Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ Farg'ona politexnika institutining barcha talabalari o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilmsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#õqish_davrlarini_eslab😢

–darsda domla mavzu qolib hayoti haqida so‘zlab o‘tirsa
–yagona biladigan savoling aytilsa-yu lekin boshqa doskaga chiqsa
–butun guruh telefon o‘ynab o‘tirsa-yu domla faqat seni ko‘rsa
–sessiyaga yaqin jurnal yo‘qolib qolsa
– imtihon kuni interneting o‘chgan bo‘lsa
–uxlamay tayyorlangan mavzuyingni sendan oldin boshqa birov gapirib qo‘ysa
–30 varaq “otrabotka”ni qo‘lda yozsang

Imtihon kuni ertalab uyg‘onganingda kechasi telefoningni quvvatlashni unutgan bo‘lsang yomon alam qiladi…🥴😅

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash:

✅talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yilgacha bo‘lgan muddatda;
👉bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlarida shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida;

✅talabalar safidan chetlashtirilganligiga 5 yildan 10 yilgacha muddat o‘tganda;
✅oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha bir vazirlik doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;
👉oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha turli vazirliklar doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirilayotganda talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik qarori asosida;

✅qayta tiklashda talabalar safidan chetlashtirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
✅xorijiy davlatlarning akkreditasiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga;
👉bir oliy ta’lim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik va turli vazirliklar tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga oliy ta’limning turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga amalga oshirilganda Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oshiriladi.

Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti 1-kurslardan tashqari barcha kurslar no'malum muddatgacha masofaviy ta'limda davom etadi.

1-kurs talabalariga 24-maydan an'anaviy darslar davom etadi...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Farg'ona davlat universitetining bitiruvchilaridan boshqa barcha talabalar o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Diqqat @Talabauz kanalida yo'qlama 😄

Maktabni koridorda,
Kollej-litseyni ko'chada,
Universitetni uyda bitirayotganlar shu yerdami? 😂

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Toshkentda mahalliy OTMlarga o‘qishga kirish niyati yo‘q bitiruvchi sinf o‘quvchilari soni ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Farog‘at Ahmadjonova bosh boshqarma tasarrufidagi maktablarning 11-sinf bitiruvchilari bandligi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilda Toshkent shahrida 29 mingdan ortiq o‘quvchi 11-sinfni tamomlaydi.

Maktabni tamomlayotgan o‘quvchilarning kelgusi rejalari bo‘yicha o‘tkazilgan muloqot natijasiga ko‘ra, 24 mingdan ortiq o‘quvchi (85 foizdan ortiq) oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan bo‘lsa, 1700 dan ortiq o‘quvchi kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda o‘qimoqchiligini ma’lum qilgan. 2000 dan ortiq o‘quvchi maktabni tamomlagach, ishlash niyatida ekanligini bildirgan.

Bundan tashqari, 400 dan ortiq bitiruvchi xorij OTMlarida o‘qish va mehnat faoliyatini davom ettirish niyatlari borligini, 274 nafari harbiy xizmatga borish istagini aytgan.

“Ta’limga tortilmaydigan 57 nafar nogironligi bor bitiruvchi bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ularni uy sharoitida bo‘lsa-da bandligini ta’minlash ishlari hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirilmoqda”, — deydi Farog‘at Ahmadjonova.

2019/2020-o‘quv yilida 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilarning 36 foizi OTMlarga o‘qishga kirgan. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilda yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Chunki hozirda muddatidan oldin 70 nafardan ortiq o‘quvchi allaqachon xorij OTMlarga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Mening xohishim har bir o‘qituvchi 1000 dollar maosh olsin” – Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Tepaqo‘rg‘on mahallasiga tashrif buyurdi.

Prezident mahalla markazi, do‘konlar, til o‘rganish markazi, ixcham bosmaxona faoliyati bilan tanishdi. Tuman faollari bilan uchrashuvi chog‘ida ta'lim masalasiga to‘xtalib o‘tdi:

“Bugungi o‘qituvchilarga talab boshqacha. Agar ular zamonaviy bilimlarga ega bo‘lmasa, o‘z ustida ishlamasa, dars bera olmaydi. Bolalar 2-3 oyda sezdirib qo‘yishadi. Samarqandning Nurobod tumanidagi olis qishloqqa boshqa hududdan kelib ishlayotgan o‘qituvchini ko‘rdingiz. U televizorda chiqib to‘lqinlanib gapiryapti, “Men 10 mln so‘mdan ortiq maosh olyapman” deyapti. Axir bu 1000 dollar degani. Mening xohishim har bir o‘qituvchi 1000 dollar maosh olsin. Asta-sekin bunga ham erishamiz”, – dedi davlat rahbari.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Хайрия

Аллоҳ йўлида оила бошлиғининг дардидан фориғ бўлишига кўмак берайлик!

Умаров Алишер Муҳаммаджонвич биринчи гуруҳ ногирони. 1986 йил туғилган. Тошкент вилояти Бекобод туманида яшайди.

Учта қизи, аёли билан ҳокимият томонидан ажратилган кам таъминланганлар учун қурилган уйда вақтинча яшайди.

Аёли беморга доимий қарайди, ишлашни имкони йўқ, Алишер Умаровга синдром "гийена барре" - ўткир полирадикуланеврить ташхиси қўйилган, доимий даволаниши зарур. 4 йилдан бери 1–гуруҳ ногирони.

Алишер Умаров:

- Мен ҳам юришни истайман ётоқ яралар ва оғриқдан қийналаяпман, ютиш қийинлигидан фақат сут ва сув билан яшайман, илтимос ёрдамингизни аяманг.

Бемор маълумотлари:

Uzcard:
8600 0423 0493 1628

Humo card: 9860 0801 3007 6898

Visa card: 4187 8200 0013 2710

Карталар бемор Umarov Alisher номида.

Мурожаат: +998949311986

👉Батафсил маълумот шу ерда👈

🔗 t.me/oliymahad – диний-маърифий канал!
❗️Anons: Ko'plab talabalarni qiynab kelayotgan dolzarb mavzu.

Soat 17:40 da @TalabaUz kanalida. O'tkazib yubormang!

Ushbu vaqtda tashlanadigan maqolani imkon darajasida barcha mutasaddilarga, talabalar mavjud bo'lgan guruh va kanallarga yuboring! Zero, bu postimiz kerakli joylarga yetib borsa ajab emas...
❗️O'zbekistonda kimdir yoningizga kelib "Talaba ham odammi?" degan savol bersa, hech ikkilanmay "Yo'q!" deya javob beradigan davrlarga yetib keldik chog'i.

Hamma ijtimoiy qatlamning o'ziga yarasha muammolari bor. Biz talabalar haqida so'zlaymiz.

Koronavirus infeksiyasi O'zbekistonga kirib kelishi bilan arosatda qolgan qatlam aynan talabalar bo'ldi. Ular ming marta oflayn darslarga chaqirilishdi va ming marta darslar onlayn bo'ladi deya qaytarib yuborilishdi. "Asl holat qiyinchchilik vaqtida oshkor bo'lgay" deganlaridek, ta'lim tizimimizning asl yuzi ochilib qolyapti.

Keling, shu kungacha bo'lib o'tgan "onlayn-oflayn" o'yinini chetga surib turaylik. Ko'p OTM joriy o'quv yilini onlayn tarzda yakunladi. Lekin o'qitish shakli qanday bo'lishidan qat'iy nazar bu vaqt mobaynida talabalar istagan joylariga borib yurdilar: u yer xoh gavjum joy bo'lsin, xoh odam kam bo'lgan, bu hech kimga sir emas.

Ta'lim onlayn shaklga ko'chirilgan vaqtda darslar yaxshi tashkil etilmadi, balki umuman bo'lmagandir ham. Ta'lim oflayn rejimga qaytganida esa davomat tushib ketdi, yarim talaba darslarda ishtirok etmadi. Yoki aksincha virus chiqib karantinga olindi.

Darslarni onlayn shaklda (lekin risoladagidek) tashkil etish eng to'g'ri va asosli yo'l edi. Ammo bizning ta'lim tizimimiz bu "imtihon" oldida ojiz, arosatda qoldi.

Xullas, bir amallab, bir-birimizning ko'zimizni shamg'alat qilib yana bir o'quv yilini yakunlamoqdamiz. Faqat bir muammo - mana shu yakun ham kishining ko'nglini xira qilmoqda. Nega deganda, deyarli ko'p OTM davlat imtihoni topshirishda oflayn rejimni afzal ko'rdi. Viloyatdan Toshkentga kelib o'qiydigan talabalar yana bir karra (balki oxirgi marta emasdir) ortga qaytishga majburlar.

Shu o'rinda bir mulohaza - qadrli oliy ta'limdagilar, OTM rahbarlari! Viruslar bizning "bir marta hech nima qilmaydi"mizni qabul qilmaydi. Ular o'zbek emaslar axir. Xo'sh, imtihonlarga kelgan talabalar orasida karantin qoidalariga amal qilinishiga kafolat bera olasizmi?

XXI asr - texnika asrida oddiygina onlayn ta'lim tizimini eplab yo'lga sola olmagan ta'lim tizimini nima deb atash mumkin.

Tahririyatimizga yuzlab murojaatlar kelmoqda. Talabalar qiynalib ketdi.
Yoki butunlay onlayn qiling yoki virus yana qaytalamasligiga ishonch hosil qilsangiz ofline ta'limni yo'lga qo'ying.

Mutasaddilarga yetkazing👇👇
https://telegram.me/joinchat/UpP2plr-WZfI1eRa
👍1
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️O'zbekistonda kimdir yoningizga kelib "Talaba ham odammi?" degan savol bersa, hech ikkilanmay "Yo'q!" deya javob beradigan davrlarga yetib keldik chog'i. Hamma ijtimoiy qatlamning o'ziga yarasha muammolari bor. Biz talabalar haqida so'zlaymiz. Koronavirus…
❗️Gapimizning yana bir isboti!

Talabalarni o'qishga chaqirishga chaqirib, yotoqxonaga ruxsat bermaganmish
😊

"Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti 10-yotoqxonadagi holat bu. Talaba sarson boʻlishi bilan prorektorni ishi yoʻq shekilli. Hamma joyda 1-3 kurslar oʻquv yili yakuniga qadar masofaviyda. Bizda esa haliyam sarsongarchilik

16-sanaga o'qishga chaqirishdi.

Ustozlar oraliq va yakuniylarda qiynalasiz, kelishingiz shart deyishsa buyoqdan prorektor ttjga hali ruhsat yoʻq deyapti...

Eng qizigʻi u yerda turkman talabalar karantinga olinmagan ham. Endi yoʻlga chiqvosak tarbiyachimiz yotoqxonaga ruxsat yo'q deydi"


Yuqoridagi postni biz yomonlik maqsadida yozmadik. Holisona yondashing... Talabalarni sarson qilmasdan online yoki butunlay ofline qiling degan ma'noda yozgandik:)

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Har bir insonning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang hurmatli bitiruvchi talabalar hamda o'qishga kirish uchun tun-u kun mehnat qilayotgan abituriyentlar.

Sizning ham o‘z vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.


Shunchaki tomosha qiling, fikr qiling!

Talaba va abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Rasman

TATU Farg‘ona filiali o‘quv yilini masofaviy ta'limda yakun yasaydi.

Ko'plab talabalarning fikrlarini inobatga olib, filial direktori shunday qarorga kelgani aytilmoqda.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Android Headlines portali oddiy foydalanuvchilarning smartfon ishlatishi borasida maxsus tadqiqot o‘tkazib, natijalarini e’lon qildi.

1. Kishilar smartfonga kuniga 262 marta qarashadi.

2. Odamlar bir sutkada 3 soatu 19 daqiqani smartfonga bag‘ishlashadi.
Shundan 50 daqiqasi uxlash oldidan telefon titkilashga ketadi.

3. Smartfon egalarining 80 foizi uyg‘ongandan keyingi 10 daqiqa ichida undagi xabar va bildirishnomalarni tekshiradi.

4. Odamlarning 52 foizi 24 soatdan oshiq vaqtga telefonidan ajralmaydi.

5. Kishilarning 43 foizi o‘z smartfonini qimmatbaho mulk hisoblaydi.

6. Smartfon egalarining 54 foizi uning akkumulyatorida quvvat 20 foizdan kamayganida vahimaga tushadi.

7. Foydalanuvchilarning 40 foizi rulni boshqarayotib ham smartfondan foydalanadi!

8. So‘ralganlardan 70 foizi smartfonini albatta o‘zi bilan hojatxonaga olib kiradi.

9. Kishilarning 47 foizi hatto uchrashuvga chiqqanida ham telefoniga qarashni kanda qilmaydi.

10. Odamlarning 62 foizi smartfonini yonida olib uxlaydi.

11. So‘ralganlarning 48 foizi o‘zida smartfonga tobelik alomatlari mavjudligini tan olgan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Guliston davlat universitetida bitiruvchilaridan boshqa barcha talabalar o'quv yilini masofaviy tarzda yakunlaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Tiktokning kasofati davom etmoqda...

Odamlarga nima bo‘lgan? Yana bittasi Ona haykalning ustiga chiqib olibdi. Bularga 15 sutka emas,15 yil berish kerak. Shunchaki mashhur bo'lgisi kelyapti shekilli???


https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O'zbekiston Milliy universiteti
2021 yil 17 maydan an'anaviy o‘qishni bakalavriatura 4 kurs kunduzgi, barcha kurs kechki ta'lim hamda 1 kurs sirtqi ta'lim, shuningdek magistratura barcha kurslar an'anaviy o‘qishni boshlaydilar.


Bakalavriatura kunduzgi ta'lim 1,2 va 3 kurs talabalar 2021 yil 24 mayga qadar o‘qishni online rejimida davom ettiradilar...

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O'qishga sarson bo'lib kelganingizdan 2-3 kun o'tib, yana virus aniqlansa va talabalarga masofaviy ta'lim deb e'lon bervorsa, jim turmang... Haqqingizni talab qiling!

Pichoq suyakka borib taqalganini his qilganingizdan keyin jim turishga haqqingiz yo'q.

Bunaqa talabalarni sarson qiladigan, oxirini o'ylamaydigan OTM rahbarlari O'zbekistonga kerak emas! Ularni maqsadi faqatgina ......

Jim turmang!!!

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg