Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Qirg‘iziston yoshlariga O‘zbekiston OTMlarida har yili grantlar ajratish rejalashtirilmoqda

▪️Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyevning Toshkentdagi muzokaralaridan so'ng ma’lum qilindi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Hech kim gapirmay qo'ydi... Toshkent shahar Yunusobod tumani 235-maktab o'quvchilaridan birida Covid19 virusi aniqlangan. Lekin nimagadir jimjit, hech qayerda e'lon qilingani yo'q. Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, bu birinchisi emas va hech qanday maktabda…
Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Toshkent shahar Yunusobod tumani 235-maktabdan Covid-19 virusiga chalinganlar soni ortib borayotgani bois maktab ertandan aprel oyiga qadar yopilar ekan!

Bundan tashqari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti Defektalogiya: Maxsus pedagogika fakulteti 9-martdan boshlab online ta'limga o'tilgan. 11-martdan barcha fakultet talabalari qaytishi kerak bo'lgan, lekin afsuslar bo'lsin-ki, online ta'lim hali davom etishini aytib o'tgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Keystone Scholarships 2021: Umumiy qiymati 22 000 dollariga teng grant dasturi

Bakalavr va magistratura bosqichlarida o'qimoqchi bo'lgan xalqaro talabalar uchun yana bir ajoyib imkoniyat:

👉 Batafsil: https://www.oliygoh.uz/grantlar/keystone-scholarships-2021-grant-dasturi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Baxtga navbat bormi?

Kim oxirgi?

Sizdan keyin men!

O‘zimgamas!

Ota mehrini ko‘rmay, o‘sayotgan tirik yetim go‘daklarga bir chimdim.

Kelinlik martabasiga yetolmay, oq koʻylak armon bo‘lgan aybsiz aybdor, singillarga bir chimdim.

Ne ne orzu umidlar bilan farzandlarini dunyoga keltirib, keyin yana qancha qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazib, endi bolalarini rohatini ko‘raman deganda ko‘chadan tayyoriga kelgan bir oyimchani oldida qadrini yo‘qotgan onalarga bir chimdim.

Ota onasini uyida malikalardek yashab, turmushga chiqib xizmatkordanda xorroq bo‘lib yashayotgan ojiza kelinlarga bir chimdim.

Bir birini jonidan ortiq sevganu, ammo taqdirni beshafqat o‘yinlarini qurboni boʻlib, sevmagan yor bilan yashab kelayotgan armonli oshiqlarga bir chimdim.

Umrini oxirgi kunlarini yashayotganini bilib, farzandlarini tashlab ketishga ko‘zi qiymay, Yaratgandan har kuni yana bir kun umr so‘rab yashayotgan bemorlarga bir chimdim.

Farzand tirnog‘iga zor bo‘lib, “dada” degan so‘zni eshitishni juda xohlagani uchun, jiyaniga mani bir marta “dadajon” degin deb yalinayotgan aka ukalarimga bir chimdim.

Onasini qabriga borib, “nega bizni tashlab ketdingiz” deb yig‘layotgan ona mehriga zor bolalarga bir chimdim.

FAQAT BIR CHIMDIM. ISHONING OʻZIMGAMAS.

Sizchi siz kimga bergan boʻlar edingiz?

Do'stlarga ulashing👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Singapurskiy instituti sport zalida Vestminister Universiteti hamda "Singapurskiy" instituti talabalari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
📌 Singapurskiy instituti sport zalida Vestminister Universiteti hamda "Singapurskiy" instituti talabalari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Toshkentdagi xorijiy OTMlar o‘rtasida talabalar ligasi bor ekan, ushbu janjal shu sababdan chiqqan. Hech kimga jarohat yetmagan. Musobaqa yakunida jamoalar bir-biri bilan yarashib, xayrlashgan.

Tez orada batafsil ma'lumot beramiz👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Faqat bitiruvchi talabalar uchun!

Ijtimoiy so'rovnoma: Diplom ishini pul berib yozdirasizmi yoki o'z tayyorlargarlik va mehnatingiz bilan pulsiz yozib, himoya qilasizmi?
Anonymous Poll
19%
Pul berib yozdiraman
25%
Mehnatim bilan, pulsiz yozaman
14%
O'zim yozganim bilan baribir pul beraman
43%
Men bitiruvchi emasman
P.s Bugun yakshanba 😂

Kanalga ulanish👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Zerikkanlar bormi?😉
Bir taklif bor edi.


​​Keling biroz mushohada qilamiz))
5 yildan keyin o'zingizni qanday tasavvur qilasiz))
"5 yildan so'ng men.." deb boshlang va javoblaringizni kommentariyaga yo'llang!

Qani kettik✍✍✍

Rasmiy guruhimiz: @TalabaUz_Group

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bugun tongda...

Bugun Sha’bon oyi kirib kelishi ila Ramazonning muattar iforini tuydim. Tongdagi shabboda go‘yo yurt uzra uning tarovatini ulashayotgandek.
Axir, Sha’bon Ramazonning xabarchisi-ku!
Yo Rabb! Yetkazganinga shukr.
Allohim, bizlarni shu kunlarga yetkazding, Ramazonga ham omonlikda yetkazib amringni bajarib O‘zing yashirib qo‘ygan behisob savoblarga ega qil!
Allohim, aziz vatanimizni Sha’bon va ostonadagi Ramazon ila nuring ila munavvar ayla! Bu xalq, bu ummatga O‘zing rahm qil va O‘z fazling ila ikki olamda azizu mukarramlik ber!

Ey Sha’bon!
Xush kelibsan!
Seni e’zozlamoq va ichingdagi g‘animat kunlardan katta ajrlar olmoqni Alloh nasib aylasin.
Alloh bizlarni benasiba qoldirmasin.
Alhamdulillahi Robbil a’lamin.
Sha’bon muborak, azizlarim!
© Farhod Jo‘rayev

Do'stlarga ulashing👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor
❗️ O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha bir sutkalik rekord yangilandi

Kecha 14 mart kunini o‘zida Toshkent shahri va viloyatidan 105 ta yangi holat qayd etildi, shuningdek Buxoroda 1 ta, Andijonda 4 ta, Surxondaryo 1 ta, fuqaroda koronavirus aniqlandi.

Respublikada bir sutka davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan 111 nafar bemor aniqlandi. Bunday holat 2020 yil 24 dekabridan beri kuzatilmayotgandi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkentdagi jamoat transportlarida karantin qoidalari kuchaytiriladi

«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahridagi jamoat transportlarida karantin qoidalari kuchaytirilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakatda koronavirusga chalinggan bemorlar soni ortib borayotgani sababli «Toshshahartransxizmat» AJ jamoat transportlarida bir qator cheklovlar joriy qilmoqda. Qayd etilishicha, haydovchilarning tana haroratlari doimiy nazoratga olinadi, dezinfeksiya ishlari yanada kuchaytiriladi.

Shuningdek, endilikda niqobsiz yo‘lovchilar jamoat transportlariga chiqarilmaydi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus chiqmoqda. Joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi

Ayni vaqtda Toshkent shahrida kuniga 2-3 ming kishi test qilinmoqda. Kasallik asosan, maktab o‘quvchilari, talabalar, tashkilot va muassasalar xodimlari orasida ko‘paygan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalar uchun “Energetika vaziri stipendiyasi” ta’sis etildi

❗️Ushbu stipendiya O‘zbekistondagi ayrim OTM talabalariga nisbatan amal qiladi.

Tegishli buyruqqa asosan, energetika vaziri stipendiyasi 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti va “MEI” Milliy tadqiqot universitetlarining Toshkent shahridagi filiallarida tahsil olayotgan 3 nafargacha bo‘lgan eng iqtidorli talabalariga O‘zbekistonda o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravarida har oyda to‘lab boriladi.

Qayd etilishicha, stipendiatlarga “Energetika vaziri stipendiyasi sohibi” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar beriladi.

Shu bilan birga, stipendiatlarni o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng vazirlik tizimidagi tashkilotlarda ish bilan ta’minlanishi kafolatlanadi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Afrikadagi qishloqlardan biriga yangi imom tayinlanadi...

Aqidaviy va fiqhiy masalalarda bilimi yetarli bo‘lgan bu imomni o‘ziga to‘q oilalardan biri iftorlikka taklif qiladi.

Imom ketgach uy bekasi xonada turgan pulni yo‘qolganini sezadi. Hech qayerda pul yo‘q.

Xonada er, xotin va imomdan boshqa odam bo‘lmagan. Er ham imomdan borib pul haqida so‘rashga istihola qiladi. Oradan bir yil o‘tib Ramazon oyi uni yana iftorlikka chaqiradilar.

Shunda er imomdan so‘raydi:
– Taqsir so‘nggi paytlarda sizga bo‘lgan munosabatim o‘zgarganini sezmayapsizmi?
– Nega unday deyapsiz?
– O‘tgan yili ketganingizdan keyin xonadan pul yo‘qolgan?!


Buni eshitgan imom yig‘lab yuboradi.
– Nega yig‘laysiz, sizdan shubhalanganimgami?

Imom ko‘zida yosh bilan turib javonda turgan Qur’on tagidagi pulni olib ko‘rsatadi:
–O‘shanda shamol turib pullarni uchirib yubordi. Ularni yig‘ib Qur’on tagiga bostirib qo‘ydim. Men sizning shubhalanganingiz uchun emas, bir yil davomida qo‘lingizga Qur’on olmaganingizdan yig‘layapman, birodar!

P.S.: Darhaqiqat, Qur’onni zikr qilmagan dillarda turfa bad gumonlar bo‘lg‘usidir!

Do'stlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 LSE Master’s Awards: London oliygohlaridan birida magistratura bosqichida o‘qish uchun 100% gacha grant

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/london-oliygohlaridan-birida-magistratura-bosqichida-oqish

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
ЎзР Солиқ кодекси.docx
520 KB
📌 Talabalar kontraktini to‘laganda daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun o‘tkazilgan ish haqlaridan daromad solig‘i ushlanmaydi:

1) fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
3) er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻsha vaqt oʻzimni yomon koʻrib ketganman!

Ⓜ️ Osmondagi bolalar

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg