Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Turin Politexnika universiteti bugundan to'liq masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

27-apreldan Samarqand shahridagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi.

Shu sababli o‘quvchilarga erta, 27-apreldan boshlab onlayn ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand davlat universitetida virus aniqlangani sababli karantinga yopilishiga qaramay imtihonlar offlayn tarzda bo'lib o'tmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 1-o‘quv binosida tahsil olayotgan Kompyuter injiniringi fakulteti hamda O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti talabalari uchun o‘qish jarayoni 2021-yil 27-apreldan 2 xafta muddatga onlayn shaklga o‘tkazildi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​⚡️ Buxoro shahridagi umuta’lim maktablari bitiruvchilarining 17 nafari muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi

Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarning puxta bilim olishi, o‘z qiziqishlari va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun ulkan imkoniyatlar yaratilgan. Bugun ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan iqtidorli o‘quvchilarimizning qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib kelayotganligi qalbimizni faxrga to‘ldiradi.

E’tirof etish joizki, keyingi yillarda ilmga bo‘lgan intilishi, izlanuvchanligi tufayli maktab ostonasidanoq nufuzli xorijiy va mamlakatimiz oliygohlariga o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgan o‘quvchilarimiz safi tobora kengayib bormoqda.

Joriy yilda ham birgina Buxoro shahridagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarining 17 nafari ana shunday imkoniyatni qo‘lga kiritishdi.

Ular bilan tanishing:
👉 Nazirbek Samadov, 1-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Toshkentdagi Webster universiteti;
👉 Daler Muminov, 1-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Qozon davlat tibbiyot universiteti;
👉 Mironshoh Omandullayev, 2-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Synergy University Dubai;
👉 Aziz To‘rayev, 6-IDUM bitiruvchisi — BDU nezigida tashkil etilgan Fransiya hamkorligidagi VATEL instituti;
👉 Shaxzod Sharipov, 14-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Toshkentdagi Webster universiteti;
👉 Aleksandr Martыnov, 21-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Rossiyadagi Sinergiya universiteti;
👉 Parvina Tolibova, 28-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Webster axborot texnologiyalari universiteti;
👉 Latifa Axmedova, 29-IDUM bitiruvchisi — Malayziyadagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
👉 Sabrina Axmedova, 29-IDUM bitiruvchisi — Malayziyadagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;
👉 Samandar Hazratqulov, 32-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Singapur Universitetining O‘zbekistondagi filiali;
👉 Firdavs Sobirov, 35-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Amerikaning Kaliforniya universiteti;
👉 Sakinabegim Husenova, 35-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Singapur Universitetining O‘zbekistondagi filiali;
👉 Ferangiz Sadriddinova, 35-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — O‘zbekiston Milliy univesiteti;
👉 Samira Xodjayeva, 9-IDUMI bitiruvchisi — "Webster" universiteti;
👉 Amal Yakubov, 13-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Westminster universiteti;
👉 Akmal Saidov, 16-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — Buxoro Davlat universiteti;
👉 Rustam Turayev, 16-umumta’lim maktabi bitiruvchisi — AKFA universiteti

Ushbu ma’lumot 2021 yilning 21 aprel kuni holatida taqdim etilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Guliston davlat universiteti to‘liq holda 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Rasmdagi bu yigit bundan 28 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

👨‍💻 O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019-yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

✅ Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi!

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkent arxitektura qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakultetining 2 ta guruh talabalari orasida virusga chalinish holati aniqlangan va aynan shu guruh talabalari 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Kanal obunachilarimizdan birining yozishicha, shu talabalarning 30-35 foiz yigitlari boshqa guruh talabalari bilan bir qavatda yashashgan."Biz oʻzimizni sogʻligimizni oʻylamoqdamiz. Bizning ham guruhdan kasallanish chiqib onlinega oʻtishimizni kutishimiz kerakmi.?"-deydi bizga murojaat qilgan talabalardan biri.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugundan masofaviy ta'limga o'tkazildi! Bu haqida universitet rasmiy telegram sahifasida e'lon qildi

P.s: Ko'plab TATU talabalarini orzusi amalga oshdi😉

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🇷🇺 Rossiya: Bakalavriat va magistratura dasturlari uchun grantlar hamda 1500 rubl oylik stipendiya

🔥 Dasturning to'liq g'olibi bo'lgan talabalar o'quv to'lovidan to'liq ozod etiladi va oyiga 1500 rubl miqdorida oylik stipendiya taqdim etiladi!

‼️ Qabul tugashi: 15-avgust

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/russian-scholarship

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Olmazor tumani SEO va JSX bo‘limining tavsiyasiga asosan Toshkent davlat texnika universitetining “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti talabalarini o‘quv jarayoni 2021 yilning 26 aprelidan boshlab 14 kunga online rejimda tashkil etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Toshkent davlat agrar universiteti 2 hafta muddatga to'liq online ta'limga o'tdi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti 26-apreldan 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Rasman: Toshkent davlat iqtisod universiteti Samarqand filiali bugundan to'liq masofaviy ta'limga o'tdi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Elektr uzilishlari sabab vazifalarni vaqtida yuklay olmay kursdan qoldirilgan talabalar o‘qishga tiklandi

▪️Pandemiya paytida masofaviy shaklda o‘qidan Jahon tillari universiteti talabasi, Buxoro tumanida yashovchi fuqaro elektr uzilishlari sabab imtihon vazifasini modul tizimiga vaqtida yuklay olmagan. O‘qituvchi esa vazifani vaqtida topshirmagan jami 6 nafar talabani kursda qoldirgan.

Buxorolik talabaning bobosi fevralda Ombudsmanga murojaat qilgan va vaziyat o‘rganilib, talabalarga imtihonni qayta topshirish imkoni berilgan. Talabalar 4-kursga o‘tkazildi.
© Xpress.uz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Jizzax davlat pedagogika institutining Chet tillari fakulteti bugundan boshlab masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
1-maydan boshlab bir qator Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori bal toʻplaganlarning imtihon harajatlari qoplab beriladi

Unga koʻra, International English Language Testing System (IELTS), Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT,Graduate Management Admission Test (GMAT), Graduate Record Examinations (GRE), Scholastic Assessment Test (SAT) singari xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) qayd etgan yoshlarning imtihon topshirish xarajatlari toʻliq tarzda qoplanadi.

Misol tariqasida International English Language Testing System (IELTS) imtihonidan talabgorning umumiy imtihon bali “1 – 9” ni hamda imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichi “7” ni tashkil etishi kerak boʻladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg