fan olimpiadalari g‘oliblari
18. Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ichki qat'iyat bo'lmasa, hozirgi zamonda hamisha qurbon bo'lasiz !

Sizga to’sqinlik qilayotgan narsa bu o’zingiz va qarashingiz !

Vaziyatni qo'lga oling va ishga kirishing !
Sizni buyuk ishlar kutmoqda !!!

Xayrli tong, do'stlar!

Yaqinlaringizga ham ulashing!😊👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️Toshkentda yangi universitet tashkil etiladi

Yangi o‘quv yilida Toshkentda yana bir nodavlat universitet ish boshlashi kutilmoqda. Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori loyihasi muhokamaga chiqarildi.

Tashkil etilishi ko‘zda tutilgan Toshkent amaliy fanlar universitetida dastlabki bosqichda “Biznes axborot tizimlari”, “Biznes boshqaruvi”, “Axborot xavfsizligi” hamda “Elektron tijorat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.

Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi va kechki) hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.

O‘qish to‘lov-kontrakt asosida asosida olib boriladi. Homiylar va ish beruvchilar tomonidan ta’lim grantlari ajratilishi mumkin.

Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#Daxshat Aytishlaricha, Namangan Davlat universiteti Ingliz tili fakultetidagi ahvol😳😳 Uchib yurgan ko'rshapalaklar. Bunisi oshib tushdi hammasidan ham🤦‍♂ Mutasaddilarga yuboring👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Anons:

Soat 10:50 da.

Namangan Davlat universiteti Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining ko'zini shamg'alat qildimi?

P.s: Universiteti haqida yomonroq post tushib qolib, chidolmaydigan talabalar diqqatiga tayyor turing! Universitetga yordamingiz kerak😉

Talaba.uz'da o'qing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#Daxshat Aytishlaricha, Namangan Davlat universiteti Ingliz tili fakultetidagi ahvol😳😳 Uchib yurgan ko'rshapalaklar. Bunisi oshib tushdi hammasidan ham🤦‍♂ Mutasaddilarga yuboring👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliygohlar orasida "reklama" bo'lib borayotgan Namangan davlat universiteti talabasidan yana bir yurakni ezvoradigan darajada post kelibdi. Universitet ma'sullari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirinini ko'zini shamg'alat qilib, kuzatib yuborishgan shekilli...

"Man avvalroq tarqalgan NamDU dagi ko'rshapalaklar haqidagi videoga o'zimni fikrimni bildirmoqchiman , bu haqiqat , NamDU pedagogika binosi 3 - qavat 327 - xona , 2018 - yilda 1 - kursga qabul qilingan bo'lsam mana 3 - yil bo'ldiki hali 1 ta bino ingliz fakulteti uchun aniq berilmagan , 3 - yildan buyon ko'chmanchi qabiladek ko'chib yuradi inyaz talabalari.

1 - yil biz hozirda Rassiya bilan shartnoma qilinib yangi ochilgan meditsina talabalari o'qiyatgan binoda oqidik , u yerdan keyin , 2- kursda tarixni binosiga ko'chdik.

Mana hozir endi 3- kurs pedagogika binosida o'qiyapmiz , hali bu yerdan ham ko'chasizlar deyishyapti ,1 - kursda o'qiyatganimizda ham bino holati achinarli edi xonlardan ko'mirni xidi anqib turardi , 1 yil chidab o'sha binoda o'qidik chunki biz o'ylagan edik keyingi yilga binoyimiz qayta ta'mirlanib , yangi jihozlgan xonalarda o'qiymiz deb , 2- kursda busa tarixni binosida , u yerda ham xona yetishmovchiligi shunday muammolar , 3- kurs bo'ldik mana lekin hali muammo hal bo'lgani yo'q.

Yaqinda Universitetimiz ga ta'lim vaziri tashrifi munosabati bilan pedagogika binosini oz moz bo'lsada kraska qilib u yoq bu yog'iga qarab qo'yishdi , shu yerda bir narsani aytib o'tishim kerak , inyaz qayerga ko'chsa , o'sha yerni ustozlarimizni o'zlari remont qilishadi , ahir undan oldin ham o'sha binolarda talabalar o'qishgan lekin remont qilinmagan nega endi faqat inyaz ko'chgandan keyin remont qilishi kerak. Ha aytgancha keyin vazir tashrifi tufayli , biz talabalar 3 para kraska hidi anqib turgan xonada o'tirishga majbur bo'ldik, nega deysizmi vazir kirishi mumkin ,to'g'risi man juda kuttim vazir kirishini lekin kirmadi , ustozlar nafaqat o'zlarini balki talabalar sog'lig'ini ham hisobga olmay, 3 para 1 ta xonada dars otishdi , qizig'i ichkarida dars , eshik ortida esa kraska qilinyapti, tasavvur qilyapsizmi 3 parra qimirlamiy kraska hidi da otirish , uning ustiga abed qilmasdan , ko'pchilikni sog'lig'iga tasir qildi bu holat.

Endi o'zimni etirozimni bildirmoqchiman shu yerga kelganda : Nega endi inyaz talabalari uchun 3 yildan beri yangi bino berilmiydi , ahir biz ham boshqa talabalar to'layotgan kontrakt summasini to'layapmizku aslida universitet budjeti uchun eng ko'p mablag' inyaz talabalaridan tushadi chunki eng ko'p super , super muper kantraktda o'qiydigan talabalar inyaz talabalari, xonaga kirsangiz stulda o'tirgingiz kelmaydi sovuqligidan , xonalar umuman isimiydi , bilasiz inyazda ko'proq qizlar o'qiydi ko'rinib turbdiku stulga o'tirgisi kemiydigan biz qizlar ertaga oila quramiz aytmoqchiman bu holat nafaqat sog'lig'imiz uchun ham jiddiy zarar yetkazadi, nega endi 1 oy ichida bitkizib foydalanishga topshirilgan Namangan viloyat , Davlatobod tumanidagi kutubxona barpo bo'lganda , 3 yildan buyon inyaz talabalari uchun yangi bino berilmiydi haligacha , nega bizni bino boshqa fakultetga o'tib ketishi kerak , nega faqat biz ko'chib yurishimiz kerak , ertaga talabalik deganda 4 yil ko'chmanchidek sarflangan umr , ko'mir , kraska hidi anqigan xonalar , yoki sovuqligidan o'tirgimiz kelmagan parta stullarni xotiralaymizmi , iltimos bu xabarimni imkon qadar tegishli joylarga borishida yordam bersangiz , va umid qilaman 4- kursdan biz ham 21- asr talabalaridek yangi binolarda o'qiymiz , hatto bazi maktablardagi sharoit ham universitet biz o'qiyotgan binolardan yaxshi .... zero agarda davlat ta'limga mablag' ajratmas ekan o'sha mablag'ni qamoqxona qurish uchun sarfliydi.

Universitet o'zi mablag'idan ta'mirlay olmasa nega davlatdan yordam so'ramaydi , Toshkentda sotilmayotgan uylar uchun sarflangan mablag' , ta'lim uchun sarflanganda ko'proq foyda keltirar edi. O'sha sotilmiyotgan uylarni sotib olish uchun , mablag' kerak ,mablag'ga ega bo'lish uchun o'qish kerak ,o'qish uchun esa yetarli sharoit bo'lishi kerak ...."
Talaba.uz | Ta'lim portali
#Daxshat Aytishlaricha, Namangan Davlat universiteti Ingliz tili fakultetidagi ahvol😳😳 Uchib yurgan ko'rshapalaklar. Bunisi oshib tushdi hammasidan ham🤦‍♂ Mutasaddilarga yuboring👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
P.s: Yurakdan yozilgan gaplar. 3 yil sarsonlikda yurgan bu talabalar jimgina bitirib ketishi mumkin. Lekin yangi kelgan talabalarga ham shu usulni qo'llasharmikan? Yangilari ham shunaqa 4 yil sarson bo'lishadimi?

Eng qizig'i Namangan Davlat universiteti matbuot kotibi menimcha ishlamasa kerak yoki umuman yo'q, shuncha tanqidiy postlarga qaramasdan birortasiga ham javob xati qilay deyishmadi.

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Oliygohlar orasida "reklama" bo'lib borayotgan Namangan davlat universiteti talabasidan yana bir yurakni ezvoradigan darajada post kelibdi. Universitet ma'sullari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirinini ko'zini shamg'alat qilib, kuzatib yuborishgan shekilli...…
Vazir bilan suhbatda bo'lgan talabalarga judayam achinaman. Chunki ular qo'rqoq. Bor haqiqatni aytishga qo'rqadi.

Shuncha muommolar bor ekan, "eee o'qishiniyam" deb bor haqiqatni ochib tashlamaysizlarmi? Zero qanchadan qancha talabalarning og'irini yengil qilardinglar. Yoki faqat oldindan tanlangan talabalar Vazir bilan suhbatlashdimi?

Boshqa OTMlarga ham maslaxat! Mabodo, Vazir oliygohlaringga borib qolsa qo'rqmasdan haqiqatni aytib tashlanglar😑. Bu "козёл"lik emas.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❗O‘zbekistonda yana bir OTM tashkil etiladi

✅ Toshkent viloyatida Farmasevtika texnik universiteti ochiladi.

Ushbu universitet Toshkent viloyati Qibray tumanida «Tashkent Pharma Park» innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri doirasida tashkil etiladi.

Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.

Bundan tashqari, klaster o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:

👉🏻 innovasion yechimlarni joriy etish orqali farmasevtika sanoatini rivojlantirish;
👉🏻 ixtisoslashtirilgan ta’lim infratuzilmasini yaratish;
👉🏻 investisiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish;
👉🏻 xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish;
👉🏻 xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.


Talaba.uz | official👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«TOEFL» xalqaro imtihonlari DTMda shartnoma asosida tashkillashtiriladi

2021 yilning ikkinchi choragida «TOEFL» toifasidagi xalqaro imtihonlar DTMda shartnoma asosida tashkillashtiriladi. Bu haqda AOKAda Davlat test markazi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

AOKAda Davlat test markazi tomonidan chet tilni bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha 2020 - 2021 yillarda o‘tkazilgan test sinovlari hisoboti va tahlili hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda DTM boshqarma boshlig‘i Javlonbek Nurmatov joriy yilda markaz tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

«2021 yil yakuniga qadar chet tillaridan yangi formatdagi ko‘p darajali test tizimini amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.

Mazkur ko‘p darajali test sinovi tizimi xalqaro ta’lim tizimi imtihonlariga mos kelishi bilan birgalikda, CEFR shkalasining B1-B2-C1 darajalarini o‘z ichiga olgan yagona formatga ega bo‘ladi. Bunda barcha ko‘nikmalarni baholay oladigan yangi baholash mezonlari ishlab chiqiladi.

2021 yilning ikkinchi choragidan xalqaro ta’lim tashkiloti ETS (Educational Testing Service) tomonidan o‘tkaziladigan «TOEFL ITP», «TOEIC», «TOEFL IBT» xalqaro imtihonlarini Davlat test markazida shartnoma asosida tashkillashtirish rejalashtirilmoqda»,
dedi DTM boshqarma boshlig‘i.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#Rasman
▪️ Ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi.

🔺2021/2022 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga respublika tijorat banklari tomonidan imtiyozli ta’lim kreditlari berish tartibi joriy etiladi. Hukumatning tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

🔺Bunday oilalarga imtiyozli ta’lim kreditlari berish uchun tijorat banklariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maqsadli kredit resurslari ajratilsin.

🔺
Ta’lim kreditlari respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari — davlat, nodavlat, qo‘shma ta’lim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari filiallarida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.

🔺Kredit foizlari kredit ajratilgandan so‘ng keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oyma-oy to‘lanadi, asosiy qarz esa talabaning o‘qishi rasman tugagach, uch oy o‘tgandan keyin to‘lash boshlanadi.

*🔺*Ta’lim krediti, o‘qish davrini hisobga olgan holda, bakalavr uchun 15 yil, magistr uchun 10 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

_🔺_Qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etish lozim, uning amalga oshirilishi unga qo‘yilgan asosiy talab hisoblanadi:

🔺mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

🔺bankning kafolati;

🔺uchinchi shaxsning kafilligi;

🔺sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
OTM kengashiga bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatini 50 foizgacha o‘zgartirish vakolati beriladi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sohalari (ta'lim yo‘nalishlari) bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” buyrug‘i loyihasi e'lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 517-son qarori bilan “Respublika oliy ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Bunda, kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari:

2009/2010 o‘quv yilidan boshlab — 1:10,5;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab — 1:12,0;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab — 1:14,0;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab — 1:16,0 nisbatida belgilanishi nazarda tutildi.

Buyruq loyihasiga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ta'lim sohalari (ta'lim yo‘nalishlari) kesimida tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Zarur hollarda, oliy ta'lim muassasasi kengashlariga ta'lim sohalari (ta'lim yo‘nalishlari) bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatini 50 foizgacha o‘zgartirish vakolati berilishi taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalarining o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilayotgani sababli o‘quv yuklama hajmining kamayganligi hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta'lim shaklida o‘quv jarayonining asosiy qismi onlayn shaklda amalga oshirilayotganini inobatga olgan holda, oliy ta'lim muassasalarining maxsus sirtqi va sirtqi ta'lim shakllarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 30,0 nisbatda belgilanishi taklif etilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu buyruq loyihasining qabul qilinishi oliy ta'lim muassasalarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ta'lim sohalari (ta'lim yo‘nalishlari) kesimida belgilanishiga va shu asosida oliy ta'lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning shtat birliklarini belgilanishiga asos bo‘ladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Deyarli_hazil

«Kitob va telefon»

Bir kuni maqtanib qoldi TELEFON:
- Odamlar qo‘lidan tushmayman zinhor
Men go‘zal "Samsung"man, men o‘shal "Iphone",
Chunki, mening "ULUGʻ" internetim bor.

KITOB javob berdi sokin va beg‘am:
-Mayli sen har qalbga ziyo solgansan.
Faqat haqiqatni tan olgin, bolam,
Ahir, hammasini mendan olgansan.

Xurshid Karim.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​▪️Talabaga oilasining betob aʼzosini parvarish qilish uchun ham akademik taʼtil berilishi mumkin boʻladi

🔰 OTM talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

👨‍👩‍👦‍👦 Loyihaga koʻra, endilikda talabaga oilasining betob aʼzosini parvarish qilish uchun ham akademik taʼtil berilishi mumkin boʻladi. Bunda talabaning oila aʼzosi deb otasi, onasi, akasi, ukasi, opasi, singlisi, turmush oʻrtogʻi eʼtirof etilishi koʻzda tutilgan.

• Oilaning betob aʼzosini parvarish qilish uchun – talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan kamida 1 semestr muddatga akademik taʼtil berilishi mumkin.

❗️Eslatib oʻtamiz, ayni paytda talabalariga akademik taʼtil berish tartibi 2010-yil 4-sentyabr kuni Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan nizom talablari asosida amalga oshiriladi va quyidagi hollarda berilishi mumkin:
- harbiy xizmatni oʻtash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tugʻish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun.


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​O‘g‘ri bankdagi barchaga baqirdi:
“Qimirlamang. Pul davlatniki. Jon esa sizniki”.

Bankdagi barcha odam jimgina yerga yotib oldi. Bunga “Fikrni chalg‘ituvchi usul” deyiladi. Odatiy fikrlardan chalg‘itish.

Bir ayol borib stolning ustiga yotib oldi, shunda o‘g‘ri unga baqirdi: “Uyat-e! Bu yerga o‘g‘rilik uchun keldik. Ishrat uchun emas!” Bunga “Mohirlik” deyiladi. Faqat qoyillatib qiladigan ishingiznigina bajarishga qasd qiling!

Bank o‘g‘rilari uyga qaytishganda, kichik o‘g‘ri katta o‘g‘ridan so‘radi:
“Aka, qancha o‘g‘rilaganimizni bir sanamaymizmi?”

Katta o‘g‘ri yoqtirmay javob berdi:
“Ahmoq. Shuncha pulni qachon sanab bo‘lamiz? Kechroq televizorda qancha o‘g‘rilaganimizni o‘zlari aytishadi”. Bunga “Tajriba” deyiladi.

Bugungi kunda hayotiy tajriba qog‘ozda bitilgan malakadan ko‘ra ancha muhim. O‘g‘rilar bankdan chiqib ketishganida bank rahbari ishchisiga tezroq militsiya chaqirishni tayinlaydi. Ammo ishchi rahbariga:
“To‘xtang! Keling bankdan o‘zimiz uchun yana 10 million olib, avval bankdan o‘margan 70 millionga qo‘shib qo‘yamiz”.

Bunga “Oqimga qarab suzish” deyiladi. Har qanday qiyinchilikni o‘z foydasiga burib olish!

Ishchi yana:
“Qani edi har oy shunaqa o‘g‘rilik bo‘lib tursa” dedi. Bunga “Ko‘ngilxushlik” deyiladi. Ichki quvonch ishdan muhim.

Keyingi kun, Televizorda bankdan 100 million o‘g‘irlangani aytildi. O‘g‘rilar ishonmay pullarini sanab chiqishdi, ammo ulardagi pul 20 million edi. O‘g‘rilarning jahli chiqib shunday dedi:
“Biz hayotimizni xavfga qo‘yib atigi 20 million oldik. Bank rahbari ko‘z ochib yumguncha 80 million o‘mardi-ya! Bunaqa o‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra, o‘qimishli o‘g‘ri bo‘lganim yaxshi edi!” Bunga “Bilim oltindir!” deyiladi.

Bank rahbari mamnun. Uning qilmishlarini mazkur o‘g‘rilik qoplagan edi. Bunga “Vaziyatdan unumli foydalanish” deyiladi. Haqiqiy o‘g‘ri kim?

Do'stlarga ulashish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Muvafaqqiyatlar kaliti (siri)

Dunyo shunday bir uyki, u bir kun kuldirsa, ertasi kuni yig‘latadi. Yig‘latgan kuni u uydan yomoni yo‘q.
• Izzat-hurmat va sharafga erishishning kaliti Allohga va Rasuliga ibodat qilishdir.
• Rizqning kaliti istig‘for va taqvo bilan ishlashdir.
• Jannatning kaliti tarovehdir.
• Iymonning kaliti Allohning oyatlari va yaratiqlari haqida mushohada yuritishdir.
• Yaxshilikning kaliti to‘g‘rilikdir.
• Qalbning tetik bo‘lishi kaliti Qur’onda aytilganlarni o‘ylash, tong saharda turib duo qilib, Allohga yolvorish va gunohlarni tark etish.
• Ilmning kaliti chiroyli savol so‘rab, javobni yaxshilab eshitishdir.
• Muvofaqqiyatning kaliti sabr qilishdir.
• Najotning kaliti taqvodir.
• Orttirishning kaliti shukur qilishdir.
• Oxiratni so‘rashning kaliti dunyoga ortiqcha mehr qo‘ymaslik.
• Ijobatning kaliti duo qilishdir.

“Noumid bo‘lma” kitobidan.

Doʻstlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
📌 Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi e'lon qilinish arafasida

«Hozirda Davlat test markazi va tegishli vazirliklar bilan birgalikda fanlar majmuasi ishlab chiqilgan. Markazning asosiy vazifasi umumlashtirish hisoblanadi. Ya'ni vazirliklar beradigan takliflarga binoan ish tutadi. Bu mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda va tez kunda e'lon qilinadi. Avvalgi yil bilan solishtiradigan bo‘lsak, juda katta farq bo‘lmaydi»

DTM rasmiysi chet tili fanidan maksimal ball beruvchi sertifikat darajasi B2'ga o‘zgartirilganiga izoh berdi.

«Yangi qoidaga ko‘ra B1'dan yuqori bo‘lgan B2 yoki C1 darajasi bo‘yicha sertifikat olgan abituriyentga maksimal ball berilishi belgilab qo‘yildi. Chunki test amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, B1 sertifikati olgan bola va kirish imtihoni kuni test topshiradigan bola teng.
Ikkalasi ham ishlaganda xato qilib qo‘yishi mumkin. Deylik, 3 ta xato qilsa, bu 9,3 balldan ayrildi degani va sertifikatsiz bola sertifikati bor bolaga yutqazib qo‘yyapti. Bunda adolat sal yo‘qolib qolgandek edi.
Endilikda Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, kimda B2 va undan yuqori daraja sertifikati bo‘lsa, unga kirish imtihonlaridagi maksimal ball beriladi»

©️ DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Latviya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun stipendiyalar taklif etadi

▫️ Ushbu stipendiya va grantlar 3 ta dastur bo‘yicha taqdim etiladi.

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/latviya-grantlar

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilmsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Mo’jiza kutib yashovchilar!!!
Ertalab uyqudan turib yuz qo‘lingizni yuvib oynaga qarang tirikligingizning
o‘zi eng katta MO‘JIZA.

Assalomu alaykum! Yangi kun barchamizga xayrli bo‘lsin!
Bugungi kuningiz mazmunli va albatta ezgu amallar ila go‘zal o‘tishini Yaratgandan so‘rab qolamiz!

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg