Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​Huddiki hafta davomida butun dunyo yumishlarini bajarib tashlagandek yakshanba kuni "ertalab meni uyg‘otmanglar, rosa charchaganman" deb dag‘dag‘acha qilib qo‘yadigan talabalar, xayrli tong!😁

Bugun yakshanba, bozorga borib bahonada shashlik yeb kelaman deb, ro‘zg‘or xarajatlaridan pul orttira olmay perashka yeb qaytib keladigan kun!

Talabalarga ulashamiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

Agar Sessiya bòlmaganida "Talabalar" kutubxona qayerdaligini hech qachon bilmay òtar edi 😂.

Do'stlarga ulashing😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#judolik

Yunusoboddagi uydan 5 nafar talabaning jasadi topildi😢

Kecha, 27 fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida 5 nafar talabaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 20:50 larda Yunusobod tumani, “Firdavsiy” MFY, Injobod ko‘chasidagi uyda ijarada yashab kelgan Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.Gʻ. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda “Inxa” universiteti 1-bosqich talabasi S.X.ning murdasi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Tez orada batafsil ma'lumot berib o'tamiz😔😔

Inna lillahi va inna ilayhi ro'jiun🤲

Manba

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, kecha mudhish voqea sababdan vafot etgan talabalarning barchasi Andijon viloyatidan bo'lishgan.

Singapur universitetida taxsil olib kelayotgan marhum O.I ning yaqin insoni bizga aloqaga chiqdi. Uning aytishicha, O.I ning dadasi qarz havola qilib, o'g'lini o'qitib kelayotgan bo'lgan.

O.I esa katta orzu va umidlar bilan "yaxshi o'qib, qanday bo'lmasin, dadamning qarzlarini qutilishim kerak" deb yurgan ekan.

Bu oilalarning mushkulini oson qilishini, ALLOHdan so'rab qolamiz🤲😞

Ota-onasiga chin dildan sabr tilaymiz!
Talaba.uz | Ta'lim portali
Aytishlaricha, kecha mudhish voqea sababdan vafot etgan talabalarning barchasi Andijon viloyatidan bo'lishgan. Singapur universitetida taxsil olib kelayotgan marhum O.I ning yaqin insoni bizga aloqaga chiqdi. Uning aytishicha, O.I ning dadasi qarz havola…
Vafot etgan talabalarning haqqiga duo qilib qo'yishingizni so'raymiz.

Kimdandir qarzi yoki boshqa bir oldi-berdisi bo'lsa, ALLOH yo'lidan rozi bo'ling!

Bugun marhum talabalarning xotirasiga bag'ishlab, @TalabaUz ma'muriyati motam e'lon qiladi!!!
Talaba.uz | Ta'lim portali
#judolik Yunusoboddagi uydan 5 nafar talabaning jasadi topildi😢 Kecha, 27 fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlarning birida 5 nafar talabaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. Soat 20:50 larda Yunusobod…
Talabalardan biri taqdir taqozasi bilan tirik qolgan!

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, ijarada aslida 5 kishi emas 6 kishi yashashgan.

Ularning 6-si N. Juma kuni boshqa bir do'stlari bilan toqqa chiqib ketgan. Shanba kuni kechasi hammalari Toshkentga qaytib kelishgan va tarqalishgan.

Kvartirada 6-bo'lib yashagan, N. kvartirasiga qaytib kelsa, 5 nafar xonadoshi o'lib yotganini ko'rgan va ularning ota-onasiga, shifokorlarga telefon qilgan.

Ayni vaqtda hodisa jarayoni o'rganilmoqda. Haligacha 5 nafar marhum talabalarning o'limiga aynan nima sabab bo'lgani oshkor qilingani yo'q!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hello_spring

💐🌼 Bahorning 1-kuni barchamizga muborak bo'lsin 🌸🌺

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
Do‘stim, sen o‘y-xayollardan iboratsan. Bundan qolgani esa et va suyakdir. Agar Gulni o‘y-xayolida bo‘lsang, bir kun kelib albatta Gulzor bo‘lasan. Agar Tikonni o‘y-xayolida bo‘lsang, bir kun kelib albatta Tikonzor bo‘lasan ...

✏️ Jaloliddin Rumiy

#mushohada📖

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Ko‘pchilik oddiy ishchi yoki dehqon bolasida «ministr» bo‘lish imkoni yo‘q deb o‘ylaydi» – Komil Allamjonov o‘zi duch kelgan qiyinchiliklar haqida gapirdi

Komil Allamjonov muvaffaqiyatga erishish uchun qanday oila farzandi bo‘lishning ahamiyati yo‘qligi, oilada bolalarga nisbatan ishonch muhiti shakllantirilishi lozimligi haqida gapirdi. “O‘qib, shahar oberarmiding?”, “Podderjka qiladigan kimimiz bor, nimangga ishonyapsan?”, “Hadeb kitob titgandan ko‘ra, bor, mol-holga qarasang-chi”, degan gaplarni ko‘p oilalarda eshitamiz. Balki o‘zimizga ham aytilgandir bunday gaplar. Shunaqa gaplarni eshitgan bola qaddi bukik, bo‘yni egik, hayotdan hafsalasi pir bo‘lib voyaga yetishi aniq”, dedi Komil Allamjonov.

Joriy yilning 28 fevral kuni “Zakovat” intellektual klubiga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan a'zo bo‘lish uchun onlayn ariza topshirganlar uchun kasting o‘tkazildi. Ilk bora Humo Arena saroyida katta bayram tadbiri sifatida o‘tkazilgan intellektual kastingda ro‘yxatdan o‘tgan minglab ko‘ngillilar ishtirok etdi.

Tadbirda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov so‘zga chiqib, bolaligi, hayotda duch kelgan qiyinchiliklari va ulardan chiqish yo‘llari haqida gapirib berdi.

“Qoraqamishlik, 90-yillarning bolasiman. Dadam oddiy avtoslesar, oyim 3-tug‘uruqxonada hamshira bo‘lib ishlaganlar. Maktabda o‘rtacha o‘qiganman. Sho‘xroq bo‘lganman. Litseyimiz direktori doim “seni maktabdan haydayman”, deb po‘pisa qilardi. Ammo onam meni oliy ma'lumotli, ziyoli odam bo‘lishimni orzu qilardilar. Buvim esa doim: “Shu bolam ministr bo‘ladi”, derdilar. Lekin bu gapga hech kim ishonmasdi. Chunki aksariyat odamlarimiz ishchi yoki oddiy dehqon oilasining bolasida bunday imkoniyat yo‘q, deb hisoblaydi. Men esa hech qachon, hech qanday vaziyatda, hatto institutdan haydalganimda ham taslim bo‘lmaganman.

O‘shanda oyim: “Oh, bolam-a! Mayli siqilma, rabochiyni bolasi rabochiy bo‘larkan-da”, deganlarida ichim zil ketgan. Undan ko‘ra bir tarsaki tushirsalar yaxshi bo‘lardi.

Televideniyedan arzimagan lavhani deb haydashganda ham, biznesim kasod bo‘lib, aqlga sig‘maydigan darajada zarar ko‘rganimda ham, obro‘yim, sha'nimni yer bilan yakson qilishmoqchi bo‘lganida ham yengilmaganman! Faqat yaxshi niyat va tinimsiz harakat, asosiysi, Allohga tavakkal qilish bilangina o‘ylagan natijalarimga erishib kelyapman”
, deya qiyinchiliklardan qanday o‘tgani haqda gapirib berdi Komil Allamjonov.

Mass-media fondi raisining ta'kidlashicha, bolaning shakllanishida oilaviy muhit, ota-onaning o‘rni, ta'siri juda katta.

“O‘qib, shahar oberarmiding?”, “Podderjka qiladigan kimimiz bor, nimangga ishonyapsan?”, “Hadeb kitob titgandan ko‘ra, bor, mol-holga qarasang-chi”, degan gaplarni ko‘p oilalarda eshitamiz. Balki o‘zimizga ham aytilgandir bunday gaplar. Shunaqa gaplarni eshitgan bola qaddi bukik, bo‘yni egik, hayotdan hafsalasi pir bo‘lib voyaga yetishi aniq. O‘ziga ishonchi bo‘lmagan, birovga qaram millat ana shunday shakllanadi.

Biz qanday maqsadlar bilan, nima uchun yashaymiz o‘zi, degan savolga javob har doimgidek o‘sha-o‘sha: “uchastka” qurish, “inomarka” minish, qarzga botib bo‘lsa ham dabdabali to‘y qilish... Uyog‘iga – choyxonabozlik. Hayotimiz mazmuni – shu”
, dedi Allamjonov.

Komil Allamjonov yoshlarni bu qarashlardan voz kechib, o‘z ustida ishlashga, taslim bo‘lmaslikka, ilm olish motivatsiyasiga salbiy ta'sir qiladigan ovozlarga quloq tutmaslikka chaqirdi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#tavsiya

O'ta vatanparvar yosh kadrdan taklif. Quyidagi fanlar o'quv dasturlaridan chiqarib tashlanishi kerak:

1. Chet tili - chunki chet tilini o'rganish yoshlarni mamlakatdan qochib ketishga rag'batlantiradi;

2. Jismoniy tarbiya - chunki u yoshlarga mamlakatdan qanday qochib ketishni o'rgatadi;

3. Geografiya - chunki u yoshlarga mamlakatdan qayerga qochgan ma'qul ekanligini o'rgatadi;
4. Va nihoyat tarix - chunki u yoshlarga mamlakatdan nima sababdan qochib ketish kerakligini o'rgatadi.

5. Informatika - chunki bu fan ularga qochish qanday foyda olib kelishini orgatadi

6. Matematika - bolalarni qancha mablag' bilan qochishga o'rgatadi.


Do'stlarga ulashing 🙃👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇮🇹 To'liq grant va yillik 11 000 yevro stipendiya😎

Italiya #reytingida 1-o'rinni egallaydigan Boloniya universiteti tomonidan bakalavr va magistratura bosqichlari uchun to‘liq grant va yashash xarajatlari uchun yiliga 11 000 yevro stipendiya taklif etilmoqda

Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/university-of-bologna-scholarships-italiyada-toliq-grant

Do'stlarga ulashing 🤓👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hech kim gapirmay qo'ydi...

Toshkent shahar Yunusobod tumani 235-maktab o'quvchilaridan birida Covid19 virusi aniqlangan. Lekin nimagadir jimjit, hech qayerda e'lon qilingani yo'q.

Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, bu birinchisi emas va hech qanday maktabda karantin joriy qilingani yo'q ekan.

Bu virusdan hali qutilmadik😑 Xalqni vahimasiz ogoh qilish kerak deb bilamiz...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓Talabalar kontraktni qachongacha to‘lashi kerak?

Davlat qabul komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq, o‘qishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar (yaʼni 1-kurslar, bakalavr va magistr) hamda o‘qishini ko‘chirgan (tiklagan) talabalar uchun (kursidan qatʼi nazar) kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi. Yuqori kurslar uchun kontrakt to‘lash muddati OTM rektorlari tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, talabalarga kontraktni 4 ga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.

✅ Jumladan:

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha (bugungi kunda 1 dekabrgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha yoki OTM rektori tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi kerak.

❓Super-kontrakt summasini qachongacha to‘lash kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin.

Bunda:

➖ o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50%i 2020-yilning 1-dekabridan;

➖ ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismi 2021-yilning 1-martidan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️ Yunusobodda vafot etgan 5 nafar talabaning o'limi sabablari haligacha o'rganilmoqda.

Ular ijarada turgan hovli eshigi muhrlab qo'yilgan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi

▪️Hukumat qarori bilan, yangi universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida kadrlar tayyorlaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshmi o'qituvchisi talabani "kambagʻalsan" deb haqorat qilgan.

Talabaga motivatsiya berib, ruhlantirish oʻrniga nima ish qilishyapti bular?

Yoki tabaqalanish boshlandimi?

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yana bir judolik, Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi qurilish ob’yektida vafot etdi

TDYU 3-bosqich talabasi Bahodir Bozorov o‘zi ham ishlab, ham yashayotgan, qurilishi tugallanmagan bino hududida yiqilib, vafot etdi.

Kuni kecha ham besh nafar talaba zaharlanishdan vafot etgan edi. Yunusobod tumani, Firdavsiy MFY, Injobod ko‘chasi, 61-uyda ijarada yashab kelgan talabalar murdalari o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Inna lillahi va inna ilayhi ro'jiun🤲 Ota-onasiga sabr tilaymiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Noma'lum moddadan zaxarlanib, bir nafar talabasi vafot etgan Toshkent shahridagi Inha universiteti o'zining birinchi yotoqxonasini ochdi

Yotoqxonada 200 o‘rin mavjud bo‘lib, ulardan 150 tasi o‘g‘il bolalar uchun, 50 tasi qizlar uchun mo‘ljallangan. Yotoqxona eng zamonaviy shaklda, Koreya Respublikasi tajribasida jihozlangan, bepul WiFi ham o'rnatilgan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Toshkent davlat transport universiteti fizika fani o'qituvchisida Covid19 virusi aniqlangan!

Fan o'qituvchisi zudlik bilan maxsus izolatsiyalangan punktga yuborilgan. O'qituvchi dars o'tgan guruhlar esa uy sharoitidagi karantinga olingan. Hozirda ularning darslarga ishtirok etishi ta'qiqlanganligi aytilmoqda.

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg