Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Talaba.uz | Ta'lim portali
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Termiz Davlat universitetidan ajoyib holat😁 (kechki ta'lim)

O'qituvchi "Eng qadimgi odamlar" haqida nutq so'zlayotgan bir vaqtda "svet"siz o'tirganini ko'rishingiz mumkin)

"Eng qadimgi odamlar" davriga yaqinlashyapmiz shekilli😂

Do'stlarga ulashing👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️OTMlarning milliy reytingi e’lon qilindi

▪️Ta’lim inspeksiyasi reytingiga ko‘ra, top beshtalikni:

– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti;
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi;
– Samarqand davlat universiteti;
– Toshkent moliya instituti band qildi.

Reyting OTMlardagi ta'lim sifati tahlili asosida chiqarilgan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
@TalabaUz | DOKTORANTURA 2022.pdf
7 MB
DIQQAT! MUHIM XABAR!!

🔰 2022-yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)da oʻqish uchun OTMda oʻtkaziladigan imtihon sanalari aniq boʻldi.

🗓 Ilova orqali OTMda oʻtkaziladigan imtihon sanalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin.

📽 Shuningdek, imtihon jarayonlarini ilovada keltirilgan manzillar orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
#biroz_tabassum

Unday emasda endi Aziz akasi 😅

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓ Assalomu alaykum, men Farg‘ona davlat universitetining Biologiya yo‘nalishida o‘qiyman, hozirgi vaqtda o‘rta ta'lim maktabida ishlashim mumkinmi? Agar ishlay olsam menga qanday tartibda haq to‘lanadi? Oliy ma'lumotli xodim sifatidami yoki o‘rta maxsus xodim sifatidami?

✅ Javob: ha siz o‘rta ta'lim maktabida ishlashiz mumkin.
🤵‍♂ Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi NIZOMning 8-bandi Oliy ta’lim muassasasining 4-kursida, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

👨‍⚖ Yuqoridagi normaga asosan, siz 3-kursdan ishlay olasiz, sizga o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan xodim bilan bir xil ish haqi to‘lanadi.

Ⓜ️ Huquqshunos yordami

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Birinchi kurs talabalari uchun foydali maslahatlar

🔰 G’arb oliygohlarida birinchi kurs talabasini “freshman” deb atashadi. Yangi hayotga yangi qadam qo’ygan talaba oldida sanog’i yo’q imkoniyat va tanlovlar gavdalanadi.

❓Shu holatda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

1️⃣ Universitetda siz uchratadigan har bir inson (professor-o’qituvchilar, tyutorlar, kampusdagi xodimlar, hatto kursdoshlar)ning akademik hayotingizda o’rni bor. Imkon qadar ko'proq odamlar bilan mazmunli muloqot ("networking") qilib, ularning bilim va tajribalaridan maksimal olishga harakat qiling.

2️⃣ Har bir ishda tartibli bo'ling, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga ilk kundan odatlaning! Berilgan topshiriqni o’z vaqtida (“deadline”) bajarish – muvaffaqiyatning yarmi sanaladi. Birinchi kursdan tartib va intizomga odatlansangiz, keyinchalik ham unga amal qilish oson bo’ladi.

3️⃣ Ma’ruza vaqtida qayd qilib borish ("note-taking") odatini o’rganing. Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yildan yilga talabalar ma’ruza vaqtida qayd qilib borish (konspekt yozish) odatini unutib bormoqda. Qayd qilish ma’lumotlarni chuqurroq o'rganish, eslab qolish va ma’lum vaqt o’tgandan keyin takrorlash imkoniyatini beradi. Bu nihoyatda muhimdir. Ixcham va samara bilan yozilgan konspektlar talabaning kuch hamda vaqtini tejaydi.

©️ Sardor Usmanov

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#taziya

Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pedagogika univеrsitеti sobiq rеktоri, tехnikа fаnlаri dоktоri, prоfеssоr Bахrоm Gʻоfurоvich Qоdirоv vаfоt etdi. Bu haqida universitet rasmiy sahifasi e'lon qildi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji'un

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
CHАNGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?

Kecha yurtimizda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisasi kuzatildi. Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik - derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirdi. Nima qilish kerak?

• Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;
• Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
• Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);
• kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
• ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish; ustki kiyimlarni (kostyum, plaщ, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish.
• nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
• ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, na’matak damlamasini ichish;
• yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash; suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotalari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni iste’mol qilish.

Changni ko‘p to‘planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak:

• uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
• chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar); yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.
• chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
• oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;
• xona havosi optimal namligini ta’minlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.

Feruza Ibodullayevna Salomova, Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi mudiri, professor

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qani matematiklar bormi? 👀

Ozgina mantiqiyroq:


 5+3+2 = 151012
 9+2+4 = 183662
 8+6+3 = 482466
 5+4+5 = 202504

 7+2+5= ? ? ?


Do'stlaringizga ulashing👇👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
Qani matematiklar bormi? 👀 Ozgina mantiqiyroq:  5+3+2 = 151012  9+2+4 = 183662  8+6+3 = 482466  5+4+5 = 202504  7+2+5= ? ? ? Do'stlaringizga ulashing👇👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ko'pchilik yuqoridagi misolni ishlolmay GOOGLE amakiga murojaat qilishibdi))) Shunda ham xato chiqarishgan😁

To'g'ri javobni kommentariyada Sharipov Oxunjon yozgan.

Javob quyidagicha:

a+b+c=(a∗b)(a∗c)(teskari(b∗(a+c))) formula asosida

5+3+2 = (5*3)(5*2) (teskari (3(5+2))=151012

 9+2+4 = 183662
 8+6+3 = 482466
 5+4+5 = 202504

7+2+5=(7∗2)(7∗5)(teskari(2∗(7+5)))
= 14 35 42
Javob => 143542 bo'ladi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun chet tilidan o‘tkaziladigan test sinovlari yuzasidan

Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilayotgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida chet tillari (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, dariy, uyg‘ur, urdu, hindiy – jami 15 ta chet tili) dan qo‘llaniladigan test topshiriqlari lingvistik kompetensiya asosida til materialidan leksika va grammatikaga oid bilimlarni, nutq faoliyati turlaridan esa o‘qib tushunish, shuningdek, abituriyentlarning tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini tekshirishga qaratilgan. Davlat test markazi test savollari mazmuni va formatini ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda takomillashtirib bormoqda.

Test sinovlarida abituriyentlarning chet tili bo‘yicha real hayotda qo‘llaniladigan bilimlarini baholash maqsadida o‘qib tushunish ko‘nikmasini baholashga qaratilgan test topshiriqlarida ilmiy-ommabop matnlar va badiiy asarlardan olingan parchalar bilan bir qatorda yangiliklar, e’lonlar, eslatmalar va yo‘riqnomalardan foydalanilmoqda. Grammatika va leksikaga oid test topshiriqlarini shakllantirishda esa kundalik hayotda ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va iboralardan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Batafsil…

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Ta'limga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar qaysilar?

Ma'lumotlarga ko‘ra, ta'limga eng ko‘p pul sarflaydigan davlat Norvegiya bo‘lib, ularda YaIM (yalpi ichki mahsuloti)ning 6,7 foizi yo‘naltiriladi.

Qaysi davlatlar qancha miqdorda?

Norvegiya — (YaIMning) 6,7 foizi;
Yangi Zelandiya — 6,2 foiz;
Buyuk Britaniya — 6,1 foiz;
AQSh —6,0 foiz;
Kanada — 5,8 foiz;
Fransiya — 5,2 foiz;
OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) — 4,8 foiz;
Ispaniya — 4,3 foiz;
Germaniya — 4,3 foiz;
Italiya — 4,1 foiz;
Yaponiya — 4,0 foiz;
Rossiya — 3,4 foiz.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
​#talabalardan_murojaat

❗️Muommolar ko'pligi bo'yicha birinchilikni hech kimga bermay kelayotgan Jizzax davlat pedagogika instituti talabalaridan yana bir murojaat.

"Murojaatim shundan iboratki, Jizzax davlat pedagogika instituti, fizika va texnologik ta'lim fakulteti tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talablari institutda kvota soni ko'payib talabalar sig'mayotgani tufayli shahardan chetroq joyga Kuyovboshi MFY dagi eski kollej binosiga 3 oy muddatga deb, 2021-yil fevral oyida jo'natilgan.

Ammo kollejdagi sharoit juda og'ir bino eski, isitish tizimi ishlamaydi, devorlar nurab ketgan, yomg'ir mavsumida birinchi qavat "koridori" ko'lmak bo'lib ketadi. Tasviriy san'at fakulteti talabalariga amaliy darslar uchun ustaxona ajratilgan. Ajratilgan bino poli betondan bo'lib, ham katta, binoda xonalarda har soatda tomdan turli qum va chiqindilar tushib turadi va bino ichkarisini kabutarlar o'zlariga uy qilib olgan.

Talabalar sovuq kunlarda isinish uchun ko'chaga chiqadi. Qish mavsumida 4 soatlab bu sovuq xonalarda dars o'tiladi. Xona sovuqligidan ko'p ayol- qizlar shamollash, buyrak va ichki a'zolar shamollashiga uchradi va bu hol hozirgacha davom etmoqda.

O'quv joyi shahardan, institutdan uzoqda bo'lgani uchun dars jarayonini tekshirish bo'lmaydi va kafedra mudirining sustligi, darslarda talabalarga e'tiborsizligi tufayli talabalar uquvsiz bo'lib chiqmoqda.

Bu borada ota-onalar rektorga farzandlarini yaxshi sharoitga ko'chirilishini so'rab murojaat qilib chiqgan. Ammo ota-onalarning ham murojaatlari o'rganilmadi.

Sovuq xonalar, bee'tibor o'qituvchilar, darslar bo'lmasligi, kasal talabalar, og'ir sharoit va boshqa juda ko'p muammolar... Bular bilan hech kim shug'ullanmayapti.

Yordam beringlar! So'ngi ilinjimiz sizlardan."

Institut ma'sullari tanqidiy postlarga faqat raddiya qilib bermasdan, ijobiy yechim ko'rsatsa yaxshi bo'lardi.

Ma'sullarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talabalar uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qo‘shimchalarga ko‘ra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi. Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda o‘qiyotgan talabalarga to‘lanadi.

Stipendiyalar uchun nomzodlarni ko‘rsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15 avgust kunlari kiritiladi. Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30 sentabr kunlari ko‘rib chiqiladi. Stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgan fuqarolar suhbat asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori (675-son, 04.11.2021 y.) bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

☑️ Nizomga ko‘ra, kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati har yili 1 iyulgacha tasdiqlanib, OAVda eʼlon qilinadi.

📝 Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari har bir o‘quv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.

🖥 Tegishli tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20 iyuldan 10 avgustgacha Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

🗓 Suhbat jarayoni har yili 20 avgustdan 30 avgustgacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

➡️ Natijalarga ko‘ra 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

❕Tavsiyanomalar faqatgina berilgan o‘quv yili uchun amal qiladi.

⚠️ Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.

Ⓜ️ Huquqiy axborot

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi

▪️Talabgorlar o‘z OTMga 9-noyabrdan murojaat qilishi mumkin. Bunda mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ballni toʻplagan bo‘lish shart.

Kontraktning kamida 50 foizini to‘lash uchun oxirgi muddat 20-noyabr. — Oliy ta'lim vazirligi

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️2022/2023-o‘quv yilidan Oliy sport mahorati instituti tashkil qilinadi

▪️Institutda faqat olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini bitirgan, olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lganlar o‘qiydi.

Ular sport natijalariga qarab, seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida qabul qilinadi. Saralash 2022-yil 1-avgustdan boshlanadi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ Talaba qaysi hollarda OTMdan chetlashtiriladi?

✅ Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin;
✅ o'z xohishiga binoan;
✅ o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan;
✅ salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);
✅ o'quv intizomini va OTMning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
✅ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
✅ o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to'lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun);
✅ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
✅ sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
✅ vafot etganligi sababli.

Talabalarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg