Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Koronavirusga chalingan abituriyentlar diqqatiga!

⏳ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida koronavirusga chalinib, to‘liq sog‘aygan abituriyentlarga qayta test sinovi tashkil etiladi.

📧 Mazkur test sinovida ishtirok etish uchun abituriyentlar yoki ularning vakillari yuqoridagi ariza shaklini to‘ldirib, 16-avgustga qadar covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.

🔖 Bunda ariza bilan birga pasport nusxasi, “Abituriyent ruxsatnomasi” va abituriyent koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/7Z_1mjjuuf1iZjMy
❗️Abituriyentlar diqqatiga

Talabalikka tavsiya etilgani
yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Bu bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarorida ko'rsatib o'tib ketilgan!

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/7Z_1mjjuuf1iZjMy
⚡️Tezkor xabar

SSV: MASJIDLARDA JUMA NAMOZLARINI O‘QISH BO‘YIChA KARANTIN CHEKLOVLARI BEKOR QILINDI

O‘zbekiston Respublikasida ham xorijiy davlatlardagi singari koronavirus infeksiyasidan emlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

2021 yil 13 avgustdan e’tiboran:

📌masjidlarning barcha ishchi va xodimlari (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan taqdirda ushbu masjidlarda juma namozini o‘tkazishga ruxsat berish;

📌masjidlarga juma namozini o‘qish uchun koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lganlar bundan mustasno) to‘g‘risidagi takliflari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’qullandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️9-avgust kungi natijalar e'lon qilindi

Hayajonli daqiqalar.😉

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot
👉 @Oliygoh_bot
👉 mandat.dtm.uz sayti orqali yoki @Imtihon_JavoblariBot ushbu botga /start bosib, rasmda ko'rsatilgan o'zingizning ID raqamingizni yoki QR kodingizni yuborish orqali 👉 @test_natijalari_2021 👈kanalidan natijangizni olishingiz mumkin

Bundan tashqari adminlarimizning lichkasiga ham yuborishingiz mumkin!

@InshaAllah_Qoriy
@TS3MASTER
@Hikmatullo_Karimberdiyev
@muloqotdamasman

Eslatma!!! Faqatgina 9-avgustgacha bo'lgan kunlari imtihonga kirganlarning javoblari chiqqan

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Prezident stipendiyasiga nomzodlar(@TalabaUz).pdf
448.9 KB
❗️Prezident stipendiyasiga nomzodlar soni 52 nafarga yetdi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yangi O‘zbekiston universitetida ta’lim oktabrdan boshlanadi

▪️Kirish imtihonida savollar 8–11-sinf darsliklari asosida, Kembrij universiteti tomonidan tuzilgan, deb ma’lum qildi Prezident ta'lim muassasalari agentligi qoshidagi "Yangi O'zbekiston" universitetini tashkil etish departamenti boshlig'i Samariddin Shamsiyev.

“Kimyo muhandisligi” yo‘nalishida kimyo va matematika, “Mexanika muhandisligi” va “Dasturiy ta’minot muhandisligi” yo‘nalishlarida esa fizika va matematikadan imtihon bo‘ladi. Har bir fanda 40 tadan savol bor. Ajratilgan jami vaqt – 1,5 soat.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
EGIZAK OMAD

Navoiy viloyat Zarafshon shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 2-umumtaʼlim maktabi bitiruvchilari, egizaklar oliy taʼlim muassasasiga kirish testida qatnashib, Husan Ergashev 189 ball, Hasan Ergashev 186,9 ball toʻpladi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
❗️2021-yil 1-sentabrdan boshlab:

➖ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular texnikum, kollej, akademik litsey yoki oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi;

➖ o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining nodavlat ta’lim tashkilotlarining xorijiy tillar, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshiriladigan 2 ta fan, oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va o‘zlarining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda boshqa mos yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarida o‘qish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi;

➖ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalarida davom ettirganda ularga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanadi;

➖ yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ro‘yxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili amaliyot o‘tashi tashkil etiladi;

➖ texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘z tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va maskanlarida kasb-hunarga o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi..
Manba:@eduuz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Sinib qolmang, kelajak bizniki!
Ⓜ️ MFaktor

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ RASMAN: Ertadan ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlanadi.

Ertadan ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikda o'qish istagini bildirganlar uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanadi.

Ikkinchi mutaxassislikda kirish imtihonlari bo'lmaydi. Grant asosida ta'lim olganlar ikkinchi mutaxassislikka topshira olmaydi.

Bu haqida vazirlik o'tkazayotgan ovozli chatda aytildi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qabul2021
❗️ Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi

✅ 2021-yil 10-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 10-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

❗️Mandat javoblarini mandat.dtm.uz saytidan qanday ko'rish mumkin?👇

Batafsil: https://youtu.be/R1HsEOB1Xqc

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TAKRORLASH – XOTIRANING ONASI

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, inson miyasi kun davomida milliardlab ma’lumotni qabul qilar ekan. Ularning faqat ma’lum qismi xotirada saqlanib qoladi. Ayniqsa, siz ko‘rib, eshitib hamda yozib olgan ma’lumotlar keyinchalik eslashingizda qo‘l keladi.

Yangiliklar ortidan quvib yashang! Xotirani rivojlantirishning eng qulay usullaridan biri doimo yangiliklarni miyada saqlashdir. Agar chet tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, tizimga oid yangiliklardan boxabar bo‘ling. Hamisha sohangizga doir qaynoq yangiliklarni o‘rganib borsangiz, ularni avvalgisi bilan solishtirish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa xotiraning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.

Takrorlash – xotiraning onasi. Siz o‘rgangan ma’lumot hech kimni qiziqtirmasa ham, uni kimgadir o‘rgatishdan charchamang. Bu jarayon xotirada ma’lumotning mustahkamlanishini ta’minlaydi. Sizni tinglovchilar va suhbatingizga qiziquvchilar qanchalik ko‘paysa, miya faoliyati imkon qadar yaxshilanadi.

Tilimning uchida turibdi... Ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, siz bilgan ma’lumot kerakli paytda yodingizdan ko‘tariladi.
Shunda ko‘pchilik «tilimning uchida turibdi», deydi-yu, eslay olmaydi. Bu paytda o‘sha ma’lumotlarga tegishli boshqa voqea-hodisani va ta’riflarni yodga oling. Shundagina ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz.

O‘rganishning turli usullaridan foydalaning. Odatda insonlar ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganuvchilar toifalariga bo‘linadi.

Misol uchun, bir xil axborotni uch kishi uch usulda qabul qiladi. Bu o‘zlariga qulayini tanlaganliklari uchundir. Siz ham o‘zingizga qulay bo‘lgan yana biron usulga hamroh bo‘lsangiz, esda saqlash yanada osonlashadi.
Mashqlarni bir vaqtning o‘zida bajarmang.

To‘g‘ri, siz xotirangiz sira pand bermasligini xohlaysiz. Lekin har narsaning me’yori bor. Ya’ni barcha tavsiyalarni bir vaqtning o‘zida bajarish miyangizga aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har bir mashqdan so‘ng kamida ikki soat boshqa yumushlar bilan mashg‘ul bo‘ling. Kitob mutolaa qiling yoki sayr qiling. Bu orada yana bir mashqni bajarishga urinmang.

Yuqorida berilgan tavsiyalarga hamisha amal qilib borsangiz, o‘ylaymizki, xotirangiz sira pand bermaydi. Muhimi, o‘zingizda ishonch hosil qilingki, u mukammal xotira egasi bo‘lishingizga ko‘maklashsin.

"Fenomenal xotira" kitobidan

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

🔰 2021/2022-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida oʻqishini koʻchirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Ayrim arizalar maʼlum bir sabablarga koʻra rad etildi.

🔚 Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning
SOʻNGGI MUDDATI 2021-yil 13-avgust kuni soat 23:59.

❗️Ushbu muddatdan soʻng arizalarni tahrirlash imkoni boʻlmaydi.

‼️Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KOʻRIB CHIQILMAYDI.

☝️Roʻyxatdan oʻtgan barcha talabalar (fuqarolar)dan oʻzlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (roʻyxatdan oʻtishdagi login va parol orqali), arizalarining koʻrib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari soʻraladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Audio
🎶Institutga qaytgim keladi😕

Offline (an'anaviy) o'qishni sog'ingan talabalar nomidan😁

🎓 Talabalar rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZEVgruNIKRcA
❗️ Texnikumlarga qabul boshlandi. 10-sentabrga qadar davom etadi

Kasb va mutaxassisliklarni egallash istagida boʻlgan shaxslar shu jumladan 11-sinf bitiruvchilari 2021/2022-oʻquv yili uchun vazirlik va idoralar tizimida boʻlgan texnikumlarga 2021-yil 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar (10-sentyabr kuni ham) oʻqish uchun hujjatlarini ONLAYN topshirishlari mumkin.

2021-2022-oʻquv yili uchun texnikumlarga www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali abituriyentlar 103 tadan ortiq kasb va mutaxassisliklar boʻyicha hujjat topshirishlari mumkin boʻladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Aytishlaricha, 10 daqiqadan keyin IMTIHON NATIJALARI chiqib qoladi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qabul2021
❗️ Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi

✅ 2021-yil 11-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 11-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot
👉 @mandat_2021bot
👉 @mandat2021_1_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

❗️Mandat javoblarini mandat.dtm.uz saytidan qanday ko'rish mumkin?👇

Batafsil: https://youtu.be/R1HsEOB1Xqc

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
@Xushnudbek Xudoyberdiyev abituriyentlarning joyini egallamay deb atayin past ball to'plab chiqibdilar😃

Abituriyentlarga yuboring
👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
✨ Kunlarning sultoni Sayyidul ayyom, hajjul masokin yana bir juma kuniga nasib qilgan Alloh taologa hamdu-sanolar bo‘lsin!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg