Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
P.s Bugun yakshanba 😂

Kanalga ulanish👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Zerikkanlar bormi?😉
Bir taklif bor edi.


​​Keling biroz mushohada qilamiz))
5 yildan keyin o'zingizni qanday tasavvur qilasiz))
"5 yildan so'ng men.." deb boshlang va javoblaringizni kommentariyaga yo'llang!

Qani kettik✍✍✍

Rasmiy guruhimiz: @TalabaUz_Group

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bugun tongda...

Bugun Sha’bon oyi kirib kelishi ila Ramazonning muattar iforini tuydim. Tongdagi shabboda go‘yo yurt uzra uning tarovatini ulashayotgandek.
Axir, Sha’bon Ramazonning xabarchisi-ku!
Yo Rabb! Yetkazganinga shukr.
Allohim, bizlarni shu kunlarga yetkazding, Ramazonga ham omonlikda yetkazib amringni bajarib O‘zing yashirib qo‘ygan behisob savoblarga ega qil!
Allohim, aziz vatanimizni Sha’bon va ostonadagi Ramazon ila nuring ila munavvar ayla! Bu xalq, bu ummatga O‘zing rahm qil va O‘z fazling ila ikki olamda azizu mukarramlik ber!

Ey Sha’bon!
Xush kelibsan!
Seni e’zozlamoq va ichingdagi g‘animat kunlardan katta ajrlar olmoqni Alloh nasib aylasin.
Alloh bizlarni benasiba qoldirmasin.
Alhamdulillahi Robbil a’lamin.
Sha’bon muborak, azizlarim!
© Farhod Jo‘rayev

Do'stlarga ulashing👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor
❗️ O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha bir sutkalik rekord yangilandi

Kecha 14 mart kunini o‘zida Toshkent shahri va viloyatidan 105 ta yangi holat qayd etildi, shuningdek Buxoroda 1 ta, Andijonda 4 ta, Surxondaryo 1 ta, fuqaroda koronavirus aniqlandi.

Respublikada bir sutka davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan 111 nafar bemor aniqlandi. Bunday holat 2020 yil 24 dekabridan beri kuzatilmayotgandi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkentdagi jamoat transportlarida karantin qoidalari kuchaytiriladi

«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahridagi jamoat transportlarida karantin qoidalari kuchaytirilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Zamon» informasion dasturida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakatda koronavirusga chalinggan bemorlar soni ortib borayotgani sababli «Toshshahartransxizmat» AJ jamoat transportlarida bir qator cheklovlar joriy qilmoqda. Qayd etilishicha, haydovchilarning tana haroratlari doimiy nazoratga olinadi, dezinfeksiya ishlari yanada kuchaytiriladi.

Shuningdek, endilikda niqobsiz yo‘lovchilar jamoat transportlariga chiqarilmaydi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus chiqmoqda. Joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi

Ayni vaqtda Toshkent shahrida kuniga 2-3 ming kishi test qilinmoqda. Kasallik asosan, maktab o‘quvchilari, talabalar, tashkilot va muassasalar xodimlari orasida ko‘paygan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalar uchun “Energetika vaziri stipendiyasi” ta’sis etildi

❗️Ushbu stipendiya O‘zbekistondagi ayrim OTM talabalariga nisbatan amal qiladi.

Tegishli buyruqqa asosan, energetika vaziri stipendiyasi 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti va “MEI” Milliy tadqiqot universitetlarining Toshkent shahridagi filiallarida tahsil olayotgan 3 nafargacha bo‘lgan eng iqtidorli talabalariga O‘zbekistonda o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravarida har oyda to‘lab boriladi.

Qayd etilishicha, stipendiatlarga “Energetika vaziri stipendiyasi sohibi” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar beriladi.

Shu bilan birga, stipendiatlarni o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng vazirlik tizimidagi tashkilotlarda ish bilan ta’minlanishi kafolatlanadi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Afrikadagi qishloqlardan biriga yangi imom tayinlanadi...

Aqidaviy va fiqhiy masalalarda bilimi yetarli bo‘lgan bu imomni o‘ziga to‘q oilalardan biri iftorlikka taklif qiladi.

Imom ketgach uy bekasi xonada turgan pulni yo‘qolganini sezadi. Hech qayerda pul yo‘q.

Xonada er, xotin va imomdan boshqa odam bo‘lmagan. Er ham imomdan borib pul haqida so‘rashga istihola qiladi. Oradan bir yil o‘tib Ramazon oyi uni yana iftorlikka chaqiradilar.

Shunda er imomdan so‘raydi:
– Taqsir so‘nggi paytlarda sizga bo‘lgan munosabatim o‘zgarganini sezmayapsizmi?
– Nega unday deyapsiz?
– O‘tgan yili ketganingizdan keyin xonadan pul yo‘qolgan?!


Buni eshitgan imom yig‘lab yuboradi.
– Nega yig‘laysiz, sizdan shubhalanganimgami?

Imom ko‘zida yosh bilan turib javonda turgan Qur’on tagidagi pulni olib ko‘rsatadi:
–O‘shanda shamol turib pullarni uchirib yubordi. Ularni yig‘ib Qur’on tagiga bostirib qo‘ydim. Men sizning shubhalanganingiz uchun emas, bir yil davomida qo‘lingizga Qur’on olmaganingizdan yig‘layapman, birodar!

P.S.: Darhaqiqat, Qur’onni zikr qilmagan dillarda turfa bad gumonlar bo‘lg‘usidir!

Do'stlarga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 LSE Master’s Awards: London oliygohlaridan birida magistratura bosqichida o‘qish uchun 100% gacha grant

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/london-oliygohlaridan-birida-magistratura-bosqichida-oqish

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
ЎзР Солиқ кодекси.docx
520 KB
📌 Talabalar kontraktini to‘laganda daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun o‘tkazilgan ish haqlaridan daromad solig‘i ushlanmaydi:

1) fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
3) er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻsha vaqt oʻzimni yomon koʻrib ketganman!

Ⓜ️ Osmondagi bolalar

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Toshkentning uchta tumanidagi barcha maktablar onlayn rejimga o‘tkazildi

16 martdan Toshkent shahrining uchta tumani - Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi barcha maktablar onlayn rejimga o‘tkaziladi.

Batafsil: https://kun.uz/44296900

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi

Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish jarimaga tortishga sabab bo‘ladi, qonunchilikda belgilangan javobgarlik bekor bo‘lgani yo‘q. Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

«Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.
Ushbu moddaga ko‘ra, Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 mln 225 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi».

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

⚡️Navro‘z sayli o‘tkazilmaydi

Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida, viloyat va tuman markazlarida Navro‘z umumxalq bayrami katta sayl tarzida o‘tkazilmasligi, bayramni faqat mahallalar miqyosida ko‘p odam yig‘masdan o‘tkazish tavsiya etildi.

Bu haqda batafsil Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan qarorda belgilanadi.

Do'stlarga ulashing👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇦🇹 Avstriya: Magistratura bosqichi kurslaridan birida o‘qimoqchi bo'lgan O‘zbekiston talabalari uchun 11 500 yevro qiymatga ega grant dasturi

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/avstriya-11500-yevrolik-grant-dasturi

Do'stlarga ulashing👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Andijon davlat universitetining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar hamda talabalar orasida muassasaning professor-oʻqituvchilari, talabalari va boshqa xodimlarida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangani, natijada Axborot resurs markazi karantinga olingani haqida xabarlar tarqalgan.

Maʼlum qilinishicha, 2021-yil 16-mart holati boʻyicha universitetning 6 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Biroq talabalar orasida kasallanish holatlari kuzatilmagan.

“Kasallik tarqalib ketishining oldini olish uchun ARM viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik xizmati tomonidan nazoratga olindi. Kasallanganlar bilan aloqada boʻlgan barcha fuqarolar 14 kunlik karantinga olindi. Ularga universitet hisobidan dorilar jamlanmasi taqdim etildi. Karantin qoidalari kuchaytirilib, hududga tibbiyot niqobisiz kirish, qoʻl berib koʻrishish taqiqlandi. Kirayotganda har bir kishining tana haroratini oʻlchash va qayd qilib borish yoʻlga qoʻyildi. Dars jarayonlarida masofa saqlash qatʼiy nazoratga olindi. Universitet hududi va barcha binolar SEOM xodimlari tomonidan toʻliq dezinfeksiya qilindi”, — deydi ADU rektori Akromjon Yoʻldoshev.

Qoʻshimcha qilinishicha, universitetda oʻquv jarayonlari toʻliq davom etadi.

Do'stlarga ulashing👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ilon Mask samoga minglab sunʼiy yoʻldosh uchirgan bir paytda biznikilar.... 😡

Do'stlarga ulashing 👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘GʻRI MUSHUK VA KO‘R ILON

Bir kuni Ahmad ibn Dinor huzurlaridan yovvoyi mushuk bir parcha go‘shtni olib qochdi. Ul zot bu «o‘g‘ri» go‘shtni qayerga olib borib yer ekan, deb mushuk ortidan kuzatishga tushdilar. Mushuk o‘ljasini uncha uzoqqa eltmadi. Hovli chetiga, devor ostidagi bir kovak og‘ziga qo‘yib nari ketdi. Olim bundan taajjubda qoldi. Nima uchun bunday qildi ekan, deb turgan edi hamki, haligi teshikdan ko‘zlari ko‘r bir ilon chiqib keldi-da, go‘shtni hidlay boshladi. So‘ngra uni bir zumda yedi-qo‘ydi.

Buni ko‘rgan olimning hayrati yanada oshdi. Hamisha bir-biriga ashaddiy dushmanlik qiluvchi bu ikki maxluq «o‘zaro yordam» munosabatiga o‘tishgan bo‘lsa! Axir, ular qachon ro‘para kelib qolishsa, adovatlari kuchliligidan bir-birini o‘ldirishar edi-ku. Nega endi ahvol o‘zgardi? Nahotki, rizq-nasiba dushman bo‘lgan maxluq orqali ham yetkazilsa. Alloma ana shunday o‘y-xayollar girdobida qoldi...

Ilonning nasibasini yetkazishni uning dushmani mushukka ilhom qilgan Zot nahotki «La ilaha illalloh» deguvchi mo‘min bandalarining holidan xabar olmay qo‘ysa? Yo‘q! Ul zot doimo rizqimizni yetkazib beruvchi razzoq emasmi?! Faqat biz g‘ofil bandalar buni sezmaymiz, anglamaymiz. Holbuki, hikmatlarda aytilishicha, biz rizq talabida qanday harakat qilsak, rizq ham shunga mos ravishda bizga yetkazilishini Allohdan so‘rar ekan.

"Saodat quchganlar ibrati" kitobidan.

Do'stlarga ulashing👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😎 Angliya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun qariyb 26 000 AQSH dollarlik grant va taxminan 15 300 AQSH dollarlik stipendiya

Ushbu grant dasturi va unga ariza topshirish bo'yicha to'liq ma'lumot 👇

Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/university-of-sussex-magistratura-bosqichi-uchun-grant

Do'stlarga ulashing👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Qarshi davlat universiteti huzurida ham Pedagogika instituti tashkil etildi

Hukumatning 2021 yil 16 martdagi 141-son qarori bilan Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yangi institut Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida tashkil etildi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab QarDUda pedagogika ta’lim sohasida bakalavriat va magistraturaga qabul to‘xtatiladi. Hozirda ushbu yo‘nalishda o‘qiyotgan talabalar o‘qishni QarDUda tugatadi.

Institutga qabul kvotasi har yili respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg