Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Bu yil Yangi O‘zbekiston universitetining barcha talabalari grant asosida o‘qishi ma'lum qilindi

Yangi O‘zbekiston universitetiga bu yil 200 nafar talaba qabul qilindi. Ularning barchasi davlat granti asosida o‘qishni davom ettiradi. Hozircha talabalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida o‘qishni boshlaydi.

18 oktyabr kuni Yangi O‘zbekiston universitetining ilk talabalari uchun o‘quv jarayoni boshlandi. Qabul imtihonlari natijalari haqida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ma'lumot berdi.

«Imtihonlarning 1-bosqichi – saralash jarayonlarida jami 6 mingdan ortiq talabgorlar ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 1230 nafari 6 sentyabrda bo‘lgan imtihonda qatnashdi. Bunda nomzodlardan eng kamida 6 ball IELTS sertifikati talab qilindi. Imtihon Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan o‘tkazildi. Va 200 nafar o‘quvchi tanlab olindi, ularning barchasi grant asosida o‘qishga qabul qilindi», — deydi agentlik rahbari 19 oktyabr kuni o‘tkazilgan universitet taqdimotida.

Bu yil o‘quv jarayonlari qayerda boshlanishi haqida Yangi O‘zbekiston universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Elyorjon Jumayev to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, hozircha Yangi O‘zbekiston universitetiga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosining bir qismi ta'mirlab topshirildi. Keyingi o‘quv yilidan darslar Toshkent shahridagi Prezident maktabi binosi yonida qurilayotgan yangi binoda boshlanadi.

«Kelasi yildan universitetda yangi o‘quv bo‘limlari ham ochiladi. Asosan ilmiy tadqiqotga yo‘naltirilgan materialshunoslik, kimyo muhandisligining neft-gaz, mashinasozlik, bundan tashqari, biznes boshqaruvi bo‘yicha ham yo‘nalishlar ochiladi. 2025 yildan boshlab 8 ming nafar talabani qabul qilishni reja qilganmiz», — dedi Elyorjon Jumayev.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Yoshlar ishlar agentligi ayrim talabalarning kontrakt pullarining 50 foizini to'lab beradi.

Bu haqida agentlik raisi Alisher Sa'dullayev o'z shaxsiy sahifasida e'lon qildi.

"Iqtisodiy taraflama muammolarga duch kelayotgan, boquvchisini yo’qotgan, ota-onasida (yoki ularning birida) nogironligi boʻlgan, mehribonlik uylari bitiruvchisi boʻlgan, yosh oila boʻlgan, “ijtimoiy himoya” yagona reestriga kiritilgan oila farzandlari kabi toifalarga mansub talaba-yoshlarning toʻlov-kontraktini toʻlab bermoqchimiz. Shu sababli Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini e’lon qiladi.

Bunda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus-sirtqi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida tahsil oladigan talaba-yoshlarning toʻlov-kontrakti miqdorining 50 foizgacha miqdori toʻlab beriladi. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun https://bit.ly/3G0prdV ushbu havola orqali tizimdan roʻyxatdan oʻtish lozim."

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Finlandiya qishloqlarida kuz tongi…

Kuningiz xayrli o‘tsin 😊
Ⓜ️ Travel Book

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Farzandli bo‘lgan talaba oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza bilan bola tug‘ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay murojaat qilishi kerak.

Arizaga ko‘ra, OTM rahbariyati tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to‘lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori 500.000 dan ortiqroq summani tashkil etadi.

❗️Shuningdek arizaga qo‘shimcha ravishda bola tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va ota onaning pasport nusxalari topshiriladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Super_kontrakt

❗️Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar DIQQATIGA!!!

‼️Yaqin vaqtlar ichida super-kontrakt bo‘yicha muhim yangilik e’lon qilinishi kutilmoqda.

P.s: Taxminingiz bo'yicha qanday yangilik bo'lishi mumkin? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring)

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!!

Super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

Shu munosabat bilan siz t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki siz o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.

Bunda to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi

Ma'lumki, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.

Endilikda, mazkur muddat uzaytirilgan holda 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan BARCHA talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Qiblaga yuzlanib shodlansa yurak,
Shu onda rahmatin yog'dirsa falak,
Ulug' zot bormi Allohdan bo'lak,
Мusulmon ahliga juma muborak!

Kunlarning shohidur "Juma" ayyomi,
Shu sabab ulug'dur bu kunning nomi.
Bugun sizga tilayman oltindan bir taxt,
Allohim nasib etsin ilohiy bir baxt...

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Emlangan talabalar uchun kontrakt to‘lovidagi chegirma muddati 15-noyabrgacha uzaytirildi

▪️Davlat OTMlarida koronavirusga qarshi 1-noyabrgacha vaksina olgan talabalarning kontrakti uchun bir martalik 10 foiz chegirma berish belgilangandi. Bu muddat 15-noyabrgacha uzaytirildi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kun tarixi: 22-oktyabr – Erkaklarning asab tizimini asrash kuni

😁 Bu qanchalar gʻalati eshitilmasin, haqiqatdan mana shunday kun mavjud. Mutaxassislarning aytishlaricha, erkaklarning asab tizimiga bogʻliq muammolarning bir qismi ayollar tomonidan oʻtkazilgan bosim natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Erkaklar orasida asab tizimi kasalliklaridan aziyat chekish holatlari ham koʻp uchraydi. 22-oktyabr kuni jamoatchilik eʼtibori ana shu muammolarga qaratiladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
- Domla, talabalarimiz mayliyu rostdan o‘qiyapti, ularni papkasini qarang...

- Ey, xonangizdan chiqmaysizda boshliq, ijara uylar qimmat bo‘lib ketgan hozir. Bu papkamas, palatkalarini joylab olishgan!

#jiddiy_kulgu

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi — Oliy ta’lim vazirligi


▪️Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining 1-kursini bitirganlar harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi

▪️Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari IIV akademiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti hisoblanadi.

Bu harbiy OTMlarda bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida kamida 3 yil, sirtqi va mosofaviy shaklda esa 4 yil ta’lim beriladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Премьера 🔥

⚡️Million-2021 YANGI KONSERT DASTURI

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ SAYLOVDA OVOZ BERISH TARTIBI

🕗 Saylov kuni (Bugun) soat 8.00 dan 20.00 gacha ovoz berish mumkin.

✍️ Saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatib, saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘ygandan so‘ng unga saylov byulleteni beriladi.

➡️ Saylovchi ism-familiyasi biron-bir sababga ko‘ra ro‘yxatga kirmay qolgan bo‘lsa, saylovchilarning familiyalari shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.

📌 Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi.

❌ Byulletenni to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.

📝 Saylovchi byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli. Saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va OAV vakillari bundan mustasno.

✅ Yoqlab ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasidagi o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «➕» yoki «✔️» yoxud «✖️» belgilaridan biri qo‘yiladi.

📄 Ovoz berish vaqtida saylov byulleteni buzib qo‘yilsa, saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.

❕ Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.

Bunda tegishli komissiyaning kamida 2 nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi.

☑️ Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan fuqarolar doimiy yoki vaqtincha yashash joylaridagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

🚫 Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1