Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Al-Azhar Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan video o‘yinlardan ogohlantiradi

Qohiradagi taniqli Al-Azhar universiteti keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘yinchilarni Ka’bani buzishga undaydigan Fortnite deb nomlangan ko‘p o‘yinchi ishtirok etuvchi video o‘yinini taqiqlash haqida ogohlantirish xati e’lon qildi. Ogohlantirish universitetning Xalqaro elektron fatvolar markazi orqali berilgan.

«Markaz ilgari yoshlar ongini band qiladigan, ularni foydali bilim olish yoki ishlashdan chalg‘itadigan va ularni voqelikdan uzoqlashtirib virtual olamlarga qamab qo‘yadigan, nafratga, o‘ziga yoki boshqalarga zarar yetkazishga undaydigan ba’zi elektron o‘yinlardan ogohlantiradi», deyiladi universitetning feysbuk sahifasida.

Ro‘yxatga qo‘shilgan Fortnite video o‘yini qurollarni yutib olish va keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘yinchilarni Ka’bani buzishga undaydi. «Bu yoshlarning e’tiqodi va qadr-qimmatiga ta’sir qiladi. Shu sababli, markaz zo‘ravonlikni rag‘batlantiradigan yoki yolg‘on g‘oyalarni o‘z ichiga oladigan, e’tiqodni buzadigan yoki diniy e’tiqodga hurmatsizlik ko‘rsatadigan barcha elektron o‘yinlarning taqiqlanishini talab qiladi».


Ⓜ️ Xabar.uz

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qabul2021 |

❗️Yana bir xalqaro oliygoh Toshkent filialining qabul kvotasi tasdiqlandi

💥Vazirlar Mahkamasining "2021/2022 o‘quv yili uchun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 413-son qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan ushbu ta’lim muassasasiga 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat granti asosida 4 ta ta’lim yo‘nalishida jami 100 o‘rin miqdorida qabul kvotasi belgilandi:

🔹 Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi – 25 ta;
🔹 Yadro fizikasi va texnologiyalari – 25 ta;
🔹 Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi – 25 ta;
🔹 Elektroenergetika va elektrotexnika – 25 ta.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️"Bu ho'kiz emas, bu diplom! Ho'kiz Toshkentda o'qiyapti"

Kulguli video, lekin achchiq haqiqat! Videoni ko'ring shunchaki hulosa qiling.

Ota-onamiz bizni yaxshi o'qishimiz uchun bor-budini berishga tayyor.

Lekin bizchi? Biz buni oqlayapmizmi?...

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent davlat energetika universitetini tashkil etish taklif qilindi!

Toshkent davlat texnika universitetining “Energetika” fakulteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzurida Toshkent davlat energetika universitetini tashkil etish maqsadida meningfikrim.uz portaliga murojaat joylandi.

Haqiqatda Energetika sohasi uchun alohida OTM tashkil qilinishi kerak, chunki bu soha qamrovi juda keng va hozirda kadrlarga talab juda yuqori sohalar qatoridadir.

Quyidagi havola orqali kirib, petitsiyaga ovoz berishingiz mumkin: https://meningfikrim.uz/uz/petitions/view/5195

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Ilgarilari talaba-o'qituvchilarni gazeta-jurnallarga obuna qilishga majburlashardi endi esa rahbarlarning shaxsiy kanallariga...

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida talabalar filial direktorining hamda dekanining telegram kanaliga majburiy qo'shiltirilmoqda...

Ishonish qiyin lekin yo'qlama ham qilisharkan, kimlar qo'shildi kimlar qo'shilmadi deb🤦‍♂

Bunaqa safsatabozlikdan maqsad nima? Rahbarlar kanalni yuritishga vaqt ajratgancha, muommolarga vaqt ajratsa yaxshi bo'larmidi!?

Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Ilgarilari talaba-o'qituvchilarni gazeta-jurnallarga obuna qilishga majburlashardi endi esa rahbarlarning shaxsiy kanallariga... Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida talabalar filial direktorining hamda dekanining telegram kanaliga majburiy…
❗️ @TalabaUz kanaliga majburiy obuna boshlanganini e'lon qilamiz:)

❌Obuna bo'lganlik to'g'risda bizga hech qanaqa ism-familiyangiz, guruhingiz kerak emas.

⁉️Nimaga a'zo bo'lishimiz kerak deysizmi?
-Sababi, ushbu kanalda faqat haqiqatlar yoziladi. Bizni ancha-muncha ma'sullar kuzatishadi.
Bundan tashqari talabalar tomonidan kelib tushayotgan muommolarga axborot xizmatlari e'tibor qaratib, munosabat bildirishyapti...

🔹Biz hech qanday moddiy manfaat yo'lida qaysidir OTMni yomonlab post qilmaymiz:) O'zlari shunga majbur qilishadi...

Sizning oliygohingizda adolatsizlikka yo'l qo'yilyaptimi? Korrupsiyani guvohi bo'ldingizmi? Qo'rqmang!!! Bizga isbot dalillar bilan murojaat qiling. Sizning shaxsingiz doim sir saqlanib qolishiga kafolat beramiz...

❗️Siz sotqin emassiz! Qo'rqib yashashga majbur ham emassiz. Adolatsizlik qilayotganlar va korrupsiyaga imkoniyat yaratib berayotganlat jazolanishi shart!

Murojaat uchun ishonchli bot:👇
@TalabaUz_MurojaatBot

Talaba do'stlaringizga kanalimizni tavsiya qiling😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Ayrim sohalarga diplomsiz ham ishga kirish mumkin bo‘ladi — prezident

“Bugungi kunda oliy ma’lumot talab qilinadigan 80 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bor. Misol uchun, transport, geologiya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, sport sohalarida bilim va malakasi yetarli bo‘la turib, oliy ma’lumoti yo‘qligi uchun minglab yoshlarimiz ishga kira olmayapti.

Shu bois oliy ma’lumot talab etadigan kasb va lavozimlar qayta ko‘rib chiqilib, ularning kamida 150 tasi bo‘yicha bunday talab bekor qilinadi”
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Noto‘g‘ri o‘ylamang! Bu futbol uchrashuvi emas, Qur’oni Karim musobaqasi.

Tanzaniya

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️«OAVlarni ishiga aralashib, u noto‘g‘ri, bu to‘g‘ri deyish davlatning ishi emas» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi jurnalistlar bilan uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi Tanzila Narbayeva.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Xafa bo‘lma, mana bu qoidani o‘qi, saodatda bo‘lasan

1. Bilgin, agar sen bugungi kuning hududida yashamasang zehning to‘zg‘ib, ishlaring iztirobli, g‘am anduhing ko‘payib ketadi. «Agar tong ottirsang kech bo‘lishini kutma, bordiyu kech kirgizsang tongni kutma»ni ma’nosi shudir.
2. Moziyni unut, o‘tgan narsaga ahamiyat berish va uni ustida to‘xtash ahmoqlik va jinnilikdir.
3. Kelajakga ham mashg‘ul bo‘lma, kelajak g‘ayb olamidir. Yetib kelgunicha u haqda fikrlashni to‘xtatib tur.
4. Tanqidlardan sarosimaga tushma, mustahkam bo‘l. Bilginki tanqidlar qiymatingni o‘lchovchi narsadir.
5. Allohga iymon keltirish va solih amallarni qilish u pok va saodatli hayotdir.
6. Kim xotirjamlik, sokin va rohatni xohlasa Alloh zikrini ko‘paytirsin.
7. Banda bilmog‘i kerakki, barcha narsa qazo va qadar bilan bo‘ladi.
8. Biror kishidan rahmat kutib o‘tirma.
9 O‘z nafsingda eng yomon tasodiflar ro‘y berib qolishini joylab yur.
10. Balki senda sodir bo‘layotgan narsalar yaxshilik bo‘lib chiqar.
11. Musulmonda sodir bo‘layotgan barcha narsa yaxshilikdir.
12. Ne’matlar haqida fikr yurit va shukr qil.
13. Sen o‘zingdagi narsa bilan ko‘pgina insonlar ustidasan.
14. Soatdan soatga o‘tar ekan seni ro‘shnolikka chiqishing bor.
15. Balolar bilan duo yetilib chiqadi.
16. Musibatlar ko‘zga malham va qalbga quvvatdir.
17. Albatta qiyinchilik bilan birga yengillik bor.
18. Yo‘ldan ozish senda hech ro‘y bermasin.
19. Albatta Rabbing mag‘firati keng zotdir.
20. Gʻazab qilma, g‘azab qilma, g‘azab qilma
21. Hayot bu non, suv va soya degani. Bulardan boshqasiga ahamiyat berma.
22. Osmonda esa sizlarning rizqu-ro‘zlaringiz (yahni yerda mo‘l hosil bo‘lishiga sabab bo‘lguvchi yomg‘ir) bordir. (Zariyat-22).
23. Ko‘pincha qo‘rqilgan narsalar sodir bo‘lmaydi.
24. Senga musibatga uchraganlarda namuna bordir.
25. Agar Alloh bir qavmni yaxshi ko‘rsa balolab qo‘yadi.
26. Qiyinchilikka tushib qolgandagi duolarni takrorlab o‘qib yur.
27. Jiddiy va meva beruvchi amallarni o‘zingga lozim tut, bekorchilikdan chetlan.
28. Mish-mishlarni tark qil va shov-shuvlarni tasdiqlama.
29. Qasos olishga bo‘lgan qiziqishing va adovating xusumatching qolib faqat o‘zingni sog‘ligingga zarar beradi.
30. Senga yetadigan barcha musibating gunohlaring uchun kafforatdir.

"O‘kinma" kitobidan

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​🇺🇿 Respublika miqyosida tashkil etilayotgan olimpiadada ishtirok eting va maxsus mukofotlarga ega bo'ling!

Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish maqsadida OLIYGOH.UZ jamoasi va “Registon” o‘quv markazi bilan hamkorlikda Respublika miqyosida 3 bosqichli "Ingliz tili fan olimpiadasi" tashkil etilmoqda.

G‘oliblar maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alari, QR kodli diplom va sertifikatlarga ega bo‘lishlari mumkin, shuningdek ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

1-o‘rin sohibiga: Noutbook kompyuter va qiymati 200 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar
2-o‘rin sohibiga: Samsung A21 mobil telafoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar
3-orin sohibiga: Xiaomi 9 A mobil telefoni va qiymati 100 ming so‘m bo‘lgan esdalik kitoblar bilan taqdirlanishadi.

👨🏻‍💻 OLIMPIADAGA RO'YXATDAN O'TISH

✅ Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing va maxsus mukofotlarga ega bo‘ling.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

▪️Ro'yxatdan o'tish: https://oliygoh.uz/test/respublika-ingliz-tili-fan-olimpiadasi
#Biroz_tabassum

-Adashyapsanku, nima qilamiz?
-Yodlab kelaman, domla.
-Yodlaganing bilan bo'lmaydi-da.
-Unda nima qilay?
-Harakat qil.
-Qancha?
-El qatori.
-Yuz bo'ladimi?
-Meni gadoy deb o'ylayapsanmi?!
-Uzr domlajon, erta kelaman.
-To'xta! Joyiga qo'y! Uch.


Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Bitiruvchilardan 3 tomonlama shartnoma so‘rash mumkin emas — Senat

▪️Bitiruvchini ishga joylashdagi bunday soxta an’ana mamlakat rivojiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shuning uchun Senat Oliy ta’lim vazirligiga asoslantirilgan tushuntirish xati berish talabi bilan so‘rov yuborgan, holatni nazoratga olgan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

❗️O‘zbekistonda ixtiyoriy vaksina olgan talabalarga to‘lov-kontraktda 10% chegirma beriladi.

18 yoshdan katta bo‘lgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura talabalarni koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi. (Bepul)

❗️Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, 2021/2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2021/2022 oʻquv yilidan oliy taʼlim muassasalariga davlat grantida qabul koʻrsatkichlari 25 foizga oshiriladi

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bunga imkon beruvchi 2021yilgi davlat byudjeti qonuniga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Batafsil ma'lumot👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Murojaat: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning ota-onalar va talaba-yoshlarga murojaati

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Agar onalar omi bo‘lsalar, bolalariga omilik va lanjlik sutini emizadilar.

Ayman Yog‘iy

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qabul2021
Tanlov ustuvorligini belgilash

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❕ Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://youtu.be/zaSXZDFte00

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qabul2021
Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Abituriyentlar uchun: JSHSHIR (PINFL) nima? Uni qanday aniqlash mumkin?

JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasportni yangisiga almashtirsangiz ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo JSHSHIR o‘zgarmaydi.

Uni aniqlash juda oson. Quyida ko‘rsatilgan surat orqali pasportingizdan 14 ta raqamni toping, ana shu Sizning JSHSHIRingiz bo‘ladi.

Pasport olmagan abituriyentlar qanday qilib hujjat topshiradi?

16 yoshga to‘lgan, lekin hali pasport olmagan abituriyentlar tezroq pasport olishga harakat qilishlari kerak. Chunki pasport bo‘lmasa JSHSHIR raqam ham bo‘lmaydi, bu degani abituriyentlar hujjat topshira olmay qolishlari mumkin. Pasportini yo‘qotgan/shikastlagan abituriyentlar ham pasportini tezroq yangilashi lozim.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg