Talaba.uz | Ta'lim portali
5.44K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali ta’lim granti e’lon qiladi

Xabaringiz bor, 1 yil avval MetsenatUz loyihasini boshlagan edik. Loyihadan asosiy maqsad ta’limga investisiya kiritish, ehtiyojmand talabalarga ilm olishlari uchun moddiy ko‘mak berish, jamiyatda mesenatlik (homiylik) madaniyatini shakllantirish edi. Toma-toma ko‘l bo‘lur deganiday, 1 yil davomida jami 5 mlrd so‘mdan oshiqroq qiymatdagi ta’lim granti va stipendiyalar e’lon qilindi.

Biz bu loyihani to‘xtatmoqchi emasmiz, bor kuch va imkoniyatlarimiz bilan ushbu loyihani rivojlantirish ustida bosh qotiryapmiz. Bugun mamnuniyat bilan MetsenatUz loyihasida navbatdagi ta’lim grantini e’lon qilamiz.

XushnudbekUz Telegram kanali nomidan joriy qilingan ta’lim grantida 35 nafar talabaga 3 mln so‘mdan, jami 105 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

Balki bu katta summa emasdir, balki kimlargadir yarim yillik kontraktini qoplash uchun ham yetmas, lekin imkon qadar ehtiyojmand tolibi ilmlarga yordam bo‘ladi, degan umiddaman.

ℹ️ Ma’lumot: ushbu grant uchun ajratilayotgan mablag‘lar XushnudbekUz kanalida e’lon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Ta’lim granti haqida ma’lumot:

Qaysi OTMlar uchun: Barcha davlat, nodavlat, diniy ta’lim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi ta’lim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi va kechki
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 35 nafar (buning 10 nafari TDYUU talabalari uchun)
Ta’lim granti miqdori: 3 mln so‘m (jami 105 mln so‘m)
Ariza topshirishning so‘nggi kuni: 31 oktyabr

Ⓜ️ XushnudbekUz

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2ta OTMda o‘qituvchilardan shanbalik uchun pul ushlab qolingan — vazirlik

▪️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlar xodimlarining oylik ish haqidan shanbalik va hashar uchun pul ushlab qolingani tasdiqlanganini xabar qildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti va Andijon davlat tibbiyot institutida bu holat kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Vazirlik OTMlar xodimlariga ularning roziligisiz oylik maoshidan ushlab qolishga hech kim haqli emasligini eslatdi.

🎓Talaba Uz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 oyda yaxshi daromadli kasb egasi bo’l!

⏱ Bor yo'g'i 4 oy ichida!

📝 Siz biz bilan 4 oyda nimalarni o'rganasiz?
✅ 1. Korxona qanday ochiladi va qanday xujjatlar rasmiylashtiriladi
✅ 2. Buxgalteriya xisobi fani
✅ 3. 1C 8.3 programmasi
✅ 4. Xisob varaq fakturalar (elektron+1c)
✅ 5. Ishonchnomalar (elektron+1c)
✅ 6. Shartnomalar (elektron+1c)
✅ 7. Davlat soliq inspeksiyasiga jo'natiladigan barcha turdagi soliq xisobotlari
✅ 8. NDS bo'yicha xisob kitob
va boshqalar...

💼 Kurs yakunida ishlab turgan korxonalar asosida 1 oy amaliyot ham mavjud va siz bu amaliyotdan so'ng to'g'ridan-to'g'ri ishga joylashish imkoniyatiga ega bo'lasiz

📌 Defos bilan tajribali buxgalterga aylaning!

🔗 Oylik to'lov narxi 990.000 so'm. Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tganlarga 10%, talabalarga 20% chegirma mavjud.

✓ Ro'yxatdan o'tish

❗️Shoshiling qabul boshlandi. Joylar soni cheklangan!

👨🏻‍💻 Admin

☎️ Tel: +998990240909
+998931210909

🗺 Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Oybek metrosi
​#talabalardan_murojaat

❗️ Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakultetida tahsil olayotgan talabalar tomonidan kelib tushgan xabarni o'zgartirishsiz sizlarga havola etamiz.

"Assalomu aleykum. Men TDPU Universitetida o'qiyman. Sizga murojaat qilishimdan maqsad bu yerdagi vaziyat tushunarsiz va g'alati. Korrupsiyami yoki monopoliyami tushunmay qoldik. Har kim o'zi uchun qonun chiqaradi bu yerda. Bizning PP (Pedagogika va Psixologiya) fakultetimiz TTJ 8 dan TTJ 10 ga ko'chib o'tdi. TTJ ga joylashish ham oson bo'lmadi. Eng qizigi narxlarda. Huddi makler olib kelib narxlatganday. Eng qimmat TTJ bizda bo'lsa kerak. Qancha deysizmi? 10 oy uchun 3 700 000 so'm (uch million yetti yuz ming so'm). lekin qaysi sharoit va hurmat uchun? Biz muttaham emasmizku bu kattalar oldida. Mana kelganimizdan bizdan pul yig'ildi. Allambalo konteyner uchun har bir kishi boshiga 30 ming so'mdan. Oldingi yillar biz to'lagan pular hisobiga shunday narsalar olishar edi. Endi alohida qilishyapti. Eng qizigi 2 3 4 kishilik xonalarning har biridan 30 ming so'mdan olinib, kishi boshiga konteyner berildi va yana qaytadan yig'ishtirib olishdi. Qandaydir xatolik bo'lgan emish. Xullas shunaqa gaplar"

❗️Ma'sullarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Navoiy davlat pedagogik instituti Tarix fakulteti ahvoli achinarli joyga ko'chirildi.

"Hammaga zamonaviy joylarda dars o‘tilsa... bizlarga odam o‘tirishga qo‘rqadigan joylarda dars bo‘layabdi...bilmadim bizlar otni kallasidek kantrakni o‘z vaqtida to‘laymiz lekin o‘qiyotgan joyimizni ko‘rib odam yig‘lilaydi...

Bor e'tiborni ta‘limga qaratayotganda, bizlar derazlari sinib yotgan., odam ko‘rib qo‘rqadigan joyda o‘qiyobmiz.

Ta‘lim vaziri bizning ahvolimizdan xabar olarmikan?? derazallardan shamol kirib ... partalar eski chirib ketay ketay deb yotibdi!!! 21 asrga bu binoda o‘qish to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylayman. sharoit umuman yo‘q ... bilmadim qachongacha bu holat davom etadi!!!!"


❗️Ma'sullarga yuboring👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammaga hayrli kun. Kuningiz yaxshi kayfiyat ila o’tsin.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
@TalabaUz 646-qaror 15.10.2021.pdf
1.1 MB
❗️ Endi 3-kurslar ham maktabda dars bersa bo‘ladi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi qarorga binoan umumta’lim maktablarida pedagogika yo‘nalishining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 3-kurs talabalari ham tarifikatsiya asosida dars berishlari mumkin bo‘lmoqda. Oldin 4-kursdan edi.

Doʻstlarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Toshkent tibbiyot akademiyasida qovoq sayli bo'layotgan ekan)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😁1
❗️ Talabalarga 5 GB internet tekin beriladi

Shavkat Mirziyoyevning oliy ta’limga oid takliflari:

"Nufuzli xorijiy universitetlar bilan birga, kamida 10 ta yangi oliygoh tashkil etilib, amalda ishlab turganlari bilan, ularning jami soni 31 taga yetadi.

Shuningdek, magistraturada ta’lim olish uchun, Toshkent shahridagi xorijiy va nodavlat oliygohlarga – 200 ta hamda xotin-qizlar uchun davlat oliygohlariga 500 ta davlat granti beriladi.

Shuningdek, har bir talabaga oyiga 5 Gigabayt bepul internet beriladi"
, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

P/S: Hozircha bu takliflar...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#biroz_tabassum

Institut arzimas fido boʻlishga,
Talabasan urinma dekan boʻlishga...
Bilginki yaqindir sessiya payti,
Boymisan tayyor tur gado boʻlishga...

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🔥 ENDI SIZ TEZ VA OSON FANLARNI O‘RGANA OLASIZ❗️
📣 O‘zbekistonda ilk bor intensiv va aqlli kitob o‘zbek tilida 📣
Buxorolik olimlarimizdan yurtdoshlarimizga ajoyib sovg'a
⁉️Bu kitob menga nima bera oladi deb o‘ylashingiz mumkin?

📕MAKTAB O‘QITUVChILARI VA ABITURIYENTLAR UChUN TAYYoR INTENSIV METODIK QO‘LLANMA.

📘Bu kitobda siz:
Repititorlarimiz va Abituriyentlarimiz uchun mukammal yangi metod

✅ Video darslar
✅ Audio darslar
✅ barcha mavzular va ularning yechimlari
✅ misol, masalalar va ularning yechimlari

📘Kitob ranglik qog'ozda + Video yechimlari +Audio kitob jamlanmasi mavjud.

Web sahifamizda barcha kitoblarni joylashtirganmiz. Siz kitoblar haqida batafsil ma'lumot olishgiz mumkin!

📗TARIX
📗MATEMATIKA
📗FIZIKA
📗INGLIZ TILI

Web sahifamiz:
💡 SamaraliTalim.uz

Harid qilish uchun:
☎️ +998916461442

Murojaat uchun:
📩 @samaralimaskan_uz

📎 Fikrlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar saylovda qatnashish uchun doimiy yashash manziliga borishi kerakmi?

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Darsga kechikib kiradiganlarga yuboring😂

Talabalarga ulashing 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Shotlandiyada yuzlab birinchi kurslar Sent-Endryus universiteti talabalariga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etmoqda. Talabalar an'anaga ko‘ra qadimiy universitet hududida bir-birlari bilan «ko‘piklar jangi» o‘tkazishadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Andijon davlat universitetida mollar ham darsga shoshmoqda😂

Ho'kizlar ham diplom olish shartini qo'ydimikan, uylanish uchun?!😉

Talabalarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Navoiy davlat pedagogik instituti Tarix fakulteti ahvoli achinarli joyga ko'chirildi. "Hammaga zamonaviy joylarda dars o‘tilsa... bizlarga odam o‘tirishga qo‘rqadigan joylarda dars bo‘layabdi...bilmadim bizlar otni kallasidek kantrakni o‘z vaqtida to‘laymiz…
❗️МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқлардан бирида «Ҳаммага замонавий жойларда дарс ўтилса... бизларга одам ўтиришга қўрқадиган жойларда дарс бўлаябди...билмадим бизлар отни калласидек контракни ўз вақтида тўлаймиз, лекин ўқиётган жойимизни кўриб одам йиғлайди... » мавзусидаги хабарга Институт раҳбарияти муносабат билдирди.

Ўрганиш натижаси бўйича қуйидагилар аниқланди:
— Талабалар контингентининг ошиши туфайли аудиториялар танқислиги мавжуд. Шу сабабли тарих факультетининг 4 та гуруҳини эски бинода ўқитишга тўғри келмоқда. Ўрганиш натижасида ушбу гуруҳларнинг ўқиши магистратура бўлими биносига кўчирилди ва билим олишлари учун етарли шароитлар яратилди.

Маълумот ўрнида: Ҳурматли Президентимиз сайлов олди дастурини таништириш мақсадида Навоий вилоятига ташриф буюрдилар. Мазкур ташриф чоғида келаси 2022 йилда Навоий давлат педагогика институтида қўшимча 6 минг ўринли янги ўқув биноси қурилиши ҳамда қабул квотаси 30 %дан - 60 %га етказилиши режалаштирилди.

"Гуруч курмаксиз бўлмайди" деган мақол бор. Шуни эътиборга олган ҳолда, институтда ўқув аудиториялари, ахборот технология ва лаборатория хоналари, маъмурий хоналар билан бир қаторда, Смарт хоналари, IT хоналари, маъруза хоналари ва конференция заллари мавжудлиги барчага маълум. Шунингдек, яқин кунларда институт ҳудудига тегишли барча бинолар реконструкция қилинишини маълум қиламиз.

Навоий давлат педагогика институти оммавий ахборот воситалари ва бошқа ижтимоий тармоқ фаоллари учун ҳамиша очиқлик тамойили асосида ҳамкорлик қилишга тайёр.

©️Навоий давлат педагогика институти матбуот хизмати

P.S: @TalabaUz ma'muriyati berilgan munosabat uchun Navoiy davlat pedagogika instituti matbuot xizmatiga tashakkur bildiradi. Bir ikkita OTMlarga o'xshab "bu yolg'on, feyk xabar" deb emas, balkim haqiqatni tan olib munosabat bildirganlar.

🎓TalabaUz rasmiy kanali👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bu yil Yangi O‘zbekiston universitetining barcha talabalari grant asosida o‘qishi ma'lum qilindi

Yangi O‘zbekiston universitetiga bu yil 200 nafar talaba qabul qilindi. Ularning barchasi davlat granti asosida o‘qishni davom ettiradi. Hozircha talabalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida o‘qishni boshlaydi.

18 oktyabr kuni Yangi O‘zbekiston universitetining ilk talabalari uchun o‘quv jarayoni boshlandi. Qabul imtihonlari natijalari haqida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ma'lumot berdi.

«Imtihonlarning 1-bosqichi – saralash jarayonlarida jami 6 mingdan ortiq talabgorlar ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 1230 nafari 6 sentyabrda bo‘lgan imtihonda qatnashdi. Bunda nomzodlardan eng kamida 6 ball IELTS sertifikati talab qilindi. Imtihon Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan o‘tkazildi. Va 200 nafar o‘quvchi tanlab olindi, ularning barchasi grant asosida o‘qishga qabul qilindi», — deydi agentlik rahbari 19 oktyabr kuni o‘tkazilgan universitet taqdimotida.

Bu yil o‘quv jarayonlari qayerda boshlanishi haqida Yangi O‘zbekiston universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Elyorjon Jumayev to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, hozircha Yangi O‘zbekiston universitetiga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosining bir qismi ta'mirlab topshirildi. Keyingi o‘quv yilidan darslar Toshkent shahridagi Prezident maktabi binosi yonida qurilayotgan yangi binoda boshlanadi.

«Kelasi yildan universitetda yangi o‘quv bo‘limlari ham ochiladi. Asosan ilmiy tadqiqotga yo‘naltirilgan materialshunoslik, kimyo muhandisligining neft-gaz, mashinasozlik, bundan tashqari, biznes boshqaruvi bo‘yicha ham yo‘nalishlar ochiladi. 2025 yildan boshlab 8 ming nafar talabani qabul qilishni reja qilganmiz», — dedi Elyorjon Jumayev.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg