Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Taraqqiy etgan millatlar onalari o‘qutar ekan, biz avval onamizni o‘qutub, anga til o‘rgatmoqimiz kerak. Chunki bizni ilm va tilsizligimiz alardandur.

Behbudiy "Oyna", 1915-yil

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🎓 Talaba-yoshlar va oʻqituvchilar diqqatiga!

🇺🇿 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Til bilimdonlari” tanloviga start beradi.

🗓Onlayn tanlov:

➖1-bosqich: 21-noyabr;
➖2-bosqich: 22-noyabr;
➖3-bosqich: 24-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

✔️ Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalar, professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

✔️ Tanlovda ishtirok etish uchun @tilbilimdonlaribot elektron manzili orqali roʻyxatdan oʻtiladi.

🏆 Tanlov yakunida gʻoliblar I, II, III darajali diplom hamda mos ravishda 2 million, 1.5 million va 1 million soʻm pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.

👉 Tanlov nizomi | batafsil

Ⓜ️ OO’MTV

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👨‍🎓Talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini E-ijara interaktiv xizmatida hisobga qo‘yish mumkin

🏠Ijaraga beruvchi ijara.soliq.uz saytiga kirib "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda talabaga oid ma’lumotlar (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) shakllanadi.

👨‍🎓Ijara shartnomalarini soliq organida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada talaba va u bilan birga turuvchi talabalar haqida maʼlumotlar ham shakllanadi.

✅Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar OO’MTV bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda OTMlarga qulaylik yaratadi.

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men 1 deb comment yozishga ulgurmaganlar bormi?

Ulgurmaganlarga jo’natib qo’yamiz 😉👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
KITOB HAQIDA O‘NTA FIKR

1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni o‘qib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.

2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning o‘qib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila o‘lchanadi.

3. Kitob o‘qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.

4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining ko‘lami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.

5. Qancha ko‘p kitob o‘qisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.

6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob o‘qiydiganlar va kitob o‘qiydiganlarning og‘ziga qarab yuradiganlarga bo‘linadi.

7. So‘mni tiyin tashkil etsa, o‘qib chiqilgan kitob soni – bilimni.

8. Aql topish uchun kitob o‘qish – tana manfaatida badantarbiya bilan shug‘ullanishdek gapdir.

9. Kishi aqlli bo‘lib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. O‘sha o‘ntani topish uchun esa minglab kitoblarni o‘qib chiqishi kerak bo‘ladi.

10. Yaqin do‘sting bo‘lmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil so‘zlab beradi senga.


Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
13 yosh qariyadan sizlar uchun tavsiya.

Sizlar hayotda nimani ham tushunar edinglar...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi

▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi.

Yangi tartibga ko‘ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#XUSHXABAR

🏆 Tariximizda ilk bora yurtdoshimiz Karate boʻyicha WKF jahon chempioni boʻldi

🥋 Musobaqada dunyoning besh qitʼasidagi 104 ta davlatdan 983 nafar sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqdi.

🥋Toshkent davlat yuridik universiteti “Sport huquqi” mutaxassisligi magistranti Doston Otabolayev Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida -75 kg vazn toifasida jahon chempioni boʻldi.

🥇U final jangida misrlik raqibini taslim etib, O‘zbekiston karate WKF olamidagi tarixiy oltin medalni qo‘lga kiritdi.

👏 Barakalla, azamat! Biz sen bilan faxrlanamiz!!!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (705-son, 22.11.2021-y.) bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishga oid Nizom tasdiqlandi.

🗓 Nizomga muvofiq, hududiy adliya organlari har yili 10-iyungacha yuridik texnikum bitiruvchilariga yoʻllanma berish masalasini koʻrib chiqish uchun komissiya tuzadi.

🖥 Bitiruvchilar yoʻllanma olish uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn platforma orqali murojaat qiladi.

🔰 Arizalar 20-iyundan 30-iyungacha quyidagi asosiy talablar boʻyicha koʻrib chiqiladi:

👉 har bir fan boʻyicha reytingi 71 va undan yuqori boʻlishi (sirtqi yoki masofaviy ta’limda oʻqiganlar uchun 85 va undan yuqori);
👉 chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikati boʻlishi;
👉 ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etgan, shaxsiy yutuqlar mavjud boʻlishi;
👉 ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak;

☑️ Yoʻllanma olganlar hujjatlarini 5-25-iyulda OTMga onlayn yuboradi.

📌 Yoʻllanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25-avgust kunlari oʻtkaziladi.

⚠️ Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlashdagi motivatsiya, shaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.

🎓 Suhbat natijalari 30-avgustgacha abituriyentni oʻqishga qabul qilish uchun tegishli OTMga yuboriladi.

Ⓜ️ OO’MTV

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Abituriyentlar.uz
Oʻzbekistondagi institutlarga qabul davom etmoqda

Buxoro Psixologiya va Xorijiy tillar instituti 2021-2022-oʻquv yili uchun hujjatlar qabul qilish davom etmoqda

📚Yo'nalishlar:
- Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'limda xorijiy til
- Oila psixologiyasi
- Amaliy psixologiya
- Xorijiy til va adabiyoti(Ingliz tili)
- Psixologiya(Faoliyat turlari bo'yicha)

ℹ️Universitet haqida batafsil maʼlumot

💰Firma toʻlovi: 500ming soʻm

🏃Shoshiling, qabul yakunlanishiga oz vaqt qoldi!

☎️Murojaat uchun:
+998337280404 | @mercuryinterco
​#Bilasizmi

❓Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

✅ Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

🏛Universitet — 27 ta;
🏛Institut — 45 ta;
🏛Akademiya — 3 ta;
🏛Konservatoriya — 1 ta;
🏛Filial — 29 ta;
🏛Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
🏛Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
🔸Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
🔹Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
🔸Madaniyat vazirligi - 9 ta;
🔹Badiiy akademiya - 1 ta;
🔸Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
🔹Adliya vazirligi - 2 ta;
🔸Transport vazirligi - 1 ta;
🔹Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
🔸Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
🔹Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
🔸Qurilish vazirligi - 2 ta;
🔹Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
🔸Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
🔹Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
🔸Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
🔹Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

❗️Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

👉 OTM roʻyxati pdf shaklda.

Ⓜ️ OO’MTV

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
AQSHdagi imtiyozli stipendiyalarga hujjat topshirish muddatlari haqida ma’lumotlar

Ariza topshirish muddatlari
Grant olish uchun ariza topshirish muddatlari bor. Qoida bo‘yicha, universitetga hujjatlarni qabul qilish, imtihonlar va qabul muddatlaridan farq qiladi. Komissiya tomonidan hujjatlarni qabul qilish muddatini o‘tkazib yubormaslik uchun quyidagi tushunchalarga ahamiyat berish muhimdir:

● Admission deadline (oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish muddati)
● Application deadline (hujjatlarni qabul qilish muddati).
Ko‘pincha bu sanalar juda farq qiladi. Bundan tashqari, stipendiya olish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati talabani universitetga qabul qilish muddatidan bir necha oy oldin tugashi mumkin. Masalan, Xyuston universitetida kuzgi semestr uchun:

● stipendiyalar uchun hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati - 1 aprel
● chet ellik talabalar uchun esa qabul muddati 1-iyungacha tugaydi.

Yana bir muhim jihati shundaki, stipendiya, kredit yoki universitet qoshida ish kabi moliyaviy yordam olish uchun faqat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan talaba murojaat qilishi mumkin.

Ⓜ️ TravelbookUz

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi

Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o‘qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob o‘qishni boshlaganlaridan so‘ng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Judayam to’g’ri, albatta…

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#bilasizmi?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1