Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​​🔷 Agar ta‘lim sizga juda qimmat tuyulayotgan bo‘lsa, bilimsizlik qanchaga tushishini tekshirib ko‘ring!
📓 Benjamin Franklin

🔷 Muvaffaqiyatga erishish uchun sizdagi g'alabaga bo'lgan istak muvaffaqiyatsizlikka bo'lgan qo'rquvdan kuchli bo'lishi kerak!
✍️ Rokfeller

🔷“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla!
📓 Lavanda Ilindi

🔷 Faqat fokus guruhlarga tayanib mahsulotlar yaratish juda mushkul. Odamlar koʻpincha toki koʻrsatmaguninggacha, oʻzlariga nima kerakligini bilishmaydi 🙂
📓 Stiv Jobs

🔷 Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog'lang, odamlar yoki narsalarga emas
✍️ Albert Enştein

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bayram muborak boʻlsin 😁.

Do'stlaringizga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabalardan
"Assalomualeykum. Men Qoraqalpog'iston tibbiyot institutida o'qiyman. Institutimiz rektori Ataniyazova Oral Aminovma tomonidan 9-may bayrami munosabati bilan berilgan 4 kunlik dam olish kunlaridan so'ng viloyatlardan kelgan talabalar hammalari uylariga qaytib shu yilgi o'quv yilini "online" tarzda o'qib bitirishi buyrug'i berilgan edi. Barcha viloyatlik talabalar o'z ijaraga turgan kvartiralarini topshirib narsalarini yig'ishtirib ketgan edi . Endi bugun 31 may kuni hamma darslar online shaklda tugab bo'lganiga qaramay , sessiya ananaviy shaklda topshiriladi hamma Institutga qaytsin deb buyruq berildi. Uni ustiga oraliq nazoratga 24 soatdan kam vaqt qolganida ogohlantirilayabdi"


Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bu yilgi qabulda imtiyozli abituriyentlarning alohida reestri bo‘ladi

▪️Bu reyestrga imtiyozli abituriyentlar ro'yxati mas’ul vazirliklar bilan kelishib shakllantiriladi. Va 10-iyungacha platforma ishga tushadi.

"O‘tgan yili imtiyozlar muammo bo‘lgandi. Bu yil bunday xatolar bo‘lmasligi uchun platforma yo‘lga qo‘yiladi", dedi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️OTMlarga kirish imtihonlari bu yil ham stadionlarda o‘tkazilishi mumkin.

Pandemiya tajribasidan bu yil ham foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev 2021/2022 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy – yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishilganini ma’lum qildi.

Test sinovlari o‘tkazish uchun 46800 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 96 ta katta sig‘imli yopiq bino, 59040 nafar abituriyentni sig‘diradigan 65 ta stadion tanlangan.

Uning aytishicha, kirish imtihonlarida 1,6 mln abituriyent qatnashishi kutilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda DTM rasmiy sayti, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️RASMAN: 2021/2022 o'quv yili uchun abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradilar - Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig'i Farhod Mirzayev

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️RASMAN: 2021/2022 o'quv yili uchun abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradilar - Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig'i Farhod Mirzayev Batafsil👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️5 ta fandan imtihon bo'lishi aniq, kasallik ko‘payib ketsagina buni qayta ko‘rib chiqishi mumkin — DTM

▪️Normativ hujjatlar bo‘yicha, 3ta majburiy fan va 2ta mutaxassislik fanidan imtihon olinishi aniq. Maksimal ball – 280,5 ball qilib belgilangan.

"Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning 5ta fandan imtihon olinishi aniqmas, degan gapi turlicha talqin qilindi. Musayev pandemiya sharotidan kelib chiqib, degan ma’noda gapirgandi. O‘tgan yili ham 5ta fan bo‘lsa-da, pandemiya sabab fanlar 2taga tushirilgandi. Lekin hozir pandemiya holati barqaror.

Agar kasallik ko‘payib ketsagina, unda Qabul komissiyasi holatni ko‘rib chiqadi. Hozircha 5ta fandan imtihon olinishi aniq",
deb ma’lumot berdi Farhod Mirzayev.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bu yil jurnalistika taʼlim yoʻnalishlariga ijodiy imtihonlar oʻtkazilmaydi

Ushbu ta'lim yo'nalishi uchun 2 ta mos va 3 ta majburiy fandan test sinovlari o'tkaziladi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Bu yil jurnalistika taʼlim yoʻnalishlariga ijodiy imtihonlar oʻtkazilmaydi Ushbu ta'lim yo'nalishi uchun 2 ta mos va 3 ta majburiy fandan test sinovlari o'tkaziladi. Batafsil ma'lumot👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Ijodiy imtihonlar OTMda o‘tkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi;

— Faqat pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga ijodiy (kasbiy) imtihonlari bilan birgalikda 3 ta majburiy fandan imtihon o‘tkazilishi belgilangan;

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligi aytildi

Ma’lum qilinishicha, kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

«Unifikasiya bo‘yicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Masalan, to‘rtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda o‘tkazish masalasi ko‘riladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi», — dedi Farhod Mirzayev.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Dunyoda olimlarning aniqlashicha, 3 xil odamlar bor ekan...

Audial, vizual va kinestetik.

Audial odamlar ma'lumotni eshitish orqali qabul qiladi. Ularga ma’lumotni eshitishni o’zi kifoya.

Vizual odamlar ko'rish orqali ma’lumotni qabul qiladi, ularga ko’rish orqali ma’lumotni yetkazish qiyin ish.

Kinestetik odamlar esa terisi va tanasi orqali qabul qiladi. Ularga ushbu narsadan oldin foydalanganini tushintirishning usuli tanasi tekkizish kerak ekan.

Olimlarning tasdiqlashicha, eng keng tarqalgan tur - bu kinestetiklar: ko'zi bilan ko'rib, qulog'i bilan eshitib turgan bo'lsa ham, qulog'ining tagigami, basharasigami tushirmaguningizcha, ko'pchilik odamlarga yetib bormaydi:)

Kinestetiklarga jo'natamiz 😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yuragi bo'shlar ko'rishi qat'iyan man etiladi...

Essiz shuncha isrofgarchilik. Boshqa izoh yozolmadim, qolgani o'zingizdan...

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#DOLZARB

❗️ Onlayn imtihonlarda xatolik yuz bersa kimga murojaat qilish kerak?

Agar moodle tizimidagi oraliq yoki yakuniy testlarida o'qituvchi yohud tizim administratsiyasi tomonidan xatoliklarga yo'l qo'yilgan taqdirda, talaba 24 soat ichida fakultet dekani nomiga ushbu xatolikning dalil isboti(skrinshot, foto, video) bilan apelyatsiyaga ariza yozishi kerak. Qisqa muddat ichida ushbu ariza ichki nizomga asosan atroflicha o'rganib chiqilgach, o'qituvchi yoki tizim administratsiyasi tomonidan xatolik o'tgani ma'lum bo'lsa, ariza yozgan talabaga har bir noto'g'ri test uchun, ushbu testlarni to'g'ri yechganda berilishi kerak bo'lgan ball beriladi. Bunda o'qituvchiga ham, tizim administratsiyasiga ham hech qanday chora ko'rilmaydi. O'qituvchi tomonidan talabaga tahdid va tazyiq o'tkazilmaydi. Agar fakultet dekani ariza qabul qilishdan bosh tortsa yoki ariza yuzasidan hech qanday amaliy ish olib bormasa, talaba o'zi ta'lim olayotgan muassasaning o'quv ishlari bo'yicha prorektoriga murojaat qilishi mumkin. Agar shunda ham hech qanday ish chiqmasa Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga ushbu masala yuzasidan ham dalil isbot bilan murojaat qilishi tavsiya etiladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Agar imtihonlar yana ochiq havoda o‘tsa, faqat kepka tarqatish bilan cheklanmay, stadionni to‘liq yopishimiz mumkin — DTM

▪️"Hozirdan ob-havoning issiqligini ko‘ryapmiz. Kepka qilasizmi, stadionni ustini yopasizmi, baribir bolani ruhiyatiga ta’sir qiladi. Bola 1 marta imtihon topshiradi.

Shuning uchun hozirgiday vaziyat bo‘lsa, Qabul komissiyasi imtihon kunlarini belgilab beradi. Va faqat kepka tarqatish bilan cheklanmay, yana bir loyiha ustida ishlayapmiz: stadionning ustini to‘liq yopishimiz mumkin",
dedi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev.

➖➖➖➖➖➖
Abituriyentlarga ulashishni unutmang !

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bizda shunday bilimli va tezkor talabalar bor ekan bilmay yurgan ekanmiz☺️☺️

Olimpiada.edu.uz saytida o'tkazilgan fan olimpiadalaridan lavha.

Bir sekundda 32 ball to'plagan. Bu degani 64 ta savolga to'g'ri javob bergan.

Yana bittasi esa 308 sekunda 100 ta savolga to'g'ri javob bergan.

Diqqat savol: Ushbu xabarni o'qishga qancha vaqtingiz ketti?😉 (Javobni bir soniya ichida kommentariyada qoldiring)

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Bizda shunday bilimli va tezkor talabalar bor ekan bilmay yurgan ekanmiz☺️☺️ Olimpiada.edu.uz saytida o'tkazilgan fan olimpiadalaridan lavha. Bir sekundda 32 ball to'plagan. Bu degani 64 ta savolga to'g'ri javob bergan. Yana bittasi esa 308 sekunda 100…
❗️Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriligining axborot xizmati yuqoridagi postga izoh berdi:

"Bunda texnik nosozlik sodir bo‘lgan. Serverlardagi uzilishlar ayrim talabalarning test ishlashda ketgan vaqtini hisoblashda shu kabi anglashmovchilikka sabab bo‘lgan. Har bir talabaning qaysi vaqtda kirib, qachon chiqib ketganligi serverda saqlanib qolgan. Ushbu holat bo‘yicha batafsil ma’lumot olishni istaganlar tashkiliy guruh (78 148-14-88 telefon raqami)ga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin."

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
𝙏𝙖'𝙡𝙞𝙢 𝙤𝙡𝙪𝙫𝙘𝙝𝙞 𝙫𝙖 𝙩𝙖'𝙡𝙞𝙢 𝙗𝙚𝙧𝙪𝙫𝙘𝙝𝙞 𝙤𝙙𝙤𝙗𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙝𝙖𝙦𝙞𝙙𝙖

Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Balki barcha ishda butunlay ishining jilovini muallimiga topshirmog‘i, kerak bemor tabibga quloq tutganidek, uning nasihatiga quloq solmog‘i, unga tavoze’ ko‘rsatmog‘i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog‘i lozim.

📚 Imom G'azzoliy (Ihyou ulumid-din)

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan imtihon Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladi

✅ Xorijdan o‘qishi ko‘chirilayotganlarga yo‘nalishiga qarab o‘tish bali qo‘yiladi

✅ Oddiy kontrakt uchun 4 ballik shkala ham bo‘ladi, super-kontraktlar ham ularga amal qiladi.

✅ Ilgari xorijdan ko‘chirishda deyarli barcha yo‘nalishlarda 56 ball talabi qo‘yilardi. Sanoqli yo‘nalishlardagina 100 yoki boshqa ballar belgilanardi.

Bu esa ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lardi. Kimlardir qiynalib, 140-150 ball bilan o‘qishga kirardiyu, kimlardir qo‘shni davlatga yoki borib, yoki bormay, 56 ball bilan ikkinchi kursdan talaba bo‘lardi.

✅ Ya’ni maqsad xorijda ilm va ta’lim olish emas, shunchaki keyingi yili o‘qishni ko‘chirish edi. Ko‘plab firmalarning va’dalariga ishonib, aldanib qolganlar ham juda ko‘p.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etiladi

▪️Yangi institut Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ochiladi. Bu haqida prezident boshchiligida o‘tgan Surxondaryo faollari yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Institutga qabul 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi. Yangi OTMda qurilish va geologiya sohalarida kadrlar tayyorlanadi va uning qoshida Boysun tumanida ko‘p tarmoqli texnikum ham ochiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg