Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ Mandat.dtm.uz saytida server uzilishlari boshlandi😍

Bu aslida yaxshi abituriyentlar uchun). Demak, mandat onlari yaqin.

Yana ishlab ketdi.

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mandatni kutayotgan abituriyentlarga bag'ishlanadi😁😁

Chindan bu ketishda tomimiz ketib qomasa bo'ldi😭

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Audio
"Mandat qachon chiqadi?" deb ko'plab savollardan DTM ma'sullarini asabi bardosh berolmay hammaga "hali aniqmas, tasdiqlangani yo'q" deb javob beryaptimi?

Qoyil-e bitta imzoni qo'yish shunchalik muommomi? 😒

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Toshkentda kinematografiya sohasida xorijiy OTM filiali tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–5238-son, 28.08.2021 y.) bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi

🏢 Qarorga ko‘ra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

🗓 Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

☑️ Taʼlim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.

🔰 Quyidagilar Filialning asosiy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:

👉 Dramaturgiya;
👉 Prodyuserlik (turlari bo‘yicha).

✅ Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi.

🧾 Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.

💼 Filialda davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Ichki «perevod»larning javobi chiqdi. Ariza topshirgan bo'lsangiz, transfer.edu.uz saytini tekshirib ko'ring.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan hatto Google tabriklayapti, DTM dan esa sado yo'q.

Bayramingiz bilan!!!

Bilaman hozir ko'nglingizga bayram siqmaydi)) Nima bo'lsayam peshonada borini ko'rasiz!

Ko'ngilni to'q qilib orom oling!!!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1991-yil 31-Avgust O'zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan
mustaqillik kuni e'lon qilinayotgan lahzalar

Islom Karimov bir asrlik mustamlaka davrini boshdan kechirgan O'zbekistonni
hurriyat sari boshlab, davlat mustaqilligini e'lon qilayotgan tarixiy damlar muhrlangan kadrlar

Mana bugun shu kungayam 30 yil bo'libdi. Hammamizga MUSTAQILLIK bayrami muborak bo'lsin azizlar

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021_2022
#Fargona_soliq_texnikumi

Davlat soliq xizmati organlari safida ishlashni hohlovchi shaxslar shu jumladan 11-sinf bitiruvchilari diqqatiga!!!
Farg‘ona soliq texnikumida 2021-2022-o‘quv yillari uchun qabul jarayonlari boshlanganini e'lon qilamiz!
Qabul jarayonlari joriy yilning 10-avgustidan 10-sentabriga qadar
www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali ONLAYN TARZDA amalga oshiriladi.

Tanlanganlar safida bo‘lishga SHOSHILING!

Telefon: +998732411149

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Mandat kechikdi rosa
Dardni ichga yutamiz
Ne boʻlarkin hulosa
Sabr bilan kutamiz

Asablari toq doʻstim
Chidaymizda netamiz
Bardoshimiz togʻ doʻstim
Sabr bilan kutamiz

Kutmoq vaqti zikr qil
InshaAlloh yetamiz
Shukrlar ayt fikr qil
Sabr bilan kutamiz

DTM dan yoʻq darak
Biz kutamiz jonsarak
Shu bugun chiqsa kerak
Sabr bilan kutamiz

Sabr soʻnggi gʻalaba
Lahza sanab yutamiz
INSHAALLOH TALABA
Sabr bilan kutamiz

📝 Madinabonu Tojiqulova
@Talabauz kanali uchun

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bugun ham mandatni uxlamasdan kutadigan abituriyentlar diqqatiga!

Bugun ham chiqmaydiganga o'xshayapti. Shu sababdan orom oling.

#rasman bugun mandat chiqarkan degan gap so'zlarga ishonmay, ko'nglingizni keng qilib dam oling...

Va'daboz DTM hech qachon so'zida turmagan😉😉

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shop shop bobolarim! Naqadar sehrli so‘z?!

Kimnidir uyida o'roq bo'lsa, mandat tezroq chiqishi uchun shu usuldan foydalanib ko'ringlar😭

O‘roq ham bilmasa kerak bunday hususiyati borligini 😂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌Bugun-2 sentabr. 1993 yilning joriy sanasida lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosining o‘zgarishi haqida qonun imzolandi.
Qonunga muvofiq alifbo 26 ta harf, 3 harf birikmasi( ng, sh, ch) va 1ta apostrofdan iborat.

📌Сегодня-2 сентября. В 1993 году был подписан закон об изменении узбекского латынского алфавита. По закону алфавит состоит из 26 букв, 3-х буквенных сочетаний (нг, ш, ч) и 1 апострофа

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
#mandat
#abituriyentdan

Abituriyentning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mandat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...😉😂

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

🤪🤪 Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

🤪 Alpomish mandatni ushlab hey menga qara deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Va'da berib kechikasan, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam... 🤣🤣🤣

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...

Mandatni kutayotgan abituriyentlarga yuboramiz😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ DTMni ham yaxshi tushunaman, yemagan somsaga pul to‘lash qiyin.

Menga hozirgi tizimning ko‘p jihatlari yoqmaydi. Avval ham aytganman, yana qaytarishdan charchamayman, ta’limda hamma narsani markazlashgan holda nazoratda ushlashga harakat qilish, eng mayda narsadan kattasigacha bitta odam tasdiqlashini kutish — bugungi zamonaviy ta’lim tizimiga mutlaqo teskari. Bunaqa tizimdan qancha tez qutilsak, shuncha yaxshi.

Bu gaplarim kimgadir yoqsa-yoqmasa ham, men bilgan haqiqat shu. Lekin qiziq joyi shundaki, hammaning o‘z haqiqati bor, hamma o‘zining haqiqatini eng to‘g‘risi deb biladi.

Ⓜ️ Xushnudbek

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum tashkil etiladi

“Oliy, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘rtasida ta'lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:

— oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum tashkil etiladi;
— turdosh OTM hamda asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq tashkilotlariga 213ta texnikum biriktiriladi;
— Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga o‘tkaziladi;
— texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv-me'yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
— OTMlar o‘zlariga biriktirilgan texnikumlarni o‘quv-metodik hujjatlar bilan ta'minlaydi.

2022/2023 o‘quv yilidan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

— texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
— OTMga o‘qishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar bo‘yicha bepul o‘qitish.

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Audio
❗️DTMdagilarning aytishicha, bugun ham mandat e'lon qilinmaydi.

Bu yerda boshqa bir gap bor shekilli. DTMdagilar ham ataylab xalqni qarg'ishiga qolishni istashmasa kerak...

Yo komissiya a'zolaridan biri qo'l qo'ymay yallo qilib yuribdi yoki DTM saytida texnik ishlar olib borilyapti.

Yana bir taxminimiz bor... Adashmasak, ko'pchilik tushundi. Ishqilib bu taxmin to'g'ri bo'lib chiqmasin!

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ OTMlarning bakalavriatiga oxirgi imtihon 16-avgust kuni tugagan. Bugun – 2-sentabr, imtihon tugaganiga 17 kun bo‘ldi. Bu yilgi abituriyentlar oldingi yillarga qaraganda ko‘proq kutishyapti.

Oldingi yillarda abituriyentlar mandatni necha kun kutishgan?
▫️2020-yilda – 12 kun;
▫️2019-yilda – 9 kun;
▫️2018-yil – 1 kun (bu yil OTMlarga alohida-alohida imtihon bo‘lgani uchun javoblar darrov chiqqan).

Vazirlar Mahkamasi va Prezident qaroriga ko‘ra, aslida, javoblar imtihon o‘tgach, 1 haftadan so‘ng chiqishi kerak edi. Tana harorati yuqori va koronavirus yuqtirgan abituriyentlar uchun 23-avgustda imtihon o‘tkazilgani hisobga olinsa ham, (so‘nggi imtihon kuni deb qaralsa) qonun bo‘yicha oxirgi kun 30-avgust edi. Mandat har qanaqasiga kech qolyapti.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Oʻzbekistonda 19 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalari rasmiy litsenziyaga ega (roʻyxat)

✅ Yangi oʻquv yili oldidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish va ishonchli maʼlumot taqdim etish maqsadida Taʼlim inspeksiyasidan litsenziya olgan nodavlat oliygohlar roʻyxati eʼlon qilinmoqda.

Batafsil ma'lumot 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🐑🐄🐐 Qo‘ylar och qolib ketdi, mandatni chiqaringlar!

Abituriyentlar DTM operatorlarini asabiga nagliy tegishni boshlashdi.

Mandatni dastidan xattoki qo‘y-qo‘zilar xam qiynalib ketishdi. Chiqaringlar-e, noinsoflar!

Mandatni kutayotganlar kanali 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg