Talaba.uz | Ta'lim portali
5.41K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
Talabaning ahvoli og'ir ekan. Hozirgina akasi aloqaga chiqdi. Imkon darajasida yordam beraylik do'stlar
❗️Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham o‘quv jarayonlari 2021 yilning 22 aprelidan 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Dunyoni suv bossa o'rdakka ne g'am"

Virus ko'p aniqlanayotgan bir vaqtda Milliy universitetda ajoyib bayram shukuhi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​2018 yil, noyabr.

Xitoy markaziy televideniyesi ilk marotaba uzoq qishloqlik dexqonni o‘z studiyasiga suxbat uchun taklif qildi.

Dexqonning o‘g‘li Xitoyning eng nufuzli Shingxua universitetiga yuqori ko‘rsatkich bilan o‘qishga kirgani maxsus intervyuga sabab bo‘ldi.

To‘g‘ri-da, o‘ziga to‘q xonadonlar yillar mobaynida eng zo‘r o‘qituvchilarni yollab, farzandlarini bo‘lajak jiddiy sinovga tayyorlasalaru, uzoq qishloqdagi kambag‘alning o‘g‘li uloqni ilib ketsa.
Qanday qilib?!

Nahotki, xaminqadar qishloq maktabida o‘qib shunday natijaga erishish mumkin bo‘lsa?!

Jurnalist: "O‘g‘lingizning muvaffaqiyatini nima bilan bog‘laysiz?"

Ota: "Bu undagi xarakatning natijasi. O‘g‘lim bolaligidan talaba bo‘lish orzusi bilan yashar edi".

Jurnalist: "Bu orzu hammada bor. Xitoydagi kuchli raqobatda birinchi bo‘lish misoli moʻjiza. Undagi kuchli qiziqishda oiladagi muhitning xam o‘rni bor. Farzand voyaga yetkazishda biror o‘ziga xos usulingiz bormi?"

Ota: "Mening biror usulim yo‘q. O‘zim qashshoq oilada o‘sdim. Otamda mening savodimni chiqarish uchun ham ortiqcha mablag‘ bo‘lmagan. O‘g‘lim maktabga kuzatgan ilk kun undan yaxshi o‘qishini, nimaiki o‘rgansa menga ham o‘rgatishini so‘radim.

U har kuni maktabdan qaytib, o‘qituvchisidan o‘rganganlarini menga katta hayajon bilan tushuntirar edi.

Kechki mahal birgalikda dars qilish, o‘g‘limni tinglash kundalik mashg‘ulotimga aylandi.

O‘qish-yozishni o‘rgandim, shunday bo‘lsa ham darslarimiz to‘xtab qolmadi: yuqori maktabning so‘nggi kuniga qadar o‘g‘lim menga ustozlik qildi.

Ehtimol shu voqea uning muvaffaqiyatiga sabab bo‘lgandir.

O‘g‘lim boshida azbaroyi mening oldimdagi mas’uliyatni deb o‘qishga jiddiy qaragan bo‘lsa, bora-bora unda ilmga bo‘lgan ishtiyoq bo‘y ko‘rsatdi.

To‘g‘risini aytsam, uning uchun qo‘shimcha darslar yoʻllashga qurbim yetmagan..."


Bu suxbat ko‘plab xitoylik qashshoqlarni ilxomlantirdi, irodali ota millionlab ota-onalar uchun ibratga aylandi.

Xulosa:

Unutmang, farzandlarimiz uchun bekamu ko‘st kelajakni xozir qila olmasak xam, ularni kelajak uchun tayyorlashga doimo imkoniyatimiz bor.

Farzandingiz uchun xar kuni bir fursat vaqt ajratishdan erinmang.


© Shuxrat Sattorov Respublika ta’lim markazi direktori

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sadio Mané ishlatadigan telefon shu ekan. Bizni talabalar esa ROLTON yeb yursa ham iPhone ishlatishadi 😁.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Top-1000talikka kirgan O'zbekistondagi OTMlar:

👉 Toshkent davlat yuridik universiteti (401-600);
👉 Buxoro tibbiyot instituti (801-1000);
👉 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (801-1000);
👉 Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (801-1000);
👉 Toshkent Tibbiyot akademiyasi (801-1000);
👉 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (801-1000);
👉 Toshkent Farmasevtika instituti (801-1000);
👉 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston davlat universiteti (801-1000);

P/S: Ushbu OTMlar ta'lim sifati bo'yicha emas qancha talaba moddiy yordam olishi, OTMning sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorligi, universitetning talaba bo‘lmaganlar uchun tadbirlar (seminarlar va h.z.) o‘tkazishi va boshqa masalalar bo'yicha yuqori o'rinlarni olgan. Tag'in diplomni olib chetga ketib yubormanglar. Baribir o'tmaydi.

Do'stlaringizga ulashing
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bugundan O'zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika, Biologiya hamda Ekologiya fakultetlarida tahsil oluvchi barcha kunduzgi, kechgi, sirtqi ta'lim yo'nalishi va magistratura bosqichi talabalari uchun to'liq masofaviy ta'lim joriy etildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Jizzax ijtimoy-iqtisodiy universiteti tashkil etiladi

▪️Yangi xususiy universitet faoliyati 2021-2022-o‘quv yilidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Qabul bakalavriatda:
▫️psixologiya, boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishlari, maktabgacha ta’lim, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligida menejment, buxgalteriya hisobi va audit, turizm, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishlarida;

Magistraturada:
▫️psixologiya, boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishlari, maktabgacha ta’lim, iqtisodiyot hamda qishloq xo‘jaligida menejment bo‘yicha tashkil etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent kimyo-texnologiya institutining menejment va noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakultetlari 14 kunga yopildi.

Institut o‘qituvchi va talabalarida koronavirus aniqlangan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Xabaringiz bor, kuni kecha tunda O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat Texnika universitetlari tutashgan yerda "ochiq osmon ostidagi diskoteka" bo'lib o'tdi.

Bizga kelgan ma’lumotlarga qaraganda, ushbu "Party" ni (nomini aytib bo'lmaydigan tashkilot) uyishtirganligi aytilmoqda.

Manbamizning ta'kidlashicha, talabalarni universitet xodimlari majburlamagan, talabalarni o'zlari xohlab borishgan...

"Online, online, online" deb hayqirayotgan va aynan mana shu "Party"da (tungi konsertda) bo'lgan talabalar diqqatiga!

"QO'RQMADINGIZMI?"

Xavfdan qo'rqib universitetga bormaslik uchun online tarafdorisiz-u, lekin "Party" ga (tungi diskoteka) borishga "jasursiz". U yerda sizga virus yuqmaydi)))

Endi vijdonan aytingchi, o'zingizni qanday oqlamoqchisiz?

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Andijon Davlat universiteti 2021-yilning 22-aprel sanasidan boshlab, universitetning asosiy hududidagi fakultetlarda o‘quv jarayonlari 14 kunga masofaviy ta'lim (online) shakliga o‘tkazildi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashsa, an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish haqida universitet rasmiy sahifalarida qo‘shimcha xabar beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent Davlat texnika universitetida koronavirusga test topshirish boshlandi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida QSXET VA QXM fakultetlari 23 apreldan 14 kunlik online ta'limga oʻtkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN 🥰

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
So‘rovnoma: 85 foiz talaba xususiy yotoqxonalar qurilishini xohlaydi

U-Report platformasi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda 9,2 ming talaba o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovda qatnashganlardan 4,5 ming nafari ijarada yashashini bildirgan. Ularning 43 foizi ijara uchun oyiga 200 ming so‘mdan ko‘p, 26 foizi esa 500 ming so‘mdan ko‘p to‘laydi.

Respondentlarning 85 foizi xususiy yotoqxonalar tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi, shulardan 33 foiziga u yerda yaratiladigan sharoitlar qanday bo‘lishi tanlov qilishlari uchun muhim.

Respondentlarning 92 foizi xususiy yotoqxona narxi talababop bo‘lsa, ularda yashashini bildirgan. Ishtirokchi talabalar yotoqxonada, albatta, kutubxona, sportzal va kompyuter xonalari bo‘lishi kerak, deb o‘ylaydi.

Respondentlarning 53 foizi yotoqxonalarning har bir qavatida umumiy hammom, hojatxona va oshxonalar bo‘lishini yetarli deb hisoblaydi.

Agar xonaning narxi undagi ijarachilar soniga bog‘liq bo‘lsa, unda:

42 foiz respondent ikki kishilik;
31 foiz respondent uch kishilik;
15 foiz respondent esa to‘rt kishilik xonada yashashga tayyorligini bildirdi.


Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev yil boshida hukumatga talabalar uylarini qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirig‘ini bergandi.

Shuningdek, prezident farmoni bilan 1 maydan boshlab ijara huquqi asosida yashayotgan 60 foiz talabaning 50 foiz ijara puli davlat tomonidan qoplab beriladi. Birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, o‘rnak ko‘rsatgan va faol yoshlar ro‘yxatga kiritiladi.

Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (245 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan (122,5 ming so‘m) oshmasligi lozim.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg