Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa bir davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha uzrli sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi.

— Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga o‘tgandan so‘ng, o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq muammolar ham o‘z yechimini topadi.

Ⓜ️ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bahodir Jalolov finalda 🎉

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihoni sabab bir qator avtomobil yo‘llari yopiladi

5 avgustdan viloyatlardagi qaysi qatnov yo‘llarida transport vositalari harakati cheklanishi ma’lum qilindi.

Joriy yilning 5-15 avgust kunlari OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilishi sababli quyidagi hududlarda transport vositalari harakati cheklanadi.

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi "Turon" o‘yingohi hamda Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi tennis korti atrofi;
— Xorazm viloyati, Urganch shahrida "Xorazm" va "Yoshlik" sport majmuasi atrofi;
— Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohi atrofi;
— Denov tumanidagi Tadbirkorlik va pedagogika universiteti o‘yingohi atrofi;
— Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi "Nasaf" futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni atrofi;
— Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi "Buxoro" sport majmuasi, "Umid" futbol o‘yingohi va "Dilkusho" tennis stadioni atrofi;
— Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi "Kimyogar" va "So‘g‘diyona" o‘yingohi atrofi;
— Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi "Lokomotiv", "Nurafshon" futbol o‘yingohi, 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi atrofi;
— Samarqand va Jomboy tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi atrofi;
— Jizzax viloyati, "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi atrofi;
— Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi "Guliston" markaziy o‘yingohi atrofi;
— Namangan viloyati, Namangan shahridagi "Navbahor-Umid" va IIV tasarrufidagi "Dinamo" o‘yingohi atrofi;
— To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Yoshlik" o‘yingohi atrofi;
— Andijon viloyati, Andijon shahridagi Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining asosiy o‘yingohi atrofi;
— Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahridagi FaRDU va "Neftchi" o‘yingohi atrofi;
— Marg‘ilon shahridagi 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohi atrofi;
— So‘x tumanidagi 1-sonli maktab o‘yingohi atrofi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
O'qishni bitirsangu😁😁

Talabalarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
(@TalabaUz) Yakuniy Statistika.pdf
1.1 MB
❗️ Rasman! 2021-2022-o‘quv yili uchun jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 948 211 nafar.

Ushbu faylda universitetlar kesimidagi statistika keltirilgan.

✅ Ta’lim shakllari bo‘yicha:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli – 479 627 nafar;
👉 Sirtqi ta’lim shakli – 435 995 nafar;
👉 Kechki ta’lim shakli – 32 589 nafar.

✅ Tillar kesimida:

👉 O‘zbek tili – 804 660 nafar;
👉 Rus tili – 109 232 nafar;
👉 Qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;
👉 Boshqa tillar – 2 857 nafar.

Izoh: Mazkur statistika yakuniy bo‘lib, unga test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan, ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko‘ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abituriyentlar kiritilmagan.

Abituriyentlar soni 1 mln ham bo‘lmadi!

Ⓜ️ DTM

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
«Korrupsiyaga duch keldim...» — maxsus dastur ishga tushdi

Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirildi.

Qayd etilishicha, internet tarmog‘idagi mazkur eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, ya’ni:

🔹 «Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim»;
🔹 «Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim»;
🔹 «Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim»;
🔹 «Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim» kabi mavzularda yuborish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi va o‘tkaziladigan tahlil natijalariga ko‘ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, eanticor.uz dasturiy ta’minoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Bunda, tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hozirda mazkur tizimda yanada qulayliklar yaratish maqsadida dastur takomillashtirib borilmoqda.

Do'stlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkaziladi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgan test sinovlariga kelgan abituriyentning tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lsa, o‘sha yerdagi SES xodimi hamda Davlat test markazi vakili bilan birgalikda dalolatnoma tuziladi va testga kiritilmaydi.

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabovning bloger bilan suhbatda aytishicha, o‘tgan o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlarida boshqa sabablarga ko‘ra (havo issiqligi, hayajonlanish, yugurib kelish oqibatida) tana harorati oshish holatlari ham kuzatilgan. Bunday vaziyatda biroz vaqt o‘tib tana harorati o‘z o‘rniga tushadi. Agar harorat pasaymasa, bu abituriyent tibbiy tekshiruvga yuborilib, koronavirusga test topshiradi. Virus aniqlangan holda u 14 kunlik karantindan keyin imtihon topshiradi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Va nihoyat bugun kirish imtihonlari boshlandi

Abituriyentlarning imtihon jarayonlarini test2021.uz sayti orqali jonli efirda kuzatib borish mumkin.

Shubhali holatlarni sezsangiz bizning @TalabaUz_MurojaatBot botimizga yuborishingiz mumkin.

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotalari e’lon qilindi

Unga ko‘ra, universitetning o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotasi quyidagicha etib belgilangan:

🔹Mexanika muhandisligi (100 o‘rin)
🔹Kimyo muhandisligi (100 o‘rin)
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin)

Universitetga kirish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar so‘raladi:

– pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);

– umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

– ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);

– Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

Ma’lumot uchun, Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul joriy yilning 15 avgust kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

Avvalroq, Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova universitetda o‘qish uchun aytilgan kontrakt narxi (1 semestrda mahalliy talabalarga 24 mln 850 ming so‘m, xorijiy talabalarga 5 ming dollar) tasdiqlanmagani va hisob-kitob bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori undan ham qimmat bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#bugungi_savollardan

Matematika
2. Mahsulotning narxi ketma-ket ikki marta 25 % dan oshirildi, shunda narx umumiy necha foizga oshadi J:56,25% #2021_2022


3. G'o'lani 4 bo'lakka bo'lish uchun 12 minut vaqt sarflandi , shunday g'o'lani 2 bo'lakka bo'lish uchun qanday vaqt sarflanadi J: 4 minut

Tarixdan
1. Ozbekistondan ilk davlatchilik nechinchi asrda boshlangan

Javob - VII asrdan

Davomi bor...

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#imtihon_savollari

Xorazmdan kelib tushgan savol. (Matematika)

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Aytishlaricha, Kimyo fanidan shu yilgi testlar ekan.

Agar chindan ham shunaqa bo'lsa, "gulla-yashna" bo'layapti😎

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#imtihon_savollari

Tarix fanidan.

1. Buxoro kimni davrida amirlikga aylandi?
2. 2003 yilda qaysi partiya tashkil topdi?
3. Turkiston general gubernatorligiga ruslardan Kim kelgan?
4. Qaysi qabilalar daryo va toğ yaqinida chorvachilik bilan shuğullangan?
5. Movarounnahr ni maʼnosi?
6. Dukchi eshon qaysi qôzğolonda qatnashgan

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#imtihon_savollari

Matematika (kompyuterda yozilgan)

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#imtihon_savollari Matematika (kompyuterda yozilgan) Abituriyentlarga yuboring👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Eslatma

Murojaat botimizga tushayotgan savollarni sizlarga tashlab borayapmiz. Biz aniq bilmaymiz bu savollar shu yilnikimi yoki yo'q.

Abituriyentlarni o'ziga qoldiramiz😊 O'zlari darrov bilishadi)

Qo'shimcha savollar ortiqchalik qilmaydi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#imtihon_savollari

Matematika fanidan (bugungi)

@talabauz_murojaatbot ga kelib tushgan rasm

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Tibbiyot OTMlari uchun o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali belgilandi

Xorijiy OTMlar, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 1️⃣0️⃣0️⃣ ball etib belgilandi. Bu haqda bizga SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Bu 3 baho ham emas, maksimal 2 baho degani.

Ⓜ️ Xushnudbek.uz

🎓 Talabalar rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg