Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yuragi bo'shlar ko'rishi qat'iyan man etiladi...

Essiz shuncha isrofgarchilik. Boshqa izoh yozolmadim, qolgani o'zingizdan...

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​#DOLZARB

❗️ Onlayn imtihonlarda xatolik yuz bersa kimga murojaat qilish kerak?

Agar moodle tizimidagi oraliq yoki yakuniy testlarida o'qituvchi yohud tizim administratsiyasi tomonidan xatoliklarga yo'l qo'yilgan taqdirda, talaba 24 soat ichida fakultet dekani nomiga ushbu xatolikning dalil isboti(skrinshot, foto, video) bilan apelyatsiyaga ariza yozishi kerak. Qisqa muddat ichida ushbu ariza ichki nizomga asosan atroflicha o'rganib chiqilgach, o'qituvchi yoki tizim administratsiyasi tomonidan xatolik o'tgani ma'lum bo'lsa, ariza yozgan talabaga har bir noto'g'ri test uchun, ushbu testlarni to'g'ri yechganda berilishi kerak bo'lgan ball beriladi. Bunda o'qituvchiga ham, tizim administratsiyasiga ham hech qanday chora ko'rilmaydi. O'qituvchi tomonidan talabaga tahdid va tazyiq o'tkazilmaydi. Agar fakultet dekani ariza qabul qilishdan bosh tortsa yoki ariza yuzasidan hech qanday amaliy ish olib bormasa, talaba o'zi ta'lim olayotgan muassasaning o'quv ishlari bo'yicha prorektoriga murojaat qilishi mumkin. Agar shunda ham hech qanday ish chiqmasa Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga ushbu masala yuzasidan ham dalil isbot bilan murojaat qilishi tavsiya etiladi.

➖➖➖➖➖➖
Do’stlarga ulashishni unutmang !

Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Agar imtihonlar yana ochiq havoda o‘tsa, faqat kepka tarqatish bilan cheklanmay, stadionni to‘liq yopishimiz mumkin — DTM

▪️"Hozirdan ob-havoning issiqligini ko‘ryapmiz. Kepka qilasizmi, stadionni ustini yopasizmi, baribir bolani ruhiyatiga ta’sir qiladi. Bola 1 marta imtihon topshiradi.

Shuning uchun hozirgiday vaziyat bo‘lsa, Qabul komissiyasi imtihon kunlarini belgilab beradi. Va faqat kepka tarqatish bilan cheklanmay, yana bir loyiha ustida ishlayapmiz: stadionning ustini to‘liq yopishimiz mumkin",
dedi DTM bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev.

➖➖➖➖➖➖
Abituriyentlarga ulashishni unutmang !

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bizda shunday bilimli va tezkor talabalar bor ekan bilmay yurgan ekanmiz☺️☺️

Olimpiada.edu.uz saytida o'tkazilgan fan olimpiadalaridan lavha.

Bir sekundda 32 ball to'plagan. Bu degani 64 ta savolga to'g'ri javob bergan.

Yana bittasi esa 308 sekunda 100 ta savolga to'g'ri javob bergan.

Diqqat savol: Ushbu xabarni o'qishga qancha vaqtingiz ketti?😉 (Javobni bir soniya ichida kommentariyada qoldiring)

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Bizda shunday bilimli va tezkor talabalar bor ekan bilmay yurgan ekanmiz☺️☺️ Olimpiada.edu.uz saytida o'tkazilgan fan olimpiadalaridan lavha. Bir sekundda 32 ball to'plagan. Bu degani 64 ta savolga to'g'ri javob bergan. Yana bittasi esa 308 sekunda 100…
❗️Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriligining axborot xizmati yuqoridagi postga izoh berdi:

"Bunda texnik nosozlik sodir bo‘lgan. Serverlardagi uzilishlar ayrim talabalarning test ishlashda ketgan vaqtini hisoblashda shu kabi anglashmovchilikka sabab bo‘lgan. Har bir talabaning qaysi vaqtda kirib, qachon chiqib ketganligi serverda saqlanib qolgan. Ushbu holat bo‘yicha batafsil ma’lumot olishni istaganlar tashkiliy guruh (78 148-14-88 telefon raqami)ga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin."

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
𝙏𝙖'𝙡𝙞𝙢 𝙤𝙡𝙪𝙫𝙘𝙝𝙞 𝙫𝙖 𝙩𝙖'𝙡𝙞𝙢 𝙗𝙚𝙧𝙪𝙫𝙘𝙝𝙞 𝙤𝙙𝙤𝙗𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙝𝙖𝙦𝙞𝙙𝙖

Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Balki barcha ishda butunlay ishining jilovini muallimiga topshirmog‘i, kerak bemor tabibga quloq tutganidek, uning nasihatiga quloq solmog‘i, unga tavoze’ ko‘rsatmog‘i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog‘i lozim.

📚 Imom G'azzoliy (Ihyou ulumid-din)

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan imtihon Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladi

✅ Xorijdan o‘qishi ko‘chirilayotganlarga yo‘nalishiga qarab o‘tish bali qo‘yiladi

✅ Oddiy kontrakt uchun 4 ballik shkala ham bo‘ladi, super-kontraktlar ham ularga amal qiladi.

✅ Ilgari xorijdan ko‘chirishda deyarli barcha yo‘nalishlarda 56 ball talabi qo‘yilardi. Sanoqli yo‘nalishlardagina 100 yoki boshqa ballar belgilanardi.

Bu esa ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lardi. Kimlardir qiynalib, 140-150 ball bilan o‘qishga kirardiyu, kimlardir qo‘shni davlatga yoki borib, yoki bormay, 56 ball bilan ikkinchi kursdan talaba bo‘lardi.

✅ Ya’ni maqsad xorijda ilm va ta’lim olish emas, shunchaki keyingi yili o‘qishni ko‘chirish edi. Ko‘plab firmalarning va’dalariga ishonib, aldanib qolganlar ham juda ko‘p.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etiladi

▪️Yangi institut Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ochiladi. Bu haqida prezident boshchiligida o‘tgan Surxondaryo faollari yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Institutga qabul 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi. Yangi OTMda qurilish va geologiya sohalarida kadrlar tayyorlanadi va uning qoshida Boysun tumanida ko‘p tarmoqli texnikum ham ochiladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tez orada yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati e’lon qilindi

Yaqin kelajakda ko‘plab kasblarni jiddiy evolyutsiya kutmoqda. Bu haqda Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universitetining prorektori Aleksandr Safonov “Rossiyskaya gazeta” nashri bilan bo‘lgan suhbatda aytib o‘tdi.

Xususan, uning fikriga ko‘ra, hisobchilik kabi kasblar qoladi, lekin ular boshqa vazifalarni bajaradi.

“Axir buxgalter nafaqat chiqim va kirimlarning buxgalteri, balki tannarxning ayrim tarkibiy qismlari bo‘yicha xarajatlarning samaradorligini baholaydigan shaxs ham hisoblanadi. U auditor, soliq maslahatchisi sifatida ancha ahamiyatli o‘ringa ega. Va bankdagi hech qanday kompyuter dasturlari uning o‘rnini bosa olmaydi, chunki moliya juda shaxsiy soha”, — dedi mutaxassis.

Safonovning ta’diklashicha, bozorda malakali va raqobatbardosh bo‘lib qolishni istagan har qanday mutaxassis yangi bilimlarni o‘zlashtirishi kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 10 yilda haydovchilik kabi ommaviy kasblar jiddiy xavf ostida qoladi.

“Hozirning o‘zida ko‘plab mamlakatlar avtopilot rejimini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu faqat mashinalar uchun ‘miyalar’ ishlab chiqish bilan bog‘liq emas, balki mobil aloqa bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan joylashuvni aniqlash tizimini o‘z ichiga oladi. Masalan, metroni to‘liq avtomatlashtirish va inson omilini butunlay cheklash mumkin. Teplovoz, elektrovoz, tramvay, trolleybus, avtobuslarni ham shunday qismat kutmoqda. Ushbu kasb egalari ularning o‘rnini elektronika egallasa, nima bilan shug‘ullanishi haqida hozirdan bosh qotirishi lozim. Texnika sinovida nima sodir bo‘lganini ko‘ring. Avvallari havo kemasining ekipaji yetti kishi — bortmexanik, shturman, ikkinchi uchuvchi kabi mutaxassislardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib kerakli tugmalarni vaqtida bosib turadigan ikkita mutaxassisning o‘zi yetarli. Hamma narsa shunchalik avtomatlashib ketdi. Yaqin kelajakda esa samolyotni bir kishi boshqarishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Chunki kompyuter texnologiyalari juda tez rivojlanib boryapti”, — deb ta’kidladi mutaxassis.

Shu bilan birga, Safonovning so‘zlariga ko‘ra, bir marta o‘rganib, shu bilan nafaqaga chiqish mumkin bo‘lgan ba’zi kasblar qoladi. Ular orasida o‘qituvchilik va shifokorlik bor.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 2021-2022-o'quv yilidan boshlab Respublikamizdagi barcha OTMlar to'liq Kredit-Modul tizimiga o'tadi.

Kredit-Modul tizimi ilk marotaba 2018-yil TATUda 2019-yil 10ta OTMda, 2020-yil 33ta OTMda sinov tariqasida joriy qilingan edi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 Juma kuni va kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytish sunnatdir.
Imom Tabaroniy keltirgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

📌 “Kimki menga bir bora salavot aytsa, Alloh unga o‘nta salavot aytadi. Kimki menga o‘nta salavot aytsa, Alloh unga u yuzta salavot aytadi. Kimki menga yuzta salavot aytsa, Alloh uni nifoq va do‘zaxdan ozod deb yozib qo‘yadi va qiyomat kunida shahidlar bilan birga qiladi."

🌸🌸 Allohumma solli va sallim va baarik ala Muhammad va ala olihi va ashabihi ajma’iyn!

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qaysidir fandan milliy test sertifikatini olgan abituriyent faqat mutaxassislik bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi. Lekin majburiy blokdagi testni baribir ishlaydi — DTM

Masalan, ona tilidan milliy test sertifikatini olgan abituriyent mutaxassislik blokidagi ona tili savolini yechmasligi mumkin, lekin majburiy blokdagi ona tili testini ishlaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“O‘zgidromet” 1-avgust — OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan kun qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

Qayd etilishicha, 2020-yilning yoz oylari qolgan yillarga nisbatan salqinroq bo‘lgan. Jumladan, 2020-yilning mutlaq maksimal havo harorati 40,2 daraja issiqni tashkil etgan, bu qiymat 2019-yilning mutlaq maksimal havo haroratidan 2,3 darajaga, 2018-yildan esa 2,8 daraja salqinroq bo‘lgan. Bunday holat 2020-yil 1-avgust kunida ham kuzatilgan. Shu kuni havo harorati 2019-yilning 1-avgust kunidagi maksimal havo haroratidan 6,5 darajaga, 2018-yilning 1-avgustidan esa 3,7 daraja salqinroq bo‘lib, 32,5 daraja issiqni tashkil etgan.

“2021-yilning 1-avgust kuni havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu kuni ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi (10—20 foiz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor). Shamol o‘rtacha tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

“O‘zgidromet”ning qayd etishicha, yuqori havo harorati inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U terlashga olib kelishi, bu esa o‘z navbatida organizmni suvsizlanishiga, mineral suvlar va foydali vitaminlarni yo‘qolishiga, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqishi, nafas olish tezligini oshirishi hamda e’tiborning zaiflashishi, reaksiyani pasayishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ob-havo sharoitining inson organizmiga ta’sirining yumshatish maqsadida “O‘zgidromet” quyidagilarni tavsiya etgan:

- respublikada odatda havo haroratining yuqori darajaga ko‘tarilishi 12:00 dan 15:00lar davriga to‘g‘ri keladi. Bundan kelib chiqib test sinovlari soat 09:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqtda o‘tkazish;
- imtihonlarni iloji boricha bino ichida yoki salqin joylarda o‘tkazish;
- abituriyentlarni muntazam ravishda ichimlik suvlari bilan ta’minlab borish.


Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Qonunchilikka o'zgartirish kiritildi: OTM talabalariga akademik ta’til berish tartibi belgilandi

🔰 Hukumat qarori (344-son, 03.06.2021 y.) bilan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

🔘 Nizomga ko‘ra, OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

👉 harbiy xizmatni o‘tash uchun;
👉 salomatligini tiklash uchun;
👉 homiladorlik va tug‘ish uchun;
👉 bolalarni parvarish qilish uchun;
👉 oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

✔️ Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

❌ Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

❌ Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

❌ Akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari o‘zlashtirilgan fanlarni qayta o‘zlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.
Manba:
@eduuz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Diqqat eʼlon.

2021/2022 o‘quv yiliga ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki mingta etib belgilandi

▪️ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2020 yil 23 iyundagi 402-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

⚠️ Qarorga ko‘ra:

— ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari sonini ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazildi;

— tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlish bo‘limiga elektron shaklda murojaat qilishlari imkoniyati yaratildi;

— tavsiyanoma belgilangan mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga bir yil muddatga berilishi belgilandi.

✅ Shuningdek, oilaning ehtiyojmandlik darajasini "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlash tartibi joriy etildi.

Ⓜ️ OO'MTV

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Matematika.pdf
135.6 KB
❗️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Matematikadan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda Matematikadagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tarix.pdf
341.7 KB
❗️Dtm.uz tomonidan 2021 yilgi imtihon uchun Tarixdan namunaviy test savollari e'lon qilindi.

Bu yilgi imtihonlarda Tarixdagi savollar shunga o'xshash bo'ladi. Tayyorlanish jarayonida buni ham hisobga olsangiz albatta yutasiz.

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#abituriyent
❗️ Bu yildan ta’lim yo‘nalishlari sonini cheksiz tanlash mumkinligi to‘g‘rimi?

👉 DTM abituriyentlarning ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda cheklovlarni olib tashlashga oid takliflar ishlab chiqdi va kerakli tashkilotlarga yubordi.

✔️Agar bu taklif qabul qilinib, normativ-huquqiy hujjat asosida tasdiqlansa amalga oshishi mumkin. Hozircha bu borada o‘zgarish yo‘q. Shuning uchun, 5 tagacha tanlov amalda.

❗️ Bu yil 5 ta fandan test sinovi belgilandi, lekin nega 3 soat 30 daqiqa berildi. O‘tgan yili 2 ta fandan 3 soat vaqt berilgan edi?

👉 Bu vaqtinchalik tartib o‘tgan yili yurtimizda pandemiya sharoitini hisobga olgan holda joriy etilgan edi. Bu yil sharoit o‘tgan yilga qaraganda ancha barqaror, shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilanganidek, har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.

❗️ O‘tgan yillarda o‘tkazilgan test sinovlarida yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi yangi test topshiriqlari qo‘llanilgan edi. Bu yil ham qo‘llaniladimi?

👉 Ha, albatta. Abituriyentlarning test topshiriqlarini tez anglay olishlari, fikrlashlari va vaqt tejashlari uchun joriy yilda ham tarix, geografiya, shuningdek, ingliz, nemis, fransuz tillari, biologiya va kimyo fanlaridan yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi test topshiriqlari bo‘ladi.

❗️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tayotganda ta’lim yo‘nalishlarini ham o‘zbek, ham rus tilidagilarini tanlasa bo‘ladimi?

👉 Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda ta’lim shakli va ta’lim tili bir xil bo‘lishi talab etiladi.

Abituriyentlarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ POKIZA NIYAT...

Hamma narsaning qarishi hayot qonunidir. Pokiza niyatlargina bundan mustasnodir. U doimo yosh, yangi, go‘zal va ko‘rkam holda qolaveradi!

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg