#talabalardan
"Jizzax davlat pedagogika instituti chet tillari fakultetida o'qiyman. Rektor nomiga ariza bilan kirgan edi 2-kurslar chunki ma'ruza payti 4ta guruh bitta patok bo'lib dars o'tadi kamida 120ta talaba darsda bo'ladi ma'ruzalar zali rossayam issiq umuman havo aylanmedi.
Lekin arizamizdan kamchilik topib rektor qabulxonasi qabul qilmabdi keyin chet tillar fakulteti dekani kelib ariza bergan qizni ko'rgan ekan maruza zalida oraliq bo'layotgan edi o'sha joyga kelib o'sha qizni turg'izib qo'yib gapirdi odamdi mensime kattalarga yozaslarmi deb keyin hali sovitgich qo'yish uchun u sovutgich tendirga qo'yiladi uni forma sotib olarkan keyin fakultet sotib olar ekan u qizga yana yoz yana yozasanmi dedi salqinlab o'tirasilar deb aytdi shu insofdanmi ariza yozgan odamni 100 ta talabani ichida turg'izib qo'yib gapirish yaxshimi axir u qiz to'g'ri narsa so'radiku kantrakda o'qiydi ko'pchilik super-kontraktlarini chek chegarasi yo'q talabalar 50 gradus issiqda 120talashib ma'ruza zalida o'tirish kerakmi?"
Mutasaddilarga yuboring 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana qancha motivatsiya kerak?!
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Nukus Davlat pedagogika instituti talabalaridan... Variyant boru, savol yo'q😄 Bu yog'iga tanga tashlab yechaverasiz ekan))) Variyantlarga qarab savol tuzib ko'ringchi...😉 Talabalarga ulashing👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Nukus Davlat pedagogika instituti matbuot kotibi kecha chiqargan postimizga munosabat bildirdi
"Rasmiy ma’lumot
Bugun, 8 iyun kuni Telegram tarmog‘idagi «Talaba.uz» kanalida Nukus davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan yuborilgan foto e’lon qilinib, unda yakuniy nazorat imtihoni uchun berilgan test savoli keltirilmaganligi hamda faqat javob variantlari keltirilganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur yakuniy nazorat imtihoni savoli institutning sirtqi bo‘limi biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Maktabda botanika» fanidan tuzilganligi va savolda texnik nosozlik tufayli faqat variantlar ko‘rsatilganligi aniqlandi hamda xatolik darhol tuzatildi.
Ayni paytda mazkur savol yuzasidan xatolik tuzatilguncha javob variantlaridan birini tanlagan talabalarga ushbu savol uchun ball berilishini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz, texnik muammolar tufayli uchraydigan shu ko‘rinishdagi xatoliklar uchraydigan bo‘lsa fan o‘qituvchisi yoki institutning boshqa javobgar shaxslariga murojaat qilishingizni hamda muammolarni birgalikda bartaraf etishga hissa qo‘shishingizni so‘raymiz."
👉 Batafsil: https://ndpi.uz/uz/2021/06/08/15366/
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti matbuot xizmatiga e'tibor qilib bergan munosabati uchun tashakkur bildiramiz.
Kanalga ulanish👇👇

ÁJINIYAZ ATÍNDAǴÍ NÓKIS MÁMLEKETLIK PEDAGOGIKALÍQ INSTITUTÍ
Рәсмий мағлыўмат - ÁJINIYAZ ATÍNDAǴÍ NÓKIS MÁMLEKETLIK PEDAGOGIKALÍQ INSTITUTÍ
Бүгин, 8-июнь күни Телеграм тармағындағы «Talaba.uz» каналында Нөкис мәмлекетлик педагогикалық институты студентлери тәрепинен жиберилген фото жәрияланып, онда жуўмақлаўшы қадағалаў имтиханы...
❗️O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasasiga kirishda yuqori ball to‘plagan yoshlar uchun 200 ta Prezident granti joriy etiladi.
❗️ 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasasilarida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi.
❗️2021/2022-o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta'lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta'lim muassasasi hisobidan o‘qitish tartibi joriy etiladi.
Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasasilarida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi.
❗️2021/2022-o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta'lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta'lim muassasasi hisobidan o‘qitish tartibi joriy etiladi.
Abituriyentlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan "Jizzax davlat pedagogika instituti chet tillari fakultetida o'qiyman. Rektor nomiga ariza bilan kirgan edi 2-kurslar chunki ma'ruza payti 4ta guruh bitta patok bo'lib dars o'tadi kamida 120ta talaba darsda bo'ladi ma'ruzalar zali rossayam issiq…
❗️Jizzax Davlat pedagogika instituti matbuot xizmatining yuqoridagi postga munosabati
"8 iyun kuni kuni ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/TalabaUz telegram kanalida #talabalardan sahifasida e’lon qilingan murojaatga Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyatining MUNOSABATI
https://t.me/TalabaUz telegram kanalida #talabalardan_ sahifasida Jizzax davlat pedagogika instituti talabasining murojaati berildi. Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati mazkur murojaatga shu kunning o‘zida e’tibor qaratib, quyidagi munosabatni bildiradi.
Murojaatda institutning Chet tillar fakulteti talabasi “ma’ruzalar zali juda ham issiq bo‘lganligi bois institut rektoriga ariza bilan chiqqan talaba qizning arizasi qaytarilganligi hamda fakultet dekani tomonidan talabalar ichida izza qilinganligi shuningdek ma’ruzalar zali juda issiq bo‘lganligi bois talabalar darsda o‘zlarini noxush his qilayotganliklari” bayon etilgan.
Jizzax davlat pedagogika instituti bosh binosi 2020 yil to‘liq kapital ta’mirdan chiqqan. Bugungi kunda oliygohning asosiy binosi markazlashtirilgan isitish va sovutish tizimiga ulangan (ma’lumot uchun: bugungi kunda respublikdagi OTM larning 80% da bunday tizim o‘rnatilmagan) Xabaringiz bor Joriy yilning 3-7 iyun kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, kunduz kunlari havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo harorati 44-46 daraja issiqqacha ko‘tarildi. Havo haroratining ko‘tarilishi hisobiga haqiqatdan ham o‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallarida yuqorida keltirilgan haddan ziyod isish holatlari kuzatildi.
Talabalarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan noxush holatlarning oldini olish va imkon darajasida ularga sharoit yaratib berish maqsadida yanvar oyidan boshlab isitish va sovutish tizimiga ulanmagan hududdagi boshqa binolarga bosqichma –bosqich isitgich va sovutgichlar o‘rnatilib kelinmoqda.
Ta’kidlash joiz institutning barcha o‘quv binolari bosqichma-bosqich zamonaviy isitish va sovutish tizimi bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.
Arizada shuningdek talabaning fakultet dekani tomonidan “izza” qilinishi xususidagi e’tirozlar keltirilgan. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha fakultet dekani murojaatchi talabaga “bu masalada avvalambor guruh rahbari yoki fakultet dekaniga murojaat qilish lozimligini, ulardan ma’lum bir javobni ololmagach yuqoriga murojaat qilishi mumkinligini, institut ma’ruza zallari katta bo‘lganligi bois ularni sovutish uchun ham sotib olinadigan sovutgichlar katta mablag‘ talab qilishini, bu jarayon esa o‘zidan- o‘zi bir kun, yoki bir soatda hal bo‘ladigan jarayon emasligini balki tender orqali amalga oshishi” haqida to‘liq tushuncha bergan. Bu holatda talabani kamsitish yoki uni tahqirlash holatlari kuzatilmagan.
Jizzax davlat pedagogika instiuti axborot xizmati"
Talabalarga ulashing👇👇

#Биз_коррупцияга_қаршимиз
Абитуриентлар диққатига! Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги огоҳликка чақиради!
🗓 Айни кунларда олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонлари учун тайёргарлик жараёнлари қизғин кетмоқда. Табиийки, бу жараёндан унумли фойдаланиб, пул эвазига бирор олийгоҳга киритиб қўйишни ваъда қилаётган шахслар ҳам учрамоқда.
🟥 Куни кеча Тошкент давлат юридик университетига ўқишга киритиб қўйишни ваъда қилган шахс ушланди. Бу ҳақда Бош прокуратура ахборот хизмати хабар берди.
🔻 Маълум қилинишича, фуқаро М.О. бошқа бир фуқаро А.нинг ишончига кириб, унинг жиянини ўзининг юқори лавозимда ишловчи танишлари орқали ТДЮУга ўқишга киритиб қўйиш эвазига 10 минг АҚШ доллари сўраган.
🔻Белгиланган пулни фирибгарлик йўли билан олаётганида Бош прокуратура ҳузуридаги департаментнинг Яккасарой тумани бўлими томонидан ИИБ ходимлари билан ҳамкорликда ўтказилган тезкор тадбирда ашёвий далиллар билан ушланган.
✔️Шунингдек, аввалроқ Тошкент ирригация институтига ўқишга киритиш учун 5 минг доллар сўраган шахс, Фарғонада Кореядаги университетга имтиҳонсиз киритиб қўйишни ваъда қилиб, мактаб ўқувчиларидан жами 20 миллион сўм олган шахслар, Ангренда 3,5 минг доллар эвазига Жисмоний тарбия университетига киритиб қўймоқчи бўлган шахс ушланган.
▪️Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг 168-моддаси (фирибгарлик) ва 28-, 211-моддаси (пора бериш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
☝️‼️Ҳурматли ота-оналар ва абитуриентларни огоҳликка чақирамиз! Огоҳ бўлинг, алданиб қолманг!
❌ Шу каби ҳолатларга қўл уришни ният қилган шахслар ҳам юқоридагилардан хулоса чиқаришларини хоҳлардик. Зеро, сизнинг ноқонуний ҳаракатларингиз шаънингиз ва озодлигингизга раҳна солишига сабабчи бўлмасин.
📞 Шундай ҳаракатларга дуч келсангиз 1003, (71) 207-03-41, (71) 246-38-57 телефон рақамлари, anticor@edu.uz электрон манзилига ёки @EduAntiCorruptionBot телеграм ботига хабар қолдиринг.
Абитуриентларга улашинг👇👇

"Шухрат ака вы много дали" dermidi "Kichkina tabib" filmida😅
Exx alg'ov-dalg'ov zamonga qolib ketdik(
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Exx alg'ov-dalg'ov zamonga qolib ketdik(
Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Top-1000talikka kirgan O'zbekistondagi OTMlar:
👉 Toshkent davlat yuridik universiteti (401-600);
👉 Buxoro tibbiyot instituti (801-1000);
👉 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (801-1000);
👉 Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti (801-1000);
👉 Toshkent Tibbiyot akademiyasi (801-1000);
👉 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (801-1000);
👉 Toshkent Farmasevtika instituti (801-1000);
👉 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti (801-1000);
P/S: Ushbu OTMlar ta'lim sifati bo'yicha emas qancha talaba moddiy yordam olishi, OTMning sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorligi, universitetning talaba bo‘lmaganlar uchun tadbirlar (seminarlar va h.z.) o‘tkazishi va boshqa masalalar bo'yicha yuqori o'rinlarni olgan. Tag'in diplomni olib chetga ketib yubormanglar. Baribir o'tmaydi.
Do'stlaringizga ulashing👇👇

Toshkent Islom instituti haqida...
🔹Toshkent islom institutiga kimlar hujjat topshira oladi?
- Toshkent islom institutiga madrasani bitirganlar topshira oladi.
🔹Maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarni bitirganlar Toshkent islom institutiga topshira oladimi?
- Topshira olmaydi, sababi faqat madrasani bitirganlar qabul qilinadi.
🔹Abituriyentlar qabul hay’atiga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?
– pasport (elektron shaklda);
– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi (madrasa)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.
– 3×4 o‘lchamli rasm.
🔹Toshkent islom institutiga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?
– “Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;
– “Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;
– “O‘zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.
🔹Bu yilgi kirish imtihonlari qanday o‘tkaziladi?
- Imtihonning qanday o‘tkazilishi karantinning bekor bo‘lishi, yumshashi yoki qattiqlashishiga bog‘liq. Qaror qabul qilingach aniq ma’lumot e’lon qilinadi.
🔹Karantin sababli bu yilgi qabul imtihonlari soddalashtiriladimi?
- Pandemiya, karantin sababli soddalashtirish rejalashtirilgan.
🔹Toshkent islom institutida o‘tgan yili qabul kvotasi nechtani tashkil qildi?
- 50 ta o‘g‘il bolalar, 10 ta ayol-qizlar o‘qishga qabul qilindi.
🔹Men oliy ta’lim muassasalarining birida ta’lim olaman. O‘qishimni Toshkent islom institutiga ko‘chirsam bo‘ladimi?
- Ko‘chira olmaysiz. Bu oliy diniy ta’lim hisoblanadi.
🔹Men oliy ta’lim muassasalaridan birini tugatganman. Toshkent islom institutiga ikkinchi mutaxassislikka kira olamanmi?
- Yo‘q, kira olmaysiz. Toshkent islom institutida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul mavjud emas.
🔹Men oliy ta’lim muassasalaridan birini tugatganman. Toshkent islom institutiga sirtqi bo‘limga kira olamanmi?
- Sirtqi bo‘limga o‘qishga kira olmaysiz, chunki Toshkent islom instituti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirish uchun madrasani bitirgan bo‘lishingiz kerak va 5 yil diniy sohada ishlagan bo‘lishingiz kerak.
🔹Chet el fuqarolari Toshkent islom institutiga kira oladimi?
- Yo‘q, chet ellik fuqarolar qabul qilinmaydi.
🔹Bir vaqtning o‘zida bir nechta diniy o‘qishga hujjat topshirsam bo‘ladimi?
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshira olmaysiz.
🔹Toshkent islom institutiga necha yoshgacha bo‘lgan fuqarolar hujjat topshira oladi?
- 18 yoshdan boshlab va undan yuqori istalgan yoshdagi fuqarolar qabul qilinadi, yosh cheragasi mavjud emas.
🔹Men Toshkent islom universitetiga yoki Islom akademiyasiga o‘qishga kirmoqchiman, nima qilay?
- Bu Toshkent islom instituti, boshqa o‘qishlar haqida bizda ma’lumot yo‘q. Islom akademiyasi haqida http://iiau.uz sayti orqali ma’lumot olishingiz mumkin.
🔹Toshkent islom institutining litseyi bormi?
- Yo‘q.
🔹Madrasalarga kirish uchun qaysi hujjatlar topshiriladi?
– pasport (elektron shaklda);
– attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
– til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.
🔹 Madrasalarga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi?
– 1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;
– 2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.
Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkaziladi.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Stenford universitetiga qabul qilinish jarayoni bo‘yicha foydali ma’lumotlar (I qism)
Har yili 44 000-47 000 nafar abituriyent Stenford universitetiga kirishga talabgor bo‘ladi. Ushbu arizalar orasidan qabul komissiyasi 2000 ga yaqin talabanigina tanlab oladi. Ular orasidan 1700 ga yaqin birinchi kurs va almashinuv dasturi orqali 30 nafar talaba qabul qilinadi. Umumiy nomzodlarning 3,7 foizigina universitetga kirishga muvaffaq bo‘ladi. Bu yerda raqobat Garvardga qaraganda yuqoriroq.
Stenford universiteti nimasi bilan mashhur?
Stenford dunyodagi universitetlarning global reytingida 4-o‘rinni, obro‘si bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi (THE World University Rankings, 2020). AQSHning U.S. News & World Report agentligi tuzgan reytingda Stenford universiteti turli yo‘nalishlari bo‘yicha top-10 ro‘yxatga kirgan.
Stenford universiteti va uning homiylari har yili talabalarning ilmiy tadqiqotlari va loyihalariga 1,63 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi. 2020 yilda universitetda 16424 talaba tahsil olgan va ular bilan 2219 nafar o‘qituvchi ishlagan. Ulardan 17 nafari Nobel mukofoti sovrindorlaridir.
Bakalavriatning eng mashhur yo‘nalishlari - muhandislik, tabiiy fanlar, ijtimoiy fanlar, gumanitar fanlar va san’at.
Talabalarni tanlashda universitet qabul komissiyasi to‘rtta prinsipga asoslanib yakuniy qaror qabul qiladi:
- akademik o‘zlashtirish;
- intellektual qobiliyatlar;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlar;
- shaxsiy fazilatlar.
Stenfordning bakalavriat yo‘nalishiga kirish uchun minimal yoki ma’lum bir belgilangan o‘tish bali yo‘q, ammo abituriyentlar uchun majburiy va ixtiyoriy talablar mavjud.
Bakalavrga hujjat topshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- Coalition yoki Common Application orqali universitetning ariza shaklini to‘ldirish;
- tavsiya etilgan mavzulardan biri bo‘yicha 500-650 so‘zdan iborat insho yozish;
- ACT yoki SAT imtihonini topshirish;
- arizaga maktab shahodatnomasidan ko‘chirmani ilovani taqdim qilish;
- sinf rahbari va ikkita o‘qituvchining tavsiyanomasini taqdim etish.

👍1
Dadasi qiziga telefondan chalgʻisin deb mushuk olib kelgan ekan.
Natijani esa oʻzingiz koʻring 😅😅😅
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Natijani esa oʻzingiz koʻring 😅😅😅
Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Birodarlar bilan harakat qilsangiz, ishingizda baraka bo'ladi" — butun dunyoda riboni kamaytirishni maqsad qilgan IMAN Invest kompaniyasi asoschisi bilan suhbat
Halollik bilan qilinayotgan ish o'z barakasi bilan birga yaxshi daromad ham olib kelishiga shubha yo'q. Atrofdagilarni ham halollikka undash va insonlarning mushkulini aritishga qaratilgan mehnat qilish musulmon o'laroq, har birimizning vazifamizdir. Jamiyatga doir mavzularda suhbat tashkil etib kelayotgan ko'rsatuv — "Osmondagi bolalar" loyihasining 14-soni ham sizning bir nechta mavzulardagi fikrlaringizning yanada teranlashishiga turtki bo'lishiga ishonamiz.
Ko'rsatuvning 14-son mehmoni Jahon bankidagi faoliyatidan so’ng, hozirda Islomiy moliya sohasida faoliyat olib borayotgan, O’zbekistondagi birinchi halol, investitsion kompaniya — IMAN Invest (imaninvest.com) asoschisi, startaper — Rustam Rahmatov bo'ldilar.
Loyiha mehmoni ko'rsatuv davomida qanday qilib o'zbek startapi Amerikadan 2 million dollar investitsiya jalb qila olganligi, bank tizimlarining qanchalik halollik bilan ishlashi, islomiy moliyaning mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'siri xususida o'z fikr va qarashlarini bildirib o'tdilar.
🎁 Suhbatning to'liq videosini ko'rib, Rustam Rahmatov tomonidan maxsus sovg'a egasi bo'lishingiz mumkin!
Premyera bugun soat 21:00da bo'lib o'tadi!
👉 Havola: https://youtu.be/goOgeLwepMM

❗️Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi?
2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, g‘oliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga ana shunday imtiyoz beriladi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)
Izoh: mazkur ro‘yxatda keltirilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqichiga tenglashtiriladi va ular ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Bu nima degani?
Ya’ni yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi, balki qaysi fandan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, faqat o‘sha fandan maksimal ball beriladi
Aytaylik, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Mendeleyev xalqaro kimyo olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi OTMga hujjat topshirsa, unga test sinovlarida kimyo fanidan maksimall ball beriladi, lekin qolgan 2 ta fanini o‘zi ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Batafsil ma’lumot👇👇

Do’stlarga ulashishni unutmang !Batafsil ma’lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘GʻRI...
Shayx Ali Tantoviy rahimahulloh aytadi:
"Cho‘ntakdan narsa o‘g‘irlaydigan talabadan imtihon paytida javobni o‘g‘irlaydigan talabaning jinoyati og‘irdir. Chunki mol o‘g‘irlagan kishining jinoyatining ta’siri molni qaytarishi bilan ketadi. Ammo javobni o‘g‘irlagan talaba u javob bilan yolg‘on bahoga ega bo‘lsa, undan so‘ng yolg‘on diplomni olsa, keyin xiyonat bilan mansabga minsa uning jinoyati davom etaveradi. Gohida u ilmi bo‘lmasada diplomi bilan "olim" bo‘lib oladi. So‘ng uning qo‘lidan ilmsizlar jamoasi yetishib chiqadi. U xuddi yuqumli kasallikning virusini ko‘tarib yuradigan kishi singari ummatning jasadida dard bo‘laveradi".
"Madaniyat va adabiyotdagi fasllar" kitobidan.

❗️Kelasi yilda Jizzaxda xalqaro universitet filiali ochiladi
✅ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi va Toshkent davlat texnika universiteti vakillaridan iborat delegasiyas Rossiya Federasiyasiga xizmat safari doirasida Tatariston Respublikasi Qozon federal universitetiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida ushbu oliygohning Jizzax viloyatida filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha to‘rt tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi.
✅ Imzolangan memorandumga ko‘ra:
👉 Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali 2022/2023 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi;
👉 Filialda eng kamida 40 foiz professor-o‘qituvchi Qozon federal universiteti hisobidan ta’minlanadi;
👉 Jizzax viloyati hokimligi tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar turar-joy bilan ta’minlanadi;
👉 kadrlar tayyorlash Qozon federal universiteti ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi
Batafsil ma’lumot 👇

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi litseyni bitirganlar TDYUga test imtihonisiz, suhbat asosida qabul qilinishi mumkin
▪️Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tganlar va reyting tizimi bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar TDYUga kontrakt asosida o'qishga kiradi.
Ular umumiy kvotalardan tashqari qabul qilinadi. Litsey bitiruvchilariga nechta imtiyozli o‘rin berishni TDYUning o‘zi hal qiladi.
Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
▪️Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tganlar va reyting tizimi bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar TDYUga kontrakt asosida o'qishga kiradi.
Ular umumiy kvotalardan tashqari qabul qilinadi. Litsey bitiruvchilariga nechta imtiyozli o‘rin berishni TDYUning o‘zi hal qiladi.
Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 3 kishidan 6,4 ming dollar pul olgan shaxslar qo‘lga olindi
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 3 nafar fuqaroni Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun ulardan 6,4 ming dollar pul olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xovos tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Xovos tumanida yashovchi fuqaro O.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, 3 nafar fuqaroni o‘zlarining Guliston davlat universitetida ishlovchi Sh. ismli tanishi orqali universitetning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga ulardan 6,4 ming dollar qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, qo‘lga olingan shaxslar fuqaro Z.A.ga 3,5 million so‘m va U.M.ga 9,1 million so‘m pulni “kontrakt to‘lovlari” uchun to‘latib, ularga talabalar safiga qabul qilingani to‘g‘risida soxta buyruqlarni taqdim etgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Toshkent davlat yuridik universitetiga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar so‘ragan shaxs ushlangani, Farg‘onada Koreyadagi universitetga imtihonsiz kiritib qo‘yishni va’da qilib, maktab o‘quvchilaridan jami 20 mln so‘m olgan shaxslar aniqlangani, TATUning Samarqand filiali bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Qalbingiz nimaga boqmoqda?
Vaqti-vaqti bilan umidsizlikka tushishimizning sababi bu nigohimizni yanglish narsalarga qaratishimizdir. Masalan, gunoh sodir etib qo‘ysak, Rohiym zotdan ko‘ra, gunohlarga diqqatimizni qaratamiz. Ko‘nglimizni sindirishsa, tuzatuvchi Jabbor zot o‘rniga, ko‘ngil siniqlariga nazar solamiz. Og‘riqdan azob cheksak, dardga nigohimizni qaratamizu, barcha og‘riqlarni arituvchi Zotni ko‘rmaymiz. Jarohatlansak, jarohatga e’tibor qilamizu, biroq uni davolovchi Zotni ko‘rmaymiz. Qo‘rqsak, butun nigohimizni Hafiz zotga emas, qo‘rquvga qaratamiz. Muammoga duch kelsak, unga yechim beruvchi Zotni emas, balki muammolarni ko‘ramiz. Dunyo kamchiliklarini ko‘ramizu, Allohning mukammalligini ko‘rmaymiz. Ertani emas, ayni vaqtni, mevani emas, daraxtni, atirgulni emas, tikanni ko‘ramiz.
Dardlar, chorasizlik va umidsizlikning – bariga biz nigohimizni Xoliq o‘rniga, maxluqotga qaratishimiz sababchi bo‘ladi. Endi o‘zingizga savol bering: qalbingiz nimaga nazar solmoqda?
Yasmin Mujohid
Flyura Umurzaqova tarjimasi

top-1000-2021.pdf
3.2 MB
❗️ Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021- yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.