Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Bu yil magistraturaga mos bo'lmagan yo‘nalishga hujjat topshirish imkoni bo‘lmaydi — OO'MTV

▪️Yana mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish tartibi tiklanadi. Sababi o‘tgan yillarda amalda bo‘lgan bakalavrdagi mutaxassislikdan butunlay begona yo‘nalishda magistraturada o‘qish tartibi o‘zini to‘la oqlamagan.

Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Xpress.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, ham o‘qituvchilardan e’tirozlar ko‘p bo‘lgan, ham talabalar begona mutaxassisliklarda o‘qishga qiynalgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlar borligini bilasizmi?

✅ Ushbu rasmda ko‘rsatilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch Filiali bugundan boshlab to'liq masofaviy ta'limga o'tkazildi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ko‘p berilayotgan savollardan biri:

Davlat granti asosida OTMni bitirgan talaba ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga hujjat topshira oladimi?

Yo‘q, topshira olmaydi. “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (13.08.2008) 4-bandida ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplomning asl nusxasini ilovasi bilan topshirishi belgilangan.

Demak, 3 yil majburiy ishlab bermagan va hali diplomining asl nusxasini olmagan talabalar ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshira olmaydi.

🎩Talabalar rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O‘qishni ko‘chirish (perevod) masalasida

Ko‘pchilik bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi deb so‘rashmoqda. Masalan, kunduzgidan kechkiga, sirtqidan kunduzgiga va h.k.

Ha, bir ta’lim shaklidan boshqasiga o‘qishni ko‘chirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir ko‘rib chiqamiz.

✅ KUNDUZGI ta’limdan quyidagilarga ko‘chirish ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki (smenali).

❌ Kunduzgi ta’limdan maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


✅ SIRTQI ta’limdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• kechki.

❌ Sirtqi ta’limdan maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


✅ KEChKI ta’limdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• kechki ta’lim (faqat bir ta’lim sohasi doirasida).

❌ Kechki ta’limdan sirtqi, maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


✅ MAXSUS SIRTQI ta’limdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• maxsus sirtqi;

❌ Maxsus sirtqi ta’limdan sirtqi, kechki va qo‘shma ta’lim dasturiga ko‘chirib bo‘lmaydi.


❌ QO‘SHMA TA’LIM DASTURIDAGILAR h
amda MAQSADLI QABUL qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, boshqa OTMga ko‘chira olmaydi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️JDP Instituti ba’zi bir rahbarlari! "Faoliyatingiz" dan hayratdaman!

Jizzax viloyati Forish tumani Osmonsoy qishlog‘ida yashovchi Nurullayev Azizning murojaati

"Ular ko‘pchilik, men bitta. Shunday ekan oxirgi daqiqagacha har tomonlama o‘zlarini himoya qilib, suvdan quruq chiqishga harakat qilishi tabiiy!

Buniyam hisobga olinglar
"

Batafsil ma'lumot: https://bit.ly/3xYbTuI

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"❗️ Nizomiy nomidagi TDPU "Boshlang'ich ta'lim" fakulteti 25-iyundan masofaviy ta'limga o'tkazilgan edi, endi esa barchani yakuniy nazoratga chaqirmoqda."

Qizig'i shunda-ki, ikki qatli bo'lsangiz ham kelishga majbur ekansiz!!! Viloyatga ketib qolgan talabalar endi qaytishadimi? Umuman olganda o'sha talabalardan biri sizning qizingiz yo o'g'lingiz bo'lganida nima qilardingiz?

Talabalarni sarson qilish hech tugamadi va tugamasa ham kerak!

Ha aytgancha, talaba ham odammi?

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oʻzbekistondagi taʼlim shakllari 4 taga yetadi!

✅ Oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari roʻyxatiga masofaviy taʼlim shakli ham qoʻshiladi.

👉 Oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklida ham kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, deya maʼlum qilindi prezidentning maktab bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigida.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 15 000 AQSh dollarlik grant dasturi

AQSH davlatining Worcester shtati universiteti tomonidan bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun 15 000 AQSh dollarlik qiymatga ega grant dasturi taklif etilmoqda

Worcester State University -
Massachusets shtatining Vorsester shahridagi davlat universiteti. Massachusets shtatidagi 9 ta davlat universitetlaridan biri, Vorester shtati liberal san’at va fanlarga oid o‘quv dasturini taklif qiladi va 5500 ga yaqin magistrant va 900 dan ortiq aspirantlarga ta’lim berib keladi.

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan International Undergraduate Scholarships nomli grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura dasturlari uchun amal qiladi.

◾️ Batafsil: https://oliygoh.uz/grantlar/usa-merit-scholarship

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#kayfiyat

Siz nima deb nomlar edingiz 😄

🎓 Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bu yil kirish imtihonlarini yopiq binolarda o'tkazishga harakat qilamiz, sababi test 5ta fandan olinadi — DTM

▪️DTM direktori bilan to'liq suhbatda:

▫️Bu yilgi testda abituriyentlarni nimalar kutayotgani;
▫️Imtiyozlarning kvotadan tashqari hisoblanayotganiga munosabat;
▫️DTMdan test chiqib ketishi ehtimoli;
▫️"Perevod" imtihonlari:
▫️2 yildan so'ng maktab imtihonini DTM olishi haqida va boshqa muhim ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

📹 To‘liq suhbat

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ko‘ngil olish

Bir kishi uylandi. Bir necha yillardan so‘ng zavjasi ovqat qilayotgan paytda oshxonaga kirdi. Ovqatning mazasini totib ko‘rdi. Ovqat sho‘r bo‘lgan edi. U g‘azablanmadi, idishlarni sindirmadi, xotinini so‘kmadi, qaynonasini qiziga ovqat qilishni o‘rgatmaganlikda ayblamadi.

Xotinining yelkasiga qo‘lini qo‘yib dedi:
- Bugun menga yangi kelin bo‘lgan vaqtingni eslatding. O‘shanda ovqat qilishni bilmas eding. Ovqatni tuzini ko‘p solib yuborar eding.
Xotini so‘radi:
- Bugun ham ovqat sho‘r bo‘libdimi?
Er dedi:
- Ha. Ammo bu menga eng saodatli kunlarimni eslatdi!

U zavjasining ko‘nglini oldi. Shu bilan birga o‘z istagiga go‘zal uslub bilan erishdi.
Insonlar tuyg‘usi va qalbidan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobi, kishilar o‘tadigan yo‘ldan ularga aziyat beradigan narsalarni olib tashlashning savobidan kam emas!

🎓 Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bilasizmi, "perevod" imtihonlarida qanday savollar tushadi?

✅ DTM direktori "perevod" imtihonlarida qanday savollar tushishini va super-kontrakt qanday qo'llanishini aytdi.

Batafsil ma'lumot👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#YoshlarKuni #YouthDay #ДеньМолодёжи

30-iyun – O‘zbekistonda yoshlar kuni!

Yoshlik, bu — orzu.
Bu — ishonch.
Bu — jasoratga intilish.
Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar.
Bu — istiqbolning boshlanishi.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Do'stlarni tabriklang 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 65-70 nafar bitiruvchi talabalar diplom olish huquqidan mahrum bo'layotgani aytilmoqda.

Talabalar qanchalik haq bilmaymiz, lekin vaziyatni to'g'ri baholab bir o'rganib chiqishsa yomon bo'lmasdi.

Mutasaddilarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Jizzaxda Hindistonning IT universiteti ochildi

▪️Hukumat qarori bilan, “Sambhram” universiteti nodavlat OTM sifatida tashkil etildi. Unda AKT bo‘yicha kadrlarga ingliz, rus va davlat tilida dars beriladi. Qabul kontrakt asosida bo‘ladi.

Qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratiladi. Bunda talabalarning 5 foizini bepul o‘qitish, 5 foiziga 50 foizli, 10 foiziga 25 foizli kontraktni to‘lash bo‘yicha imtiyoz beriladi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Samarqandda O‘zbek-Fin pedinstituti ochildi

▪️Samarqand davlat universiteti qoshidagi Pedagogika instituti tugatilib, uning o‘rniga Samarqand davlat universiteti qoshidagi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi.

Davlatga qarashli OTM sanaluvchi institutda ta’lim Finlandiya dasturlari asosida bo‘ladi. Qabul shu yozdan boshlanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga joriy yilda 300 nafar yoshlar qabul qilinadi.

Universitetda 5 ta – muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida olib boriladi.

👉 Ilk o‘quv yili shu yil sentyabrdan boshlanadi. O‘qish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

▪️ BATAFSIL: https://oliygoh.uz/abituriyent/yangi-ozbekiston-universiteti

Kanalga ulanish👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Biroz_tabassum

Bir odam sahroda chanqab, zo‘rg‘a ketayotsa, uzoqdan bayroq ko‘rinibdi. Xursand bo‘lib, qarasa bir savdogar, galstuk-bo‘yinboq sotib turganmish:
— Ey, oshna suv ber hozir o‘lib qolaman, - desa.
Savdogar:
— Menda suv yo‘q, galstuk olmaysanmi?, - dermish.
— Galstugingni boshimga uramanmi? Suv ber, iltimos.
— Menda suv yo‘q! Xohlasang, anavi tepalik orqasida akamning oshxonasi bor, - deb o‘sha yerga jo‘natibdi.
Haligi odam bir soat o‘tgach, qaytib kelib:
— Ey nomard, galstuging necha pul o‘zi? Akang galstukingsiz oshxonaga kiritmas ekan-ku...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁1
#QARDU

"Yakuniydan hammang o'tdingmi, o'tding! Ana endi o'sha gap 40.000 dan ertadan keyingacha tayyorlanib tur" (Janob "староста")

Talabalardan kelgan murojaatni havola qilamiz:
"Assalomu alaykum
Man kontraktda o‘qiyman 2kursni tugatyapmiz
Universitetimizda yakuniy imtihonlarni 3 tasini offline tarzda tugatib qolganini karantin sababli online tarzda tugatdik.

Yakuniylarni o‘zimiz yechib bahoyimizni platformada oldik
Lekin 1ta fandan pul talab qilishyapti shu bahoni tasdiqlab berish uchun"


Qarshi Davlat universiteti

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg