❗️Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi
▪️Institut Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida ochildi va filialning barcha talabalari yangi OTMga o'tkaziladi.
OTMda shu o'quv yilidan kredit-modul tizimiga o'tiladi.
Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

“Zamdekan+qiz” voqeasi negadir o‘xshamayapti!
Qiz+onasi hammani o‘z versiyasiga ishontiryapti, hatto IIBB ham aybsizlik prezumpsiyasiga tupurib qo‘yib zamdekanni aybdor deb chiqishga ulgurdi. Qizig‘i, hatto qotillarni e’lon qilganda ham “qotillikka gumondor Q.A.” deb yozadigan ichki ishlar zamdekanning ismi bilan oshkora aybdorga aylantirib yuborish mumkin, deb hisobladi. Jamoatchilik zamdekanni bemalol samosud qilish mumkin, degan xulosaga kelib ulgurdi.
Zamdekanni mutlaqo tanimayman, Bog‘abek degan ismni birinchi marta eshitishim. Bor xulosani o‘sha ona+qizning so‘zlariga qarab qilyapman va qator savollarga javob topa olmayapman:
1. Nima uchun voqeadan 10 kun o‘tib shov-shuv ko‘tarilyapti?;
2. Soat 15.45 da, ya’ni kuppa-kunduz kuni chiroqni o‘chirishga sabab bormi?
3. 3-qavatdan "itarib" yuborilgan qiz yerga kelib tusharkan, og‘ir jarohat olarkan, zamdekan shuncha joydan aylanib kelib yana yerga urib o‘ldirishga urinarkanu, hech kim ko‘rmaskanmi? Institutmi bu yoki kimsasiz tog‘u-toshlar orasimi?;
4. Qanday qilib narxozdan yujniy yonidagi institutga 8 minutda yetib kelib, zamdekanning xonasini topib borish mumkin? Yana kamida 20 minutlik masofada, eng probka ko‘chalardan yurib;
5. 8 minutda narxozdan yetib kelgan Robin Gud zamdekan shuncha joydan aylanib, 3-qavatdan tushib kelguncha, qizni yerga urib o‘ldirishga uringuncha pastga tushmaganmi? Yerga urib o‘ldirishga uringanda nega aralashmay turgan?;
6. Zamdekan xonasida zo‘ravonlik qilgan chog‘da qizda kimgadir qo‘ng‘iroq qilib chaqirish imkoniyati bo‘lgan ekan, nega 102 ga yoki shu atrofdagi biror yaqiniga qo‘ng‘iroq qilmay, shuncha masofadagi yigitga qo‘ng‘iroq qilgan?
Xullas savollar ko‘p o‘rtoqlar, savollar juda ko‘o‘o‘p...
Abror Zohidov.
(Suratda shu ikkisi)
Do'stlarga ulashing👇👇

❗️ Rasmiy: Aziz talaba-qizlar, opa-singillar!
Agar siz ta’lim olayotgan yoki mehnat qilayotgan oliygoh, professional ta’lim muassasasida sizga nisbatan biron-bir koʻrinishda tegajogʻlik, tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etilgan boʻlsa, yoxud ana shunday nojoʻya xatti- harakatlar tahdidi ostida boʻlsangiz yoki guvohi boʻlgan boʻlsangiz, hech ikkilanmay Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 1006 ishonch telefoniga yoki @himoya_otv_bot ga murojaat qiling!
Shaxsingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi. Sizga zarur boʻlgan barcha yordam koʻrsatiladi, nojoʻya xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, sodir etilgan har bir holat boʻyicha qat’iy choralar koʻrilishi ta’minlanadi.
Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim tizimida sogʻlom ma’naviy muhitni shakllantirish, muhtarama ayollarimizning, aziz opa-singillarimizning sha’ni, qadr-qimmati, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vazirligimiz uchun ustuvor ahamiyatga egadir.
Ⓜ️ OO’MTV

AQSHda kuz 😍
Photo by: travelbookuz

Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti
🔰 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5172-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.
📌 Mazkur qarorga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, ta’lim sohalari kesimida, ta’lim olish tilidan qat’i nazar, respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.
✅ Bunda:
👉 Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
👉 muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.
📚 Davlat komissiyasining 7-son bayonida 2021-2022-o‘quv yili uchun 25 ta ta’lim sohasining har biriga 8 tadan kvota ajratilgan bo‘lib, ayrim sohalarda sakkizinchi va undan keyingi o‘rinlardagi abituriyentlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lganligi sababli jami 257 nafar abituriyent Prezident grantiga da’vogar bo‘ldi.
🖥 Ta’lim sohalari kesimida Prezident grantiga da’vogarlar soni va o‘tish ballari bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.
Ⓜ️ Davlat test markazi

#E'lon
⚡️Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi
🔰Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.
▶️Bunda:
✔️1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va oʻzbekiston tarixi;
✔️2-boʻlimda 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari jamlangan.
✅TDYU Kengashi 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
❗️Ya’ni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2-yildan keyin joriy qilinadi.
☝️Yanada aniqroq qilib aytganda, hozir maktabda 11-sinfda oʻqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda oʻqiyotganlar esa 2023-yilgi testda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshiradi.
🔄Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi.
Ⓜ️ OO'MTV

Zamonaviy kasblardan birini oʻrganish niyatidamisiz?
Unda uydan ishlab ham moʻmaygina daromad topa oladigan Grafik dizayn mutaxassisi boʻling.
"Progress Academy"da uzoq kutilgan Grafik dizayn BOOTCAMPga start berilmoqda.
- Kurs davomiyligi: 6 oy;
- Haftada 5 kun;
- Mashgʻulotlar vaqti: 3 soat.
Qanday dasturlar oʻrgatiladi?
- Photoshop;
- Adobe Illustrator;
- Corel Draw;
- Figma.
Kurs yakunida nimalar qila olasiz?
- SMM dizayn;
- Maxsulot va qadoqlash dizayni;
- Logo va brending;
- Veb dizayn.
👨🏻💻 Mashgʻulotlar ushbu sohada ko'p yillik tajribaga ega, katta loyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan mutaxassis tomonidan olib boriladi.
☝🏻 Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar ish va maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
🏇 Shoshiling, joylar soni oz qoldi, BOOTCAMP 1-noyabrdan offline holatda start oladi.
Professional bo'lib, yaxshi daromad topish uchun 4 yil o'qish shart emas!
Kursga yozilish uchun:
📲 https://clck.ru/YFW3L
712002212 | @progresuz
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

#GRANT
❗️Singapurning nufuzli universitetlaridan biri Nanyang Texnologiya universitetida bakalavr bosqichini to'la moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyatini beruvchi Nanyang Scholarship dasturi
Talablar
— Barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin;
— Universitetning to'liq kunduzgi (full-time) bakalavr bosqichiga qabul qilingan bo'lishi yoki ushbu bakalavr kurslarining talablariga javob berishi kerak;
— 12 yillik ta'limni (yoki ekvivalent) tugallagan bo'lishi shart va b.
Foydali tomonlari
— O'qish kontrakt to'lovidan ozod etiladi;
— Yashash xarajatlari uchun yillik $6500 stipendiya beriladi;
— Turar joy uchun yillik $2000 miqdorgacha mablag' bilan ta'minlanadi va b.
Oxirgi muddat
19.03.2022
Batafsil
https://www.ntu.edu.sg/admissions/undergraduate/scholarships/nanyang-scholarship#Content_C006_Col00
Do'stlarga ulashing👇

⚡️Rasmiy xabar!!!
❗️🎓2021/2022 - o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha tarzda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt miqdorlarining 2 barobari) asosida talabalikka kirish uchun arizalar qabul qilish boshlandi!
📝Arizalarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistratura bo'limiga topshirishingiz so'raladi.
☑️Arizalar belgilangan tartib va kvota asosida ko'rib chiqiladi.
📌Eslatma: Arizalar asosida to’lovni amalga oshirishning so’nggi muddati – 20-noyabr.
Murojaat uchun telefon:
📞 +(998)71 244 94 63

Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi a’zo bo‘ldi
Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida Turkiy kengash Turk dunyosi universitetlari ittifoqining V Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadagi 32 ta oliy o‘quv maskani rektorlari, olimlar va talabalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, diplomatlar, ekspertlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirok etdi.
Anjumanda "O‘rxon" mobillik dasturi masalalari va uni rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlar muhokama qilindi. A’zo universitetlar tomonidan dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida hisobot berildi. Bundan tashqari, 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
V Bosh Assambleyada Turk dunyosi universitetlari ittifoqiga bir qator universitetlar a’zo bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekistondan – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Qo‘qon universiteti.
Eslatib o‘tamiz, Turk dunyosi universitetlari ittifoqi kengashi 2013-yilda tashkil etilgan. Hozirda Ittifoqning Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Vengriyadan 40 dan ortiq a’zosi bor.

2020 yilda 31 nafar sportchi qalbaki hujjatlar asosida imtiyozli ravishda talaba bo‘lgani ma'lum qilindi
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya ta'kidlangan Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kirgan sport turlari bo‘yicha milliy birinchiliklarni o‘tkazish jarayoni elektronlashtirilmagan va video va fototasvirga olish tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Bundan tashqari, musobaqalarning barcha hujjatlari qog‘oz shaklida yuritib kelingani oqibatida sportchilar tomonidan qayd etilgan natijalarning shaffofligi ta'minlamagan. Bu esa ayrim sport murabbiylarining musobaqa natijalarini soxtalashtirishiga imkon yaratgan. Bosh prokuratura tomonidan Turizm va sport vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aynan shu haqda so‘z borgan.
Qayd etilishicha, birgina 2020 yilda 31 nafar sportchi qalbaki hujjatlar asosida oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda qabul qilinganligi aniqlangan. Shu bilan birga, joriy yilda o‘tkazilgan baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda voleybol musobaqalari natijalari bo‘yicha haqiqatda g‘oliblikni qo‘lga kiritmagan 7 nafar sportchiga imtiyozlar taqdim etilgan. Yig‘ilishda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani aytildi.
“Xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatga erishgan yosh sportchilarni rag‘batlantirish maqsadida ularni davlat oliy ta'lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihonsiz qabul qilish kutilgan samarani bermagan. Aksincha, imtiyoz asosida talaba bo‘lganlarning xalqaro musobaqalardagi natijalari yildan yilga pasayib borgan.
2018 yilda imtiyozli ravishda talabalikka qabul qilingan sportchilarning 44 nafari (10,5 foizi) Osiyo va jahon chempionati g‘olib va sovrindori bo‘lgani, 2021 yilda esa atigi 13 nafar sportchi (0,6 foiz) ana shunday natijaga erishgan”, deya O‘zbekiston bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda milliy chempionatlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni xalqaro standart va talablarga mos kelmasligi aniqlangan. 2018–2021 yillarda o‘tkazilgan 698 ta milliy chempionat bahsidan 269 tasi yoki 38 foizi dastlabki saralash, ya'ni tuman-shahar bosqichlarisiz o‘tkazilgan.
Oqibatda, olis hududlardagi iqtidorli yoshlarning mazkur musobaqalarga jalb etish va imtiyozdan foydalanish huquqi cheklangan. Yoki milliy chempionatlarni o‘tkazishda barcha hududlar birdek qamrab olinmagan. Ushbu davrda o‘tkazilgan 698 ta chempionatning 221 tasida hududiy jamoalarning yarmi ham ishtirok etmay, nomigagina tashkil etilgan.
Ⓜ️ Kun.uz

So‘nggi uch yilda OTMga o‘qishga kirish imkonini beruvchi imtiyozlar sun'iy ravishda ko‘paytirib yuborilgan – Bosh prokuratura
2018 yilda 421, 2019 yilda 1213 va 2020 yilda 2367 kishi sportdagi yutuqlari uchun imtiyozli ravishda oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Bosh prokuratura axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, uch yil ichida imtiyozdan foydalanib talaba bo‘lganlar salmog‘i 5 baravarga ortgan.
Bosh prokuratura olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha belgilangan sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlariga oliy ta'lim muassasalariga kirish imtiyozining berilishi ahvolini o‘rgangan. O‘rganish natijalari haqida bugun Turizm va sport vazirligida o‘tgan yig‘ilishda ma'lumot berilgan.
Yig‘ilishda yosh sportchilarni rag‘batlantirish maqsadida musobaqalar g‘oliblarini davlat oliy ta'lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihonsiz qabul qilish tizimi joriy etilgani, o‘tgan uch yilda 4 ming nafar abituriyent bu imkoniyatdan foydalangani ta'kidlangan. Biroq prokuratura organlari tomonidan olib borilgan o‘rganishda musobaqalarni o‘tkazish, iqtidorli sportchilarni tanlab olish va ularga imtiyoz berish tizimida jiddiy muammolar borligi aniqlangan.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning ma'lum qilishicha, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlariga iqtidorli sportchilarni tayyorlash maqsadida yosh sportchilarga imtiyoz berish yo‘lga qo‘yilganiga qaramay, ko‘p hollarda imtiyozlar “ayrim yoshlar” uchun o‘qishga kirish vositasiga aylanib qolgan. Shu sababli imtiyozlar sonini sun'iy oshirish maqsadida oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirish huquqini beruvchi sport musobaqalarining soni ham ko‘paytirib yuborilgan.
“Davlat oliy ta'lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihonsiz qabul qilish huquqini beruvchi olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha 2018 yilda 206 ta musobaqa o‘tkazilgan. Biroq 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich nima uchundir 296 tagacha oshirilgan.
Sport musobaqalari taqvim-rejasiga ko‘ra 2018–2021 yillarda basketbol, voleybol va chim ustida hokkey bo‘yicha respublika miqyosida 146 ta musobaqa o‘tkazilishi kerak bo‘lsa-da, amalda ikki barobar ko‘p, ya'ni 273 ta chempionat tashkil etilgan. Natijada mazkur sport turlari bo‘yicha imtiyoz asosida o‘qishga tavsiya etilganlar soni ham yilma-yil ko‘payib borgan.
Tabiiyki, bu vaziyatda g‘olib va sovrindorlar soni ortib, OTMga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar soni ham ko‘paygan. 2018 yilda 421, 2019 yilda 1213 va 2020 yilda 2367 yigit-qiz sportda erishgan yutuqlari uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan. So‘nggi 3 yilda “imtiyoz sohiblari” soni 5 barobarga ortgan”, deya Hayot Shamsuddinovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.