Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Emlangan talabalar uchun kontrakt to‘lovidagi chegirma muddati 15-noyabrgacha uzaytirildi

▪️Davlat OTMlarida koronavirusga qarshi 1-noyabrgacha vaksina olgan talabalarning kontrakti uchun bir martalik 10 foiz chegirma berish belgilangandi. Bu muddat 15-noyabrgacha uzaytirildi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Kun tarixi: 22-oktyabr – Erkaklarning asab tizimini asrash kuni

😁 Bu qanchalar gʻalati eshitilmasin, haqiqatdan mana shunday kun mavjud. Mutaxassislarning aytishlaricha, erkaklarning asab tizimiga bogʻliq muammolarning bir qismi ayollar tomonidan oʻtkazilgan bosim natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Erkaklar orasida asab tizimi kasalliklaridan aziyat chekish holatlari ham koʻp uchraydi. 22-oktyabr kuni jamoatchilik eʼtibori ana shu muammolarga qaratiladi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
- Domla, talabalarimiz mayliyu rostdan o‘qiyapti, ularni papkasini qarang...

- Ey, xonangizdan chiqmaysizda boshliq, ijara uylar qimmat bo‘lib ketgan hozir. Bu papkamas, palatkalarini joylab olishgan!

#jiddiy_kulgu

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Endi OTMda kursdan kursga qolgan talaba 8 yil ichida o‘qishni tugatolmasa, o‘qishdan butunlay chetlatiladi — Oliy ta’lim vazirligi


▪️Vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Хoliqov bu tartib kredit-modul tizimi uchun xosligini bildirdi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining 1-kursini bitirganlar harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi

▪️Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari IIV akademiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti hisoblanadi.

Bu harbiy OTMlarda bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida kamida 3 yil, sirtqi va mosofaviy shaklda esa 4 yil ta’lim beriladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Премьера 🔥

⚡️Million-2021 YANGI KONSERT DASTURI

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ SAYLOVDA OVOZ BERISH TARTIBI

🕗 Saylov kuni (Bugun) soat 8.00 dan 20.00 gacha ovoz berish mumkin.

✍️ Saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatib, saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘ygandan so‘ng unga saylov byulleteni beriladi.

➡️ Saylovchi ism-familiyasi biron-bir sababga ko‘ra ro‘yxatga kirmay qolgan bo‘lsa, saylovchilarning familiyalari shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.

📌 Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to‘ldiradi.

❌ Byulletenni to‘ldirish chog‘ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi.

📝 Saylovchi byulletenni mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli. Saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va OAV vakillari bundan mustasno.

✅ Yoqlab ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasidagi o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga «➕» yoki «✔️» yoxud «✖️» belgilaridan biri qo‘yiladi.

📄 Ovoz berish vaqtida saylov byulleteni buzib qo‘yilsa, saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisiga almashtirilishi mumkin.

❕ Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.

Bunda tegishli komissiyaning kamida 2 nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi.

☑️ Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan fuqarolar doimiy yoki vaqtincha yashash joylaridagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.

🚫 Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilar ishtiroki to‘g‘risida axborot

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Hududlar boʻyicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni tugashiga 30 daqiqa qoldi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Talabalar 25-oktabrdan 3 haftalik ta'tilga chiqishi haqida fake xabar tarqalibdi

Ijtimoiy tarmoqlarda suratdagidek fake xabarlar tarqalmoqda. Botimizga ham manashu xabar keldi.

Hayronman yolgʻon xabarlarni tarqatib nima foyda olishar ekan 🤷🏻‍♂

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Tez o‘qish ko‘nikmasini xosil qilish haqida yozilgan kitob haqida so‘raldi

Tez o‘qish, tez topish, tez hisoblash, tezaytish, tez chopish, tez otish, tez yotib turish – albatta miya va badan a’zolarni harakatda ushlab turish uchun yaxshi mashg‘ulotlardir.

Ammo tez-o‘qish o‘qish va uqish uchun zaruriy shartlar emas. O‘qishdagi eng mashaqqatli narsa tushunish. Negadir “tez tushunish” mashqlari haqida eshitmaymiz. Bu bir tarafdan to‘g‘ri, chunki tez tushunilgan narsa yo avvalidan ma’lum va tushunilgan narsa bo‘ladi yoki umuman tushunilmagan bo‘ladi.

Suxbatdoshim tez-o‘qish ko‘p o‘qishga imkoniyat beradi, ko‘p o‘qish esa ko‘p narsani bilishni ta’minlaydi degandek bo‘ldi.

Men “bu masalada tezlik va miqdor sifatni ta’minlamaydi” dedim. Chunki oz o‘qilsin-u, soz o‘qilgani, yaxshilab mag‘zi chaqilib ishlangani yaxshi. Olinayotgan ma’lumotlardan ko‘ra shu ma’lumotlar ostidagi asoslarni talab qilib o‘qigan afzal. Asoslarni bilish ko‘p mayda ma’lumotlarni bilish zaruratidan ozod qiladi. Asoslar esa siz hozirgi lahzada uchun muhim bo‘lgan masala bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Quruq eruditlikning to‘tiqushlikdan farqi yo‘q.

Shuning uchun “qanday qilib tez va ko‘p o‘qiy olaman?” degan savolga javob topgandan ko‘ra qanday manbalarni va nimani o‘qishim kerak degan savolni qo‘ying. Tezlik esa vaqt bilan xosil bo‘laveradi. Va yana, ba’zi matnlar yashin tezligi bilan o‘qilsa, ba’zilarining yarim beti yillar davomida hazm bo‘ladi. Tezlik o‘z xususiyatiga ko‘ra nisbiy tushuncha.

Agar izohda mendan: “qanday kitoblarni tavsiya qilasiz?” deb so‘rasangiz, demak nima yozganimni tushunmabsiz. Boshqatdan o‘qing.

© Jamshid Muslimov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egalaridan daromad solig‘i olinmasligi mumkin

▪️Qonun loyihasiga ko‘ra, talabalarni o‘z uylariga ijaraga joylashtiruvchi shaxslarning ijara to‘lovlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#biroz_tabassum
1 - oʻgʻlim: Iqtisod boʻyicha bakalavr.
2 - oʻgʻlim: Biznes boʻyicha magistr.
3 - oʻgʻlim: Falsafa fanlari nomzodi.
4 - oʻgʻlim: Oʻgʻri.

Qoʻshni soʻrayapti: Nimaga 4 - oʻgʻlingizni uydan haydamaysiz?
Ota: U oilada yagona pul topadigan. Qolganlari ishsiz.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👎1
❗️Pedagogika universitetida dekan oʻrinbosari talaba qizga tegachogʻlik qilgani aytilmoqda

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3 kurs talabasiga dekan oʻrinbosari tegajogʻlik qilgani aytilmoqda. Bu haqda Nemolchi.uz (Sukut saqlama) loyihasiga talaba Mushtaribonu Kamilova murojaat qilgan.

Hodisa paytida qiz qarshilik koʻrsatgandan soʻng dekan muovini uni derazadan itarib yuboradi va qiz tushib ketadi. Dekan oʻrinbosari qizning onasiga qoʻngʻiroq qilib, qiz oynadan tushib ketgani va uni shifoxonaga olib borishayotganini aytadi.

Bundan tashqari, qizga oyna artayotib oʻzi tushganini aytishini tayinlaydi. Aks holda universtitetdan haydash bilan tahdid qiladi.

Talaba hozirda tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashhislari bilan kasalxonada.

Holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan oʻrganilmoqda.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2021/10/27/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Pedagogika universitetida dekan oʻrinbosari talaba qizga tegachogʻlik qilgani aytilmoqda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3 kurs talabasiga dekan oʻrinbosari tegajogʻlik qilgani aytilmoqda. Bu haqda Nemolchi.uz (Sukut saqlama) loyihasiga…
❗️Talaba qizga tegajog‘lik qilgan dekan o‘rinbosari ushlandi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasiga tegajog'lik qilgan dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 118, 205-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kanalga ulanish👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#talabalardan_murojaat

"Jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo'lim talabasiman. Bizning ma'sofaviy platformamizni ahvolini ko'rsatmoqchi edim. Ertaga platformani bajarmading deb 2 qo'yishadi, keyiniga karushokni yopish uchun pul so'rashadi bu ahvol qachongacha davom etadi?"

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
#talabalardan_murojaat "Jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo'lim talabasiman. Bizning ma'sofaviy platformamizni ahvolini ko'rsatmoqchi edim. Ertaga platformani bajarmading deb 2 qo'yishadi, keyiniga karushokni yopish uchun pul so'rashadi bu ahvol…
❗️Jizzax davlat Pedagogika instituti talabasidan kelgan murojaat

Murojaatni hech qanday o'zgarishsiz sizlarga havola qilamiz. Ha aytgancha, birinchi marta Jizzax davlat Pedagogika institutidan muommo kelib tushgani yo'q. Oldindan ham ko'p yozganmiz.

"Men Jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi taʼlim shakli talabalari nomidan yozyapman. Oz boʻlsa ham ularni his qilgan dardi va alamlari haqida aytmoqchiman.

Bizni institutda darsimiz boshlangandan beri hech qachon chaqirib dars oʻtishmadi. Oʻqituvchilar yakuniyga chaqirdi unda ham biz zoʻrgʻa pulini berib yopib keldik , lekin buni hattoki rektor ham tan olmaydi .

U ham mayli biz oʻqishni koʻchirishchun xujjat talab qilganimizda sirtqi fakultet dekani bermayman deb turib oldi , rektor Shavkat Sharipov hamtovogʻi ekan u bermaydi hujjatingni shu yerda oʻqiyver deb quvib soldi xonasidan.

Alam qilgani biz pulini toʻlab oʻqib bilim ololmayotganimizda , bizga mayli oʻqishni koʻchirishga ruxsat bermasin. Lekin bizga hech boʻlmasa 1 oy tushuncha hosil qilish uchun dars oʻtishsin , faqat topgan bahonalari oʻqishga joy yoʻq deydi. Nahotki jizzaxdek katta joyda 5 mingta bolani 1 oydan chaqirib oʻqitishga joy boʻlmasa? Yoʻq joy bor yetib ortib ham qoladi .

Oʻqituvchi savodsiz hattoki rahbarimiz rektor janoblari ham oʻz manfaatini oʻylagan odam, chalasavod boʻlsa biz dodimizni kimga aytaylik?

Darslar hemisda boʻlgan edi oʻtkan yili unda qulay edi chunki oʻqituvchi qoʻygan bahoni oʻzgartirishi mumkin emasdi . Modulga oʻtkazdi unda oʻqituvchi talabalarni maymunday oʻynatishi uchun sharoitlar yaratilganda hohlagancha koʻyiga solsa boʻladi bahoni shuning uchun poraxoʻr rektorimizni buyruqlari bilan bizni butun respublika ishlatayotgan Hemis dasturidan chiqarib Modulga oʻtkazishdi .

Bizga kim yordam beradi shu masalada respublika maʼsullari tirikmi? shunga javob izlayapmiz. Iltimos bizga ham darslar boshqa institutlardagiday 1 oygina boʻlsa ham an'anaviy boʻlsin, sirtqidagilar ham ertaga biror yerda ishlamoqchi, mol boqish uchun oʻqishmayapti, 14 mln kontrakt toʻlab.

Xatolar boʻlgan boʻlsa uzur! Xato ham boʻladida savodsiz oʻqituvchi qoʻlida oʻqigan savodsiz talaba yozgandan keyin. Bizda ham savod bor edi institutga kirganimizda borini ham chiqarib yuborishdi"

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yozda uyimizda bitta qoida amal qilardi: kechki payt futbol o‘ynagani chiqishim uchun bitta kitobni o‘qib tugatishim kerak edi. 200-250 betlik kitoblar o‘qilardi asosan.

Boshida futbol o‘ynash uchun o‘qigandirman, lekin keyinchalik shular asqotgani uchun onamdan minnatdorman.

Muhammad Temur A’zam, jurnalist

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Tezkor

❗️Toshkent davlat texnika universiteti ovqatlanish joyida yong'in chiqdi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkent davlat texnika universiteti ovqatlanish joyida yong'in chiqdi. (Video)

Jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot yo'q hozircha

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg