Talaba.uz | Ta'lim portali
5.41K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Trenddagi TDPU Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti axborot xizmati 26-iyun kuni talabalarni yoshlar festivaliga chorlamoqda. Toshkent shaharda vaziyat chigallashayotgan bir vaqtda, oliygohlarda bu kabi festivallar o'tkazilayotganligi…
❗️Vaziyat jiddiylashmoqda

​🦠Koronavirus: kecha yurtimizda kasallik qayd etilganlar 546 nafarni, davolanayotgan bemorlar 3500 nafarni tashkil qilmoqda, ikki nafar bemor vafot etdi.

O'zingiz va yaqinlaringizni asrang!

Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Tuxumsotar ayol!

U yomg‘ir sharros quyib turgani uchun bozordan ertaroq chiqishga majbur bo‘ldi. Boz ustiga soyabonsiz hammayog‘i ivib ketgandi. Shamollab qolmaslik uchun tezroq qishloqqa jo‘nashni o‘ylab, shahar qoq markazidagi ko‘chadan tuxum chelagini mahkam tutgancha zo‘r-bazo‘r yurib borarkan, nogoh qimmatbaho restoran derazasi yonida "chiroyli" xonim bilan o‘tirgan tanish chehraga nigohi tushdi. To‘xtagan joyida charchoq ingan ko‘zlari chaqchaygancha angrayib qoldi. U kechagina yiqqan-terganini, bor-budini qo‘liga tutqazib o‘qishga jo‘natgan o‘g‘li edi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan "Jizzax davlat pedagogika instituti chet tillari fakultetida o'qiyman. Rektor nomiga ariza bilan kirgan edi 2-kurslar chunki ma'ruza payti 4ta guruh bitta patok bo'lib dars o'tadi kamida 120ta talaba darsda bo'ladi ma'ruzalar zali rossayam issiq…
❗️Jizzax Davlat pedagogika instituti "Chet tillari" fakulteti talabalaridan yana bir murojaat.

"Assalomu alaykum men Jizzax davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti talabasiman. Ushbu kunlarda bizda sessiya davom etyabdi. Lekin biz hozirgi olib borilayotgan "rangsiz siyosatdan" juda norozimiz. Bizni har tomonlama o'qishga, ertangi kunga bo'lgan ishonchimizni so'ndirishyapti.
Birinchidan, Fakultetimiz zam dekani Umid Jumanazarov boshchiligidagi siyosatlar "kontrakt to'lanmasa imtihonlarga kiritilmaslik yoki o'tgan taqdirda ham unga keyinchalik salomi borligi" aytilib kuchli tazyiq o'tkazishmoqda. Buni ham bir chetga surib qo'yib imtihon jarayoniga nazar solsak ahvol bundanda og'ir. A'lo baxolar olish uchun "anoyilarning" o'quvchisi bo‘lishi kerak. Sen bahongdan norozi bo‘lib kirsang, kelmagan o'quvchilarga baho qo‘yib yuborgan bir kimsa senga insof haqida gapirib super guruhligingni yuzingga solishadi. Rektoratga esa yaqinlashtirmaydi. Chunki havo sovutgich so'ragan qizga yetarlicha tazyiqidan keyin kim ham yurak yutib borardi. Hullas bu "qora fakultet" rahbarlari va olib borilayotgan tizimdan juda norozimiz. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarni hech qanday inkor etib bo‘lmaydi. Bu "qora fakultet" va yana "mehribon" rahbarlar qo'lida 3 yil o'qish kerak."


Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Jizzax Davlat pedagogika instituti "Chet tillari" fakulteti talabalaridan yana bir murojaat. "Assalomu alaykum men Jizzax davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti talabasiman. Ushbu kunlarda bizda sessiya davom etyabdi. Lekin biz hozirgi olib…
❗️Jizzax Davlat pedagogika institutining yuqoridagi murojaatini Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ma'sullari o'rganib chiqishini so'rab qolamiz.

Aytishlaricha, bu yozgan tanqidiy post uchun fakultet talabalari jazolanishi mumkin ekan.

Tanish-bilishchilik avj olayotgan ushbu fakultetni bir tekshirib qo'yishsa yomon bo'lmasdi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Trenddagi TDPU Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti axborot xizmati 26-iyun kuni talabalarni yoshlar festivaliga chorlamoqda. Toshkent shaharda vaziyat chigallashayotgan bir vaqtda, oliygohlarda bu kabi festivallar o'tkazilayotganligi…
❗️YANA TDPU yohud "Axir kimdir bu mukofot pulini kontrakti uchun yana kimdir boshqa harajatlari uchun moʻljallagan ediku."


Talabadan kelgan murojaatni o'zgartirishsiz taqdim qilamiz:

"TDPU da qiziq bir holat boʻlmoqda.

Habaringiz bor oʻquv yili davomida noyabr oyida YIL TALABASI tanlovi tashkil etiladi. Universitet ham buni tashkil etdi el qatori lekin...

7 Ta yoʻnalishda 1-3 oʻrin sohiblari pul mukofotlari bilan taqdirlanishi kerak edi. Barcha Oliy talim muassasalari pul mukofotlarini oʻzlarini imkoniyatlaridan kelib chiqib to'laganligini aniqlashtirdik.

Eng minimal darajada (universitet miqyosidagi gʻoliblar 1mln500 )olishgan Lekin bizda bu mukofotlar haligacha berilmadi. 21 kishini taqdiri hanuz muammoligicha qolmoqda.

Biz yoshlar bilan ishlash prorektoriga va yoshlar ittifoqiga bir qancha murojaat qilib chiqdik. Oldiniga ana yanvar mana fevral ana martda deb kelishdi. Hozir esa Iyul... Haliyam pul yoʻq emish qiziq universitet katta festivallar va boshqa tanlovlarga pul ajratyaptiku.

Bizga mana shu murojaatni ijobiy hal qilib bersangiz. Qachongacha bunday eʼtiborsizlik boʻladi.

Axir kimdir bu mukofot pulini kontrakti uchun yana kimdir boshqa harajatlari uchun moʻljallagan ediku.

Undan koʻra biz bu pulni bermaymiz deyishsa edi. Biz umidvor boʻlmasdik. Lekin 5 oydirki quruq va'da beriladi."

P.s: Nega faqat TDPUga yopishib oldingiz, nima alamingiz bor deb komment yozadigan akalar, ukalar va ma'sullar. Sizlarga g'arazligimiz yo'q, lekin shunaqa katta muommolarni xalq bilishi kerak. Ancha vaqtdan beri trenddan tushmadingiz, balkim yetar boshqa OTMlar ham kutib qolyapti:)

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2021-2022 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o'qishga qabul qilish parametrlari

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Yuridik universitetda sirtqi ta’lim ochildi

Joriy yilda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun sirtqi ta’limga ruxsat berildi. Kunduzgiga 650 ta, sirtqi ta’limga 300 ta kvota ajratildi.

Sirtqi ta’lim uchun ham DTM tomonidan test olinadi.

Bundan tashqari kunduzgi ta’limda beshinchi yo‘nalish ham ochildi (o‘tgan yili 4 ta edi). Bu degani abituriyentlar hujjat topshirayotganda beshala yo‘nalishni ham TDYuUning o‘zidan tanlashi mumkin bo‘ladi. Bular quyidagi yo‘nalishlar:

— davlat-huquqiy faoliyat;
— jinoyat-huquqiy faoliyat;
— biznes huquqi;
— xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
— davlat boshqaruvi.

Shuningdek, mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yuridik universitetda joriy yildan boshlab ikkinchi mutaxassislik ham ochilar ekan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️"Kommentarini ko'paytirish kerak "karochchi""

Jizzax Davlat pedagogika instituti haqida post chiqarganimizdan qanchadir vaqt o'tib chet tillari fakultetida ishlaydigan akamiz guruh sardorlariga quyidagicha topshiriq bergan.

Haqiqatni yozayotganlarga jamoamiz nomidan "tashakkur" bildiramiz.

Sizlar aytayotgan fakultet dekan o'rinbosari yaxshi insonligiga yana bir bor amin bo'ldik. Rahmat...

Post tugadi...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Voice message
❗️Ha aytgancha guruh sardorlari guruhida "yomon fikr bildirganlar" haqida qiziqish ishlari boshlangan.

Shuning uchun ehtiyot bo'ling... Haqiqatni gapirib baloga qolib ketmang!

Buni yolg'on deb hisoblovchilar bo'lsa, bu bo'yicha ham isbotimiz bor!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bu yil magistraturaga mos bo'lmagan yo‘nalishga hujjat topshirish imkoni bo‘lmaydi — OO'MTV

▪️Yana mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish tartibi tiklanadi. Sababi o‘tgan yillarda amalda bo‘lgan bakalavrdagi mutaxassislikdan butunlay begona yo‘nalishda magistraturada o‘qish tartibi o‘zini to‘la oqlamagan.

Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Xpress.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, ham o‘qituvchilardan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan, ham talabalar begona mutaxassisliklarda o‘qishga qiynalgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

✅ Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch Filiali bugundan boshlab to'liq masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ko‘p berilayotgan savollardan biri:

Davlat granti asosida OTMni bitirgan talaba ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga hujjat topshira oladimi?

Yo‘q, topshira olmaydi. “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (13.08.2008) 4-bandida ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplomning asl nusxasini ilovasi bilan topshirishi belgilangan.

Demak, 3 yil majburiy ishlab bermagan va hali diplomining asl nusxasini olmagan talabalar ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshira olmaydi.

🎩Talabalar rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida

Ko‘pchilik bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi deb so‘rashmoqda. Masalan, kunduzgidan kechkiga, sirtqidan kunduzgiga va h.k.

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz.

✅ KUNDUZGI ta’limdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki (smenali).

❌ Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


✅ SIRTQI ta’limdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki.

❌ Sirtqi ta’limdan maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


✅ KEChKI ta’limdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida).

❌ Kechki ta’limdan sirtqi, maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


✅ MAXSUS SIRTQI ta’limdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• maxsus sirtqi;

❌ Maxsus sirtqi ta’limdan sirtqi, kechki va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


❌ QO‘SHMA TA’LIM DASTURIDAGILAR h
amda MAQSADLI QABUL qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko‘chira olmaydi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️JDP Instituti ba’zi bir rahbarlari! "Faoliyatingiz" dan hayratdaman!

Jizzax viloyati Forish tumani Osmonsoy qishlog‘ida yashovchi Nurullayev Azizning murojaati

"Ular ko‘pchilik, men bitta. Shunday ekan oxirgi daqiqagacha har tomonlama o‘zlarini himoya qilib, suvdan quruq chiqishga harakat qilishi tabiiy!

Buniyam hisobga olinglar
"

Batafsil ma'lumot: https://bit.ly/3xYbTuI

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"❗️ Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlang'ich ta'lim" fakulteti 25-iyundan masofaviy ta'limga o'tkazilgan edi, endi esa barchani yakuniy nazoratga chaqirmoqda."

Qizig'i shunda-ki, ikki qatli bo'lsangiz ham kelishga majbur ekansiz!!! Viloyatga ketib qolgan talabalar endi qaytishadimi? Umuman olganda o'sha talabalardan biri sizning qizingiz yo o'g'lingiz bo'lganida nima qilardingiz?

Talabalarni sarson qilish hech tugamadi va tugamasa ham kerak!

Ha aytgancha, talaba ham odammi?

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oʻzbekistondagi taʼlim shakllari 4 taga yetadi!

✅ Oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari roʻyxatiga masofaviy taʼlim shakli ham qoʻshiladi.

👉 Oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklida ham kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, deya maʼlum qilindi prezidentning maktab bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigida.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 15 000 AQSh dollarlik grant dasturi

AQSH davlatining Worcester shtati universiteti tomonidan bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 15 000 AQSh dollarlik qiymatga ega grant dasturi taklif etilmoqda

Worcester State University -
Massachusets shtatining Vorsester shahridagi davlat universiteti. Massachusets shtatidagi 9 ta davlat universitetlaridan biri, Vorester shtati liberal san’at va fanlarga oid o‘quv dasturini taklif qiladi va 5500 ga yaqin magistrant va 900 dan ortiq aspirantlarga ta’lim berib keladi.

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan International Undergraduate Scholarships nomli grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura dasturlari uchun amal qiladi.

◾️ Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/usa-merit-scholarship

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#kayfiyat

Siz nima deb nomlar edingiz 😄

🎓 Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bu yil kirish imtihonlarini yopiq binolarda o'tkazishga harakat qilamiz, sababi test 5ta fandan olinadi — DTM

▪️DTM direktori bilan to'liq suhbatda:

▫️Bu yilgi testda abituriyentlarni nimalar kutayotgani;
▫️Imtiyozlarning kvotadan tashqari hisoblanayotganiga munosabat;
▫️DTMdan test chiqib ketishi ehtimoli;
▫️"Perevod" imtihonlari:
▫️2 yildan so'ng maktab imtihonini DTM olishi haqida va boshqa muhim ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

📹 To‘liq suhbat

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg