Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Vazir talabalar sarsongarchiligini tanqid qildi

Bugun, 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo'layotgan masalalar ham alohida ta'kidlab o'tildi. Jumladan, o‘quv jarayoni 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkazilib, yana chaqirilayotganligi va talabalar sarsongarchiligi tanqid qilindi.

Kanalimizda chiqarilgan
https://t.me/TalabaUz/6658 👈ushbu maqolaga Vazirlik e'tibor qaratibdi✊
Manba

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Endi karantinga yopilgan OTMlarda o'quv jarayonlari o'quv yili oxiriga qadar masofaviy tarzda tashkil etiladi.

Endilikda karantin sababli 14 kunlik onlayn ta'lim degan tizim bo'lmaydi. Universitet rahbariyatining tegishli topshirig'iga binoan oliy ta'lim muassasasi barcha talabalari bilan o'quy yili yakuniga qadar onlayn yoki an'anaviy tizimga o'tadi. Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'limi vaziri video selektorda aytib o'tdi.

Hech qanday gibrid tizim bo'lmaydi. Xususan, guruh yoki fakultetlar miqyosida 14 kunlik onlayn ta'limga chiqish yo'qoladi. Bu masala endilikda OTM miqyosida hal etiladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Rasman

❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali I bosqich bakalavrlar hamda I bosqich magistrantlar uchun o‘quv jarayonlari 2021 yilning 25 mayiga qadar masofaviy (onlayn) shaklda, II va III bosqich bakalavrlar uchun o‘quv jarayonlari joriy o‘quv yilining oxirigacha masofaviy shaklda davom ettirilishini hamda IV bosqich bakalavrlar va II bosqich magistrantlar uchun o‘quv jarayonlari 2021 yil 11 may kunidan boshlab, qatʼiy karantin qoidalariga rioya qilingan holda anʼanaviy shaklda (oflayn) davom ettirilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilamiz.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Tezkor

Samarqand shahrida favqulotda vaziyat e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Samarqand shahridagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib Oliy ta'lim muasassalarigacha 14 kunlik karantinga olindi.

Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatining ta'kidlashicha, 25- mayga qadar barcha OTMlar masofaviy ta'limda davom etadi.

O'ylashimizcha, OTM larda vaziyat o'zgaradi. Vazirimiz aytganlaridek, balkim bundan buyog'iga OTMlar o'quv yilini masofaviy tugatsa kerak!

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyaga ishlagani borish...

O’tmishda ajdodlarimiz nima uchun dunyoni lol qoldirishgan bilasizmi? Sababi ular yeyish uchun emas, yashash uchun yeyishdi. Bizchi, biz bo’lsak yeyish uchun yashayapmiz...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabadan_murojaat "Assalomy alaykum Admin aka men Qoraqalpoq davlat universiteti talabasiman bizda yuridika, sanatshunoslik, geografiya (bugunda yuridika va geografiyaga offline darslar boshlandi) yaqinda bosh binoda joylashgan fakultetlar yopildi onlinega…
❗️Qoraqalpog'iston Davlat universiteti kanalimizda chiqarilgan postga javob berdi.

"SESning xulosasiga ko‘ra, tabiiy va geografiya fakultetlarida Covid19 aniqlangan va 14 kunga dezinfeksiya choralarini ko‘rish uchun yopilgan. Geografiya va tarix fakultetlari binosi alohida bo‘lganligi hamda unda Covid19 tashxisi qo‘yilmaganligi bois tarix fakulteti onlayn ta'limga o‘tkazilmagan.

Hozirda 14 kunlik karantin nihoyasiga yetib, yuqoridagi fakultetlarda o‘qish an'anaviy davom etmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, avvola o‘zingiz hamda kursdoshlaringiz tomonidan sanitariya gigiyena qoidalariga rioya etgan holda ta'limni davom ettirishingiz, Pandemiya talablari o‘qituvchilar tomonidan buzilganda, kerakli sharoitlar yaratilmagan holat bo‘yicha avvalo rektorga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Universitet rahbari bunday holatga mas'uliyatsizlik bilan qaraganda, mamuriy sudga yozma murojaat qilishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ma'lumot uchun, ta'lim muassasalarining onlayn ta'limga o‘tish yoki o‘tmasligi bo‘yicha Respublika Maxsus komissiyasining QQR SES boshqarmasi xulosasi asosida qaror qilinadi."

Xulosa o'zingizdan...

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bunaqa tiktokerlar 15 sutkaga ham qanoat qilmasa kerak...

"Sen kim bo'libsan, bobomiz Alisher Navoiyni ustidan kuladigan?"

Bachkana bachkana qiliqlarini oila atrofida ham qilarmikan? Ayoli, bola chaqasi va ota-onasini oldida?

Tez orada uzr so'rab chiqqan videosi chiqadi degan umiddamiz.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Bunaqa tiktokerlar 15 sutkaga ham qanoat qilmasa kerak... "Sen kim bo'libsan, bobomiz Alisher Navoiyni ustidan kuladigan?" Bachkana bachkana qiliqlarini oila atrofida ham qilarmikan? Ayoli, bola chaqasi va ota-onasini oldida? Tez orada uzr so'rab chiqqan…
Samarqand viloyatida Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin xatti-harakatlar sodir qilgan yigitning videosi tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin xatti-harakatlar sodir qilgan kattaqo‘rg‘onlik yigitga nisbatan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. «Tez orada batafsil ma’lumot beriladi», deyiladi bugun.uz ga bergan xabarda.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali dekanining talabalarga yuborgan xabari

"Assalomu alaykum! Hurmatli talabalar Samarqand shahar huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulotda komissiyasining 2021 yil maydagi bayoniga asosan 11-maydan 25 mayga qadar darslar online bo'ladi. Ammo yakuniy nazoratlar ananaviy tarzda filialga kelib topshirasizlar karantin qoidalariga rioya qilgan holda."

O'ylashimiz bo'yicha bir kunga yakuniy imtihonga kelgan talabalarga virus yuqmaydi shundaymi? Yana talabalarni sarson qilish boshlandi... Yakuniy imtihonlarni onlayn topshirsa bo'lmasmikan?

Vazirimizning shuncha aytgan gaplari yana qayerga ketyapti? Bitta yakuniy imtihonga deb 1000 km yo'l bosib keladigan talaba 1mln harajat qilib keladimi? Samarqand shahrida virus ko'payotgan vaqt kim javob beradi yuqmasligiga?

Kimdir tushuntirib beradimi, talabalarni sarson qilish bularga nimaga kerak? Nafaqat bu OTM da, balkim boshqa bir OTMlarda ham uchrayapti bu holat...

Bu judayam dolzarb muommo, bunga yechim topilmasa ko'plab talabalarni qiynab qo'yasizlar!!!

Ma'sullarga tarqating👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oxirgi vaqtlar "piar" bo'yicha peshqadamlikni qo'ldan chiqarmayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi "Odob-axloq kodeksi" qayta ko'rib chiqildi va tasdiqlanibdi. Unga ko'ra endi tartib intizom ancha kuchaygan, amal qilmaganlar darslarga kirgizilmayapti ekan.

"Assalomu alaykum, Toshkent davlat pedagogika universiteti ayni damda talabalarni oʻylab online qilmagani yetarli boʻlmaganidan,talaba,oʻqituvchilardan forma soʻrashi boshlandi.Ertalabdan bechora mas'ul oʻqituvchilar eshikni oldiga turvolib " sen kirasan sen chiqasan " deyishi qoluvdi oʻzi. Nima ahvol ekan bu hayronman."

Biz shunaqamiz, bizga forma kerak, soqolsiz bo'lishimiz, rahbariyatdan haqqimizni talab qilmasligimiz va chizgan chizig'idan chiqmasligimiz lozim.

Hech o'ylab ko'rdingizmi? Nima sababdan bu universitet haqida oxirgi vaqtlar ko'p tanqidlar kelib tushmoqda? Bu bizga ham qiziq... (yoki dushmanlari ko'pmikana🤔)

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabadan_murojaat

"Ассалому алейкум Мен Камолиддин Бехзод номидаги Миллий рассомлик ва дизай институтида 4-курсда укиман. Бизни институтда просмотр хар семестр охирида булиб утади, шу семестр просмотрига куп талабалар пул сарфлаб просмотрга куйган ишларини деканат бахоламади сабаби 100% контракт пулини туласенг бахолимиз деб айтишди. Шу тугрими? 1 апрельгача 75% тулаш керак деган онамни ойлигидан утказилган. Нима килиш керак шароитим йук булса

Олий Таълим карорига кура 2 июльгача 100% контракт тулаш керак! Бизни институтда мажбурлашябди бахоларни хам куйишмаябди. Утган йилги колган ТТЖ ётокхона пулини хам утказиб беришмаябди
"

Ushbu talabadan kelgan murojaat o'ta dolzarb bilamiz. Faqatgina Kamoliddin Begzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida bu holat emas. O'tgan yilidan qolib ketgan yotoqxona pullari ko'p talabalarga hali qaytarib berilmagan.

Kontrakt masalasida ham ko'p OTMlarda "kontraktni to'lab qo'y" qabilidagi majburlashlar davom etmoqda.

Ma'sullar bunga chora ko'rishini so'rab qolamiz...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalarni 17-maydan o'qishga chaqirmoqda.

Test natijasi bo'lmasa institutga kirgizilmas ekan.

Bepul test topshirishsa-ku talabalarga yaxshi, aksincha bo'lsa...

OTM ma'sullari Vazirimizning "talabalarni sarson qilmang" degan gaplariga rioya qilgan holda, katta ehtimol bilan virus chiqqan talabalarni endi yashirishadi.

Mayli tinchlik bo'lsin, qayta ochilayotgan OTMlarni yana yopildi deb e'lon qilmaylik va talabalar yana sarson bo'lmasin.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalarni 17-maydan o'qishga chaqirmoqda. Test natijasi bo'lmasa institutga kirgizilmas ekan. Bepul test topshirishsa-ku talabalarga yaxshi, aksincha bo'lsa... OTM ma'sullari Vazirimizning "talabalarni sarson qilmang"…
12 май куни куни ижтимоий тармоқдаги https://t.me/TalabaUz телеграм каналида Жиззах длавлат педагогик институти талабаларни 17-майдан ўқишга чақирмоқда мавзусидаги мурожаатга Жиззах давлат педагогика институти раҳбариятининг
МУНОСАБАТИ

https://t.me/TalabaUz телеграм каналида “ Жиззах давлат педагогика институти талабаларни 17 майдан ўқишга чақирмоқда” мазмунидаги хабар берилди. Жиззах давлат педагогика институти раҳбарияти мазкур мурожаатга шу куннинг ўзида эътибор қаратиб, қуйидаги муносабатни билдиради.
А. Қодирий номидаги Жиззах давлат педагогика институтининг 11.05.2021 йил ўтказилган Умумий йиғилиш қарорига кўра Жиззах давлат педагогика институтида барча курс (1,2,3,4 курслар) талабалари учун 2021 йил 17 май кунидан бошлаб анъанавий таълим шаклида ўқиш бошланади. Барча талабалар институтга ПЦР (коронавирус тест натижаси) тест натижалари билан қабул қилинади.

CОВИД -19 касаллиги билан касалланганлар ёки даволанаётган талабалар эса ўқишларини масофавий (онлайн) тарзда давом эттиришади.

Педагогик амалиётни ўтаётган талабалар ўз ҳудудларидаги таълим муассасаларида амалиётни белгиланган муддатда якунлаб, ПЦР (коронавирус тест натижаси) тест натижалари билан анъанавий ўқиш шаклига қайтишади. https://t.me/TalabaUz телеграм каналида муаллиф ОТМ маъсуллари ҳамда вазир А.Тошқуловнинг “талабаларни сарсон қилманг”деган ибораларни келтириб ўтиш билан биргаликда “катта эҳтимол билан касаллик чиққан талабаларни яширишларига, талабаларни яна сарсон бўлишига” ноўрин ишора қилган. ПЦР (коронавирус тест натижалари)тест натижалари билан келиш топшириғи эса айнан талабалар ўртасида касаллик тарқалмаслиги, олдини олиш ва уларнинг хавфсизлиги учун берилган эди. Эслатиб ўтамиз ҳудудларидаги Санитария-эпидемиологик ососойишталик марказларида Covid-19 коронавирус инфекциясига тест топшириш (лаборатор таҳлил олиш марказларида ) бепул .

Жиззах давлат педагогика институти ахборот хизмати
❗️ Karantinga yopilgan OTMlar o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlashi haqidagi gap bundan buyon yopiladigan OTMlarga tegishli ekanligi aytilmoqda.

Ko'pchilik so'ramoqda vazir yig'ilishda aytgan gapi oldin yopilgan OTMlarga ham tegishlimi? Biz buni aniqlashtirganimizda vazir aytgan gap tavsiyaviy harakterga ega bo'lganini va hozircha bu masalada qaror qabul qilinmagani aytildi.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab karantinga yopiladigan OTMlar o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlanishi belgilanishi aytildi.

Bundan kelib chiqadiki bu masalada hali qaror qabul qilinmagan, va ushbu qaror shu kunga qadar karantinga olinga fakultet yoki OTMga tegishli bo'lmaydi.

Batafsil, tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O'zbekiston Jahon tillari universiteti bitiruvchi talabalardan boshqa barcha kurslar uchun o'quv yili oxirgacha masofaviy ta'limni ma'qulladi.

Unda yozilishicha kunduzgi ta'limning 1-2-3-bosqich, sirtqi ta'limning 1-2-3-bosqich talabalari o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlaydi. Yakuniylar ham onlayn bo'ladi.

Bitiruvchi kurslarning davlat attestatsiya imtixonlari oflayn shaklda topshiriladi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali dekanining talabalarga yuborgan xabari "Assalomu alaykum! Hurmatli talabalar Samarqand shahar huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulotda komissiyasining 2021 yil maydagi bayoniga asosan 11…
❗️Kuni kecha kanalimizda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali dekani tomonidan "25 - mayga qadar darslar onlayn, lekin yakuniy nazorat imtihonlari oflayn bo'lishini" aytgani haqida tanqidiy post qilgan edik.

Bugun, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram sahifasida yakuniy imtihonlar ham onlayn bo'lishi to'g'risida ma'lumot chiqarildi.

Mana bu boshqa gap bo'libdi, imtihon uchun bir kunga kelib ketish adolatdan emas edi...

Qolgan OTMlar ham o'rnak olishsa yaxshi bo'larmidi)

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️O'zbekiston Jahon tillari universiteti bitiruvchi talabalardan boshqa barcha kurslar uchun o'quv yili oxirgacha masofaviy ta'limni ma'qulladi. Unda yozilishicha kunduzgi ta'limning 1-2-3-bosqich, sirtqi ta'limning 1-2-3-bosqich talabalari o'quv yilini masofaviy…
❗️Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Toshkent davlat transport universiteti ham bitiruvchilardan boshqa barcha talabalar o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlanishi haqida qaror qabul qilgani aytilmoqda...

Batafsil, tez orada👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​​​​❗️RASMAN: 2021-yilda 5 ta fandan test bo‘ladi. Bu haqida Prezident qarorida belgilangan
(maksimal ball – 280.5 ball)


👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 31.5 ball.

Matematika - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 31.5 ball.

O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 31.5 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

⏰Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

⏰Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Umumiy holda, 2021/2022 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280.5 ballni tashkil etadi.

❗️ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi — majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi;

❌majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

❌ majburiy blokda O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo‘lmaydi;

majburiy blokda Matematika fanidan tushadigan 15ta savol ichida Geometriyaning faqat 5-6-sinf dasturlarida bor mavzularidan savollar bo‘ladi, 7-11-sinflar darsligidan savol bo‘lmaydi🙅🏻‍♂. Batafsil.

✅ Mutaxassislik blokida esa Matematikadan tushadigan 30 ta savol ichida Geometriyaning barcha sinflar uchun mo‘ljallangan mavzularidan savollar bo‘ladi;

❌ majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham Matematika fanidan tushadigan savollar ichida informatikadan test savollari bo‘lmaydi;

Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg