Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
#Rasman

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 12-apreldan 14 kunlik online (masofaviy) ta'limga o'tkazildi!

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti belgilangan karantin muddatidan oldin talabalarni o'qishga chaqirmoqda.

"Assalomu alaykum. Man Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Korporativ Boshqaruv fakulteti talabasiman. Yaqinda 5-apreldan 14 kunga karantin berishgandi . Lekin mana bugun hozir bizga Kuratorlar guruhlarda yozib 12-apreldan kelinglar tez hohlagan viloyatga bõlsanglar ham deb turib olishgan. Õzi kimdir tekshiradimi buni nima uchun yopishdiyu nima uchun bir haftada ochishti . Bizani fakultetdan virus chiqqanmi yõqmi aytishmadi ham. Hozir qanday boramiz endi . Butun dunyoda karantin 14kun bõlsayu bizaga 1 haftami . Uham mayli man viloyatdanman hozir yana bir ikki kunni ichida borolmay qolsam nblarim kõpayib ketadi."

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇬🇧 Cambridge University: MBA yo'nalishida ta'lim olish uchun qiymati taxminan 41 200 AQSh dollarlik grant, yotoqxona va amaliyot yuzasidan sayohat xarajatlari uchun stipendiya

🔥Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/cambridge-universiteti-scholarship

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ibrohim Adham hazratlaridan so‘rashdi:

-Ramazonni qanday barpo qilaylik?
-«Ochiqni yop, yopiqni och.
Tilingni yop, qo‘lingni och.
Baxillikni yop, saxiylikni och.
Dangasalikni yop, g‘ayratni och.
Gʻiybatni yop, husn-i zan (yaxshi gumon)ni och.
Bekorchi ishlarni yop, nafil (ibodat)ni och...»

Xayr to‘la Ramazon...

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#Rasman

O‘zbekistonda 2020/2021 o‘quv yili yakunida o‘quvchilar qaysi fanlardan imtihon topshirishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistondagi maktablarda 2020/2021 o‘quv yili yakunida o‘quvchilar qaysi fanlardan imtihon topshirishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yili yakunida o‘quvchilar quyidagi fanlardan imtihonlar topshiradi:

5-sinfda 2 ta fandan: matematika, chet tili;
6-sinfda 2 ta fandan: tarix, biologiya (botanika);
7-sinfda 2 ta fandan: ona tili va adabiyot hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida o‘zbek tili/rus tili, informatika va axborot texnologiyalari, matematika, chet tili fanlaridan 1 tasi tanlanadi);
8-sinfda 2 ta fandan: chet tili hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida davlat va huquq asoslari, informatika va axborot texnologiyalari, matematika fanlaridan 1 tasi tanlanadi);
9-sinfda 7 ta fandan: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili (ta’lim o‘zbek tilidagi maktablar uchun rus tili, ta’lim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun o‘zbek tili), matematika, biologiya, tarix, jismoniy tarbiya hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida informatika va axborot texnologiyalari, chet tili fanlaridan 1 tasi tanlanadi);

Ma’lum qilinishicha, 10-sinfda 3 ta fandan: informatika va axborot texnologiyalari, tarix hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida kimyo, biologiya, matematika, geografiya fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variativ o‘quv reja asosida ta’lim olgan o‘quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi);

Shuningdek, 11-sinfda 5 ta fandan: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, o‘zbek tili/rus tili hamda 1 ta tanlov fani (tanlov fani sifatida kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda variativ o‘quv reja asosida ta’lim olgan o‘quvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi).

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Stipendiya_tanlov

⚡️350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlari e’lon qilindi!

🔰 Jamg‘arma 2021-2022-o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

✅ bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
✅ magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
✅ doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratilishini ma’lum qiladi.

📆 Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 1-apreldan 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, elektron tarzda qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot www.eyuf.uz saytida.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​▪️2021 yilda kirish imtihonlari qanday bo‘ladi⁉️

🔺 Joriy yilda 5 ta fandan test bo‘ladi!

✅ Majburiy fanlar bloki:

- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

🔺Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball. Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

🔺 Taʼlim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

✅ 1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

✅ 2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

🔺 Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball. Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi (imtiyozli ballar qo‘shilmaganda);

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​​​Endi maktablardagi bitiruv imtihonlari natijalari ham OTMga kirishda hisobga olinarkan. Bu qanday tartibda amalga oshiriladi?

✅ Prezidentimizning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Qarorda keltirilishicha

👉 2020/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi) ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

👉 2022/2023 o‘quv yiliga qadar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturi joriy etiladi.

👉 Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi 2021 yil 1 iyunga qadar Davlat test markazi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Ramazonning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️. Ushbu muborak oyga yetkazgan Alloh taologa bitmas va tuganmas hamdu sanolar boʻlsin.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇺🇸 AQSH: Umumiy qiymati 10 000 AQSh dollarlik grant dasturi

👉 Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/usa-scholarships

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Guliston davlat universiteti «Filologiya» fakulteti «Xorijiy til va adabiyoti» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabada koronavirus aniqlangani sababli shu guruh bugundan boshlab masofaviy ta’limga o‘tkazildi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qadrdonim uyg'oning. Ro'zaga turing.😊😊

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇹🇷 Turkiya: Magistratura va doktorantura bosqichlarida ta'lim olish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/turkey-scholarships

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Test sinovida abituriyentning javoblar varaqasiga boshqa bir abituriyent o‘zining javoblarini yozib qo‘ygan bo‘lsa unga yangi javoblar varaqasi beriladimi❓

✅ Javob: Yo'q, berilmaydi. Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

🤔 Ana shunaqa gaplar! Xato qilish abituriyentga qimmatga tushishi shubhasiz!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba nega o‘z joniga qasd qildi?

Insayderlarimizning xabar berishicha, Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib qo‘ygan.

Universitetda tarqalgan gap-so‘zlarga ko‘ra, talaba qishki sessiya imtihonlaridan o‘tolmagan va uning imtihondan o‘tishi uchun o‘qituvchi katta miqdorda pora talab qilgan.

Lekin bu hodisa negadir o‘rganilmasdan, bosti-bosti qilib kelinyapti. Bu haqda Bosh prokuraturadan tafsilotlarini kutib qolamiz...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️⚡️Talabalar yotoqxonalarini qurish uchun 4.4 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi, ijara pulining 50 foizi esa davlat tomonidan qoplab beriladi.

Prezident ijarada yashaydigan talabalar uchun Hukumat dasturi tayyorlanayotganini maʼlum qildi.

“Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu farzandlarimizga 1-maydan boshlab ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi. Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablagʻi hisobidan ham qoplab beriladi. Navbatdagi oʻquv yilida buning uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.

Prezident tashabbusi bilan 4.4 trillion soʻm mablagʻ yangi yotoqxonalar qurilishiga yoʻnaltiriladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

⚡️Farg‘ona universiteti (Maqsudov), Samarqand qurilish (Ahmedov), Qo‘qon pedagogika (Otajonov) institutlari rektorlari va Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori (Olimov) yoshlar bilan ishlashda sustkashlik qilgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Boshqa oliy ta’lim muassasalari rektorlari qat’iy ogohlantirildi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonni nima halok qiladi?

Har bir insonning yaxshi-yu yomon shaxsiy fazilatlari bo'ladi. Bularning ichida hayotimiz davomida bizga o'z ta'sirini ko'rsatguvchilari ham bor, albatta.

Siz atrofingizdagilarga havas ko'zlari ila boqasizmi yoxud hasad qilish ham aslida yomon illat emasmi?

"Osmondagi bolalar" loyihasining Ramazon oyi 11-son mehmoni Abdulhamid Jumanov hasad va havasning farqi, hasad qiladigan inson havas-la yashaydigan inson bilan bir xilmi, kabi mavzular yuzasidan o'z shaxsiy fikrlarini dinimizda buyurilgan ahkomlar asosida tushuntirib o'tdilar.

😊 Sizning ham chin dildan havas qiladigan insoningiz bormi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Talabalarning ijara pullarini 50 foizi davlat tomonidan to'lab beriladi. Bu qanday amalga oshiriladi?

Ko'pchilik bu qaror yotoqxonalarga ham amal qiladimi deb so'ramoqda. Afsuski yo'q, bu faqat kvartiralarda ijarada turgan talabalarga tegishli.

1 hafta ichida ijarada turuvchi talabalarning ro'yxati shakillantiriladi. Keyin esa ijaraga uy beruvchilar bilan talabalar o'rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi. Bu o'z navbatida ijaraga turar joy beruvchini soliq to'lashiga olib keladi.

Ko'p hollarda ijaraga uy beruvchilar soliq to'lashdan qochib uyini kimga ijaraga berishidan qat'iy nazar shartnoma tuzmaydi, ijarachilarni vaqtinchalik ro'yxatdan ham o'tkazmaydi. Shunchaki odam qo'yadi va pullarni cho'ntakka uradi.

Katta ehtimollik bilan davlat faqat ijarada turuvchi va ijaraga beruvchi bilan shartnoma tuzgan talabalargagina 50 foiz pullarini to'lab beradi. Chunki shartnomada kvartiraning asl narxi ko'rsatilgan bo'lib, ijarada turuvchi har bir talaba boshiga qanchadan tushayotgani ma'lum bo'ladi.

Ijaraga uy beruvchi esa shartnomada ko'rsatilgan pulning 1-5 foizini davlatga soliq tariqasida to'laydi.


Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg