Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓Talabalar kontraktni qachongacha to‘lashi kerak?

Davlat qabul komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq, o‘qishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar (yaʼni 1-kurslar, bakalavr va magistr) hamda o‘qishini ko‘chirgan (tiklagan) talabalar uchun (kursidan qatʼi nazar) kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi. Yuqori kurslar uchun kontrakt to‘lash muddati OTM rektorlari tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, talabalarga kontraktni 4 ga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.

✅ Jumladan:

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha (bugungi kunda 1 dekabrgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha yoki OTM rektori tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi kerak.

❓Super-kontrakt summasini qachongacha to‘lash kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin.

Bunda:

➖ o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50%i 2020-yilning 1-dekabridan;

➖ ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismi 2021-yilning 1-martidan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️ Yunusobodda vafot etgan 5 nafar talabaning o'limi sabablari haligacha o'rganilmoqda.

Ular ijarada turgan hovli eshigi muhrlab qo'yilgan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi

▪️Hukumat qarori bilan, yangi universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida kadrlar tayyorlaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshmi o'qituvchisi talabani "kambagʻalsan" deb haqorat qilgan.

Talabaga motivatsiya berib, ruhlantirish oʻrniga nima ish qilishyapti bular?

Yoki tabaqalanish boshlandimi?

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yana bir judolik, Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi qurilish ob’yektida vafot etdi

TDYU 3-bosqich talabasi Bahodir Bozorov o‘zi ham ishlab, ham yashayotgan, qurilishi tugallanmagan bino hududida yiqilib, vafot etdi.

Kuni kecha ham besh nafar talaba zaharlanishdan vafot etgan edi. Yunusobod tumani, Firdavsiy MFY, Injobod ko‘chasi, 61-uyda ijarada yashab kelgan talabalar murdalari o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.

Inna lillahi va inna ilayhi ro'jiun🤲 Ota-onasiga sabr tilaymiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Noma'lum moddadan zaxarlanib, bir nafar talabasi vafot etgan Toshkent shahridagi Inha universiteti o'zining birinchi yotoqxonasini ochdi

Yotoqxonada 200 o‘rin mavjud bo‘lib, ulardan 150 tasi o‘g‘il bolalar uchun, 50 tasi qizlar uchun mo‘ljallangan. Yotoqxona eng zamonaviy shaklda, Koreya Respublikasi tajribasida jihozlangan, bepul WiFi ham o'rnatilgan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Toshkent davlat transport universiteti fizika fani o'qituvchisida Covid19 virusi aniqlangan!

Fan o'qituvchisi zudlik bilan maxsus izolatsiyalangan punktga yuborilgan. O'qituvchi dars o'tgan guruhlar esa uy sharoitidagi karantinga olingan. Hozirda ularning darslarga ishtirok etishi ta'qiqlanganligi aytilmoqda.

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TATU rahbariyati 3 ta talabaning o'limi sababli, universitetda "8-mart Xotin-qizlar bayrami" tadbirini o'tkazishni rasman bekor qilgani aytilmoqda. Navro'z bayramida Xotin-qizlar bayramini ham qo'shib tadbir qilisharkan.

Mana bu oliyjanoblik, o'tgan talabalarni hurmati uchun ham tadbirni bekor qilishibdi👍

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇰🇷 Koreyada to'liq grant, bepul sug'urta va oyiga taxminan 314 AQSH dollarlik stipendiya

▪️Janubiy Koreyaning KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) tomonidan o‘qish uchun to‘liq grant, bepul sug'urta va oylik stipendiya uchun so'nggi qabul jarayoni boshlandi

Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/kaist-koreyada-toliq-grant-va-stipendiya

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Toshkent Kimyo texnologiya instituti talabasidan Covid-19 virusi aniqlangan!

Matbuot kotibi institut rasmiy telegram saxifasida ushbu e'lonni chiqarishgan.

"BARCHA TALABALAR VA PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR DIQQATIGA!!!

Maʼlum sabablarga koʻra institutimizda COVID-19 virusiga chalinish holatini oldini olish maqsadida ehtiyot choralari yana-da kuchaytirilmoqda. Shu munosabat bilan har bir professor-oʻqituvchi va talabalardan shaxsiy gigiyenik himoya vositalaridan muntazam foydalanishlarini, institut hududiga himoya niqobi taqilgan holda kirishlarini, antiseptik vositalarini doimiy ravishda oʻzlari bilan olib yurishlarini soʻrab qolamiz. Gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qiling!"

Talabalarning aytishicha, institut rahbariyati hech qanday chora ko'rishmayapti. Virus chiqqan talaba haqida ham talabalarni ogohlantirmagan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Termiz Davlat universiteti rektori (sobiq Milliy universitet rektori) Avazjon Marahimov ijarada yashaydigan talabalar uylarida.

Talabalar universitet rektorini osh bilan kutib olishibdi😋

Faqat anu qizlar xonasidagi "Розетка" shnuriga ehtiyot bo'lish kerak. Uzilgan joyi "скотч" bilan o'rab qo'yilibdi😊

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#biroz_hazil

Kimdur sizga kechasi 1da qo'ng'iroq qilib.
— Nima qilayapsiz? desa nima degan bo'lar edingiz... 🤦‍♂️

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇰🇷 Koreyada magistratura bosqichida o'qish uchun to'liq grant va oylik 800-900 AQSH dollari atrofida stipendiya!

KOICA grant dasturi hamkor mamlakatlarning davlat xodimlari uchun Janubiy Koreya davlatida magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant, bepul turar-joy, sug‘urta, aviachipta va oylik 800-900 AQSH dollari atrofida stipendiya va boshqa bir qator bonuslar taklif etmoqda

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/koica-janubiy-koreya-tomonidan-ozbekiston-davlat-xodimlari-uchun-toliq-grant

Qo'shimcha grantlar haqida ma'lumotlar👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistonda Navro‘z arafa 3 kun dam olinadi.

▪️Prezident farmoni bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
▫️20 mart – shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
▫️21 mart – yakshanba (bayram kuni);
▫️22 mart – dushanba (27 martdagi dam olish kuni ko‘chirilgan).

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
▪️Oʻzbekiston va Belarus: Oliy taʼlim tizimida oʻzaro ishonchli hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

🔺Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpenko boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

📌 Delegatsiya aʼzolari va yurtimizdagi OTMlarning rektor va prorektorlari ishtirok etgan uchrashuvda ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish tizimida integratsiyani kuchaytirish, Oʻzbekiston va Belarus OTMlari rektorlari forumini oʻtkazish, Belarus oliy oʻquv yurtlarida oʻzbekistonlik doktorantlar va aspirantlar uchun grantlar joriy etish masalalarida muzokaralar olib borildi.

✍️ Natijalarga koʻra, Oʻzbekiston va Belarus Respublikasining 10 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.

✅ Ayni vaqtda Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Belarus qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti faoliyat yuritadi, 38 ta mahalliy OTMda Belarusning 17 ta nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda qoʻshma dasturlarda (double degree) 56 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 18 ta magistratura mutaxassisligida kadrlar tayyorlanadi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Abituriyentlar uchun hamyonbop IELTS!

Ma’lumki, joriy yildan abituriyentlar 5 ta fandan test sinovlarini topshirishi kerak bo‘ladi. Bunday paytlar ularga yaratiladigan har qanday yengillik juda qo‘l kelishi mumkin. Ana shunday yengilliklardan biri, shubhasiz, IELTS testidan 5.5 yoki undan yuqori ballik sertifikat taqdim etishdir. Bunday sertifikat Sizni test sinovining chet tili qismida eng yuqori ball olishingizni kafolatlaydi.

Toshkentda IELTS sinovlariga tayyorlashda katta tajriba va salohiyatga ega IELTS ZONE o‘quv markazi abituriyentlar uchun hamyonbop o‘quv dasturlarini taqdim etadi. Abituriyentlar ingliz tilini bilish darajasiga qarab, qisqa muddatlarda IELTS sinovlarining barcha jihatlarini ipidan-ignasigacha malakali, tajribali instruktorlar yordamida chuqur o‘zlashtirishadi.
Oylik kurs narxi: UZS 400,000
Aloqa uchun: +99897 130 6822
Telegram:
@uzieltszone
Ogohlik-davr talabi!😜😷

Ogohlantiramiz barchani😬👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Buni bilarmidingiz?

my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin!

Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.

Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.

"O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" xizmati:

⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor.

❗️Bu muhim! Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat’iyan man etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi

“Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (824-son, 31.12.2020 y.) qabul qilindi.

☑️ Qarorga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan respublika oliy taʼlim muassasalarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi.

🔰 Oliy taʼlim muassasasi kengashi qarori asosida:

➖ professor-o‘qituvchilar OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;

➖ o‘qituvchilar OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlarida o‘qishi mumkin.

🔰 2021 yil 1 yanvardan:

➖ OTM huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan professor-o‘ituvchilarning mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;

➖ taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi;

➖ OTMda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raislari tegishli OTM rektori(filial direktori) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Do'stlarga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg