Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ta’tilda vaksinaning 1-dozasini olgan talaba 2-doza uchun yashash joyiga borishi kerakmi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ma’lum qilishicha, talaba vaksinani OTMsi biriktirilgan poliklinikada ham olishi mumkin.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Uxlamaganlar bormi?🤚

- 6 yarim daqiqa vaqtingizni ajratolasizmi?

- Shunchaki diqqat bilan eshiting, tafakkur qiling!

Fikr va mulohazalaringizni kommentariyada qoldiring!!! (Bu muhim)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Ijara mavsumi: talabalar uchun sinovli kunlar boshlandi

Ta'lim olaman, kelajagimni quraman deb viloyatlardan minglab yoshlar azim poytaxtni qora tortib keladi. Oliygohga qabul qilinganini eshitgan talabaning kayfi chog‘, eng kamida vazir bo‘lishni niyat qiladi-da. Ammo Toshkent bo‘lajak vazirlarni kulib qarshi olmaydi, talaba buni tunashga boshpana topolmagan ilk kunidayoq his qiladi...

Toshkentda biror tanishi bo‘lmagan 1-bosqich talabasi poytaxtga bir to‘da yuklari bilan keldi. U bu kecha qayerda tunaydi? Tabiiyki, oliygoh hech qachon 1-bosqich talabasini darrov yotoqxonaga qabul qilmaydi. Qo‘shimchasiga u kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa. Ustiga-ustak, yotoqxonaga «temir daftar»da turuvchi va oilada birdan ortiq kontrakt asosida o‘qiydiganlar qabul qilinadi. Yotoq yetmaganlar otang bozor, onang bozor, deb uy bozoriga yo‘l oladi.

* Toshkentning «o‘gay bolalari». Talabalar nega ijaraga qo‘yilmaydi?

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Fors va Rum imperiyalari 700 yil davomida 1000 martadan ko‘proq o‘zaro jangu jadal qilib biri-biridan g‘olib kelmagan.

So‘ngra esa Xolid ibn Valid roziyallohu anhu kiyimlari yupun, lekin Allohga haqiqiy iymonlari bo‘lgan askarlari bilan keldi va har ikkisini 4 yilda mag‘lub etdi.

Fors 15 ta ma’rakada yakson bo‘ldi, Rum bo‘lsa 9 ta ma’raka bilan mag‘lub etildi. Tarixdagi eng yirik ikki imperiyaning 200 ming kishilik qo‘shini 12 hijriy sanada Xolid ibn Validdek lashkarboshining 10 ming kishilik qo‘shini tomonidan tor-mor etilgan edi.

Qo‘rqoqlarning ko‘zi aslo uyqu topmagay!

Ⓜ️ arabic.uz

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​😳 36% абитуриентлар 56,7 балл ҳам тўплай олмаган

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтидаги очиқ маълумотларига кўра, жорий йилда 892 минг 710 нафар абитуриент тестга кирган.

Минг афсуслар бўлсинким, уларнинг 319 минг нафари (35,8%) ўтиш балининг энг қуйи чегараси бўлган 56,7 бални ҳам тўплай олмаган. Бу даҳшат!

Энг ёмон кўрсаткич, Тошкент вилоятида (39,1%), нисбатан яхшироқ натижа Тошкент шаҳрида (29,5%) қайд этилган (пастдаги жадвалга қаранг).

56,7 балл — бу тўплаш мумкин бўлган энг юқори 189 балнинг 30%и дегани. Яъни абитуриент ҳеч бўлмаса 30% билимга эга бўлса, ушбу кўрсаткични тўплай олади. 30% билим эса рейтинг тизимидан қиёс олсак, ҳатто 2 баҳо ҳам эмас! 1 баҳо десак тўғри бўлар балки.

Яъни 2 баҳога ўқиганлар ҳам тахминан 35-55% натижа кўрсата олиши керак.

Тасаввур қиляпсизми, яқин ўртада мактабларимизни тугатган абитуриентларнинг 36% фоизи, аниқроғи 319 минг ёшлар (балки орасида кам сонли ёши катталар ҳам бордир) фанларни 2 баҳога ҳам билишмайди.🤦‍♂️

❓56,7 балл тўплаш шунчалик қийинми? Нечта саволга тўғри жавоб бериш керак эди?

Ушбу бални олиш учун қуйидагича жавоб бериш кифоя эди:

Мажбурий блокдаги 10 та саволдан 5️⃣ тасига;
Мутахассислик блокидаги 20 та саволдан 4️⃣ тасига.

Шунда 56,7 балл олиш мумкин эди. Кечирасизлару, бунинг нимаси қийин?

Мажбурий блокдаги саволлар ўта ва ўта осон даражада бўлса, мутахассислик блокидаги саволларга эса ҳаммасини битта ҳарф, масалан "А" қилиб белгиласа ҳам 4 тадан ошиқ чиқса, наҳотки 319 минг абитуриентлар шуни ҳам эплай олмаган? Бу даҳшат эмасми?

Ёшларни гапиртирса, дарров «ота-онам камбағал, шароитимиз йўқ, репетиторга пулимиз етмайди», деб гап бошлайди ва айбни осонгина отасига тўнкаб қўя қолади. Ваҳоланки, ҳеч бўлмаса 2 баҳо даражасида ўқиш учун репетиторга бориш шартмас. Озгина қўлига китоб олса, салгина кўнглида хоҳиш бўлса етарли эди.

Тез орада жорий йилги кириш баллари ҳақида ҳам таҳлилларимни эълон қиламан. Унда ҳам кўриш мумкинки, кириш баллари анчайин паст, Ўзбекистондаги барча йўналишларнинг 70%ида кириш бали 100 балдан паст бўлган. Бошқача айтганда 100 балл тўплай олган абитуриент 2720 та йўналишга кира олар эди. Демак, ўқишга кириш аслида қийинмас, шунчаки оммавий билимсизлик бизни қамраб олган. Бу ҳақда ҳали яна батафсил гаплашамиз.

Рақамлардан кўриниб турибдики, абитуриентларнинг умумий билим даражаси анча паст. Йиллар давомида таълимнинг ташлаб қўйилгани, бугун ўзининг салбий «мевасини» бермоқда. Бу бизни кўпроқ ташвишга солиши, халқ таълими тизимига бор кучимизни, маблағимизни аямасдан ташлашимиз кераклигини англатади.

❓Сизнингча, нега билим даражамиз хавотирли даражага келиб қолди? Ўқувчиларнинг катта қисми энг элементар ва содда билимларни ҳам билмаслигига сабаб нима?
Ⓜ️ Xushnudbek

Дўстларингизга улашинг👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📌 O'zbekiston hududida talabalar stipendiyasi qancha?

3 va 4 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 517 880 so'm
5 bahoga o'zlashtirgan talabalar uchun - 621 456 so'm

Shuningdek faol va baholari 4 , 5 bo'lgan talabalarga qo'shimcha 50 foizgacha stipendiya berilishi belgilangan.

Davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar umumiy fanlarining 30 foizi va undan ko'prog'i 3 baho bo'lsa 1 semestr stipendiya olmaydi. Ya'ni 10ta fandan 3tasi 3 baho bo'lsa stipendiya olmaydi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish

Hozirda abituriyentlar, talabalar hamda ularning ota-onalari tomonidan Davlat test markaziga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha minimal o‘tish bali, o‘tish balidan past past ball to‘planganda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kabi turli masalalarda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tabaqalashtirilgan to‘lov-konrakt miqdorini belgilash va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim muassasasining bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holdagi takliflariga (qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha) binoan Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati inobatga olinib amalga oshiriladi.

Shu sababli tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar Davlat test markaziga emas, balki oliy ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.

Shu o‘rinda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar va ularning ota-onalarini mazkur masala yuzasidan Davlat test markaziga yuborish o‘rniga qonunchilik asosida kerakli tushuncha va ma’lumotlarni berishni tavsiya qiladi.

Ⓜ️ Davlat test markazi

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkW
📗 She'r yodlash xotirani rivojlantirish uchun ajoyib mashq, eng muhimi kattalar uchun ham!
#tavsiya

Oxirgi marta qachon she'r yodlaganingiz esingizdami?

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkW
🤩1
❗️ Abituriyentlar diqqatiga !!!

2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#toylar_muborak

Bugun Talaba.uz | Rasmiy kanal | admini uylanyapti.
Hamma talabalar, abiturientlar hamda kanalimizning boshqa aʼzolariga tanish bo'lgan adminimiz Nodirbek Ashurov sizni bugungi unutilmas quvonchli baxt to'yingiz 🤵👰 bilan butun auditoriya nomidan tabriklab qolamiz.

BAXTLI TAXTLI BO'LINGLAR
❗️ Talabalar assotsiatsiyasi talabalar muammolarini tizimli hal etishda o'z hissasini qo'shmoqda.

Yaqinda Jizzax davlat pedagogika institutida perevod qilayotganlar hujjatini olish uchun kunlab navbatda turgani haqida YQQ kanali yozgan edi.

Ushbu masalaga O'zbekiston talabalar assotsiatsiyasi faollari e'tibor qaratib, muammoni tizimli hal etish uchun JDPIga borgan.

Boshqa OTMlarda ham shu muammo kuzatilayotganligi sababli ularni ham hal etish rejalashtirilmoqda.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Akademik_litsey

📌 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarini topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) 2021-yil 22-sentabr kuni vazirlikning litsey.edu.uz va oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali eʼlon qilinadi.

Ⓜ️ OO’MTV

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Taʼlim sifatiga hozirdan eʼtibor berishimiz shart

© Umidjon Ishmukhamedov

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Super_kontrakt

❗️ Abituriyentlar diqqatiga !!!

🔥2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021-yil 1-oktabr kuni etib belgilandi.

💥Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1-oktabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari so‘raladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​​Qahva, asal va sous — sovitkichda saqlash kerak bo‘lmagan 15 mahsulot
(Barchaga tavsiya)

Sovitkich ilk bor 1913-yilda paydo bo‘lganiga qaramay, ko‘pchilik hali ham qanday mahsulotlarni unda saqlash kerakligi, qaysilarini esa qo‘yishga hojat yo‘q ekani haqida ma’lumotga ega emas.

Avokado

Xona haroratida saqlansa, tezroq yetilgani sabab ham sovitkichda saqlash tavsiya qilinmaydi.

Rayhon, petrushka va kashnich

Ushbu ko‘katlarni gul singari suv solingan idishga qo‘ygan yaxshi.

Qizil bulg‘ori

Tarangligini yo‘qotishi va bo‘shashib qolishi mumkinligi sabab ham sovitkichda saqlamagan ma’qul.

Bodring

Sovitkichda saqlangan bodring sersuv bo‘lib qoladi. Agar juda ham saqlagingiz kelsa, quruq turadigan konteynerga solib, keyin sovitkichga qo‘ying.

Konservalangan mahsulotlar

Marinadlangan bodring, pomidor va boshqa konservalangan mahsulotlarni sovitkichga qo‘yishga hojat yo‘q. Shkafda saqlasangiz ham bo‘ladi.

Piyoz va sarimsoq

Sovitkichda namlikni o‘ziga tortgani sabab ham piyoz va sarimsoqni quruq hamda qorong‘i joyda saqlash kerak. Faqat usti yopiq va yonida kartoshka bo‘lmasin.

Kartoshka

Sovitkichda tez aynib qolishi mumkinligi tufayli qog‘oz paketga solib quyosh tushmaydigan yerda saqlagan yaxshi.

Banan

Yaxshilab yetilishi uchun bananlar xona haroratida saqlanishi kerak.

Mevalar

Ta’mi o‘zgarmasligi uchun quruq va qorong‘i yerda saqlagan ma’qul.

Sitruslar

Alohida konteynerda saqlang va ayniganini darhol olib tashlang.

Souslar

Achchiq, soyali souslar va ketchupni bir oy davomida xona haroratida saqlasa bo‘ladi. Yeyishga ulgurmay qolganingizdagina sovitkichga qo‘yganingiz yaxshi.

Yeryong‘oq yog‘i

Yeryong‘oq yog‘ini sovitkichdan tashqarida 3 oygacha saqlasa bo‘ladi.

Asal

Turli qo‘shimchalarsiz tabiiy asal bo‘lsa, sovitkichdan tashqarida ham saqlasangiz bo‘ladi.

Shokolad va qahva

Ta’mi o‘zgarmasligi uchun qorong‘i va quruq joyda saqlash kerak bo‘ladi.

Baqlajon

Xona haroratida baqlajonlarni bir necha kun davomida saqlash mumkin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

✅ JAVOB:
Ha, xuddi shunday.

2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana shunday qoida belgilab qoʻyilgan.

Yaʼni texnikumlarda oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha KIRISH IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

Texnikumlarda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshi odamlar!

Yaxshilik qilish uchun imkon yoki fursat kutib o‘tirilmaydi. Xohish bo‘lsa, har qadamda yaxshilik imkoni bor. Bir yaxshilik uchun ixlosga qarab o‘n hasanadan yetti yuzgacha beriladi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg