Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Toshkent Davlat texnika universitetida koronavirusga test topshirish boshlandi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida QSXET VA QXM fakultetlari 23 apreldan 14 kunlik online ta'limga oʻtkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN 🥰

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
So‘rovnoma: 85 foiz talaba xususiy yotoqxonalar qurilishini xohlaydi

U-Report platformasi Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda 9,2 ming talaba o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovda qatnashganlardan 4,5 ming nafari ijarada yashashini bildirgan. Ularning 43 foizi ijara uchun oyiga 200 ming so‘mdan ko‘p, 26 foizi esa 500 ming so‘mdan ko‘p to‘laydi.

Respondentlarning 85 foizi xususiy yotoqxonalar tashkil qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi, shulardan 33 foiziga u yerda yaratiladigan sharoitlar qanday bo‘lishi tanlov qilishlari uchun muhim.

Respondentlarning 92 foizi xususiy yotoqxona narxi talababop bo‘lsa, ularda yashashini bildirgan. Ishtirokchi talabalar yotoqxonada, albatta, kutubxona, sportzal va kompyuter xonalari bo‘lishi kerak, deb o‘ylaydi.

Respondentlarning 53 foizi yotoqxonalarning har bir qavatida umumiy hammom, hojatxona va oshxonalar bo‘lishini yetarli deb hisoblaydi.

Agar xonaning narxi undagi ijarachilar soniga bog‘liq bo‘lsa, unda:

42 foiz respondent ikki kishilik;
31 foiz respondent uch kishilik;
15 foiz respondent esa to‘rt kishilik xonada yashashga tayyorligini bildirdi.


Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev yil boshida hukumatga talabalar uylarini qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirig‘ini bergandi.

Shuningdek, prezident farmoni bilan 1 maydan boshlab ijara huquqi asosida yashayotgan 60 foiz talabaning 50 foiz ijara puli davlat tomonidan qoplab beriladi. Birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, o‘rnak ko‘rsatgan va faol yoshlar ro‘yxatga kiritiladi.

Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (245 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan (122,5 ming so‘m) oshmasligi lozim.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabalari 14 kunlik karantin (masofaviy ta’lim)ga o‘tkazildi!

Batafsil malumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O'zbekiston Milliy universiteti haqida yozishdan charchadik...

Lekin... Afsuslar bo'lsin-ki, navbatdagi postimiz hech qanday tuxmat yoki bo'xton emas. Agar universitet ma'sullarini insofi bo'lsa, ushbu postga munosib javob berishingizni so'raymiz.

❗️Universitet talabalaridan ham kommentariyalarda ramazon oyida vijdonan fikr qoldirishini so'rab qolamiz.

Tez orada obunachimizdan kelgan postni sizlarga o'zgartirishsiz havola etamiz...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
O'zbekiston Milliy universiteti haqida yozishdan charchadik... Lekin... Afsuslar bo'lsin-ki, navbatdagi postimiz hech qanday tuxmat yoki bo'xton emas. Agar universitet ma'sullarini insofi bo'lsa, ushbu postga munosib javob berishingizni so'raymiz. ❗️Universitet…
"Assalomu alaykum.

Sizga ma'lum qilayotganim yana o'sha Oliy o'quv yurtida tahsil olayotgan muslima qizlarni hijobiga "osilayotgan" mas'ullar haqida.

O'zMU Iqtisodiyot fakulteti dekan o'rinbosari Odinayev Dilshodjon Shavkatovich va bir necha mas'ullar kuni kecha fakultet eshigidan kirayotgan talaba qizlarni birma-bir dekan xonasiga chaqirishdi. U yerda fakultet dekani Umarov Abduvahob Tursunovich, fakultet dekani o'rinbosari Niyozov Muzaffar Abdusattarovich va fakultet xotin-qizlar qo'mitasi raisi Mirzayeva Aziza hijobli qizlarga ogohlantirish berishdi. Ularni so'zlariga qaraganda universitetda yangi nizom joriy qilinib, unga ko'ra universitet hududiga hijobda kirish taqiqlanadi va bu ichki tartib qoidaga amal qilmagan talabalarga 3-4 marta rasmiy ogohlantirish berilib, shundan so'ng ham rioya qilmaganlar talabalar safidan chetlashtirilishi va undan keyin sudga murojaat qilsa ham befoydaligini aytib o'tishdi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistika fakulteti dekan o'rinbosarining uzr so'ragani qoralangani va u aslida to'g'ri ish qilgani rahbariyat tomonidan maqullanganligi ta'kidlab o'tildi. Ushbu universitet ichki tartib qoidalari haqidagi nizomni nusxasini va qaysi qonun yoki qaror asosida bunday harakat olib borilayotganini so'ragan talaba qizlarga nizomda hammasi qonuniy ko'rsatilganligi va hali tasdiqlanmagani, yaqin 5 - 6 kunlarda tasdiqlanib talabalarga berilishi ma'lum qilindi. Nima uchun ro'molga ruxsat berilmayotgani haqidagi savolga "Madaniyatga to'g'ri kelmasligi, dunyoviy davlatda yashayotganimiz va oliy o'quv yurtida dunyoviy ta'lim berilishi"ni asos qilib ko'rsatishdi. Vaholanki, dunyoviy davlat qatorida O'zbekiston demokratik davlat hisoblanadi va barcha fuqarolarning haq-huquqlari kafolatlanadi. Ro'mol o'rash qanday qilib madaniyatga ta'sir o'tkazishi mumkinligi haqidagi savol javobsiz qoldi. Qizig'i shundaki boshqa hech qaysi fakultetda bunday ma'lumot berilmagan.

Shuni ta'kidlab o'tish kerakki fakultetda o'qiydigan hijobli qizlarning barchasi fanlarni yaxshi o'zlashtiradigan talabalar qatorida. Bundan ko'rinib turibtiki ro'mol hech kimning o'qishiga halaqit berayotgani yo'q. Ro'mol o'rasa ham o'qituvchilar talabalarni taniyabti.

Asosiy sabab, universitet hududida ibodat libosida yurish mumkinmasligi. "Ibodat libosi" ayni biror ibodat vaqtida kiyiladigan libosdir. Lekin, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha Qo'mita ibodat libosi tushunchasiga rasmiy izoh bergan. Unga ko'ra, Islom dinida maxsus "ibodat libosi" mavjud emas va Islom dini talab qiladigan ayollar yopib yurishi lozim bo'lgan kiyimni muslima ayollar har doim, ibodat paytida ham, undan boshqa paytda ham kiyib yurishi mumkin.

Sizdan shu masala bo'yicha talabalarga yordam berishingizni, iloji bo'lsa fakultet rahbarlari bilan uchrashib haqiqatdan bu harakat qanday qonun yoki qaror bilan belgilab qo'yilganligini aniqlashtirib berishingizni so'rayman."


❗️Xabar hech qanday o'zgartirishsiz chiqarildi. Va shuni unutmang, Milliy universitetga hech qanday husumatimiz yo'q.

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Ariza Ro'mol bo'yicha.pdf
129.8 KB
❗️Mabodo, qaysi maktab yoki o'quv yurti mansabdor shaxslari ro'molni ta'qiqlaydigan bo'lsa, ularni shu arizaga asosan sudga berishi mumkin.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️⚡️Khalifa University: Birlashgan Arab Amirliklarida bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

2021-yil kuzgi kurslar uchun hozirda hujjatlar qabul qilinmoqda. Arizalar odatda may oyining boshigacha qabul qilinadi, lekin saytda ariza topshirishning oxirgi muddati aniq koʻrsatilmagan. Shu sababli imkon qadar ertaroq hujjatlarni topshirish tavsiya etiladi.
Kerakli
hujjatlar:
1 Ariza
2 Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi
3 IELTS yoki TOEFL sertifikati
4 Pasport nusxasi
5 Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma
6 Pasport o’lchamidagi fotosurat.
Murojaat:
+971 (2) 312 3333, admissions@ku.ac.ae. Savollaringiz bo’lsa, bu yerda so’rashingiz mumkin.
©uzbbenelux

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, barcha OTMlar bosqichma-bosqich masofaviy ta'limga o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy sabab...

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#Rasman

❗️O‘zJOKUda masofaviy ta’lim o‘quv yili oxirigacha davom ettiriladi

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti 12 apreldan boshlab 2 haftaga karantinga yopilgan edi.

Universitet matbuot xizmatining ma’lum qilinishicha, masofaviy ta’lim o‘quv yili oxirigacha davom ettiriladi.

Ma’lum qilinishicha, darslar onlayn shaklda davom etadi va hozirda yotoqxonada turadigan talabalarga 24 apreldan uylariga ruxsat beriladi.

Shuningdek, universitet mas’ullariga quyidagilarni amalga oshirish yuklatilgan:
• erta monitoring va tashxis o‘tkazish;
• aniqlangan xollarda talabani kontingentdan ajratish va davolanishga joylashtirish;
• O‘quv xonalari va talabalar turar joyida karantin talablari doirasida tozalash va profilaktika ishlarini o‘tkazish.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Rasman: 26-apreldan boshlab O'zbekiston Milliy Universiteti to'liq masofaviy ta'limga o'tadi.

Bu haqida O'zMUning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallabayev Bugun.uz ga xabar berdi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ishchilar Eyfel minorasini boʻyab chiqishyapti. (1932-yil)

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️26-apreldan boshlab Samarqand Davlat Tibbiyot instituti 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tkazildi.Ertandan boshlab institutda hech kim qolmasligi kerakligi aytilgan!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali bugundan 6-mayga qadar to'liq masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

❗️Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatika” va “Muhandislik texnologiyalari” fakultetlari talabalarini o‘quv jarayoni 2021 yilning 24 aprelidan boshlab 14 kunga masofaviy rejimda tashkil etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qodir Tangrining seni yaratishida, seni millating o‘rtasida farq nimada? Birinchi navbatda sen insonsan. Buni hech qachon unutma. O‘zingizning millatingiz bilan maqtanmang, chunki yaxshi va yomon millatlar yo‘q. Biz barchamiz Alloh uchun tengmiz.

© Muhammad Ali

Assalomu alaykum hayrli kun 😊

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Qoraqalpoq davlat universitetining «San’atshunoslik» hamda «Yuridika» fakultetlari onlayn ta’limga o‘tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent Davlat Texnika Universiteti Energetika fakulteti rahbariyati dekan o'rinbosarlari va kafedra mudirlariga quyidagicha topshiriq berilgan:

"Ассалому алейкум, Ҳурматли декан ўринбосарлари ва кафедра мудирлари! Душанба, 26 апрелдан ўқув жараёни анъанавий тарзда бошланади. Сизлардан ва Сиз орқали талабаларга ўзлари яшаб турган ёки Олмазор тумани СЭСдан COVID-19 га ПЦР топширганлиги тўғрисидаги жавоб хати билан келишлари тавсия этилади. ТТЖда яшовчи талабалар тест жавобисиз ТТЖга киритилмайди. Ҳар хил уйдурма гапларга ишонмасликни сўрайман, агар бирор топшириқ бўлса маълум қиламиз"

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg