Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ To'lov qilishga ulgurmagan abituriyentlar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

✅ Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😊Va nihoyat barcha kanalimiz a'zolari kutgan vaqt aniq bo'ldi.

28-iyul soat 22:00 da Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o'qituvchisi, "Biznes kvadrat" asoschisi, ajoyib inson va albatta @TalabaUz kanalini admini Muhammadali Eshonqulov bilan audio chat boshlanadi...

Barcha abituriyentlarga yuboring❗️

Audio chat uchun link👇👇
https://t.me/TalabaUz?voicechat

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar qabuli

📌 Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

✅ Bunda:

👉 vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

👉 vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

👉 suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

👉 talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Ⓜ️ Davlat Test Markazi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
❗️5-avgustdan abituriyentlar uchun ochiq osmon ostida testlar rasman boshlanadi.

Hurmatli abituriyentlar, eslatib o‘tamiz, imtihonda test varaqalari boshqasiga almashtirib berilmaydi😅

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Britaniyalik ayol koronavirusdan qo‘rqib 9 oy uyidan chiqmadi. Birinchi marta ko‘chaga chiqishi bilan uni mashina urib ketdi.

Angliyaning Uymut shahrida to‘qqiz oy ichida birinchi marta uyidan chiqqan 62 yoshli Sara Lyuis yuk mashinasi urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Ayol o‘zini koronavirusdan himoya qilish uchun shuncha vaqt uyidan chiqmagandi.

Taksi kutib bo‘lgach, Lyuis yo‘lni kesib o‘ta boshlagan, lekin sumkasidan himoya niqobini olmoqchi bo‘lib, atrofga e’tibor bermagan. Shu payt orqaga yurayotgan yuk mashinasi ayolni urib yuborgan. Ayol mashina haydovchisiga ko‘rinmaydigan zonaga tushgan. Haydovchi mashinaning orqani ko‘radigan ko‘zgularini va atrofdagi yo‘lni ko‘zdan kechirgan, lekin ayolni ko‘rmagan. U ko‘chada to‘xtab turgan mashinalar juda ko‘p bo‘lgani uchun orqaga yurishga majbur bo‘lganini aytdi.

Batafsil

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilishi muhokama qilindi

✔️ 2021/2022 o‘quv yilda respublikaning jami 42 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriatning 140 ta ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligida bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning o‘tkazilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma boshliqlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga mas’ul komissiya raisi va a’zolari ishtirok etishdi.

📌 Vazir oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga bu yilgi imtihon jarayonlarini karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda ochiq, shaffof, adolatli va tamomila yangicha formatda tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ⓜ️ Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Live stream finished (1 hour)
Talabauz
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
❗️Muhammadali Eshonqulov bilan olib borilgan ovozli suhbat.

"Diplom oddiy qog'oz emas..."
"Abiturientlarning imtihon oldi qo'rquvi..."
"Hayajonni yo'qotish..."

Bundan tashqari boshqa mavzularda ham suhbat bo'lib o'tdi. Sizlarga yoqadi degan umiddamiz.😊

Ustozimiz Muhammadali Eshonqulovga barcha kanalimiz a'zolari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
❗️Bugundan my.dtm.uz saytining shaxsiy kabinetida "Abituriyent ruxsatnomasi" chiqishi kerak edi.

Negadir hali e'lon qilinmadi. DTMdagilar 29-iyul kuni chiqadi dedimi demak chiqadi. Faqat 23:59 gacha taqab borishmasa bo'lgani:)

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Rasman! Abituriyent ruxsatnomasini qachondan boshlab olish mumkinligiga javob berildi

Hozirda abituriyentlarning ma’lumotlarini tekshirish ishlari amalga oshirilyapti. Ruxsatnoma shakllantirilsa albatta e’lon beriladi.

©️ DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Abituriyentlar ruxsatnomalarini qanday tarzda olishadi?

✅ “Ruxsatnomalar shakllantirib bo‘lingach, my.dtm.uz saytiga joylanadi. Abituriyentlar shaxsiy kabinetlariga kirib yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada abituriyentning test topshirish vaqti va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.” - dedi DTM bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Savollar soni qisqargani uchun qiyinchilik darajasi qanday bo’ladi?

✅ Qiyinlik darajasi odatdagidek 1-2-3 darajali bo‘ladi. Ko‘pchilik 3 qiyinlik darajasidagi savollar bo‘lmaydimi deyishyapti. 3 qiyinlik darajasidagi savollar olib tashlanmaydi.

©️ DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Davlat oliy ta’lim muassasalariga fanlardan qarzi bor talaba o‘qishini ko‘chira oladimi?

Faqatgina birinchi kursning birinchi semestridan qarzdor bo‘lgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. Boshqa semestrdagi fandan qarzdor bo‘lgan talaba o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi ruxsat etilgan talabani kursini belgilashda mutaxassislik fanlari farqi solishtiriladi va bunda, talaba qarzdor bo‘lgan fan ham inobatga olinadi. Fanlar farqi 4 tadan ortiq bo‘lgan holatda talabaning o‘qishi muayyan kursga tavsiya etilmaydi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘lov uchun qo‘shimcha 1 kun vaqt nega hamma abituriyentlarga emas, faqat ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga berildi?

▪️DTM bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov shu masalada Xpress.uz'ga izoh berdi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
(@TalabaUz) Fanlar majmuasi, baholash mezonlari.pdf
1.5 MB
2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARIga kiritilgan o‘zgartirishlar tasdiqlandi.

Ⓜ️ Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
“Ham aytamiz, ham qaytamiz” deb nomlangan rasm.

Qilish qo’lingizdan kelmas ekan nimaga oldinroq ogohlantirmadingiz? Qanchadan-qancha abituriyentlar ko’zlari to’rt bo’lib kutib o’tirishibdi-ku axir!

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлигининг давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали — vacancy.argos.uz фаолият юритмоқда.

Порталда давлат органлари, ташкилотлари ва маҳаллий ҳокимликлардаги вакант лавозимларга муносиб кадрларни танлаб олиш мақсадида очиқ танловлар эълон қилиб борилади.

Порталнинг Telegram'даги расмий каналида вакант лавозимлар ҳақида ҳар куни хабар бериб борилади. Бўш иш ўринларига электрон шаклда ҳужжат топшириш мумкин.

Порталнинг расмий каналига уланиш — https://t.me/vacancy_argos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Eng yaxshi investisiya bu farzandga tikilgan mablag’ va vaqt

Kecha Tokio-2020 olimpiadasida mamlakatimizga ikkinchi medalni taqdim etgan navoiylik Davlat Bobonov xonadonidan olingan video.

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fanlar majmuasi o‘zgarib qolgani haqida

Yangilangan fanlar majmuasida ayrim yo‘nalishlardagi test fanlari o‘zgarib qolgani kuzatilgan. Jumladan:

5111900 - Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
5111901 - Defektologiya: logopediya
5111902 - Defektologiya: surdopedagogika
5111903 - Defektologiya: oligofrenopedagogika
5111800 - Maktabgacha ta’lim
5112700 - Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi
5510700 - Oliy hamshiralik ishi

Avval ushbu yo‘nalishlarda Biologiya hamda Ona tili va adabiyot fanidan test bo‘lishi belgilangan edi (avvalgi yillarda ham shunaqa bo‘lgan).

Yangilangan majmuada esa Biologiya hamda Kimyo fanlari ko‘rsatilgan.

Ushbu masalada mutasaddilar bilan bog‘landim. Hozir ushbu masalaga aniqlik kiritilmoqda.

Katta ehtimol bilan bu texnik xatolik tufayli yuzaga kelgan. Test sinovlariga bir necha kun qolganda bunday o‘zgarish qilinishi noto‘g‘ri, albatta. Va bunday o‘zgarish bo‘lmasa ham kerak.

Oxirgi ma’lumot aniq bo‘lishi bilan xabar qilaman.

©️ Xushnudbek

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg