Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
🇦🇪 BAA: 100% gacha grant

Khalifa Universityda o'qish uchun 100% gacha grant yutib olish imkoniyatini taqdim etmoqda

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/baa-bakalavr-bosqichida-oqish-uchun-100-gacha-grant

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

O‘zbekiston Milliy universitetida 2021–2022 o‘quv yilidan «Lazer fizikasi», «Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi» (tarmoqlar bo‘yicha) hamda «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi» yo‘nalishlarda Belarus Respublikasi bilan hamkorlikda 2+2 qo‘shma ta’lim dasturiga talabalar qabul qilinadi.

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video Sariosiyo-Termiz yo'nalishida borib keladigan talabalar tomonidan olingan. (Hind videosi emas)

Ularning aytishiga qaraganda bu poyezdda Termiz davlat universitetiga Surxandaryoning Jarqo'rg'ondan tashqari barcha tumanlaridan talabalar qatnashar ekan. Vagonlar soni 5 ta ekan. TerDU talabalari 25 mingni tashkil qiladi. Bu holat ancha yaxshi bo'lgan xolat emish.

Buni tanqid deb bilasizmi? Yoki talabalarning sabr-toqatiga qarsak chalasizmi?

Talabalarning sabr-toqatiga 5+.
Lekin bu talabalarga sharoit yaratib bermayotganlarga, talabani past qatlam deb bilayotganlarga nima deysiz? So'kinmasdan o'z fikringizni kommentariyada qoldiring)


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Keyingi o‘quv yilidan ota-onasi yo‘q qizlar va boquvchisi yo‘q ayollarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

▪️Prezident qaroriga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari har yili 100 nafardan xotin-qizlarning, OTMlar esa 50 nafargacha talaba-qizlarning kontrakt pulini to‘lab beradi.

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇦🇺 Avstraliya: To‘liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar

Avstraliyaning Australian National University universiteti magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish uchun talabalarga to'liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar taklif etmoqda 👇

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/avstraliya-magistratura-va-doktorantura-bosqichlarida-oqish-uchun-toliq-grant

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Президент мактабларига имтиҳонлар қачон ўтказилиши маълум қилинди

Президент мактабларига кириш имтиҳонларининг 1-босқичи 2021 йил июл, 2-босқичи август ойида ташкил этилиши режалаштирилган. Бу ҳақда Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги матбуот котиби Дилфуза Собирова Kun.uz мухбирига маълум қилди.

Шунингдек, президент мактабларига кириш учун қайси фанлардан имтиҳон олиниши ва имтиҳонлар тартиби ҳам билдирилган.
Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 15-июндаги 526-сон қарори билан тасдиқланган “Президент мактаблари тўғрисида Низом”нинг 5-боб 39-бандига асосан Президент мактабларига кириш имтиҳонлари икки босқичда ўтказилади:

👉 1-босқич математика фанидан 30та топшириқдан иборат тест шаклида ўтказилади. Белгиланган вазифани бажариш учун 90 дақиқа вақт ажратилади;
биринчи босқич натижасига кўра қабул квотасида белгиланган ҳар бир ўринга 20 киши ҳисобидан максимал талабгорлар 2-босқичда иштирок этишга рухсат этилади;

👉 2-босқич

◾️ахборотни таҳлил қилиш ва солиштириш қобилиятини аниқлаш бўйича 16та масала;
▪️мантиқ элементлари бўлган математика фанидан 24та масала;
▪️инглиз тилидан 55та тест.
2-босқич кириш имтиҳонлари учун жами 150 дақиқа вақт ажратилади.

Маълумотлар бўйича ўзгаришлар бўлиши мумкин, бу ҳақда қўшимча хабар берилади.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Yoshlar ittifoqi a’zolariga oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qanday imtiyozlar mavjud?

👉 Batafsil:
https://oliygoh.uz/abituriyent/ozbekiston-yoshlar-ittifoqining-faol-azolariga-beriladigan-imtiyozlar

#imtiyoz

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Esingizdami, maktab davrlarimizda o‘qituvchilarimiz o‘rtaga savol tashlarkan, a’lochilarga qarab:
-Biladiganlar jim tursin! – deyishardi. Bilmaydiganlar gapirtirilardi.
Ulg‘aygach ko‘rdikki, hayotda ham ayni shu talab: biladiganlar jim turishga majbur, bilmaydiganlar esa gapirtiriladi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇺🇸 AQSH: 40 000 AQSH dollarlik grant

AQSHning University of Michigan-Dearborn oliygohi umumiy qiymati 40 000 AQSH dollarlik grant International Students Scholarship granti uchun arizalar qabul qilishni boshladi

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/aqsh-umumiy-qiymati-40-000-aqsh-dollarga-teng-grant

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz emas, ro'molingiz muborak bo'lsin😊

Ajoyib video rolik.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Besh talaba. Besh ona. Besh musibat. Tinchlik zamonida o'lishga haqqing yo'q edi, bolam!

Xabar.uz jurnalistlari no'malum moddadan zaharlanib vafot etgan talabalarning uylarida bo'lishibdi😔

Eslatib o'tamiz, haligacha o'lim tafsilotlari aniq bo'lmadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#nima_deysiz😂😂😂😢

Uch farzandini kontraktda o‘qitgan Eshmat otani tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi. Otaning polda yotgan telefonida to‘rtinchi farzandidan kelgan quyidagi sms xabari ochiq qolgandi:

—Dada, tabriklang! Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindim.

Do'stlarga yuboring😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😎 Germaniyani orzu qiladiganlar diqqatiga!

🇩🇪🤝🇺🇿 Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan ajoyib loyiha e'lon qilindi:

- Germaniya sizni qiziqtiradimi? Siz Germaniyada o'qishni, yashashni va hatto uzoqroq vaqt davomida ishlashni xohlaysizmi?

Unda onlayn ko'rgazmaga ro'yxatdan o'ting va barchasini RASMIY vakillar orqali bilib oling!

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

Ko'rgazma 2021-yil 24-mart kuni bo'lib o'tadi.

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yangi o‘quv yilida Namangan davlat universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2021 yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha Bayon qaroriga muvofiq:

✅ Viloyatdagi tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash maksadida Namangan davlat universitetida 2021/2022 o‘quv yilidan tibbiyot fakultetini tashkil etish choralari ko‘riladi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:

🔹2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tibbiyot fakultetiga talabalarni qabul qilinadi;

🔹tibbiyot fakultetida kadrlar tayyorlashda metodik yordam berish uchun Andijon davlat tibbiyot institutini biriktiriladi;

🔹tibbiyot fakulteti talabalarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maksadida viloyatdagi tibbiyot muassasalariga integrasiyalashtiriladi;

🔹viloyatdagi ilmiy salohiyatli va malakali tibbiyot xodimlari pedagogik faoliyatga jalb etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali talabalarga ochiqdan ochiq adolatsizlik qilyapti..(mi?)

Bu yil pandemiya sababdan TATU rektori kredit tizimida taxsil olayotgan talabalarga qayta topshirish bepul bo'lganini aytgan.

Barcha filiallarda, shu jumladan:

- Nukus filiali
- Qarshi filiali
- Urganch filiali
- Farg'ona filiallarida fanlardan qarzdor talabalarga erkinlik qilib, qayta topshirishni bepul qilib qo'yishdi.

Lekin, TATUning rasmiy telegram sahifasida yozilishicha, Samarqand filialida vaziyat hamon o'zgarmagan. Mana shu hafta talabalar qayta topshirish pulini to'lashmasa, kursdan kursga o'tkazilmasligi aytilgan.

Mutasaddilar esa umuman uyqudaligi va hech qanday javob kelmayotgani bu ADOLATSIZLIK emasmikan?

Mutasaddilar talabalarga yordam berib, bu masalani o'rganib chiqishini so'rab qolamiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 Osiyo Taraqqiyot Banki dunyoning 10 ta rivojlangan davlatlaridagi 29 ta hamkor universitetlaridan birida magistratura bosqichida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyatini taklif etmoqda

👉 Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/osiyo-taraqqiyot-banki-magistratura-bosqichini-10-ta-mamlakatdan-birida-oqing

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Deyarli_hazil

«Kitob va telefon»

Bir kuni maqtanib qoldi TELEFON:
- Odamlar qo‘lidan tushmayman zinhor
Men go‘zal "Samsung"man, men o‘shal "Iphone",
Chunki, mening "ULUGʻ" internetim bor.

KITOB javob berdi sokin va beg‘am:
-Mayli sen har qalbga ziyo solgansan.
Faqat haqiqatni tan olgin, bolam,
Ahir, hammasini mendan olgansan.

Xurshid Karim.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Bolam, bor onangning duosini ol, ishing yurishadi»

Ustoz darsni tugatib:
"Ona duosi dunyoni, ota duosi oxiratni ma’mur qiladi. Birinchisini olgan dunyoda, ikkinchisini olgan oxiratda xor bo‘lmaydi!" dedilar.
Muhammad Zohid hazratlarining huzuriga ishi yurishmagan kishilar kelganida ularga:
«Bolam, bor onangning duosini ol, ishing yurishadi», deb nasihat qilar ekanlar.
©Abdulloh Rahim

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 HP LIFE: mutlaqo bepul onlayn kurslar va bepul sertifikat olish imkoniyati

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/hp-life-online-mutlaqo-bepul-kurslar-va-bepul-sertifikat-olish-imkoniyati

Do'stlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg