Talaba.uz | Ta'lim portali
5.41K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥Biznes Kvadrat darslari uchun qabul boshlandi!

Siz ushbu darslar orqali quyidagilarni o'rganasiz:
✅ Biznesni qanday boshlash (bosqichma-bosqich biznes turlari);
✅ Miyadagi o'zingizga qo'yadigan bloklarni yengib o'tish texnikalari;
✅ TRIZ haqida qiziqarli ma'lumot (bu fanni biznesda qo'llash sirlari);
✅ Kreativ fikrlash sirlari;
✅ Biznes psixologiyasi;
✅ Biznes brend va shaxsiy brendingizni shakllantirish;
✅ Muzokora olib borish sirlari va 2 oy ichida o'z biznesingizni boshlash uchun barcha kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlanasiz (majburlanasiz).

Kvota: 60 ta
Muddat: Aprelning birinchi o'n kunligi

📌Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting:
https://bit.ly/31BGfVB

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Qaysi kasbni tanlashingiz emas, tanlagan sohangizda mukammal bo'lishingiz muhimroq" - Passportidan oldin talabalik guvohnomasini olgan yigit bilan suhbat

🤩 Yoshlarga
chinakam motivatsiya bera oladigan va namuna bo'lsa arzigulik hayot yo'li va tajribalariga ega insonlar bilan samimiy suhbat olib borayotgan interaktiv ko'rsatuvlardan biri — "Osmondagi bolalar" loyihasining navbatdagi 10-sonini qarshi oling!

🎯 Xalqaro toifadagi iqtisodchi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti hamda Avstriya IMC Krems Universiteti o'qituvchisi, "Patronlar ligasi" klubi asoschilaridan biri bo'lgan Muhammad Ali Eshonqulov intervyu davomida inson salohiyati aslida qanchalik kuchli, ishdagi professionallik, OTMlarimizdagi ahvol, dalada qo'y boqib yurgan Elon Musk, Stiv Jobslar, Harvard universiteti talabalariga nega havas qilamiz, hayotda oliy maqsad qanday qo'yilishi kerak, kabi mavzularda shaxsiy fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan yaxshi 😉

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu Yaponiya. Odamlar erta tongdan xuddi noringa navbat turganday kitob do‘koni ochilishini poylab turibdi. Bu yegulikka, ichimlikka, chiroyli raqamga emas, tafakkurga, ma’rifatga navbat. Bunday davlatda ilmli kishilar hukumatni adolat bilan boshqaradi, xalq ham madaniyatli, ma’rifatli, huquqini talab qila oladigan darajada savodli bo‘ladi, yozuvchilarining qalam haqi ham tirikchiligiga yetadi. Kitobga o‘ch xalqi bor davlatda, albatta, uyg‘onish davri tabiiy ravishda sodir bo‘ladi.
©Fozil Farhod

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Namangan Davlat universiteti” talabasi “Yulduz”ning yulduzi uchmadi

Viloyat IIB boshlig‘i nomiga 27 yoshli Xasanboy Q., ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil mart oyining boshlarida o‘zini “Namangan Davlat universiteti” talabasi deb tanishtirgan “Yulduz” ismli shaxs bilan “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali yaqindan tanishib, u bilan ishqiy munosabatlarga kirishishi haqida gaplashib, so‘ng unga o‘zini “Oydina” deb tanishtirgan shaxs “Yulduz” bilan o‘rtasidagi yozishmalarni internet tarmog‘iga chiqarganini ma’lum qilgan. U oila-a’zolariga ma’lum qilishlik bilan tahdid qilib, ushbu yozishmalarni tarqatmasligi evaziga 1 000 AQSH dollar berishni talab qilib, ushbu pullarni Chortoq tumani Zargar ko‘chasida S.A., ismli fuqaro olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda «Kitobxonlik haftaligi» bo‘lib o‘tadi

Milliy dasturga asosan endi har yili aprel oyida «Kitobxonlik haftaligi» tashkil qilinadi. Bu haqda 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Artur Kan ma'lum qildi.

«Joriy yilning 5-9 aprel kunlari O‘zbekistonda ilk marotaba «Kitobxonlik haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirning ochilish marosimi Yoshlar ijodi saroyida 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qarori asosida tashkil etilayotgan haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida, Respublika Yoshlar ijodi saroyida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar axborot kutubxona markazlarida o‘tkaziladi. Yaratilgan milliy dasturga asosan endi har yili aprel oyining birinchi haftasida «Kitobxonlik haftaligi» tashkil qilinadi.

Haftalik doirasida 30dan ortiq yetakchi nashriyotlarida so‘nggi yillarda chop etilgan 100ga yaqin kitoblar taqdimotlari, Alisher Navoiyning 580 yilligi, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligi, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning 80 yilligi, shuningdek, o‘zbek estrada san'atining asoschisi Botir Zokirovning 85 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etiladi.

Shuningdek, sohibqiron Amir Temurning ibratli hayoti va jasorati to‘g‘risida chop etilgan yangi kitoblar taqdimoti o‘tkaziladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shifoxonada kir yuvarkan. Maoshi olti yuz ming so‘m. Iqtisod qilish uchun ishga tushligini ko‘tarib, yayov boradi.

Xonalarni tozalovchilikka o‘tishni xohlar ekan. Chunki bu oyligi ustiga mijozlar oz-moz choychaqa ham berishadi. Lekin bu ishga o‘tishi uchun mutasaddilar 200$ so‘rashayotgan ekan.

Korrupsiyaning qanchalar chuqur ildiz otganini qarang. Tozalovchining choychaqasidan ham "dolya" olar darajada.
Ⓜ️ Mubashshir Ahmad

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson hayoti uchun kurash...

Rossiyaning Amurskiy tumanida, Kardiologiya markazida yong'in sodir bo'ldi! Eng qo'rqinchlisi yong'in vaqtda YURAK OPERATSIYASI bilan bir bemor operatsiya qilinayotgan edi. Bemorning KO'KRAK QAFASI ochib bo'lingani bois shifokorlar operatsiyani davom ettirishdi. Ushbu vaziyatdan xabar topgan o't o'chiruvchilar operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun shifokorlarni yong'indan himoya qilishga xarakat qilishdi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇬🇧 Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi dasturlarida o'qish uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

🔥 Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/buyuk-britaniya-magistratura-bosqichi-uchun-grant

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirayotganda qanday hujjatlar kerak boʻladi?

○ Kerakli hujjatlar:

— Oʻqishini koʻchirish istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

👉 Ariza. Koʻchirishni istagan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oʻqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul boʻyicha oʻqishga kirmaganligi, koʻchirish sabablari, koʻchirish qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari (talaba oʻz taxsil olayotgan OTM tomonidan beriladi);

👉 pasport nusxasi.

Chet elda ta'lim olayotgan talabalarimizga maslahat!

Talaba.uz rasmiy kanal 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Iltimos, ehtiyot bo‘ling”. Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar bo‘layotgani ma’lum qilindi

Butun O‘zbekiston bo‘ylab UzCard tizimida muammolar kuzatilmoqda. Bu haqda 4-aprel, yakshanba kuni soat 11:58 da Payme kompaniyasi ma’lum qildi.

“Butun respublika bo‘yicha UzCard faoliyatida — to‘lov tizimlari bo‘yicha ham, terminallar bo‘yicha ham muammolar kuzatilyapti. Iltimos, ehtiyot bo‘ling. Vaziyat o‘zgargani haqida sizga xabar beramiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Vaziyat yuzasidan UzCard (Yagona umumrespublika protsessing markazi) hozircha biror izoh bergani yo‘q.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Abituriyentlar uchun yangi yoʻnalishlar ochilmoqda!

✅ 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichida yangi tashkil etilayotgan taʼlim yoʻnalishlar bilan tanishing:

1. Agrosanoatda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik servis
2. Amaliy filologiya
3. Dori vositalarilarini stanlartlashtirish, sertifikatsiya va menejment
4. Intelektual boshkaruv tizimlari va robotatexnika
5. Klinik psixologiya
6. Kompyuter grafikasi va muhandislik animatsiyasi
7. Kompyuter lingvistikasi
8. Qishloq xoʻjaligi huquqi
9. Qishloq xoʻjaligida kooperativ boshqaruv
10. Qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalar
11. Qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi
12. Mahsulotlarning kimyoviy tahlili (oziq-ovqat mahsulotlari)
13. Ommaviy tadbirlarni olib borish
14. Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash
15. Patentshunoslik
16. Sunʼiy intellekt va ekspert tizimlar
17. Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
18. Uzumchilik va vinochilik
19. Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini
20. Farmatsevtik biotexnologiya
21. Folklorshunoslik va shevashunoslik
22. Elektron kutubxona va arxivlar
23. Elektronika va kommunikatsiya injiniringi

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Jizzaxda Hindistonning Sambhram texnologiya instituti filiali ochiladi

Avvalroq Jizzax viloyati hokimligida Hindistonning Sambhram guruhining filiali hisoblanadigan Sambhram texnologiya instituti filialining ochilishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan edi.

🤝 Uchrashuv davomida viloyat hokimi Ergash Soliyev va Hindiston delegasiyasi rahbari Nagaraj Venkatesh Sambhram Jizzaxda Sambhram texnologiya instituti filalini ochish to‘g‘risida kelishuv memorandumini imzoladi.

✍ O‘zA nashri yozishicha, delegatsiyasi rahbari Sambhram guruhining raisi, doktor Nagaraj Venkatesh Sambhram Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida aloqalar rivojanib borayotganini ta’kidlagan.

✅ Ma’lumot uchun, Sambhram guruhi va uning filiali bo‘lgan Sambhram texnologiya instituti Hindistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Jahonning 31 mingdan ziyod oliy o‘quv yurtining orasida kuchli 300 talik qatorida.

Kuchli boshqaruv bazasi va bir xil darajada kuchli resurslar bazasiga ega bo‘lganligi tufayli Sambhram guruhi ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurish, mulkni rivojlantirish, mehmonxonalar va dam olish joylaridagi xizmatlari bilan keng tanilgan. 30 yillik izchil va sifatli ta’lim tajribasiga ega, dunyo bo‘ylab 7 filiali, xalqaro kampuslari — talabalar shaharchasi mavjud.

Jizzaxda tashkil etilishi mo‘ljallanayotgan institutda 6 ta fakultet bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Juda yengil yo'lni tanlabsiz!

Hozirgina instagram ijtimoiy tarmog'ida Toshkent shahar hokimligi profilida "Kelajak yoshlari" nomli qandaydir tadbirga ko'zim tushdi. Essiz, Toshkent shahar matbuot xizmati va boshqa tashkilotchilar portfolio ko'rsatish uchun juda yengil yo'lni tanlashibdi.

Bugungi kunda ilmsizlik, ishsizlik asosiy muammoyimiz bo'lib turgan zamonda ilmli yoshlarni emas, TIk Tok avlodlarini "kelajak avlodlari" deb ko'rsatishyotgani va yoshlar ulardan ibrat olayotgani juda-juda achinarli!

Mas'ullar ko'zimizni ochaylik! Biz ilmli yoshlarni kelajak avlodi deb ataylik. Boshqalarga ibrat qilib ko'rsataylik! Yengil yelpi hayotga o'rgatib yana bir avlodni yo'qotmaylik! Insof qilaylik! Piar uchun emas, chin dildan, millat uchun, vatan uchun harakat qilaylik!
© Temurbek Adhamov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
🇦🇺 Avstraliya: To‘liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar

Avstraliyaning Australian National University universiteti magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish uchun a'lochi xalqaro talabalarga to'liq grant, oylik stipendiya, aviachipta va boshqa bir qator bonuslar taklif etmoqda 👇

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/avstraliya-magistratura-va-doktorantura-bosqichlarida-oqish-uchun-toliq-grant

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun 5-aprel - Davlat xavfsizlik xizmati kuni

DXX – mamlakatimizning konstitusiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini tabriklaymiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berildi

▪️Rossiyaga kirishdan oldin talabalar:

▫️kamida 10 kun oldin qaytish sanasi haqida elektron pochta orqali universitetni xabardor qilishi;

▫️kamida 3 kun avval koronavirus uchun test topshirishi, natija manfiy chiqsa, o‘z mamlakatida rus yoki ingliz tilida tegishli hujjatni olishi;

▫️Rossiya hududiga kirgach, 72 soat ichida takroran PsR-test topshirishi lozim.

Ruxsat O‘zbekiston, Tojikiston, Venesuela, Germaniya, Suriya va Shri-Lankadan bo‘lgan talabalar, aspirantlar, ordinator va tayyorlov fakultetlari tinglovchilariga berilgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
​​Juda yengil yo'lni tanlabsiz! Hozirgina instagram ijtimoiy tarmog'ida Toshkent shahar hokimligi profilida "Kelajak yoshlari" nomli qandaydir tadbirga ko'zim tushdi. Essiz, Toshkent shahar matbuot xizmati va boshqa tashkilotchilar portfolio ko'rsatish uchun…
Tik-toker va blogerlar oʻrtasida "Kelajak yoshlari" festivali oʻtkazilibdi. Ushbu nomiga yarashmagan festival borasida biroz mulohaza yuritsak. Avvalo, men Tik Tokdan foydalanmayman, Instagram ham vaqt oʻgʻrisi boʻlgani uchun oʻchirib yuborganman, lekin yaxshi maqsad yoʻlida ulardan foydalanishni ham qoralamayman. Quyida aytmoqchi boʻlganlarim befoyda kontent egalariga tegishli. Men dinimiz va milliyligimizdan kelib chiqib gapirmoqchi emasman, chunki, qarshi tarafga bu jihat qiziq emas, bu gaplardan ularning ensalari qotishini yaxshi bilaman.

Postni yozishdan oldin qisman bu kabi tarmoqlarning qay tarzda daromad koʻrishi, ulardan foydalanuvchi blogerlar tashkillashtiradigan "give away"lar va likkillab raqs tushadiganlar qanday pul topishini biroz oʻrgandim. Tushundimki, aslida ana shu "raqqos"lar oddiyroq qilib aytganda, Tik Tok va Instagramning mahsulot va tovarlari hisoblanadi. Ular orqali aynan shu tarmoqlar boy boʻladi, siz ortingizdan qancha koʻp insonni yetaklab kelsangiz ular uchun yanada koʻproq foyda keltiraverasiz, qancha koʻp likkillasangiz ularning biznesini shunchalik kengayishiga yordam beraverasiz.

Baʼzi yoshlar ularga havas bilan qarayotgan, bemaza qiliqlari bilan tanilgan blogerlar esa asosan reklama ortidan daromad koʻradi. Bu esa ijtimoiy tarmoq egalari topadigan daromad oldida dengizdan tomchidek gap. YouTube kabi video darsliklar va boshqa foydali kontentlar ulashish ortidan daromad topganda ham muammo emasdi, lekin Tik Tok jiddiy narsalar uchun moʻljallanmagan.

Tik Tok foydalanuvchilarining 41% 16-24 yosh oraligʻidagi oʻsmirlar ekani va ularning tik-tokerlarga havas qilishi men uchun achinarli holat. Chunki aksar yoshlar oʻqib yoki biror biznes boshlab, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, umuman olganda jiddiyroq harakat qilish oʻrniga bor mahoratini kamera oldida qilpillashga sarflashi avvalo, kelajagi yoʻq narsa, qolaversa, xalq uchun ham, Davlat uchun ham biror manfaat keltirmaydi.

Hozir kamera qarshisida raqsga tushishi va goʻzal suratlari bilan tanilayotgan qizlar ozroq vaqt oʻtib goʻzalligini yoʻqotgach, qiyqirib qarsak chalayotgan muxlislaridan ayriladi va hech kimga keraksiz boʻlib qoladi. Yigitlarga esa yoshligida qilgan qiliqlari yarashmay qoladi, farzandlari yonida oʻzi uyalishni boshlaydi. Agar sizga gaplarim gʻalati tuyulsa 20-30 yil avval sahnadan tushmagan, dunyo goʻzali deb eʼtirof etilganlar hayoti bilan biroz qiziqib koʻring, goʻzalligini yoʻqotgach bergan intervyularini tinglang, oʻqing. Shunda oʻzingiz uchun xulosa qilasiz.

Endi ana shunday kelajagi yoʻq ishlarni yoshlarga namuna qilib koʻrsatish, bu borada tekin festivallar tashkil qilish hayotning past-balandini koʻrgan kattalarga umuman yarashmaydi. Kamiga buni piar qilishlari, davlat miqyosidagi tadbirdek koʻrastishlari achinarli. Yoshlar-ku, mayli, ular hali hayotni koʻrmagandir, lekin siz-chi?! Nega ilmi va salohiyati bilan yutuqqa erishganlar festivalingizda koʻrinmaydi? Qani fan olimpiadalarida zalni titratgan yoshlar? Qani oʻz kuchi bilan biznes boshlab ulkan marralarni zabt etgan yigitlar? Qani TOP universitetlardan grant yutib olgan qizlar? Nega ularni emas raqqosalar-u qiziqchilarni kelajak sifatida koʻrsatmoqdasiz?!

Bu narsalar haqida ham oʻylab koʻrishingizni, yoshlarga eʼtibor deganda musiqa maktablari-yu konsertlar tashkil etishni emas, biz ishlatadigan ijtimoiy tarmoqlar va foydali ilovalarni bemalol yasay oladigan IT sohasi vakillari, matematik va fiziklar, yosh olimlar va iqtidorli yoshlarga eʼtibor qilishingizni, aynan shunday yoshlargina bizning kelajagimiz sifatida koʻrilishini soʻragan boʻlardim. Agar bu qoʻlingizdan kelmasa, shu ishni qilayotgan yoshlarga koʻmak bering yoki umuman hech narsa qilmang.

Aslida, bunday festivalingizdan koʻra hech narsa qilmasligingiz foydaliroq boʻladi...
© Iysoxon

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
O‘zMU dekani deb aytilayotgan kishi ro‘molni "diniy libos" deb, talabalarni ogohlantirgani videosi tarqadi.

To‘g‘risini aytsam, soqol va ro‘mol mavzusi odamni charchatdi, zeriktirdi.

Ko‘chada yurishda ancha yengillik bo‘lib qoldi, har kim xohlaganday yuribdi.

Ammo, Tv da soqol, ro‘mol og‘zaki zapretda. Ba’zi davlat tashkilotlarida (hammasida ham emas, rahbari e’tiborni ishga qaratadigan davlat tashkilotlarida bu muammo yo‘q) ham shu muammo davom etmoqda.

Soqol va ro‘mol ta’qiqini eng tepasida turganlar nima uchun soqolni ham, ro‘molni ham oddiy tuk yoki oddiy libos ekanligini va bu narsalarning insonning intellektiga ta’siri yo‘qligini tushuna olmas ekan-a?

O‘zim ham odatda soqol bilan yuraman. O‘zimga yoqadi. Qirib olsam, yuzimga narsa toshadi. Lekin, har hafta tv da ko‘rsatuvim bor. Soqolni olmasam, ko‘rsatuv o‘tmaydi. Vaholanki, soqolni olsam ham, olmasam ham, men - o‘sha menman. Fikrim ham, tushuncham ham o‘zgarmaydi. Soqolni olsam ham, olmasam ham, o‘sha gaplarni gapiraman. Shunchaki, noqulaylik qo‘shilyapti, xolos.

Tv da soqol, ro‘mol bo‘lishi, institutlarda soqol ro‘mol bilan kimdir yurishi ishni, o‘qishni sifatiga ta’sir o‘tkazmaydi. Odam ko‘z, qulog‘i bilan darsni qabul qiladi. Naushnik taqib olsa, gapirsa bo‘ladi.

Tv da soqol, ro‘molni ko‘rsatishni soqol, ro‘mol reklamasi bo‘lib qoladi, deyish ham, hozirgi ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan zamonda kulgili. Birinchidan, birovni ko‘rib, taqlid qiladigan odam, internetdagi rasmlardan ham taqlid qilib qo‘yaveradi. Ikkinchidan, taqlid qilsa, bizga nima? Sizga nima? Qaysi ishingizga xalaqit beryapti?

P.S. Do‘stlar, provokasiyaga berilmay, unday qilish kerak, bunday qilish kerak demasdan, bosiqlik bilan munosabatda bo‘linglar.
© Dilshod Odilov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (677-son, 30.10.2020 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish:

● davlat xizmatlari markazlari;
● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
● Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseyni tamomlagan 56 va undan yuqori natijalarga ega bitiruvchilar hamda respublika OTMlarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida umumiy ballning 60 va undan yuqori foizni to‘plagan abituriyentlar yuridik texnikumlarga kirish imtihonlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

📋 Qaror bilan yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

📊 Nizomga ko‘ra, yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

🔰 Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan:

● kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan abituriyentlar;
● “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
● I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

✅ Kirish sinovlari 25-30 avgustda quyidagi shaklda o‘tkaziladi:
👉 O‘zbekiston fuqarolari uchun – test sinovlari;
👉 xorijiy fuqarolar uchun – og‘zaki suhbat;
👉 ko‘zi ojizlar uchun – tanlov asosida.

🏢 Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
#Tezkor

Xabaringiz bor, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent moliya institutida o‘quv jarayoni 2021-yil 26-martdan 8-aprelga qadar masofaviy shaklda tashkil etilishi belgilangan edi.

2021-yilning 8-aprel sanasidan (Payshanba kundan) boshlab o‘quv jarayoni an'anaviy shaklda davom ettiriladi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1