Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Kitob o'qish telefoningizning quvvatini tejaydi.

Tavsiya: Kunda bir necha bor telefonsiz soat qilib turing. Butkul o'chirib, uzoqroqqa olib qo'ying va o'zingizga vazifa yuklang, to ana o'shalarni qilmaguncha telefonni yoqmang. Kuningiz barakali o'tishiga ham yordam beradi, kun so'ngida shunchaa vaqtim qayerga ketdi, deb achinmaysiz.

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ “Institutdagi yagona qora tanli talaba ekanligimdan sarosimaga tushgandim”. Namanganda tahsil olayotgan zambiyalik Milimo Mundia hikoyasi.

Batafsil...

Do'stlarga ham ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​❗️​​​​DXX akademiyasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha TANLOVDA ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va/yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun dxx.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10-noyabr sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma dxx.dtm.uz saytida keltirilgan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Faqat insonlar tilini emas, dasturlash tillarini ham o‘rganing!

"Royal X" o‘quv markazi qiziquvchan o‘quvchilarni DASTURLASH kurslariga taklif etadi!

⏰ Vaqt: Kursimiz 6 oylik. Haftada 3 kun. Kunning har ikkala qismida ham dars qo‘yib bera olamiz.

Narx: Oyiga 600 ming so‘m.

💪 Siz uchun yana bir qulaylik:
Agarda dasturlash kursi hamda ingliz tili kurslariga birgalikda qatnashmoqchi bo‘lsangiz 200 ming so‘m chegirmaga ega bo‘lasiz!

❗️ Unutmang, yarim yilda kasb egasiga aylanishingiz mumkin!!!

🎯 Har bir olib kelgan doʻstingiz uchun ham maxsus chegirmalarimiz bor.

Manzil: Chilonzor metro, Integro binosi, A-blok, 816-xona.

📲 Tel:
+998909101501
+998331011501
+998941251501
+998901361326

🌍 Ro‘yxatdan o‘tish!

Bogʻlanish uchun:

👩‍💻Murojaat uchun 🧑‍💻Murojaat uchun

Telegram / YouTube / Instagram / TikTok
Toshkent viloyatida 15 ming talabaga mo‘ljallangan universitet tashkil etiladi

Toshkent viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahrida 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Prezidentlikka nomzod Mirziyoyevning ta’kidlashicha, kelajakda Nurafshon shahri poytaxt bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi. Avvalambor, Nurafshon shahri yaqin 10 yilda kamida 200 ming aholi yashaydigan, zamonaviy va aholi uchun qulay, ta’lim, tibbiyot va biznes markazi bo‘lgan shaharga aylantiriladi.

Buning uchun, shaharda 30 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy “Yangi O‘zbekiston” turar joy massivi barpo etilib, unda 5 ta maktab, 12 ta bog‘cha, 2 ta oilaviy poliklinika va jamoat parki quriladi. Shuningdek, 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi. Davlat-xususiy sheriklik asosida 150 million dollarlik zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi barpo etiladi.

Nurafshon shahridan poytaxtga olib boruvchi yo‘llar kengaytirilib, alohida yo‘lakda tezyurar elektrobuslar qatnovi tashkil etiladi. Bu orqali 2 ta shahar o‘rtasida ish va o‘qishga qatnaydigan aholi uchun qulay va muntazam transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlari hududi kengaytirilib, har birida “Yangi O‘zbekiston” uy-joy massivlari, ijtimoiy ob’yektlar va “yashil maydonlar” barpo etiladi.

“Bugungi kunda Chirchiq shahrining “Iftixor” mahallasida barcha zarur qulayliklar va ijtimoiy infratuzilmaga ega yangi turar-joy mavzesi bunyod etilib, 2,5 ming xonadonli 39 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Keyingi bosqichda bu yerda yana 3,5 ming oilaga mo‘ljallangan, 56 ta zamonaviy uylar barpo etiladi. Ushbu tajribani viloyatning boshqa shaharlarida ham davom ettiramiz”, – dedi Mirziyoyev.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qaysi kitob mutolaasidasiz? Va o'zingizga yoqqan misrasini yozib qoldiring.

Izohlarda izohlashamiz))

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#õqish_davrlarini_eslab😢

–darsda domla mavzu qolib hayoti haqida so‘zlab o‘tirsa
–yagona biladigan savoling aytilsa-yu lekin boshqa doskaga chiqsa
–butun guruh telefon o‘ynab o‘tirsa-yu domla faqat seni ko‘rsa
–sessiyaga yaqin jurnal yo‘qolib qolsa
– imtihon kuni interneting o‘chgan bo‘lsa
–uxlamay tayyorlangan mavzuingni sendan oldin boshqa birov gapirib qo‘ysa
–30 varaq “otrabotka”ni qo‘lda yozsang

Imtihon kuni ertalab uyg‘onganingda kechasi telefoningni quvvatlashni unutgan bo‘lsang yomon alam qiladi…🥴😅

Do’stlarga ulashishni unutmang !

🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
"Har doim o'zingizdan so'rang: qilayotgan ishingizdan foyda bormi?"
Bor bo’lsa qanday?

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali ta’lim granti e’lon qiladi

Xabaringiz bor, 1 yil avval MetsenatUz loyihasini boshlagan edik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investisiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda mesenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Toma-toma ko‘l bo‘lur deganiday, 1 yil davomida jami 5 mlrd so‘mdan oshiqroq qiymatdagi ta’lim granti va stipendiyalar e’lon qilindi.

Biz bu loyihani to‘xtatmoqchi emasmiz, bor kuch va imkoniyatlarimiz bilan ushbu loyihani rivojlantirish ustida bosh qotiryapmiz. Bugun mamnuniyat bilan MetsenatUz loyihasida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilamiz.

XushnudbekUz Telegram kanali nomidan joriy qilingan ta’lim grantida 35 nafar talabaga 3 mln so‘mdan, jami 105 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

Balki bu katta summa emasdir, balki kimlargadir yarim yillik kontraktini qoplash uchun ham yetmas, lekin imkon qadar ehtiyojmand tolibi ilmlarga yordam bo‘ladi, degan umiddaman.

ℹ️ Ma’lumot: ushbu grant uchun ajratilayotgan mablag‘lar XushnudbekUz kanalida e’lon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Ta’lim granti haqida ma’lumot:

Qaysi OTMlar uchun: Barcha davlat, nodavlat, diniy ta’lim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi ta’lim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi va kechki
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 35 nafar (buning 10 nafari TDYUU talabalari uchun)
Ta’lim granti miqdori: 3 mln so‘m (jami 105 mln so‘m)
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 31 oktyabr

Ⓜ️ XushnudbekUz

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2ta OTMda o‘qituvchilardan shanbalik uchun pul ushlab qolingan — vazirlik

▪️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlar xodimlarining oylik ish haqidan shanbalik va hashar uchun pul ushlab qolingani tasdiqlanganini xabar qildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti va Andijon davlat tibbiyot institutida bu holat kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Vazirlik OTMlar xodimlariga ularning roziligisiz oylik maoshidan ushlab qolishga hech kim haqli emasligini eslatdi.

🎓Talaba Uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 oyda yaxshi daromadli kasb egasi bo’l!

⏱ Bor yo'g'i 4 oy ichida!

📝 Siz biz bilan 4 oyda nimalarni o'rganasiz?
✅ 1. Korxona qanday ochiladi va qanday xujjatlar rasmiylashtiriladi
✅ 2. Buxgalteriya xisobi fani
✅ 3. 1C 8.3 programmasi
✅ 4. Xisob varaq fakturalar (elektron+1c)
✅ 5. Ishonchnomalar (elektron+1c)
✅ 6. Shartnomalar (elektron+1c)
✅ 7. Davlat soliq inspeksiyasiga jo'natiladigan barcha turdagi soliq xisobotlari
✅ 8. NDS bo'yicha xisob kitob
va boshqalar...

💼 Kurs yakunida ishlab turgan korxonalar asosida 1 oy amaliyot ham mavjud va siz bu amaliyotdan so'ng to'g'ridan-to'g'ri ishga joylashish imkoniyatiga ega bo'lasiz

📌 Defos bilan tajribali buxgalterga aylaning!

🔗 Oylik to'lov narxi 990.000 so'm. Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tganlarga 10%, talabalarga 20% chegirma mavjud.

✓ Ro'yxatdan o'tish

❗️Shoshiling qabul boshlandi. Joylar soni cheklangan!

👨🏻‍💻 Admin

☎️ Tel: +998990240909
+998931210909

🗺 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek metrosi
​#talabalardan_murojaat

❗️ Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalar tomonidan kelib tushgan xabarni o'zgartirishsiz sizlarga havola etamiz.

"Assalomu aleykum. Men TDPU Universitetida o'qiyman. Sizga murojaat qilishimdan maqsad bu yerdagi vaziyat tushunarsiz va g'alati. Korrupsiyami yoki monopoliyami tushunmay qoldik. Har kim o'zi uchun qonun chiqaradi bu yerda. Bizning PP (Pedagogika va Psixologiya) fakultetimiz TTJ 8 dan TTJ 10 ga ko'chib o'tdi. TTJ ga joylashish ham oson bo'lmadi. Eng qizigi narxlarda. Huddi makler olib kelib narxlatganday. Eng qimmat TTJ bizda bo'lsa kerak. Qancha deysizmi? 10 oy uchun 3 700 000 so'm (uch million yetti yuz ming so'm). lekin qaysi sharoit va hurmat uchun? Biz muttaham emasmizku bu kattalar oldida. Mana kelganimizdan bizdan pul yig'ildi. Allambalo konteyner uchun har bir kishi boshiga 30 ming so'mdan. Oldingi yillar biz to'lagan pular hisobiga shunday narsalar olishar edi. Endi alohida qilishyapti. Eng qizigi 2 3 4 kishilik xonalarning har biridan 30 ming so'mdan olinib, kishi boshiga konteyner berildi va yana qaytadan yig'ishtirib olishdi. Qandaydir xatolik bo'lgan emish. Xullas shunaqa gaplar"

❗️Ma'sullarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Navoiy davlat pedagogik instituti Tarix fakulteti ahvoli achinarli joyga ko'chirildi.

"Hammaga zamonaviy joylarda dars o‘tilsa... bizlarga odam o‘tirishga qo‘rqadigan joylarda dars bo‘layabdi...bilmadim bizlar otni kallasidek kantrakni o‘z vaqtida to‘laymiz lekin o‘qiyotgan joyimizni ko‘rib odam yig‘lilaydi...

Bor e'tiborni ta‘limga qaratayotganda, bizlar derazlari sinib yotgan., odam ko‘rib qo‘rqadigan joyda o‘qiyobmiz.

Ta‘lim vaziri bizning ahvolimizdan xabar olarmikan?? derazallardan shamol kirib ... partalar eski chirib ketay ketay deb yotibdi!!! 21 asrga bu binoda o‘qish to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylayman. sharoit umuman yo‘q ... bilmadim qachongacha bu holat davom etadi!!!!"


❗️Ma'sullarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammaga hayrli kun. Kuningiz yaxshi kayfiyat ila o’tsin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
@TalabaUz 646-qaror 15.10.2021.pdf
1.1 MB
❗️ Endi 3-kurslar ham maktabda dars bersa bo‘ladi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi qarorga binoan umumta’lim maktablarida pedagogika yo‘nalishining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 3-kurs talabalari ham tarifikatsiya asosida dars berishlari mumkin bo‘lmoqda. Oldin 4-kursdan edi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent tibbiyot akademiyasida qovoq sayli bo'layotgan ekan)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁1
❗️ Talabalarga 5 GB internet tekin beriladi

Shavkat Mirziyoyevning oliy ta’limga oid takliflari:

"Nufuzli xorijiy universitetlar bilan birga, kamida 10 ta yangi oliygoh tashkil etilib, amalda ishlab turganlari bilan, ularning jami soni 31 taga yetadi.

Shuningdek, magistraturada ta’lim olish uchun, Toshkent shahridagi xorijiy va nodavlat oliygohlarga – 200 ta hamda xotin-qizlar uchun davlat oliygohlariga 500 ta davlat granti beriladi.

Shuningdek, har bir talabaga oyiga 5 Gigabayt bepul internet beriladi"
, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

P/S: Hozircha bu takliflar...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg