Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
"❗️Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida karantin! Hamma uyga, Sentyabrgacha🤚"

Mana talabalar o'zini qanday xursand qilishyapti😅
Orzuga ayb yo'q...)

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

-Karantinda mazza qilib dam olasan, jiyan...

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Koorporativ boshqaruv fakulteti 29-apreldan 14 kunlik masofaviy ta'limga o‘tadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2 nafar firibgar talabasi qo'lga olindi

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs telegramm ijtimoiy tarmog‘idagi “Omad shou” nomli guruhga “FIRU” nomli akkaunt ochadi. Natijada shu guruhda Peshku tumani Jongeldi mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro A.G. bilan virtual suhbatlar va yozishmalar olib boradi. Noma’lum shaxs o‘ylab topilgan “Omad shou” o‘yinida ishtirok etishga fuqaro A.G. ni jalb qiladi.

O‘yin natijalariga ko‘ra 300 ming so‘m miqdordagi pul yutug‘iga ega bo‘lganligini aytib, plastik karta maxsus raqami va “CLICK” pul o‘tkazmalari servis xizmatiga ulangan qo‘l telefon raqamini tashlab bersa, yutuq pullarini plastik kartaga ko‘chirib berish to‘g‘risida uni ishontiradi.

❗️Fuqaro A.G. o‘zini nomidagi plastik karta bo‘lmaganligi sababli, qo‘shnisi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro D.K.ga borib murojaat qiladi. Fuqaro D.K.ga tegishli bo‘lgan “Xumo” plastik karta hamda telefon raqamini noma’lum shaxsga aytadi. Plastik karta maxfiy raqamini olishga erishgan noma’lum shaxs o‘sha zahoti fuqaro D.K.ga tegishli bo‘lgan plastik kartadagi pullarni yechib oladi.

Fuqaro D.K.ning telefon raqamida “CLICK” pul o‘tkazmalari servis xizmatiga ulangan yana bir plastik karta borligini bilgan noma’lum shaxs, go‘yoki ilgari maxfiy raqamlari berilgan plastik kartaga pul o‘tkazmasini amalga oshirish imkoni bo‘lmayotganligini vaj qilib, fuqaro A.G.dan qo‘shni si fuqaro D.K.ning telefoniga ulangan fuqaro M.S. ning nomidagi boshqa bir plastik karta raqamini ham olishga erishadi. Natijada ikkala plastik kartadan jami 11 million 450 ming so‘m pullarni yechib olib, firibgarlik jinoyatini sodir etadi.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlab tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro muxandislik-texnologiya instituti talabalari, Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida birgalikda ijarada yashab kelayotgan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro N.N. va Olot tumani Usmonshayx mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro S.X.lar oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir qilganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda mazkur jinoiy guruhning boshqa shu kabi sodir etilib, fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor surishtiruv hamda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

P.s: Ogoh bo'ling, kimdir sizning telefon raqamingizga kelgan kodni so'rasa ishonib berib ketavermang❗️

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#hazil -Karantinda mazza qilib dam olasan, jiyan... Talabalarga ulashing👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu postimizga javoban)

❗️ Toshkent arxitektura qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti 29-apreldan 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

16-shahar shifoxonasi hududida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining ordinatorlari bugundan onlayn ta'limga o'tdi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#muhim

❗️Samarqand davlat universitetining biologiya fakulteti an’anaviy ta’lim shakliga qaytdi

SamDUning biologiya fakultetida tahsil oluvchi talabalarning ta’kidlashicha, joriy yilning 13-aprel kuni fakultetda COVID-19 alomatlari aniqlangach ikki xaftalik karantin e’lon qilinib, o’quv jarayoni to’liq onlayn shaklda davom ettirilgan.

Bugun, 2021-yilning 28-apreli. Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetida ikki xaftalik karantin holati yakunlandi va o’quv jarayoni an’anaviy shakliga qaytdi.

Endilikda fakultetning kunduzgi ta’lim shaklida ham, kechki ta’lim shaklida ham o'quv jarayoni an'anaviy tarzda davom etadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti bugundan 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tkazildi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Maqsad qo'yish muhim

1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilarga quyidagi savolni berishadi:

- “Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:

84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan

13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan

3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.

Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:

13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.

3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.

Demak inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.

Yuksalish: Shaxsiy Rivojlanish kitobidan
Ⓜ️ MuhammadAli Eshonqulov

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Xarbiy ta'lim fakulteti talabalari orasida virus aniqlangan. Lekin haligacha masofaviy ta'limga o'tkazilmagan!

Mutasaddilardan munosabat kutib qolamiz!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

Qarshi jamoat salomatligi texnikumi bugundan o‘z faoliyatini onlayn o‘quv rejimida davom ettiradi. O‘quvchilarning 2 nafarida koronavirus aniqlangan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Jizzax davlat pedagogika instituti bugundan 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tdi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 Dunyo bo‘ylab hamyonbop xalqaro universitetlarni tanishtirishda OLIYGOH.UZ jamoasi davom etadi.

🏛 Kipr G‘arbiy Universiteti - bakalavr dasturlari va grantlar

⚡️ Ayni vaqtda Kipr G'arbiy universiteti bakalavr bosqichining barcha dasturlari uchun 65% lik o'quv dasturi to'loviga chegirma taqdim etmoqda.

Bundan tashqari 100% gacha o'quv to'lovidan ozod etish imkoniyatini taqdim etuvchi Academic Scholarships grant dasturini ham taklif etmoqda.

Batafsil: https://oliygoh.uz/uz/grantlar/cyprus-west-university-bachelors

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​DXX akademiyasiga nomzodlarni saralab olish tartibi belgilandi

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tayanch oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlaydi.

Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan erkaklar – O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

O‘qishga nomzodlar quyidagi bosqichlarda tanlovlardan o‘tadi:
- dastlabki saralab olish;
- maxsus kasbiy tanlash;
- test sinovlari.

Sport ustasi unvoni yoki sport ustasiga nomzodlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatni taqdim etgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ozod etiladi.

Test sinovlarini o‘tkazish tartibi va muddati Davlat test markazi tomonidan Akademiya bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Test sinovlarining natijalari sinov yakunlangandan keyin 5 kun ichida Akademiyaga taqdim etiladi va DXXning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilingan nomzodlarga kursant maqomi beriladi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent kimyo-texnologiyalari institutining NMKT va MKT fakulteti ertadan 14 kunga masofaviy ta'limga o'tadi.

❗️ Samarqand “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ta’lim jarayoni bakalavriat va magistratura bosqichlarida 2021-yil 30-apreldan 13-maygacha masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkaziladi.


❗️Toshkent davlat texnika universitetining Geologiya-qidiruv fakulteti talabalarini o‘quv jarayoni 2021- yilning 30-aprelidan boshlab 14 kunga on-line rejimda tashkil etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#va_nihoyat
❗️Rasman

Toshkent davlat texnika universitetining barcha fakultetlari talabalarining o‘quv jarayoni 2021 yilning 30 aprelidan boshlab 14 kunga masofaviy rejimda tashkil etiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
❗️1 maydan O‘zbekistonda karantin kuchayadi

O‘zbekistonda 1 maydan ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish taqiqlanadi.
Oshxonalar 50% rejimda ishlaydi.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️OTM mutassadilariga murojaat

Talabalarni sarson qilmang!

Bugun murojaat botimizga judayam ko'p xabarlar kelib tushmoqda. Toshkent davlat texnika universitetini misol tariqasida ko'rsatib o'tib ketamiz.

Xabaringiz bor universitetning "Energetika" fakulteti 10-aprel kuni 14 kunlik masofaviy ta'limga o'tkazilgan edi. 26- kuni talabalar yana Toshkentga qaytishdi. Bugun esa yana TDTU masofaviy ta'limga o'tkazilganini e'lon qilishdi. Endi o'ylab javob beringchi, Xorazm yoki Qoraqalpog‘istondan 200-300 ming so'm sarflab yo'lga chiqqan talaba 3 kun o'tar o'tmas yana 14 kunlik masofaviy ta'limni deb yana uyga qaytib ketadimi?

- Kim javob beradi talabalarning xavfsizligiga?

- Kim ayta oladi talabalar orasida 200.000 so'm tugul 100.000 so'm topishga qiynalmayotganlar yo'q deb?


Nafaqat TDTU da balkim boshqa OTMlarda ham aynan shu holat yuz beryapti.

Talabalarni qiynashni bas qiling. Darsingizga kelmasa, NB ni bostirasiz. "Talaba ham odammi?" qabilida ish tutmang❗️

Butunlay masofaviy ta'limga o'tkazing yoki aksincha...

Bu talabalar orasida siz mutasaddilarning ham farzandi bo'lishi mumkin edi.

Vazirlikdan bu bo'yicha muhim bir qaror qabul qilishini so'rab qolardik.

Mutassadilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilmsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg