Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda ta’limdagi islohotlar muhim o‘rin tutadi

❗️ O‘z takliflarimni berib o‘tmoqchiman.

1️⃣ Magistraturaga ham 2-3 tagacha yo‘nalishlarga topshirish imkoniyati berilishi kerak.

2️⃣ Magistraturada ikki kurs o‘qishni to‘liq amaliyotda o‘tashi lozim. Amaliyotni dissertasiya mavzusi doirasida korxona yoki tashkilotlarda o‘tash kerak. Ya’ni...

3️⃣ Xohlovchilar uchun onlayn o‘qish tizimini joriy qilish kerak...


Batafsil 👉 http://uzlidep.uz/news-of-party/8648

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2021-2022-oʻquv yili uchun jami 350 oʻringa moʻljalangan stipendiyalar tanlovini eʼlon qildi.

✅ bakalavriat taʼlim dasturi uchun 100 nafar,
✅ magistratura taʼlim dasturi uchun 150 nafar,
✅ doktorantura taʼlim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratiladi.

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/el-yurt-umidi-jamgarmasi-2021-2022-oquv-yili-stipendiyalar-tanlovi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent aeroportida “Hizb ut-Tahrir” ta’siriga tushgan yigit ushlandi

Toshkent shahri aeroportlarida IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-surishtiruvlar davomida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolgan shaxs aniqlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 18 fevral kuni 1996 yilda tug‘ilgan qashqadaryolik X.R. “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan.

U bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbatga ko‘ra, gumondor Rossiyada ishlashi davomida “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining ta’siriga tushgan. Yigitga tegishli Vertex hamda Redmi rusumidagi telefonlar tekshiruvdan o‘tkazilgan va ularning xotirasida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar saqlangani hamda o‘ziga yaqin bo‘lgan tanishlariga tarqatilgani aniqlangan.

Tekshirib ko‘rishlik maqsadida unga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan X.R.ga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston bojxona chegarasidan o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
©️ Sunnatilla Abdullayev

* Ogoh bo'ling azizlar!!!

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ayrim talabalar karantinni qanday o'tqazishmoqda? 😎

Talabalar kanaliga qo'shiling👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga joylandi.

✅ Unga ko‘ra, quyidagilar 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanishi ko‘zda tutilgan:

👉 birinchidan, davlat buyurtmasi parametrlari doirasida yoshlarni oliy ta’limga qamrab olishni kengaytirish, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020-2021-o‘quv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;

👉 ikkinchidan, jamiyatda ayollar rolini oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant o‘rinlarini ikki barobarga oshirish;

👉 uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish bo‘yicha kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlarini “quota.idm.uz” elektron portali orqali aniqlash;

👉 to‘rtinchidan, vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda davlat grantini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ham berish;

👉 beshinchidan, oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini tuman (shahar)lar kesimida taqsimlash.

✅ Oliy ta’lim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlari:

👉 bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga – 115 343 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 36 211 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 6 325 nafar;

👉 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 914 nafar;

👉 nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib belgilanishi qayd etilgan.

Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratilishi kutilmoqda.

Loyiha muhokamasi 10-aprelga qadar davom etadi.

Ⓜ️ Davlat test markazi

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Aytishlaricha, Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani sabab Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarini vaqtincha onlayn ta’limga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilmoqda ekan.

Hozirda Toshkentdagi bazi bir oliygohlarm to‘liq online ta‘limga o‘tkazilgan, endi esa faqat Toshkent shahridagi oliygohlar online ta‘limga o‘tishi mumkin.
Viloyatlardagi oliygohlar esa offline ta‘limni davom ettiraveradi.Agar viloyatlarda ham vaziyat yomonlashsa aynan shu viloyat oliygohlari to‘liq online ta‘limga o‘tishi mumkin ekan.

"Toshkentda epidemiologik vaziyatning yomonlashayotgani, talabalar hamda pedagoglarning virusga chalinish holatlari ko'p uzatilayotgani sababli OTMlarni vaqtinchalik onlayn ta'limga o'tkazish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Hozirgi vaziyatda talabalarni onlayn ta'limga o'tkazib ularni viloyatlariga qay tartibda yuborish, unda virusning boshqa viloyatlarga ham tez tarqalishini oldini olish ko'zda tutilgan" deydi ishonchli manbalarimiz

Batafsil tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Samarqandda universitet dekani 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 16:00 da Samarqand shahar Pedagogika kolleji binosining kirish qismida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlovchi 35 yoshli Sh.P. o‘zining xizmat vazifasidan foydalangan.

Aniqlanishicha, ushbu fakultetning 1-bosqich talabasi Sh.I.ni psixologiya fanidan oraliq nazorati imtihonini ijobiy hal qilishi va uni yakuniy imtihonga kiritishi evaziga 500 AQSH dollar berishini so‘ragan.

Shundan so‘ng u tadbir ishtirokchisi B.B.dan talab qilingan pulni olgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, tezkor tadbir davomida Sh.P.dan 500 AQSH dollar pul mablag‘i ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

P.s: Samarqandda "stavka" lar ancha yuqoriyu🤨 Oraliq nazorat imtihonini ijobiy hal qilish 500$ bo'lsa, yakuniy nazorat qancha? U ham mayli, bitiruvchi kurslarni diplom himoyasichi?

🎓Talaba.uz kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Institut uchun ajratilgan 1,1 mln dollarlik mablag‘dan haligacha biror texnika olganimiz yo‘q» – Mikrobiologiya instituti direktori

31 mart kuni Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti faoliyati bilan kengroq tanishtirish maqsadida OAV uchun press-tur tashkil qilindi.

Mikrobiologiya instituti direktori Qahramon Davronov
Mikrobiologiya instituti 1977 yilda Fanlar akademiyasi tizimida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 9ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat hamda ekologik muammolar yechimiga qaratilgan.

Institut direktori biologiya fanlari doktori professor Qahramon Davronov institutning asosiy ilmiy yo‘nalishlaridan bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, tuproq sho‘rlanishi kabi muammolar haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Batafsil...

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Dolzarb

Anons: Bitiruvchi kurslarning "diplom ish" mashmashalari yohud ularni qiynayotgan muommolar

Soat 19:00 (o'tkazib yubormang!)
"Men olim bo'lmoqchi emasman". Diplom ishi bizga kerakmi?

Bugun O'zbekiston oliy ta'lim tizimida bakalavr darajasini olish bo'sag'asida turgan har bir talaba oldida DIPLOM ISHI HIMOYASI jarayoni turadi. Xo'sh, diplom ishi o'zi nima? Bunda siz tanlagan mavzuyingizda chuqur tadqiqotlar olib borishingiz va yangiliklar qilishingiz - hech kim aytmagan gaplarni aytishingiz kerak. Bu, bir qarashda, talaba uchun foydali jarayon. Sababi unda talaba o'z sohasi bo'yicha ancha-muncha ma'lumotlarga ega bo'ladi va bilimlarini mustahkamlaydi.

Ammo masalaning boshqa tomoni ham yo'q emas. Bakalavrda o'qiyotganlarning barchasi ham tadqiqotchilar, yangilik yaratuvchilar emas-da, ularning hammasi ham olim bo'lmoqchi emas-da. Umuman, tabiat ham bunga yo'l qo'ymaydi. U hammani daho qilib yaratmagan. Maktabgacha ta'limda o'qiyotgan talaba yoki o'zbek tili va adabiyotida o'qiyotgan talabadan tadqiqot kutish qanchalik to'g'ri. Undan ko'ra, ana boring, magistraturaga kirish jarayonlarini qiyinlashtirib, faqat haqiqiy ilm odamlari o'qiydigan qilib qo'yilsin, o'shalar qilsin ilmni.

Ishonch bilan ayta olamizki, bugun bakalavr darajasini olish uchun o'qishni tamomlayotgan talabalarning 95%dan ortig'i diplom ishini faqat yozish kerak bo'lganligi uchun yozadi.

Ishonch bilan ayta olamizki, bugun bakalavr darajasini olish uchun o'qishni tamomlayotgan talabalarning 95%dan ortig'i diplom ishini yo internetdan ko'chiradi yo 300-400$ sarflab kimgadir yozdiradi.

Ishonch bilan ayta olamizki, bugun bakalavr darajasini olish uchun o'qishni tamomlayotgan talabalarning 95%dan ortig'i diplom ishi yozishni istamaydi. Bu ular uchun faqat ortiqcha yuk bo'ladi.

Diplom ishi yozishdagi ikir-chikirlar, betlarni raqamlash, snoskalash, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati - bularni yozish ertaga olim bo'laman degan psixolog yoki filologga og'ir tushmasligi mumkin, lekin keyingi hayotini tabiatga, yerga bag'ishlagan Tuproqshunoslik fakulteti talabasiga malol keladi. To'g'rida, unga nima kerak bu narsalar?

Diplom ishi "diplomchi" talabalar va o'qituvchilar ayni "soqqani qiladigan" davr. Ishonchimiz komilki, anonim so'rovnoma o'tkaziladigan va uning javoblarini belgilashda talabalarga ta'sir o'tkazilmaydigan bo'lsa, 90% ta'lim yo'nalishida diplom ishi bilan bog'liq poraxo'rlik holatlari e'tirof etiladi.

Kamiga bizda talabalar ham davlat imtihoni, ham diplom ishi himoyasidan o'tishga majbur.

Xo'sh, nima qilish kerak? Talabaning o'ziga qo'yib berish kerak. Xohlasa davlat imtihoniga kirsin, xohlasa, men ilm odamiman desa, diplom ishi yozsin. Yangilik qilsin, muhimi hech qanday bosim sezmasin. Ana shunda yiliga millionlab internetdan ko'chirilgan, ilmiy yuki yo'q, ko'zbo'yamachilik uchun yozilgan diplom ishlari emas, 10 ta, balki 100 ta haqiqiy, jahon miqyosida yangilik qila oladigan ilmiy ishlar yaratilar balki. Muhimi bunda hech kim bir-biridan nimadir ta'ma qilmaydi. Muhimi bunda hech kim bir-birini yoki, eng yomoni, o'zini aldamaydi!

©Nodirbek Ashirov

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMANING SUNNATLARI:

✔ Juma uchun g‘usl qilish.

✔ Xushbo‘y narsalar surtish.

✔ Chiroyli kiyimlar kiyish.

✔ Jumaga viqor va sakina bilan erta borish.

✔ Juma kuni badanni tozalab, hay’atni go‘zal qilish.

✔ Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish.

✔ Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish.

✔ Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish.

✔ Imom birinchi rak’atda Fotihadan keyin Jumu’a surasini va ikkinchi rak’atda Munofiqun surasini qiroat qilish.

✔ Juma kuni bomdod namozida "Haa miym sajda" va "Hal ataa alalinsani" suralarini qiroat qilish sunnatdir.

✔ Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rak’atdan sunnat namozi o‘qish.

✔ Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi.

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR! O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang…
💥💥💥‼️ Ta’lim krediti olishning tartibi haqida

🔹Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun ularning o‘ziga, ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

❗️Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga qabul qilingan talabalarga — 10 yilgacha, magistratura bosqichi talabalariga — 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

💻 Hozirgi karantin davrida ta’lim krediti ajratish xizmatini masofaviy ravishda ko‘rsatilishi tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

✅ a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;

✅ b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma. Ushbu shartnomada o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

✅ g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;

✅ d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oila farzandlari tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Kredit qaytmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozim:

▫️mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

▫️uchinchi shaxs kafilligi;

▫️sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

▫️fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (bu hujjat faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun so‘raladi).

📎 Ta’lim kreditini olish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizom”da va tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 O'zMU jurnalistika fakulteti dekani o'rinbosari Ravshan Omonov talabalarga majlis o'tkazib, talaba-qizlar universitet hududida ro'molni qanday o'rashi haqida master-klass o'tib bergani haqida Yoshlarni qo'llab quvvatlash telegram kanali video chiqaribdi

Dekan o'rinbosari Ravshan Omonovga ko'ra, ro'molda kelgan talaba-qizlarni darsga qo'ygan o'qituvchilarga ham chora ko'riladi. Bu talablarga bo'ysunmagan talaba-qizlar esa universitet bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida gapiradi.

Bundan tashqari, videoda Ravshan Omonov talaba-qizlar universitetda ro'molini "orqadan o'rashi"ni qo'li bilan ko'rsatib, talaba qizlarga ro'molni qanday o'rab yurish haqida kichik-master klass ko'rsatadi.

P/S: Xulosa o'zingizdan...

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥Biznes Kvadrat darslari uchun qabul boshlandi!

Siz ushbu darslar orqali quyidagilarni o'rganasiz:
✅ Biznesni qanday boshlash (bosqichma-bosqich biznes turlari);
✅ Miyadagi o'zingizga qo'yadigan bloklarni yengib o'tish texnikalari;
✅ TRIZ haqida qiziqarli ma'lumot (bu fanni biznesda qo'llash sirlari);
✅ Kreativ fikrlash sirlari;
✅ Biznes psixologiyasi;
✅ Biznes brend va shaxsiy brendingizni shakllantirish;
✅ Muzokora olib borish sirlari va 2 oy ichida o'z biznesingizni boshlash uchun barcha kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlanasiz (majburlanasiz).

Kvota: 60 ta
Muddat: Aprelning birinchi o'n kunligi

📌Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting:
https://bit.ly/31BGfVB

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Qaysi kasbni tanlashingiz emas, tanlagan sohangizda mukammal bo'lishingiz muhimroq" - Passportidan oldin talabalik guvohnomasini olgan yigit bilan suhbat

🤩 Yoshlarga
chinakam motivatsiya bera oladigan va namuna bo'lsa arzigulik hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan interaktiv ko'rsatuvlardan biri — "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi 10-sonini qarshi oling!

🎯 Xalqaro toifadagi iqtisodchi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti hamda Avstriya IMC Krems Universiteti o'qituvchisi, "Patronlar ligasi" klubi asoschilaridan biri bo'lgan Muhammad Ali Eshonqulov intervyu davomida inson salohiyati aslida qanchalik kuchli, ishdagi professionallik, OTMlarimizdagi ahvol, dalada qo'y boqib yurgan Elon Musk, Stiv Jobslar, Harvard universiteti talabalariga nega havas qilamiz, hayotda oliy maqsad qanday qo'yilishi kerak, kabi mavzularda shaxsiy fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan yaxshi 😉

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu Yaponiya. Odamlar erta tongdan xuddi noringa navbat turganday kitob do‘koni ochilishini poylab turibdi. Bu yegulikka, ichimlikka, chiroyli raqamga emas, tafakkurga, ma’rifatga navbat. Bunday davlatda ilmli kishilar hukumatni adolat bilan boshqaradi, xalq ham madaniyatli, ma’rifatli, huquqini talab qila oladigan darajada savodli bo‘ladi, yozuvchilarining qalam haqi ham tirikchiligiga yetadi. Kitobga o‘ch xalqi bor davlatda, albatta, uyg‘onish davri tabiiy ravishda sodir bo‘ladi.
©Fozil Farhod

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Namangan Davlat universiteti” talabasi “Yulduz”ning yulduzi uchmadi

Viloyat IIB boshlig‘i nomiga 27 yoshli Xasanboy Q., ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil mart oyining boshlarida o‘zini “Namangan Davlat universiteti” talabasi deb tanishtirgan “Yulduz” ismli shaxs bilan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali yaqindan tanishib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishishi haqida gaplashib, so‘ng unga o‘zini “Oydina” deb tanishtirgan shaxs “Yulduz” bilan o‘rtasidagi yozishmalarni internet tarmog‘iga chiqarganini ma’lum qilgan. U oila-a’zolariga ma’lum qilishlik bilan tahdid qilib, ushbu yozishmalarni tarqatmasligi evaziga 1 000 AQSH dollar berishni talab qilib, ushbu pullarni Chortoq tumani Zargar ko‘chasida S.A., ismli fuqaro olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda «Kitobxonlik haftaligi» bo‘lib o‘tadi

Milliy dasturga asosan endi har yili aprel oyida «Kitobxonlik haftaligi» tashkil qilinadi. Bu haqda 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Artur Kan ma'lum qildi.

«Joriy yilning 5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba «Kitobxonlik haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirning ochilish marosimi Yoshlar ijodi saroyida 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori asosida tashkil etilayotgan haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida, Respublika Yoshlar ijodi saroyida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar axborot kutubxona markazlarida o‘tkaziladi. Yaratilgan milliy dasturga asosan endi har yili aprel oyining birinchi haftasida «Kitobxonlik haftaligi» tashkil qilinadi.

Haftalik doirasida 30dan ortiq yetakchi nashriyotlarida so‘nggi yillarda chop etilgan 100ga yaqin kitoblar taqdimotlari, Alisher Navoiyning 580 yilligi, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligi, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning 80 yilligi, shuningdek, o‘zbek estrada san'atining asoschisi Botir Zokirovning 85 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, sohibqiron Amir Temurning ibratli hayoti va jasorati to‘g‘risida chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti o‘tkaziladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shifoxonada kir yuvarkan. Maoshi olti yuz ming so‘m. Iqtisod qilish uchun ishga tushligini ko‘tarib, yayov boradi.

Xonalarni tozalovchilikka o‘tishni xohlar ekan. Chunki bu oyligi ustiga mijozlar oz-moz choychaqa ham berishadi. Lekin bu ishga o‘tishi uchun mutasaddilar 200$ so‘rashayotgan ekan.

Korrupsiyaning qanchalar chuqur ildiz otganini qarang. Tozalovchining choychaqasidan ham "dolya" olar darajada.
Ⓜ️ Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg