Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
​❗️Vaksina olgan talabalarga 10% chegirma berishdagi muammolar haqida

Bizdagi katta muammolardan biri quyi bo‘g‘indagi ijrochilarning mas’uliyatsizligidir. Biror yaxshi qaror chiqadi, ammo ijrosiga kelganda bir dunyo muammolarga uchraymiz.

Koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga beriladigan 10% chegirma bo‘yicha ham joylarda yetarlicha muammo bor. Haligacha buning tartibi tasdiqlanmadi.

Yuqoridagi xabarda aytilganidek, ayrim OTMlarning mutasaddilari chegirma berilishidan bexabar ham. Bunaqa mas’ullarni boshini qumga tiqib olgan tuyaqushlarga o‘xshataman. Ular hech narsadan bexabar yoki bilsa ham, “bilmadim” deb qutulgisi keladi.

O‘rtada esa talabalar sarson.

Xulosa: masalaning aniq yechimi va tartibini hamma ijrochilarga yetkazish, ko‘proq targ‘ib qilib, tushuntirish berish kerak. O‘zi shundoq ham fuqarolarimiz vaksina olishga unchalik shoshilmaydi, ming afsuski, turli mish-mishlaru safsatalarga ishonib yurishibdi. Bunday vaziyatda o‘z xohishi bilan vaksina olganlarga ortiqcha byurokratiya qilmasdan, tezroq chegirmasini berish kerak.

©Xushnudbek Xudoyberdiyev

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#suhbatlashamiz

Sentabr oyida qaysi kitob(lar)ni o‘qib chiqdingiz?

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Anons: O'qishga kirolmagan abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat! Endi siz O'zbekistondagi ayrim OTMlarga yana bir bor hujjat topshirishingiz mumkin) Bugun shulardan biri haqida maqola joylashtiramiz😉

Soat 10:05 da @TalabaUz kanalida o'qishingiz mumkin😉

Abituriyentlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️DIQQAT barcha abituryentlar uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlandi

Kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat.

1-bosqich: Onlayn ariza topshirgan va arizalari qabul qilingan barcha abituriyentlar TDIUdagi qo‘shma dastur kampusida (yo‘riqnomaga muvofiq) imtihonda qatnashishga taklif qilinadi. Ushbu bosqichda abituriyentlarning bilimlari quyidagi fanlar bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi:

• ingliz tili: 30 daqiqa (test)*

• ingliz tili: 30 daqiqa (insho)*

• matematika: 45 daqiqa (test)

• mantiq: 30 daqiqa (test)


*IELTS (5.0 va undan yuqori ball) sertifikatiga yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan ingliz tili sertifikatlariga ega abituriyentlar ingliz tili sinovlaridan ozod etiladi.

Telefonlar:
📞: +998 94 648 5015 (Telegram) 
📞: +998 94 648 5016
📞: +998 71 239 2915
📞: +998 71 239 2916
📞: +998 71 239 2828
+998935987523 Barno To‘xtanazarova

Batafsil ma'lumot:👉
https://bit.ly/3orNhck
#kun_tarixi

4-7 oktyabr kunlari O‘zbekiston tarixining eng fojiali kunlari bo‘ldi. Aynan o‘sha kunlarda SSSR Oliy sudi muvaqqat kollegiyasi qarori bilan o‘zbek madaniyati va siyosatining 507 nafar eng yetuk a’zolariga o‘lim hukmi o‘qildi. Hukm favqulodda tezkorlik bilan, 4-16 oktyabr kunlari ijro etildi.

Shu kunlarda otib tashlangan ko‘zga ko‘ringan fan, madaniyat va siyosat arboblaridan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Rahim Inog‘omov, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Gʻozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Po‘lat Soliyev, Xudoybergan Devonov va boshqalarni tilga olib o‘tish mumkin.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Milliy sertifikat bo‘yicha puli qaytarilmagan 137 kishi qoldi — DTM

▪️Biologiya bo‘yicha imtihon savollari tarqalib ketgani haqidagi xabarlar o‘rganilgach, DTM 10-iyunda biologiya bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalarini bekor qilgan edi. Hozirgacha 865 kishiga imtihon uchun qilingan to‘lov puli qaytarilgan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ Green card lotoreya ochilish sanalari ma’lum bo‘ldi!

6 OKTYABR TOSHKENT VAQTI BILAN 21:00DAN
9 NOYABR TOSHKENT VAQTI BILAN 21:00 GACHA DAVOM ETADI!

Xabarni Green card o‘ynamoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga yuboring

Batafsil 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#öqing

Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan xoli hamrohdir.

Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi.

U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi.

Kitobdek do‘st ichida barcha ilm-u hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: “Kitob aql qal’asidir”, deganlar.

© Muhammad Jabalrudiy

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Assalomu alaykum, @TalabaUz oilasi.

Sizning sevimli mashgʻulotingiz nima?

Javobingizni izohlarda qoldiring.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ulug‘norlik Andijon Qishloq Xo‘jaligi instituti talabasi sovuq kunlar boshlanishi munosabati bilan portalga Jentra avtomat korobka so‘rab yozibdi🤦‍♂️

Boshlang‘ich to‘loviga 1 oylik stipendiyasi bor mobodo 😁

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Kollej va texnikumlarga test topshiriladigan fanlar hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

Respublika kollej va texnikumlarga professional ta'lim bosqichidagi kasb (mutaxassislik)larga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari rasman tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni jami 70 tani tashkil etadi.

Bunda, 30 ta - majburiy fanlar (ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika, O‘zbekiston tarixi) va 40 ta - kasb va mutaxassisliklarga mos ikkita fan bo‘yicha bo‘ladi.

Avvalroq, kollej va texnikumlarga hujjat qabul qilish muddati uzaytirilgandi.

Ma'lumot o‘rnida, prezident qarori bilan 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari huzurida 24ta texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori qidiruvga berildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev Fozilovich firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, universitet xodimi Nodir Idiyevning 2021-yil iyul oyida mehnat ta’tiliga chiqib ketganini va shundan so‘ng oliygohga kelmaganini qayd etgan.

Buxoro shahar jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘ining bildirishicha, ToshDIU sobiq prorektori ustidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Talaba.uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#isloh

"-O'g'lim, senga yurishni men o'rgatdim, har odimda mendan uzoqlashding.
Ona besh farzandni boqa olar ekan ammo, besh farzand ulg'ayib, onasini boqa olmas ekan"


Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning haydovchilikka o‘qish pullari to‘lab beriladi

▪️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar – mehribonlik uylari, bolalar shaharchasi, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan, "Yoshlar daftari"da turadigan yoshlar.

Ularga haydovchilikka o‘qigani uchun 4 BHM – 1 mln 80 ming so‘m to‘lab beriladi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Birlashgan Arab Amirliklari kichik sayyoralarga qiziqyapti

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Venera va yettita kichik sayyorani tadqiq qilish uchun yangi fazoviy dastur tayyorlay boshladi. Bu haqda BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri Muhammad ibn Rashid al-Maktum Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Biz Quyosh tizimida Venera va yettita kichik sayyorani o‘rganish uchun yangi missiyani boshladik. Biz birinchi bo‘lamiz. 3 milliard 600 million kilometr naridagi kichik sayyoraga yetib borgan ilk arab mamlakati bo‘lamiz», – deya yozdi u.

Muhammad ibn Rashid al-Maktumning aytishicha, BAAda fazo ilmi, fazogirlar va fazo kemalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar mavjud. «Osmondagi yulduzlarning uchdan bir qismining nomi arabcha, chunki arablar astronomiyada ilg‘or bo‘lgan. Bizning vazifamiz – arab sivilizasiyasini qayta tiklash. Agar hozir harakat qilmasak, qachon qilamiz?» – deya fikr bildirgan BAA vitse-prezidenti.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil_time

➖Assalomu alaykum, mening pul olmaydigan domlam!
➖Eyaa, keling, keling umrbod sessiyadan o'tolmaydigan talaba. 😁🙊

Talabalarga ulashing😁👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Sayyoramizning eng kichik davlatlari…

Yer yuzidagi davlatlar hududi, aholisi va iqtisodi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Katta davlatlar, albatta har tomonlama o‘z o‘rniga ega, biroq maydoni va aholi sonining kichikligiga qaramasdan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelayotgan va mustaqil deb tan olingan davlatlar mavjud. Lateran kelishuvlariga muvofiq, 1929-yilda Vatikan mustaqil davlat sifatida tan olingan. U haqida va dunyodagi eng kichik 9 ta mamlakat haqida quyidagi ma’lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin.

1. Maldiv

Juda ko‘p orollarni o‘z ichiga olgan Maldiv Respublikasi Hind okeanida joylashgan bo‘lib, maydoni jihatidan Osiyodagi eng kichik mamlakat hisoblanadi. Uning maydoni 298 kvadrat kilometrni tashkil qiladi va 396 ming aholiga ega. Mamlakat poytaxti – Male shahri. Aholisi asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Avval quritilgan orkinos, kauri mollyuskasi va Hindiston yong‘og‘ining eksporti tufayli rivojlangan davlat hozirda turizm sohasidan katta daromad olmoqda.

2. Seyshel orollari

Seyshel orollari 455 kvadrat kilometr maydonni egallaydi va u yerda 84 ming aholi istiqomat qiladi. Arxipelag Madagaskarning shimolida joylashgan va Hind okeanining 115 orolidan iborat. Hindiston yong‘og‘i va dolchin eksporti tufayli orollar rivojlangan. Ammo 1976-yilda mamlakat mustaqillikka erishgandan so‘ng turizm asosiy daromad manbaiga aylangan.

3. Lixtenshteyn

Ushbu davlatning dengizga chiqish imkoniyati yo‘q. Mamlakatning maydoni 160,4 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Lixtenshteyn Shveytsariya va Avstriya bilan chegaradosh bo‘lib, eng boy davlatlardan biri hisoblanadi. U yerda aholi turmush darajasi ancha yuqori.

4. Nauru

Nauru Tinch okeanining janubiy qismida, Mikroneziyada joylashgan. Shtatning maydoni 21,3 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Nauru Respublikasi dunyodagi eng kichik orol davlatidir. Bugungi kunda mamlakat aholisi qariyb 10 ming kishini tashkil etadi. Nauru shtatida qurolli kuchlar mavjud emas va mamlakatning rasmiy poytaxti ham yo‘q.

5. Vatikan

Vatikan Rim mintaqasida joylashgan va 44 gektar maydonni egallagan yopiq shahar-davlatdir. U 1929-yilda tashkil topgan va Rim papasi tomonidan boshqariladi. Hududi juda kichik bo‘lishiga qaramay, mamlakatning yarmini Vatikan bog‘lari egallaydi. Davlatning rasmiy fuqarolari taxminan 800 kishini tashkil qiladi. Har kuni bir necha ming italiyaliklar bu yerga ishlash uchun kelishadi.

6. Monako

Monako – eng kichik mamlakatlar qatorida ikkinchi o‘rinda turadi. Davlat aholisi 39 ming kishidan iborat. So‘nggi 20 yil ichida hududi ancha kengayib, hozirda u 20 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Turizm asosiy daromad manbai hisoblanadi.

7. Sent-Kits va Nevis federatsiyasi

Sent-Kits va Nevis davlati Karib dengizi sharqida joylashgan. 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan bu davlatning poytaxti Baster shahridir. Federatsiya ko‘rinishidagi Sent-Kits va Nevis mamlakati ikkita oroldan tashkil topgan. Iqlimi tropik bo‘lib flora va faunasi juda ham boy. Turizm rivojlangan, ammo qishloq xo‘jaligi va moliya tizimini taraqqiy etgan deb bo‘lmaydi.

8. Marshall orollari

Tinch okeanining markazidagi bu shtat asosan marjon orollaridan iborat. Mamlakatning maydoni 181 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Aholisi – 62 ming kishi. 1986-yilda orollar Amerika Qo‘shma Shtatlaridan mustaqil ajralib chiqqan. Mamlakat tabiiy resurslarga ega emas va mahsulotlar importi eksport hajmidan ancha yuqori.

9. San-Marino

San-Marino 61 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. U dunyodagi eng keksa mustaqil davlat bo‘lib, 301-yil 3-sentabrda tashkil etilgan. Bundan tashqari, San-Marino daromadlari xarajatlardan oshadigan dunyodagi eng boy davlatlardan biri hisoblanadi.

Do'stlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#hazil_time

Domla va talaba suhbati:
Domla: Qani aytingchi, imtihon siz uchun nima?
Talaba: Imtihon bu ikki aqlli insonlarning suhbati
Domla: Yaxshi. Mobodo ularning biri axmoq bolsachi?
Talaba: Unda usha axmoqni deb ikkinchisi stipendiyadan quruq qoladi😉

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg