Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❓Texnikumni bitirganlar OTMlarga imtihonsiz 2-kursga talabalikka qabul qilinadimi?

✅ JAVOB:
Ha, xuddi shunday.

2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5812-son Prezident farmoniga muvofiq ana shunday qoida belgilab qoʻyilgan.

Yaʼni texnikumlarda oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha KIRISH IMTIHONLARISIZ yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-KURSDAN oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

Texnikumlarda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda davlat buyurtmasi yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqish mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshi odamlar!

Yaxshilik qilish uchun imkon yoki fursat kutib o‘tirilmaydi. Xohish bo‘lsa, har qadamda yaxshilik imkoni bor. Bir yaxshilik uchun ixlosga qarab o‘n hasanadan yetti yuzgacha beriladi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️​​Kontrakt to‘lashning so‘nggi muddati qachon?

✅ Xabaringiz bo‘lsa kerak, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from 🎓 STUDY INFO | Chet elda o'qish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓Sizda talaba bo'lish istagi hali ham bormi?? Endi bu qiyin emas, Siz imtihonsiz talaba bo'lasiz!

🌍 "STUDY INFO" kompaniyasi
Chet el Universitetlarida o'zingiz qiziqqan yo'nalishlarda suhbat asosida talaba bo'lish imkonini beradi
🇰🇿Qozog'iston 🇷🇺Rossiya
🇰🇬Qirg'iziston
🇹🇯Tojikiston

▪️Moliya va Iqtisod, ▪️ Neft va Gaz
▪️Tibbiyot ▪️ Turizm
▪️IT sohalari ▪️ Arxitektura
Kabi, 100 dan ortiq yo'nalishlar
✅ QULAYLIKLAR
: Imtihonlarsiz.
: Ortiqcha hujjatlarsiz,
:Katta chegirmalar bilan!! 🔥
: Qonuniy va Ishonchli tarzda

Rasmiy filiallarimizga tashrif buyuring, yoki ✅
ONLINE RO'YXATDAN O'TING
☎️Bizga murojaat qiling,
Viloyatlar bo'yicha ''Call Center'' larimiz;

Asosiy ma'lumotlarni "STUDY INFO" bosh ofisi orqali olishingiz mumkin..
☎️
+998555000115
🟢 Online Murojaat 👩🏻‍💻

Telegram|Insta |WEB|TikTok |YouTube
​​​​❓Byudjetga kirdim, boshqa yoʻnalishga kontraktga oʻzgartira olamanmi?

❌JAVOB: Yoʻq, oʻzgartira olmaysiz.

Xullas, endi hech narsani oʻzgartira olmaysiz. Qaysi yoʻnalishga grantga kirgan boʻlsangiz, oʻsha yerda grantda, kontraktga kirgan boʻlsangiz, oʻsha yerda kontraktda oʻqiysiz.

Hujjat topshirayotganda oʻz shaxsiy tanlovingizni qilib boʻlgansiz, endi bunga oʻtsamchi, endi unga oʻtsamchi, degan savollardan foyda yoʻq.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Har yili 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi

Hukumat qarori (577-son, 17.09.2021 y.) bilan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🎓 Nizomga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.

☑️ Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitiladi.

Bunda talabgorlarning keyingi o‘quv yillari uchun ta’lim kreditlari rasmiylashtiriladi. Hokimliklar o‘z hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularni ish joyi bilan ta’minlaydi.

🔰 Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

👉 otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;
👉 boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollar.

Bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ijtimoiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani har yili 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga taqdim etadi.

📝 Davlat OTM 5 kun mobaynida ro‘yxatni shakllantirib, hokimliklarga yozma ravishda ma’lumotlarni yuboradi.

🧾 Shunga ko‘ra, Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi 15 kunda (lekin har o‘quv yilida 15 sentyabrdan kech bo‘lmagan muddatda) talabgorlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni davlat OTMga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.

📌 Mazkur tartib to‘lov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzni, sirtqi, kechki ta’lim shaklidan qat’i nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2-4 kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qo‘llaniladi.

🚫 Quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;
➖ O‘zbekistonda joylashgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga;
➖ oliy harbiy ta’lim muassasalariga.

❕Talabgorlar joriy o‘quv yili davomida OTMni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan foydalanib bo‘lmaydi.

✅ Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali e’lon qilinadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil

​​TALABA

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan- kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3tabaqaga bo‘linadi:
1 Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2 Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3 Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...
😂😂

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kitob oʻqishning oʻn foydasi

1. Kitob oʻqish insonning suhbat qilish qobiliyatini oʻstiradi.
2. Oʻqish insonlar bilan muloqot qurishga yordam beradi.
3. Kitob oʻqish oʻziga ishonchni kuchaytiradi.
4. Oʻqish ruhiy toliqish va tushkunlikka tushishning oldini oladi.
5. Kitob oʻqish xotirani charxlab, fikrlashni rivojlantiradi.
6. Kitob oʻqish alsgeymer kasalligining oldini oladi (alsgeymer — miya hujayralarining nobud boʻlib, aqliy salohiyatining pasayib borishi).
7. Kitob insonni yoshartiradi.
8. Kitob oʻqish insonning ijodkorligini oshiradi.
9. Kitob oʻqish uyquni yaxshilaydi.
10. Kitob oʻqish diqqat-eʼtiborni jamlashni yaxshilaydi.
© Abdulaziz Muhammad

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️“Odamlar chet elga borib pul toʻlab universitetga kiryapti, oʻqishga bormayapti ham, bir yildan keyin bizdagi nufuzli universitetga oʻqishni koʻchirib oʻqiyapti. Bu qancha oʻqib, bir ball, yarim ball yetmay oʻqishga kira olmaganlarga nisbatan adolatsizlik-ku. Keyin ayrim talabalar domlalar bilan baho talashib, uning ustidan yozib, shantaj qilib baho olib ketyapti. Unaqa boʻlmaslik kerak. Oʻqish bunchalik oson boʻlmasligi kerak, unga kirgandan keyin mehnat qilib oʻqish lozim. Xorij universiteti talabalarini qarang, imtihonlarni topshirolmay, hatto orasida oʻz joniga qasd qilganlari ham bor. Biz unday darajaga olib borishni istamaymiz, ammo talaba va domlalar munosabati uygʻun va muvozanatli boʻlishi kerak. Talaba avvalo oʻqishi, keyin talab qilishi lozim” – Adliya vaziri Ruslan Davletov

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Islom bilim yurtlarida oylik maoshlar va stipendiyalar 2 barobar oshiriladi

▪️20-sentabrdan moliyaviy qiyin vaziyatga tushib qolgan masjid xodimlariga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️Super kontrakt to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

✅ Xabar berilganidek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan

Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

✅ Ushbu tizim:

➖ ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish;

➖ jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

➖ elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

➖ toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

‼️ Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
YUNISEF: O‘qish xarajatlari o‘zbek talabalarida stress va chorasizlik hissini uyg‘otmoqda

▪️O‘zbekistonda ko‘plab talabalarda ta’lim bilan bog‘liq xarajatlar stress va chorasizlik hissini chaqiradi. Bu xarajatlar – repetitorga borish, pora berish, OTM kontraktlari...

Bu – YUNISEFning “Yuksalish” umummilliy harakati va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqoti xulosalaridan biri. Tadqiqotda 4458 nafar o‘zbekistonlik yoshlar qatnashgan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 RASMAN: Yoshlarni qo'llab-quvvatlash loyihasi 2 yoshga to'lishi munosabati bilan MEGA KONKURSimizga start berildi.

Konkurs g'olibiga Samsung Galaxy A32 📱 Smartfoni beriladi. Shuningdek boshqa ishtirokchilarga qimmatbaho ham 🎁 sovg'alarimiz bor.

Konkurs shartlari juda oddiy:

5ta homiyimizning kanaliga obuna bo'lasiz va @YQQKONKURSBOT bergan unikal havolangizni do'stlaringizga yuborib ularni taklif qilasiz.

G'oliblar 26-sentabr 21:00da aniqlanadi!

Hoziroq boshlang 👉 @YQQKONKURSBOT
Ham kulguli, ham achinarli....

Talabalar ertagi: O'rganish juda muhim bo'lgan narsa!

1 - kurs: ehhee hali 4 yil bor ulguraman!
2 - kurs: endi sal erkinlikka chiqdim o'ynab kulvolay!
3 - kurs: 1 yilda tog'ni talqon qilsa bo'ladi, keyingi yil...
4 - kurs: ( endi sal "aqlli" inson) hamma ishga borib o'rganadi. Nazariyot boshqa, amaliyot boshqa!☝️
ISHDA: 4 yil o'rganmagan endi o'rganamanmi? Yaxshisi choy damlab kelib yuraveraman...!

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kitoblar bizga faqatgina o'zga insonlarni, insoniyatni emas avvalom bor o'zimizni o'zimizga o'rgatadi.

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣OLIY MA'LUMOTSIZ DAROMADLI ISH💰

Bor yo'g'i 4 oy ichida!⏱

Buxgalteriya noldan balansgacha 📚
1C 8.3 programmasi 👨‍💻👩‍💻
Diplom 🧧
Hamda yaxshi ishga joylashish
imkoniyati 💻🎊


Siz biz bilan 4 oyda nimalarni o'rganasiz?
1. Korxona qanday ochiladi va qanday xujjatlar rasmiylashtiriladi✅
2. Buxgalteriya xisobi fani✅
3. 1C 8.3 programmasi✅
4. Xisob varaq fakturalar (elektron+1C)✅
5. Ishonchnomalar (elektron+1C)✅
6. Shartnomalar ✅
7. Bankdagi pul aylanmalarini 1C dasturida aks ettirish✅
8. Davlat soliq inspeksiyasiga jo'natiladigan barcha turdagi soliq xisobotlari + NDS✅


Kurs yakunida ishlab turgan korxonalar asosida 1 oy amaliyot ham mavjud va siz bu amalyotdan so'ng to'g'ridan to'g'ri ishga joylashishingiz mumkin

Talabalar uchun 20% chegirma ham mavjud
Aynan buxgalteriya yo'nalishi talabalariga 30%

Qabul boshlandi SHOSHILING
Joylar soni cheklangan‼️


Murojaat uchun:
☎️ 931210909
☎️ 990240909

Telgram orqali bog'lanish:
@defos0909 👈
@defos09 👈

📌Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek metrosi
Davlat oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim olish istagida boʻlgan talabgorlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

2021/2022 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim berishga ruxsat etilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati bilan tanishing 👉 https://oliygoh.uz/post/ikkinchi-mutaxassislik

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️3 nafar talaba avtohalokatga uchrab vafot etdi

Bugun kechasi Andijon shahri, Bog‘ishamol dahasida bo‘lgan ayanchli avariya oqibatida Treker ichida bo‘lgan 3 nafar talabalarning barchasi halok bo‘ldi.

Trekerda ADTI (Andijon davlat tibbiyot instituti) talabalari bo‘lgan, ulardan biri voqea joyida, qolgan ikki nafari esa shifoxonada vafot etgan.

3 nafar zabardast yigitlar, bo‘lajak shifokorlar olamdan o‘tib ketdi...

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un🤲

🎓Talaba.uz |rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg