Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​Bugun notariusga ish bilan borib qoldim. Navbatda turar ekanman, qulog‘imga yonimdagilar suhbati kirdi. Bir ayol va bir erkak, uch nafar bola ichkariga kirib ketgan ayolni kutib o‘tirishibdi. Erkak ko‘rinishidan "taqvodor", ayol satrlangan, katta, kichik yoshdagi bolalar. Tashqarida o‘tirgan ayol ichkaridagi ayolning opasi ekan, erkak esa "sobiq" maqomiga erishayotgan er ekan. Opa bo‘lmish zorlanib, "Siz yaxshisiz, biz yomon..." qabilida erkakni fikridan qaytishi uchun harakat qilyapti. Erkak esa kibr, g‘urur otiga minib olganicha pinagini buzmay: "Men hech narsa qilmadim, o‘zi xohladi", deyishdan nariga o‘tmayapti. Bolalar ham begonaday o‘tirishibdi.
Voqeaga tashqaridan nazar solar ekanman, qalbim chilparchin bo‘ldi... Ummatning bir butun oilasi ko‘z oldimda parokanda bo‘lyapti-yu men hech narsa qilolmayapman... Gaplaridan ma’lum bo‘ldiki, ichkarida erkak zurriyotlaridan voz kechishi uchun hujjat tayyorlanayotgan ekan. Urinishlari samarasiz ketayotgan bechora opa ma’yus ko‘zlari bilan menga qarab bir nimalar deganday bo‘ldi. Ayol ichkaridan bo‘shashibgina chiqdi. Erkak kirib ketdi. Bir zum o‘tmay, erkak mamnun holda chiqdi. Indamay netmay, shartta ketdi. Hamma uning ortidan jimgina kuzatib qoldi...
Ayol Rossiyaga ketmoqchiligini, u yerda farroshlik qilishini, amallab o‘zi bolalarini boqishini, bu erga muhtoj emasligini aytib, o‘zini "ovutdi". Men atrofimda bo‘lgan bu holatdan hamon mahzunman... Ayolning alam ila gapirayotgan nolalari qulog‘im ostida jaranglaydi...
18 va 15 yoshli ikki o‘g‘li va 4 yoshli shiringina qizcha... Uch farzandi bor oila parokanda bo‘ldi. Er mas’uliyatdan bosh tortdi. U farzandlaridan voz kechdi. Bolalar otasiz qolishdi... Ayol bolalari bilan chiqib ketisharkan, o‘zimni tutib turolmadim, yig‘ladim.

E, voh! Ummati Muhammad senga nima bo‘ldi?! Erkaklaring hamiyati o‘lib, nafsning quli bo‘lib, o‘z zurriyotlaridan osongina kechadigan holga qachon kelib qoldi?! Ayollaring zaifaligi unutilib, yelkasiga tirikchilik haltasini ilib oladigan holga qachon kelib qoldi?!

Senga rahmim keldi bolajon... Ikki ahmoqning bir-biriga qilgan kibri sening hayotingni barbod qilyapti... Sen ota-onam ajrashdi, degan isnoddan uyalganing kabi ular uyalishmadi. Balki "zo‘r"ligimni ko‘rsatib qo‘ydim, deb qiynalayotgan vijdoniga taskin beryapti. Biz kattarlarni kechir, bolajon...
©Ummu Moriya
Ⓜ️ Muslimaat.uz

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ 18 iyun kunidan boshlab, Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 14 kunlik masofaviy(onlayn) ta’limga o‘tkaziladi.

Fakultetda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, darslar va yakuniy nazoratlar belgilangan vaqtlarda o‘tilishi ta’minlanadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Unutmang! OTMga hujjat faqat onlayn qabul qilinadi

✅ OTMlarga hujjat 20-iyundan boshlab qabul qilinadi.

Bu haqida xabar
berildi.

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) DTM sayti orqali;
2) my.gov.uz portali orqali.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

✅ pasport;
✅ diplom;
✅ til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
✅ imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar
.
✅ toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

✅ pasport;
✅ bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).


Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#rasman

❗️Endi talabalar ham ustozlarni baholaydi

Bo‘lib o‘tgan prezident videoselektorida aytilishicha, endi talabalar onlayn platforma orqali professor-o‘qituvchilar faoliyatiga har semestrda baho berib boradi.

Baholash natijalarini universitet rektori, Oliy ta’lim vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi bevosita kuzatadi.

P.s: Oliygoh rahbarlarini ham baholash kerak aslida:)

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shunday reklamalarni koʻrsam maza qilib kulamanda 😂.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘YLAB KO‘RDINGIZMI?

— Mol-dunyoyimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo‘qoldi.

— Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi.

— Dorilar ko‘paydi, kasalliklar ozaymadi.

— Kech yotib, ertalab charchoq bilan uyg‘onamiz.

— Kam kitob o‘qiymiz, ko‘p televizor ko‘ramiz.

— Ko‘p gapiramiz-u, kam e’tibor beramiz.

— Pul topishni o‘rgandik, sarflashni eplolmadik.

— Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo‘shnimiz bilan ko‘rishishga ikki qadam bosolmaymiz.

— Fazoda nimalar bo‘layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo‘q.

— Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.

— Rejalar tuzamiz-u, natijalar ko‘rinmaydi.

— Shoshilishni o‘rgandik, sabrni yoddan chiqardik.

— Tanishlarimiz ko‘p, haqiqiy do‘stlarimiz kam.

— Yutuqlarimiz ko‘p, negadir quvonchimiz oz.


📚 "Baxtli hayot sari" kitobidan

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
KO‘NGIL OLISH

Bir yigit onasining qo‘shnidan ozgina tuz so‘rayotganini ko‘rib qoldi. U onasidan so‘radi:
-Onajon! Nega qo‘shnidan tuz so‘rayapsiz? Axir men kecha tuz olib kelgan edim-ku!
Onasi dedi:
-Bolam! Chunki ular bizdan ko‘p narsa so‘rab turishadi. Ular kambag‘al. Men ulardan ularga og‘irlik qilmaydigan ozgina narsa so‘rab turishni istadim. Aslida bizning tuzga ehtiyojimiz yo‘q. Ammo ular bizga muhtoj bo‘lishgani kabi o‘zimizni ham ularga muhtoj qilib ko‘rsataman. Ana shunda ular biror narsaga muhtoj bo‘lishsa xijolat bo‘lmasdan bizdan hojatlarini so‘rayverishadi!

Hasson ibn Sa’id Maxzumiy(463 hijriyda vafot etgan) masjid bino qilmoqchi bo‘ldi. Bir ayol masjidga hissasini qo‘shmoqchi bo‘lib unga kiyim olib keldi. Uni sotib pulini masjidga ishlatmoqchi edi. Kiyimning narxi yarim dinordan oshmas edi. Hasson ibn Sa’id undan kiyimini ming dinorga sotib oldi. Pulni xazinachiga berib uni masjidga sarf qilishni aytdi. Kiyimni esa kafanlik qilaman deb yashirib qo‘ydi.

Ko‘ngil olish maxfiy ibodatlarning eng buyuklaridandir. Bu bilan banda Allohga yaqin bo‘ladi. Qur’oni karimda aynan “ko‘ngil olish” jumlasi kelmagan bo‘lsada shu ma’nodagi jumlalar tiqilib yotibdi. Basirati ochiqlar uchun ularni topish qiyin bo‘lmaydi!
©️ Abdulqodir Samarqandiy

* Ko’ngil olib turaylik azizlar ☺️

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Demokratiya...

Bir kuni toshbaqa yo’lda ketayotsa, tepada teskarisiga uchib borayotgan qarg’aga ko’zi tushibdi. Shunda toshbaqa qarg’aga qarab: “Hoy qarg’a, jinni bo’lganmisan? Nega teskarisiga uchyapsan?” deb so’rabdi. Qarg’a: “Sening men bilan nima ishing bor? Bizda demokratiya, xohlaganimday uchaman" deb baqirib beribdi.

Toshbaqa, demokratiya bo’lsa demokratiyada deb shartta o’ziyam teskarisiga qarab yurib ketibdi. Orqasida jar bor ekan, bechara toshbaqa ko’rmay qolib pastga tushib ketib o’libdi. Shunda boyagi qarg’a oldiga uchib kelib: “Ey ahmoq toshbaqa demokratiya faqat tepada bo’ladi, pastda emas😁” deganakan.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

✅ 2021–2022-o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ro‘yxatda o‘tish quyidagi tartibda bo‘ladi:

👉 abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishi;
👉 imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari;  
👉 chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishi kerak bo‘ladi.

❗️Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021–2022-o‘quv yili uchun OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatga olish DTMning my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonlari 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Barcha yurtdoshlarimizga murojaat!

Bugun, 20 iyun, yakshanba.

Respublikamizdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga murojaat qilmoqchiman. Ko‘pning duosi o‘tadi deyishadi. Shunday kunlarda duo qilaylik:

• ilohim, joriy yilda haqiqatda yaxshi o‘qigan, o‘z ustida ishlagan, bilim olish uchun mashaqqat chekkan abituriyentlar talaba bo‘lishsin;

• ota-onasining puliga yoki mansabiga ishongan, qo‘liga bir marta ham kitob ushlamagan, kallasi xumday bo‘m-bo‘sh, qing‘ir yo‘llar bilan o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan takasaltanglarning ishi yurishmasin, imtihondan yiqilsinu, lekin qalbida ilm olishga bo‘lgan ishtiyoq paydo bo‘lsin;

• pora evaziga millat kelajagini ham, vijdonini ham o‘rtaga tikib, sotib yubormoqchi bo‘lgan mansabdor shaxslar, mo‘may daromad evaziga qing‘irliklarga tayyor bo‘lgan ko‘chadagi «olg‘irlar»ning ishi teskarisidan kelsin, hammasi jazosini olsin;

• ta’lim tizimini rivojlantirish uchun, adolatni ta’minlash uchun jon-jahdi bilan kurashayotgan, kechasiyu kunduzi tinim bilmay mehnat qilayotgan mas’ullarning, shu ishga bosh qo‘shayotgan barcha xizmatchilarning kuchiga kuch qo‘shilsin, g‘ayratiga g‘ayrat. Mana shunday vijdonli va halol mutaxassislar ta’lim tizimida ko‘payaversin.

Omiyn!

©️ Xushnudbek

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Resurslardan to'g'ri foydalana bilish kerak!

✨ Agar bizda yetarlicha resurslarimiz bo'lsa, shijoatli lekin resurslari yetishmaydigan tadbirkorlar bilan birlashishimiz zarur. Albatta natijalar samaraliroq bo'ladi.

Bu bizga vaqtni tejashga va resurslardan to'g'ri foydalanishimizga sabab bo'ladi.

🎙 Abduqodir Toshqulov - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri.


✅ Ko'rsatuvni to'liq ko'rish!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fanlar majmuasi 2021.pdf
854.9 KB
❗️Bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Davlat komissiyasi tomonidan bu yilgi kirish imtihonlarida savollar tushadigan fanlar majmuasi va ularni baholash mezonlari tasdiqlandi.

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94,5 ball

1. Ona tili (oʻzbek, rus,qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball Maksimal ball – 31,5
2. Matematika – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5
3. Oʻzbekiston tarixi – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball Maksimal ball – 31,5

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

👉 1-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.
👉 2-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan jami 105 ta savol ishlashadi. Maksimal ball – 280, 5

https://t.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️ Muhit majbur qilmasin

Biz qanday lavozimda bo'lishimizdan qat'iy nazar, bizga yuklatilgan vazifalarni bajarishimiz va sohamizni rivojlantirishi uchun maksimal darajada harakat qilishimiz kerak.

✅ Bizga to'sqinlik qilayotgan har qanday muammolarni yechimini izlash va yechish bizning majburiyatimizdir.

🎙 Abduqodir Toshqulov - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri.

✅ Ko'rsatuvni to'liq ko'rish!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Diqqat eʼlon

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

❗️Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

📞 O‘zbek tilidagi murojaatlar uchun:

+99899-228-73-60,
+99899-228-74-60,
+99899-228-75-60

📞 Rus tilidagi murojaatlar uchun:

+99899-228-71-60,
+99899-228-72-60

️ 📞 Ingliz tilidagi murojaatlar uchun:

+99899-228-72-60

️📞 Magistratura bo‘yicha murojaatlar uchun:

+99899-228-79-60

⏳“Call-center”ning ish rejimi:

🗓 dushanbadan shanbagacha – soat 8:00dan 18:00gacha;

🍱 tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

©️ O‘zDJTSU matbuot xizmati

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​❗️Bilmaganlarga eslatamiz! Kirish imtihonida 280.5 ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

✅ Bu 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgаn.

Prezident granti sohibi bo‘lgan talabaga o‘qishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan Prezident granti stipendiyasi to‘lanadi.

👉 O‘quv semestri yakuni bo‘yicha barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lib, bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

Loyihada 2021- yil 1-iyunga qadar Prezident grantini ajratish tartibi ishlab chiqiladi va OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plagan shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni yig‘uvchi yagona elektron reyestr tuzilishi belgilangan edi

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabalardan

"❗️Men Jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti talabasiman. Jahon tillari universiteti tarkibida Tarjimonlik fakulteti tashkil qilinganida tarjimonlar tahsil olishi uchun maxsus bino ham bapro qilingan. Necha yillardan beri barcha Tarjimonlik fakulteti talabalari shu binoda tahsil olib kelishmoqda. Ammo yaqinda eshitishimizga qaraganda yangi tashkil qilingan Sharq tillari fakulteti tufayli bino ushbu fakultetga berilib, Tarjimonlik talabalari boshqa kollej binosiga ko'chirilarmish. Qaror tasdiqlanganligi aytilmoqda. Bizga "ravo ko'rilgan kollej binosi mutlaqo" аварийный " holatda ( Chilonzor 20kv. Vatan kinoteatri yaqinidagi Transport kolleji). U yerda tarjimonlar shuğullanishi uchun sinxron xonalar ham va umuman o'qish uchun hech qanaqa sharoitlar yo'q. 3-4 kurslar sinxron tarjimani qayerda örganadi, sinxron tarjima xonalarimiz boshqa fakultetga berib yuborilsa? Shundoq ham 2 - 3 kurs talabalari Oliy ta'limning 2yilida masofaviy ta'lim olib ko'p narsani yo'qotishdi. Qolgan 2yilini mana shunday binoda oladigan bo'lishsa, 4 yillik vaqt va kontrakt behuda ketgan bo'ladi. Axir talabalar ozmuncha shartnoma puli tölashmaydi. Shunga yarasha yetarli shart - sharoitlar bilan ta'minlangan xonalarda o'qishga haqqi bor. Ayniqsa hozirgi kunda chet tillarini o'rganishga va jahon adabiyotlarini o'zlashtirishga bo'lgan talab kuchayib borayotgan bir vaqtda tarjimonlarning yetuk mutaxassis bo'lib yetishmoği davr talabidir. Shunday bir sharoitda tarjimonlarning istak va xohishlari inobatga olinmagan holda yaroqsiz va tashlandiq binoga ko'chirilishi qaysi bir mantiqqa to'g'ri keladi?

Bu masalada bir necha bor rektorimizga murojaat qilmoqchi bo'ldik, ammo imkoni bo'lmadi. Tarjimonlikka qabul kvotalari ko'paygan, xonalar yetishmaydi kabi bahonalar bilan bizni qaytarishmoqda ammo bu bizni yaroqsiz binoga chiqarilishimiz uchun yetarli asos bo'la olmaydi. Biz Tarjimonlik talabalari fakultetimizning boshqa binoga ko'chirilishidan mutlaqo norozimiz. Ko'plab viloyatdan keladigan talabalar ham shu bino atrofidan va shunga yaqin joylardan kvartira topib joylashishgan, masalaning bu tomoni ham inobatga olinishi kerak bo'ladi.

Umid qilamizki, ushbu murojaatimiz O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rektoriga yetib boradi va ijobiy tarzda o'z yechimini topadi."


Mutasaddilarga yuboring 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan "❗️Men Jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti talabasiman. Jahon tillari universiteti tarkibida Tarjimonlik fakulteti tashkil qilinganida tarjimonlar tahsil olishi uchun maxsus bino ham bapro qilingan. Necha yillardan beri barcha…
❗️JPI sirtqi bo‘lim talabalari: “Dekanat talabalarga zamonaviy ta’lim berish o‘rniga  sun’iy to‘siqlar yaratish bilan band”

“Jizzax politexnika instituti sirtqi bo‘lim 2-kurs talabalari nomidan yozmoqdamiz. Institutning asosiy binosiga sig‘maganimiz sabab asosiy binodan 5 km uzoqda joylashgan kollej binosida o‘qiymiz. Sirtqi bo‘lim talabalari yilda 2 marotaba (kuzgi va bahorgi) 1 oydan o‘qiydi. Institutning ba’zi o‘qituvchilariga baho qo‘ydirishga qiynalmoqdamiz. Dekanat reyting daftarchasini qo‘limizga berib, “Borib baholaringini qo‘ydirib kelinglar, aks holda kursda qoldiramiz” deydi. O‘qituvchilarni esa topib bo‘lmaydi. Bizga dars bergan o‘qituvchilar institutning asosiy binosida bo‘lishadi. Ularni topish muammo, telefon nomeri orqali bog‘lansak, malaka oshirish yoki davolanishda bo‘ladi.
Biz davlat ishida ishlaymiz, ma’muriyat har doim ham javob beravermaydi. 1 oy o‘qishga zo‘rg‘a javob olamiz, domlalarning orqasidan oylab quvib yurishga javob berilmaydi.
Oliy ta’lim vazirligining 2021 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘ida “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va
yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi” deyilgan. Lekin institut domlalari buni talabalardan 16 varaqdan 20 varaqqacha qo‘lda yozilgan mustaqil ish talab qilish deb tushunadi. 
2021 yil bahorgi semestrni onlayn “Zoom” platformasi orqali o‘qidik va tegishli portal orqali darslarga oid vazifalarni bajardik. Lekin ba’zi o‘qituvchilar “Bahorgi semestr mustaqil ishlarni yana qo‘lda yozib kelib topshirasizlar” degan talab qo‘ymoqda. Onlayn o‘qigan bo‘lsak, barcha vazifalarni onlayn topshirganimiz o‘tmaydimi ?
Dekanat talabalarga zamonaviy ta’lim berish, ta’lim yangiliklarini yetkazish, haqiqiy ta’lim muhitini yaratish o‘rniga  byurokratizm, har xil sun’iy to‘siqlar yaratish bilan band. 
Ushbu holat yuzasidan oliygoh rektoridan rasmiy munosabat kutib qolamiz”.


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🕊1
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️JPI sirtqi bo‘lim talabalari: “Dekanat talabalarga zamonaviy ta’lim berish o‘rniga  sun’iy to‘siqlar yaratish bilan band” “Jizzax politexnika instituti sirtqi bo‘lim 2-kurs talabalari nomidan yozmoqdamiz. Institutning asosiy binosiga sig‘maganimiz sabab…
❗️Ijtimoiy tarmoqda "Деканат талабаларга замонавий таълим бериш ўрнига сунъий тўсиқлар яратиш билан банд" mazmunidagi maqola joylashtirildi.

Jizzax politexnika instituti ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Jizzax politexnika instituti Sirtqi bo‘limi institutning 3-binosida o‘z faoliyatini olib boradi. Ta’kidlanganidek, institutning 3-binosi asosiy binodan 5 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, fan o‘qituvchilari va talabalarga yengillik yaratish maqsadida institut Kengashi qaroriga asosan 3-binoda dars o‘tuvchi mutaxassislikdan tashqari barcha fan o‘qituvchilari Sirtqi bo‘lim kafedrasiga biriktirilgan bo‘lib ular faqat 3-binoda faoliyat yuritishadi. Mutaxassis chiqaruvchi kafedralardan esa bir nafar o‘qituvchi mas’ul etib tayinlangan.
2020/2021-o‘quv yili grafigi asosida 3-29 may kunlari 2-kurs talabalari uchun 4-semestr o‘quv mashg‘ulotlari va attestatsiya jarayonlari onlayn tarzda Moodle masofaviy ta’lim platformasi orqali Zoom dasturida olib borildi. Mazkur platformaga fan o‘qituvchilari va talabalar biriktirilgan. O‘quv mashg‘ulotlariga onlayn qatnashgan talabalar topshiriqlarni bajarib, fanlarni o‘zlashtirishgan. Qatnashmagan talabalarga esa hozirda qayta topshirish uchun sharoitlar yaratilgan. Fanlardan o‘z vaqtida baholangan talabalar Moodle masofaviy ta’lim platformasi orqali yetarlicha ball to‘plaganligi asosida hech biri institutga kelmagan, mustaqil ish topshiriqlarini esa platformaga yuklagan.
Yuqorida ko‘rsatilgan “Биз давлат ишида ишлаймиз, маъмурият ҳар доим ҳам жавоб беравермайди. 1 ой ўқишга зўрға жавоб оламиз, домлаларнинг орқасидан ойлаб қувиб юришга жавоб берилмайди” vajga ko‘ra o‘z vaqtida baholangan va fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan talabani institutga keltirish umuman mantiqsizdir. Fanlardan qarzdor talabalarning qarzdorlik sababi o‘rganilib, agar talaba onlayn o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmagan bo‘lsa fanlarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha qayta o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi. Bu esa talabaning ixtiyori bilan onlayn yoki an’anaviy shaklda bo‘lishi mumkin. Fan o‘qituvchisini ham oylab qidirish mantiqsizdir, sababi Moodle masofaviy ta’lim platformasida o‘qituvchining shaxsiy ma’lumotlari, telefon raqamlari, elektron manzili va boshqa rekvizitlari mavjud.
Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga auditoriya soati kamligi sabab ko‘proq o‘quv soatlari mustaqil ta’limga qaratilgan, bu yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishda o‘z ustida ishlash uchun bir vosita xisoblanadi.
Talabalar o‘qishga o‘z vaqtida ma’suliyat bilan yondashib, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishsa muammo va tushunmovchiliklardan mustasno bo‘lishadi.


Jizzax politexnika instituti matbuot xizmati

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Adju universitetida 2021/2022-o‘quv yili uchun qabul jarayonining 2-bosqichi boshlandi!

Toshkent shahridagi Adju universitetiga 2021/2022-o‘quv yili uchun talabalar *“Arxitektura”*, *“Qurilish muhandisligi”*, *“Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi”* yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Abituriyentlar 15-iyulgacha quyidagi usullarda hujjatlarni topshirishi mumkin:

Onlayn — www.ajou.uz saytida;
Oflayn — universitet binosida.

Kirish imtihonlari ingliz tili va matematika fanidan 25-iyul kuni, Koreya Respublikasining Adju universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladi.

*Imtiyozlar:*

*IELTS 5,0* va undan yuqori (yoki *TOEFL IBT 50* va undan yuqori) sertifikati taqdim qilgan abituriyentlar ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi.

Davlat subsidiyasi tufayli bu yil qabul qilinadigan talabalar uchun *shartnoma miqdori* quyidagicha:

arxitektura fakulteti — 8,5 million so‘m;
qurilish muhandisligi fakulteti — 7,8 million so‘m;
elektrotexnika va kompyuter muhandisligi — 7,8 million so‘m.

Universitetning ta’lim faoliyati Koreya Respublikasining Adju universitetining o‘quv rejalari va dasturlari asosida ingliz tilida amalga oshiriladi. Ma’ruzalar salohiyatli va malakali mahalliy hamda Koreya Respublikasidan taklif qilingan professor o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Toshkent shahridagi Adju universitetida ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar, ilmiy va innovatsion faoliyat olib borish uchun yetarli darajada sharoitlar yaratilgan.

Universitetni tamomlagan bitiruvchilarga jahondagi Top-550 talikka kirgan Koreya Respublikasining Adju universiteti xalqaro diplomi beriladi.

Murojaat uchun telefonlar:

+99871 207 65 66
+99871 207 65 25
+99871 207 65 27
+99871 208 69 69

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Asalobod ko‘chasi 113 (sobiq Yashnobod qurilish kolleji binosi).

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Doimiy ravishda nimanidir yo‘qotib yuradiganlar uchun qo‘l keladigan layfxaklar

Ushbu oddiy tavsiyalar yo‘qotadigan narsalaringiz sonini 95 foizdan 5 foizgacha kamaytirishga, shu bilan birga asabingizni, vaqtingizni va kuchingizni tejashga yordam beradi.

Aslida har bir buyumning o‘z joyi bo‘lishi kerak. Aks holda ko‘zoynak, quvvatlantirgich, naushnik va har qanday boshqa narsalarni kerakli paytda topa olmaysiz. Bunday holatlarda kvartirangizda, sumkangizda, ish joyingizda sizning najotkoringiz faqat sarishtalikdir.

Maktab davridagi layfxak: kechqurun sumkangizni tayyorlab qo‘ying. Ertalab shoshilinch va shovqin-suronda biron narsani unutish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.

O‘zingiz bilan olib ketishingiz kerak bo‘lgan narsalar ro‘yxatini tuzing. Uydan, ishdan yoki sayohatga chiqishdan oldin yaxshilab tekshirib ko‘ring. Bunday hollarda stikerga yozib, uni ko‘rinadigan joyga yopishtirishingiz yoki maxsus dasturdan foydalanishingiz mumkin (PackPoint, PackKing va boshqalar).

Bu paradoks kabi ko‘rinishi mumkin, lekin sinab ko‘ring! Bir hafta ichida eng ko‘p yo‘qolgan narsalarni kutilmagan joylarga qo‘ying. Masalan, kalitlarni muzlatkichga yoki karavot ostiga. Ammo muhim sharti bor: 2 soniya davomida qimirlamang va shu joyni miyangizda saqlang. Bunday noqulay joylar (albatta, faqat sizning uyingizda) sizning e’tiboringizni va xotirangizni tezda o‘rgatishga yordam beradi. Shundan keyin buyumni qayerga qo‘yganingizni avtomatik ravishda sezasiz va uni qidirishingizga hojat qolmaydi.

Barcha bank va chegirma kartalarini mobil ilovadan (Stocard, PINbonus, GetCard va boshqalar) foydalanib, telefoningizga o‘tkazib oling. Endi kartangizni kassada unutib qo‘ymaysiz, shu bilan birga hamyoningizni keraksiz plastiklardan qutqarasiz.

Agar miyangiz tugallanmagan ishlar, o‘ylantiradigan fikrlar va kelgusi vazifalar bilan to‘la bo‘lsa, telefon va kalitlarni qayerda qoldirganingizni unutishingiz ajablanarli hol emas. Miyangizga haddan tashqari ortiqcha ma’lumot yuklangan. Yengillashtirish uchun A4 formatidagi varaqqa miyangizdagi barcha narsalarni yozib qo‘ying (bir nechta varaqlar kerak bo‘lishi mumkin): 3 yil oldin berilgan va’dadan tortib, do‘stingiz kecha maslahat bergan filmgacha. Ushbu ma’lumotlarni guruhlarga bo‘ling: ish vazifalari, uy yumushlari, oila, o‘z-o‘zini rivojlantirish, va’dalar/qarzlar, uchrashuvlar, xaridlar. Shundan so‘ng vazifalar aniqlashib, e’tiboringiz yaxshilanadi.

Psixologiyada “maqsad gipnozi” tushunchasi mavjud. Biz biror-bir muhim vazifaga e’tibor qaratganimizda atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni sezmaymiz. Masalan, birinchi marta rulga o‘tirganingizda hamyoningiz esingizga kelarmidi! Bunday hollarda ishga kirishishdan avval hammasi joyida ekanini, muhim narsani unutmaganingizni tekshiring.

Yetarlicha uxlang! Esdan chiqarish uyqusizlik va ortiqcha ish natijasida yuzaga kelishi ilmiy isbotlangan. Bir necha soat tiniqib uxlash sizni boshqa noxush hodisalardan xalos qiladi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg