Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
JUMANING SUNNATLARI:

✔ Juma uchun g‘usl qilish.

✔ Xushbo‘y narsalar surtish.

✔ Chiroyli kiyimlar kiyish.

✔ Jumaga viqor va sakina bilan erta borish.

✔ Juma kuni badanni tozalab, hay’atni go‘zal qilish.

✔ Juma kuni Kahf surasini qiroat qilish.

✔ Juma kuni va kechasi duoni ko‘p qilish.

✔ Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish.

✔ Imom birinchi rak’atda Fotihadan keyin Jumu’a surasini va ikkinchi rak’atda Munofiqun surasini qiroat qilish.

✔ Juma kuni bomdod namozida "Haa miym sajda" va "Hal ataa alalinsani" suralarini qiroat qilish sunnatdir.

✔ Juma namozining farzidan avval va keyin to‘rt rak’atdan sunnat namozi o‘qish.

✔ Jumada mudragan odam boshqa yerga o‘tib olishi.

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
"TA'LIM KREDITI" - MUOMMOLAR! O’zbekistonda oylik maoshlarining u qadar yuqori emasligi, ish o’rinlarining yetarli emasligi har yili endi talabalik baxtiga musharraf bo’lganlar, “faxriy” talabalar va ularning ota-onalari oldiga kontrakt masalasini ko’ndalang…
💥💥💥‼️ Ta’lim krediti olishning tartibi haqida

🔹Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun ularning o‘ziga, ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

❗️Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga qabul qilingan talabalarga — 10 yilgacha, magistratura bosqichi talabalariga — 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

💻 Hozirgi karantin davrida ta’lim krediti ajratish xizmatini masofaviy ravishda ko‘rsatilishi tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ta’lim kreditini olish uchun qarz oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

✅ a) ta’lim krediti berish to‘g‘risidagi ariza;

✅ b) talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma. Ushbu shartnomada o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

✅ g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;

✅ d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan oila farzandlari tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Kredit qaytmasligi xavfining oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta’minlash shakllaridan birini bankka taqdim etishi lozim:

▫️mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish;

▫️uchinchi shaxs kafilligi;

▫️sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchi kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;

▫️fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining kafilligi (bu hujjat faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun so‘raladi).

📎 Ta’lim kreditini olish tartibi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risidagi nizom”da va tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan.

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 O'zMU jurnalistika fakulteti dekani o'rinbosari Ravshan Omonov talabalarga majlis o'tkazib, talaba-qizlar universitet hududida ro'molni qanday o'rashi haqida master-klass o'tib bergani haqida Yoshlarni qo'llab quvvatlash telegram kanali video chiqaribdi

Dekan o'rinbosari Ravshan Omonovga ko'ra, ro'molda kelgan talaba-qizlarni darsga qo'ygan o'qituvchilarga ham chora ko'riladi. Bu talablarga bo'ysunmagan talaba-qizlar esa universitet bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida gapiradi.

Bundan tashqari, videoda Ravshan Omonov talaba-qizlar universitetda ro'molini "orqadan o'rashi"ni qo'li bilan ko'rsatib, talaba qizlarga ro'molni qanday o'rab yurish haqida kichik-master klass ko'rsatadi.

P/S: Xulosa o'zingizdan...

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥Biznes Kvadrat darslari uchun qabul boshlandi!

Siz ushbu darslar orqali quyidagilarni o'rganasiz:
✅ Biznesni qanday boshlash (bosqichma-bosqich biznes turlari);
✅ Miyadagi o'zingizga qo'yadigan bloklarni yengib o'tish texnikalari;
✅ TRIZ haqida qiziqarli ma'lumot (bu fanni biznesda qo'llash sirlari);
✅ Kreativ fikrlash sirlari;
✅ Biznes psixologiyasi;
✅ Biznes brend va shaxsiy brendingizni shakllantirish;
✅ Muzokora olib borish sirlari va 2 oy ichida o'z biznesingizni boshlash uchun barcha kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlanasiz (majburlanasiz).

Kvota: 60 ta
Muddat: Aprelning birinchi o'n kunligi

📌Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting:
https://bit.ly/31BGfVB

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Qaysi kasbni tanlashingiz emas, tanlagan sohangizda mukammal bo'lishingiz muhimroq" - Passportidan oldin talabalik guvohnomasini olgan yigit bilan suhbat

🤩 Yoshlarga
chinakam motivatsiya bera oladigan va namuna bo'lsa arzigulik hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan interaktiv ko'rsatuvlardan biri — "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi 10-sonini qarshi oling!

🎯 Xalqaro toifadagi iqtisodchi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti hamda Avstriya IMC Krems Universiteti o'qituvchisi, "Patronlar ligasi" klubi asoschilaridan biri bo'lgan Muhammad Ali Eshonqulov intervyu davomida inson salohiyati aslida qanchalik kuchli, ishdagi professionallik, OTMlarimizdagi ahvol, dalada qo'y boqib yurgan Elon Musk, Stiv Jobslar, Harvard universiteti talabalariga nega havas qilamiz, hayotda oliy maqsad qanday qo'yilishi kerak, kabi mavzularda shaxsiy fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan yaxshi 😉

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu Yaponiya. Odamlar erta tongdan xuddi noringa navbat turganday kitob do‘koni ochilishini poylab turibdi. Bu yegulikka, ichimlikka, chiroyli raqamga emas, tafakkurga, ma’rifatga navbat. Bunday davlatda ilmli kishilar hukumatni adolat bilan boshqaradi, xalq ham madaniyatli, ma’rifatli, huquqini talab qila oladigan darajada savodli bo‘ladi, yozuvchilarining qalam haqi ham tirikchiligiga yetadi. Kitobga o‘ch xalqi bor davlatda, albatta, uyg‘onish davri tabiiy ravishda sodir bo‘ladi.
©Fozil Farhod

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Namangan Davlat universiteti” talabasi “Yulduz”ning yulduzi uchmadi

Viloyat IIB boshlig‘i nomiga 27 yoshli Xasanboy Q., ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil mart oyining boshlarida o‘zini “Namangan Davlat universiteti” talabasi deb tanishtirgan “Yulduz” ismli shaxs bilan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali yaqindan tanishib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishishi haqida gaplashib, so‘ng unga o‘zini “Oydina” deb tanishtirgan shaxs “Yulduz” bilan o‘rtasidagi yozishmalarni internet tarmog‘iga chiqarganini ma’lum qilgan. U oila-a’zolariga ma’lum qilishlik bilan tahdid qilib, ushbu yozishmalarni tarqatmasligi evaziga 1 000 AQSH dollar berishni talab qilib, ushbu pullarni Chortoq tumani Zargar ko‘chasida S.A., ismli fuqaro olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda «Kitobxonlik haftaligi» bo‘lib o‘tadi

Milliy dasturga asosan endi har yili aprel oyida «Kitobxonlik haftaligi» tashkil qilinadi. Bu haqda 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Artur Kan ma'lum qildi.

«Joriy yilning 5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba «Kitobxonlik haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirning ochilish marosimi Yoshlar ijodi saroyida 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori asosida tashkil etilayotgan haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida, Respublika Yoshlar ijodi saroyida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar axborot kutubxona markazlarida o‘tkaziladi. Yaratilgan milliy dasturga asosan endi har yili aprel oyining birinchi haftasida «Kitobxonlik haftaligi» tashkil qilinadi.

Haftalik doirasida 30dan ortiq yetakchi nashriyotlarida so‘nggi yillarda chop etilgan 100ga yaqin kitoblar taqdimotlari, Alisher Navoiyning 580 yilligi, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligi, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning 80 yilligi, shuningdek, o‘zbek estrada san'atining asoschisi Botir Zokirovning 85 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, sohibqiron Amir Temurning ibratli hayoti va jasorati to‘g‘risida chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti o‘tkaziladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shifoxonada kir yuvarkan. Maoshi olti yuz ming so‘m. Iqtisod qilish uchun ishga tushligini ko‘tarib, yayov boradi.

Xonalarni tozalovchilikka o‘tishni xohlar ekan. Chunki bu oyligi ustiga mijozlar oz-moz choychaqa ham berishadi. Lekin bu ishga o‘tishi uchun mutasaddilar 200$ so‘rashayotgan ekan.

Korrupsiyaning qanchalar chuqur ildiz otganini qarang. Tozalovchining choychaqasidan ham "dolya" olar darajada.
Ⓜ️ Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson hayoti uchun kurash...

Rossiyaning Amurskiy tumanida, Kardiologiya markazida yong'in sodir bo'ldi! Eng qo'rqinchlisi yong'in vaqtda YURAK OPERATSIYASI bilan bir bemor operatsiya qilinayotgan edi. Bemorning KO'KRAK QAFASI ochib bo'lingani bois shifokorlar operatsiyani davom ettirishdi. Ushbu vaziyatdan xabar topgan o't o'chiruvchilar operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun shifokorlarni yong'indan himoya qilishga xarakat qilishdi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇬🇧 Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi dasturlarida o'qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

🔥 Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/buyuk-britaniya-magistratura-bosqichi-uchun-grant

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirayotganda qanday hujjatlar kerak boʻladi?

○ Kerakli hujjatlar:

— Oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

👉 Ariza. Koʻchirishni istagan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oʻqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul boʻyicha oʻqishga kirmaganligi, koʻchirish sabablari, koʻchirish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari (talaba oʻz taxsil olayotgan OTM tomonidan beriladi);

👉 pasport nusxasi.

Chet elda ta'lim olayotgan talabalarimizga maslahat!

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Iltimos, ehtiyot bo‘ling”. Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi

Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda 4-aprel, yakshanba kuni soat 11:58 da Payme kompaniyasi ma’lum qildi.

“Butun respublika bo‘yicha UzCard faoliyatida — to‘lov tizimlari bo‘yicha ham, terminallar bo‘yicha ham muammolar kuzatilyapti. Iltimos, ehtiyot bo‘ling. Vaziyat o‘zgargani haqida sizga xabar beramiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Vaziyat yuzasidan UzCard (Yagona umumrespublika protsessing markazi) hozircha biror izoh bergani yo‘q.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Abituriyentlar uchun yangi yoʻnalishlar ochilmoqda!

✅ 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichida yangi tashkil etilayotgan taʼlim yoʻnalishlar bilan tanishing:

1. Agrosanoatda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik servis
2. Amaliy filologiya
3. Dori vositalarilarini stanlartlashtirish, sertifikatsiya va menejment
4. Intelektual boshkaruv tizimlari va robotatexnika
5. Klinik psixologiya
6. Kompyuter grafikasi va muhandislik animatsiyasi
7. Kompyuter lingvistikasi
8. Qishloq xoʻjaligi huquqi
9. Qishloq xoʻjaligida kooperativ boshqaruv
10. Qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar
11. Qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi
12. Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari)
13. Ommaviy tadbirlarni olib borish
14. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash
15. Patentshunoslik
16. Sunʼiy intellekt va ekspert tizimlar
17. Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
18. Uzumchilik va vinochilik
19. Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini
20. Farmatsevtik biotexnologiya
21. Folklorshunoslik va shevashunoslik
22. Elektron kutubxona va arxivlar
23. Elektronika va kommunikatsiya injiniringi

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Jizzaxda Hindistonning Sambhram texnologiya instituti filiali ochiladi

Avvalroq Jizzax viloyati hokimligida Hindistonning Sambhram guruhining filiali hisoblanadigan Sambhram texnologiya instituti filialining ochilishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan edi.

🤝 Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Soliyev va Hindiston delegasiyasi rahbari Nagaraj Venkatesh Sambhram Jizzaxda Sambhram texnologiya instituti filalini ochish to‘g‘risida kelishuv memorandumini imzoladi.

✍ O‘zA nashri yozishicha, delegatsiyasi rahbari Sambhram guruhining raisi, doktor Nagaraj Venkatesh Sambhram Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida aloqalar rivojanib borayotganini ta’kidlagan.

✅ Ma’lumot uchun, Sambhram guruhi va uning filiali bo‘lgan Sambhram texnologiya instituti Hindistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Jahonning 31 mingdan ziyod oliy o‘quv yurtining orasida kuchli 300 talik qatorida.

Kuchli boshqaruv bazasi va bir xil darajada kuchli resurslar bazasiga ega bo‘lganligi tufayli Sambhram guruhi ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurish, mulkni rivojlantirish, mehmonxonalar va dam olish joylaridagi xizmatlari bilan keng tanilgan. 30 yillik izchil va sifatli ta’lim tajribasiga ega, dunyo bo‘ylab 7 filiali, xalqaro kampuslari — talabalar shaharchasi mavjud.

Jizzaxda tashkil etilishi mo‘ljallanayotgan institutda 6 ta fakultet bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Juda yengil yo'lni tanlabsiz!

Hozirgina instagram ijtimoiy tarmog'ida Toshkent shahar hokimligi profilida "Kelajak yoshlari" nomli qandaydir tadbirga ko'zim tushdi. Essiz, Toshkent shahar matbuot xizmati va boshqa tashkilotchilar portfolio ko'rsatish uchun juda yengil yo'lni tanlashibdi.

Bugungi kunda ilmsizlik, ishsizlik asosiy muammoyimiz bo'lib turgan zamonda ilmli yoshlarni emas, TIk Tok avlodlarini "kelajak avlodlari" deb ko'rsatishyotgani va yoshlar ulardan ibrat olayotgani juda-juda achinarli!

Mas'ullar ko'zimizni ochaylik! Biz ilmli yoshlarni kelajak avlodi deb ataylik. Boshqalarga ibrat qilib ko'rsataylik! Yengil yelpi hayotga o'rgatib yana bir avlodni yo'qotmaylik! Insof qilaylik! Piar uchun emas, chin dildan, millat uchun, vatan uchun harakat qilaylik!
© Temurbek Adhamov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
🇦🇺 Avstraliya: To‘liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar

Avstraliyaning Australian National University universiteti magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish uchun a'lochi xalqaro talabalarga to'liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar taklif etmoqda 👇

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/avstraliya-magistratura-va-doktorantura-bosqichlarida-oqish-uchun-toliq-grant

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun 5-aprel - Davlat xavfsizlik xizmati kuni

DXX – mamlakatimizning konstitusiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini tabriklaymiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berildi

▪️Rossiyaga kirishdan oldin talabalar:

▫️kamida 10 kun oldin qaytish sanasi haqida elektron pochta orqali universitetni xabardor qilishi;

▫️kamida 3 kun avval koronavirus uchun test topshirishi, natija manfiy chiqsa, o‘z mamlakatida rus yoki ingliz tilida tegishli hujjatni olishi;

▫️Rossiya hududiga kirgach, 72 soat ichida takroran PsR-test topshirishi lozim.

Ruxsat O‘zbekiston, Tojikiston, Venesuela, Germaniya, Suriya va Shri-Lankadan bo‘lgan talabalar, aspirantlar, ordinator va tayyorlov fakultetlari tinglovchilariga berilgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg