Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​#bolalikka_chipta

— Salom, menga chipta bering. Bir tomonga, faqat uyoqqa.
— Bir tomonga bo‘lmaydi. Borish-kelish.
— Xo‘p, bo‘lmasa borish-kelishga bering. Bugunga!
— Bugunga yo‘q.
— Bo‘lmasa qachonga bor? Eng yaqin vaqtga juda kerak!
— Eng yaqini... Kechiring, o‘n yil keyinga bor.
— Bering. To‘la bir kunga!
— Bir kunga yo‘q!
— Iltimos, hech bo‘lmasa bir soatga.
— Faqatgina bir minutga bor.
— Mayli, bir minutga bera qoling.
— Mana ushlang. Sizning bolalik davringizga chiptangiz!
— Katta rahmat!
— Hmm... So‘rasak maylimi?
— Albatta.
— Bor-yo‘g‘i bir minutda siz bolaligingizda nima qilmoqchisiz? Nima qilishga ulgurasiz?
— Men ota-onamni qattiq-qattiq quchoqlayman, ikkovini, bir vaqtda!!!


Sizchi? Agar 1 daqiqa bolalikka qaytsangiz nima qilishga ulgurasiz? Kommentariyada o‘z fikringizni qoldiring.👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤲🏻💫 Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki:

Afv tilagan avfsiz, shifo tilagan shifosiz, farzand tilagan farzandsiz, ofiyat tilagan ofiyatsiz, jannat so’ragan jannatsiz, hidoyat so’ragan hidoyatsiz, najot tilagan najotsiz, sabr so’ragan sabrsiz, ilm tilagan ilmsiz qoldirilmasin! 🤲🏻💫

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi sizlarga boʻlsin 😌

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Soliqchi va iqtisodchilar tayyorlovchi Fiskal institutida o‘qitish tartibi belgilandi

▪️Institutga qabul shu yildan boshlanadi. Hukumat qaroriga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish 4 yil, sirtqi shaklida esa 5 yil bo‘ladi.

Magistratura kunduzgi ta’limda 1 yil, sirtqi va kechki ta’lim shaklida 2 yil bo‘ladi.

Iqtisod sektorida kamida 5 yil rahbar bo‘lib ishlaganlar OTMning magistraturasiga imtihonsiz shartnoma asosida sirtqi yoki kechki ta’limga qabul qilinadi. Bakalavrni imtiyozli tugatganlar 3 yil soliq organlarida ishlab berish majburiyati bilan 50 foiz to‘lov bilan magistraturaga olinadi. Ular imtihonsiz va kvotadan tashqari qabul qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bu yilgi test imtixonlariga kirish uchun 122 ming 500 soʻm toʻlanadi.

Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 soʻm) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Yig‘im undirilmaydigan (to‘lovni amalga oshirmaydigan) abituriyentlar:

- Ta'lim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2021-yilda tamomlaganlar.
- Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar.
- Toʻliq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Mazkur toifadagi abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.

O'tgan yili ushbu summa 111 500 so'mni tashkil etgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​Bugun notariusga ish bilan borib qoldim. Navbatda turar ekanman, qulog‘imga yonimdagilar suhbati kirdi. Bir ayol va bir erkak, uch nafar bola ichkariga kirib ketgan ayolni kutib o‘tirishibdi. Erkak ko‘rinishidan "taqvodor", ayol satrlangan, katta, kichik yoshdagi bolalar. Tashqarida o‘tirgan ayol ichkaridagi ayolning opasi ekan, erkak esa "sobiq" maqomiga erishayotgan er ekan. Opa bo‘lmish zorlanib, "Siz yaxshisiz, biz yomon..." qabilida erkakni fikridan qaytishi uchun harakat qilyapti. Erkak esa kibr, g‘urur otiga minib olganicha pinagini buzmay: "Men hech narsa qilmadim, o‘zi xohladi", deyishdan nariga o‘tmayapti. Bolalar ham begonaday o‘tirishibdi.
Voqeaga tashqaridan nazar solar ekanman, qalbim chilparchin bo‘ldi... Ummatning bir butun oilasi ko‘z oldimda parokanda bo‘lyapti-yu men hech narsa qilolmayapman... Gaplaridan ma’lum bo‘ldiki, ichkarida erkak zurriyotlaridan voz kechishi uchun hujjat tayyorlanayotgan ekan. Urinishlari samarasiz ketayotgan bechora opa ma’yus ko‘zlari bilan menga qarab bir nimalar deganday bo‘ldi. Ayol ichkaridan bo‘shashibgina chiqdi. Erkak kirib ketdi. Bir zum o‘tmay, erkak mamnun holda chiqdi. Indamay netmay, shartta ketdi. Hamma uning ortidan jimgina kuzatib qoldi...
Ayol Rossiyaga ketmoqchiligini, u yerda farroshlik qilishini, amallab o‘zi bolalarini boqishini, bu erga muhtoj emasligini aytib, o‘zini "ovutdi". Men atrofimda bo‘lgan bu holatdan hamon mahzunman... Ayolning alam ila gapirayotgan nolalari qulog‘im ostida jaranglaydi...
18 va 15 yoshli ikki o‘g‘li va 4 yoshli shiringina qizcha... Uch farzandi bor oila parokanda bo‘ldi. Er mas’uliyatdan bosh tortdi. U farzandlaridan voz kechdi. Bolalar otasiz qolishdi... Ayol bolalari bilan chiqib ketisharkan, o‘zimni tutib turolmadim, yig‘ladim.

E, voh! Ummati Muhammad senga nima bo‘ldi?! Erkaklaring hamiyati o‘lib, nafsning quli bo‘lib, o‘z zurriyotlaridan osongina kechadigan holga qachon kelib qoldi?! Ayollaring zaifaligi unutilib, yelkasiga tirikchilik haltasini ilib oladigan holga qachon kelib qoldi?!

Senga rahmim keldi bolajon... Ikki ahmoqning bir-biriga qilgan kibri sening hayotingni barbod qilyapti... Sen ota-onam ajrashdi, degan isnoddan uyalganing kabi ular uyalishmadi. Balki "zo‘r"ligimni ko‘rsatib qo‘ydim, deb qiynalayotgan vijdoniga taskin beryapti. Biz kattarlarni kechir, bolajon...
©Ummu Moriya
Ⓜ️ Muslimaat.uz

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 18 iyun kunidan boshlab, Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 14 kunlik masofaviy(onlayn) ta’limga o‘tkaziladi.

Fakultetda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, darslar va yakuniy nazoratlar belgilangan vaqtlarda o‘tilishi ta’minlanadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Unutmang! OTMga hujjat faqat onlayn qabul qilinadi

✅ OTMlarga hujjat 20-iyundan boshlab qabul qilinadi.

Bu haqida xabar
berildi.

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) DTM sayti orqali;
2) my.gov.uz portali orqali.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

✅ pasport;
✅ diplom;
✅ til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
✅ imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar
.
✅ toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

✅ pasport;
✅ bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).


Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#rasman

❗️Endi talabalar ham ustozlarni baholaydi

Bo‘lib o‘tgan prezident videoselektorida aytilishicha, endi talabalar onlayn platforma orqali professor-o‘qituvchilar faoliyatiga har semestrda baho berib boradi.

Baholash natijalarini universitet rektori, Oliy ta’lim vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi bevosita kuzatadi.

P.s: Oliygoh rahbarlarini ham baholash kerak aslida:)

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shunday reklamalarni koʻrsam maza qilib kulamanda 😂.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘YLAB KO‘RDINGIZMI?

— Mol-dunyoyimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo‘qoldi.

— Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi.

— Dorilar ko‘paydi, kasalliklar ozaymadi.

— Kech yotib, ertalab charchoq bilan uyg‘onamiz.

— Kam kitob o‘qiymiz, ko‘p televizor ko‘ramiz.

— Ko‘p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz.

— Pul topishni o‘rgandik, sarflashni eplolmadik.

— Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo‘shnimiz bilan ko‘rishishga ikki qadam bosolmaymiz.

— Fazoda nimalar bo‘layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo‘q.

— Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.

— Rejalar tuzamiz-u, natijalar ko‘rinmaydi.

— Shoshilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik.

— Tanishlarimiz ko‘p, haqiqiy do‘stlarimiz kam.

— Yutuqlarimiz ko‘p, negadir quvonchimiz oz.


📚 "Baxtli hayot sari" kitobidan

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
KO‘NGIL OLISH

Bir yigit onasining qo‘shnidan ozgina tuz so‘rayotganini ko‘rib qoldi. U onasidan so‘radi:
-Onajon! Nega qo‘shnidan tuz so‘rayapsiz? Axir men kecha tuz olib kelgan edim-ku!
Onasi dedi:
-Bolam! Chunki ular bizdan ko‘p narsa so‘rab turishadi. Ular kambag‘al. Men ulardan ularga og‘irlik qilmaydigan ozgina narsa so‘rab turishni istadim. Aslida bizning tuzga ehtiyojimiz yo‘q. Ammo ular bizga muhtoj bo‘lishgani kabi o‘zimizni ham ularga muhtoj qilib ko‘rsataman. Ana shunda ular biror narsaga muhtoj bo‘lishsa xijolat bo‘lmasdan bizdan hojatlarini so‘rayverishadi!

Hasson ibn Sa’id Maxzumiy(463 hijriyda vafot etgan) masjid bino qilmoqchi bo‘ldi. Bir ayol masjidga hissasini qo‘shmoqchi bo‘lib unga kiyim olib keldi. Uni sotib pulini masjidga ishlatmoqchi edi. Kiyimning narxi yarim dinordan oshmas edi. Hasson ibn Sa’id undan kiyimini ming dinorga sotib oldi. Pulni xazinachiga berib uni masjidga sarf qilishni aytdi. Kiyimni esa kafanlik qilaman deb yashirib qo‘ydi.

Ko‘ngil olish maxfiy ibodatlarning eng buyuklaridandir. Bu bilan banda Allohga yaqin bo‘ladi. Qur’oni karimda aynan “ko‘ngil olish” jumlasi kelmagan bo‘lsada shu ma’nodagi jumlalar tiqilib yotibdi. Basirati ochiqlar uchun ularni topish qiyin bo‘lmaydi!
©️ Abdulqodir Samarqandiy

* Ko’ngil olib turaylik azizlar ☺️

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Demokratiya...

Bir kuni toshbaqa yo’lda ketayotsa, tepada teskarisiga uchib borayotgan qarg’aga ko’zi tushibdi. Shunda toshbaqa qarg’aga qarab: “Hoy qarg’a, jinni bo’lganmisan? Nega teskarisiga uchyapsan?” deb so’rabdi. Qarg’a: “Sening men bilan nima ishing bor? Bizda demokratiya, xohlaganimday uchaman" deb baqirib beribdi.

Toshbaqa, demokratiya bo’lsa demokratiyada deb shartta o’ziyam teskarisiga qarab yurib ketibdi. Orqasida jar bor ekan, bechara toshbaqa ko’rmay qolib pastga tushib ketib o’libdi. Shunda boyagi qarg’a oldiga uchib kelib: “Ey ahmoq toshbaqa demokratiya faqat tepada bo’ladi, pastda emas😁” deganakan.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

✅ 2021–2022-o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ro‘yxatda o‘tish quyidagi tartibda bo‘ladi:

👉 abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishi;
👉 imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari;  
👉 chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishi kerak bo‘ladi.

❗️Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021–2022-o‘quv yili uchun OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatga olish DTMning my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonlari 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Barcha yurtdoshlarimizga murojaat!

Bugun, 20 iyun, yakshanba.

Respublikamizdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga murojaat qilmoqchiman. Ko‘pning duosi o‘tadi deyishadi. Shunday kunlarda duo qilaylik:

• ilohim, joriy yilda haqiqatda yaxshi o‘qigan, o‘z ustida ishlagan, bilim olish uchun mashaqqat chekkan abituriyentlar talaba bo‘lishsin;

• ota-onasining puliga yoki mansabiga ishongan, qo‘liga bir marta ham kitob ushlamagan, kallasi xumday bo‘m-bo‘sh, qing‘ir yo‘llar bilan o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan takasaltanglarning ishi yurishmasin, imtihondan yiqilsinu, lekin qalbida ilm olishga bo‘lgan ishtiyoq paydo bo‘lsin;

• pora evaziga millat kelajagini ham, vijdonini ham o‘rtaga tikib, sotib yubormoqchi bo‘lgan mansabdor shaxslar, mo‘may daromad evaziga qing‘irliklarga tayyor bo‘lgan ko‘chadagi «olg‘irlar»ning ishi teskarisidan kelsin, hammasi jazosini olsin;

• ta’lim tizimini rivojlantirish uchun, adolatni ta’minlash uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan, kechasiyu kunduzi tinim bilmay mehnat qilayotgan mas’ullarning, shu ishga bosh qo‘shayotgan barcha xizmatchilarning kuchiga kuch qo‘shilsin, g‘ayratiga g‘ayrat. Mana shunday vijdonli va halol mutaxassislar ta’lim tizimida ko‘payaversin.

Omiyn!

©️ Xushnudbek

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Resurslardan to'g'ri foydalana bilish kerak!

✨ Agar bizda yetarlicha resurslarimiz bo'lsa, shijoatli lekin resurslari yetishmaydigan tadbirkorlar bilan birlashishimiz zarur. Albatta natijalar samaraliroq bo'ladi.

Bu bizga vaqtni tejashga va resurslardan to'g'ri foydalanishimizga sabab bo'ladi.

🎙 Abduqodir Toshqulov - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri.


✅ Ko'rsatuvni to'liq ko'rish!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fanlar majmuasi 2021.pdf
854.9 KB
❗️Bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94,5 ball

1. Ona tili (oʻzbek, rus,qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball Maksimal ball – 31,5
2. Matematika – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5
3. Oʻzbekiston tarixi – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball Maksimal ball – 31,5

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

👉 1-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.
👉 2-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan jami 105 ta savol ishlashadi. Maksimal ball – 280, 5

https://t.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️ Muhit majbur qilmasin

Biz qanday lavozimda bo'lishimizdan qat'iy nazar, bizga yuklatilgan vazifalarni bajarishimiz va sohamizni rivojlantirishi uchun maksimal darajada harakat qilishimiz kerak.

✅ Bizga to'sqinlik qilayotgan har qanday muammolarni yechimini izlash va yechish bizning majburiyatimizdir.

🎙 Abduqodir Toshqulov - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri.

✅ Ko'rsatuvni to'liq ko'rish!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Diqqat eʼlon

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

❗️Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

📞 O‘zbek tilidagi murojaatlar uchun:

+99899-228-73-60,
+99899-228-74-60,
+99899-228-75-60

📞 Rus tilidagi murojaatlar uchun:

+99899-228-71-60,
+99899-228-72-60

️ 📞 Ingliz tilidagi murojaatlar uchun:

+99899-228-72-60

️📞 Magistratura bo‘yicha murojaatlar uchun:

+99899-228-79-60

⏳“Call-center”ning ish rejimi:

🗓 dushanbadan shanbagacha – soat 8:00dan 18:00gacha;

🍱 tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

©️ O‘zDJTSU matbuot xizmati

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❗️Bilmaganlarga eslatamiz! Kirish imtihonida 280.5 ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

✅ Bu 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgаn.

Prezident granti sohibi bo‘lgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasi to‘lanadi.

👉 O‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

Loyihada 2021- yil 1-iyunga qadar Prezident grantini ajratish tartibi ishlab chiqiladi va OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni yig‘uvchi yagona elektron reyestr tuzilishi belgilangan edi

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabalardan

"❗️Men Jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti talabasiman. Jahon tillari universiteti tarkibida Tarjimonlik fakulteti tashkil qilinganida tarjimonlar tahsil olishi uchun maxsus bino ham bapro qilingan. Necha yillardan beri barcha Tarjimonlik fakulteti talabalari shu binoda tahsil olib kelishmoqda. Ammo yaqinda eshitishimizga qaraganda yangi tashkil qilingan Sharq tillari fakulteti tufayli bino ushbu fakultetga berilib, Tarjimonlik talabalari boshqa kollej binosiga ko'chirilarmish. Qaror tasdiqlanganligi aytilmoqda. Bizga "ravo ko'rilgan kollej binosi mutlaqo" аварийный " holatda ( Chilonzor 20kv. Vatan kinoteatri yaqinidagi Transport kolleji). U yerda tarjimonlar shuğullanishi uchun sinxron xonalar ham va umuman o'qish uchun hech qanaqa sharoitlar yo'q. 3-4 kurslar sinxron tarjimani qayerda örganadi, sinxron tarjima xonalarimiz boshqa fakultetga berib yuborilsa? Shundoq ham 2 - 3 kurs talabalari Oliy ta'limning 2yilida masofaviy ta'lim olib ko'p narsani yo'qotishdi. Qolgan 2yilini mana shunday binoda oladigan bo'lishsa, 4 yillik vaqt va kontrakt behuda ketgan bo'ladi. Axir talabalar ozmuncha shartnoma puli tölashmaydi. Shunga yarasha yetarli shart - sharoitlar bilan ta'minlangan xonalarda o'qishga haqqi bor. Ayniqsa hozirgi kunda chet tillarini o'rganishga va jahon adabiyotlarini o'zlashtirishga bo'lgan talab kuchayib borayotgan bir vaqtda tarjimonlarning yetuk mutaxassis bo'lib yetishmoği davr talabidir. Shunday bir sharoitda tarjimonlarning istak va xohishlari inobatga olinmagan holda yaroqsiz va tashlandiq binoga ko'chirilishi qaysi bir mantiqqa to'g'ri keladi?

Bu masalada bir necha bor rektorimizga murojaat qilmoqchi bo'ldik, ammo imkoni bo'lmadi. Tarjimonlikka qabul kvotalari ko'paygan, xonalar yetishmaydi kabi bahonalar bilan bizni qaytarishmoqda ammo bu bizni yaroqsiz binoga chiqarilishimiz uchun yetarli asos bo'la olmaydi. Biz Tarjimonlik talabalari fakultetimizning boshqa binoga ko'chirilishidan mutlaqo norozimiz. Ko'plab viloyatdan keladigan talabalar ham shu bino atrofidan va shunga yaqin joylardan kvartira topib joylashishgan, masalaning bu tomoni ham inobatga olinishi kerak bo'ladi.

Umid qilamizki, ushbu murojaatimiz O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rektoriga yetib boradi va ijobiy tarzda o'z yechimini topadi."


Mutasaddilarga yuboring 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg