Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
Qoʻying hamma gʻam tashvishlarni.

Keling "mutolaa"shamiz 😅.

Hozirda qaysi kitobni mutolaa qilyapsiz? Va sizga eng koʻproq yoqqan jumlalar qaysilar?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Talabalarning eng ko‘p kontraktini Navoiy shahri hokimligi to‘lab bergan

▪️"Talabaga madad" loyihasi bo‘yicha respublikada talabalarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan hokimliklar ro‘yxati tuzildi. Unga ko‘ra, eng ko‘p – 242 talabaga moddiy yordam ko‘rsatgan hokimlik Sharof Rashidov tumani bo‘lgan. Eng ko‘p kontrakt miqdorini 176 nafar talabaga – 807,2 mln so‘m Navoiy shahri hokimligi to‘lagan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
📢 E’LON!

Bugun soat 14:00
da AOKA zalida “Oliy taʼlim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish holati” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:

🔹Raximjon Rasuljonovich Xakimov — vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;

🔹Abduvali Jonuzakovich Xoliqov — Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh boshqarma boshligʻi;

🔹Hamzaxoʻja Tursunxoʻjayevich Abdurahmonov — Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi;

🔹Oliy taʼlim muassasalarining mutasaddi vakillari.

Barcha OAV vakillari hamda jurnalistlar taklif etiladi.

❗️Ushbu masalalar bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni telegram tarmog‘i orqali @Rasmiy_aloqabot manziliga yo‘llashingiz mumkin.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Oliy ta’lim muassasalaridagi komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limlari tomonidan bir qator korrupsion holatlar aniqlangan. Jumladan:

📎 1ta holatda 8ta kurs ishlari va 10ta bitiruv malakaviy ishlarda plagiatga yo‘l qo‘yilgan;

📎 2ta holatda oraliq nazorat imtihonlariga o‘ringa-o‘rin kirish holati aniqlangan;

📎 1ta holatda tanlov g‘oliblariga beriladigan pul mukofoti berilmagan;

📎 1ta holatda o‘qituvchi tomonidan talabalarga kitob sotish holati aniqlangan;

📎 3ta holatda asbob-uskunalar va kompyuter vositalari (132 mln. so‘mlik) bo‘yicha shartnomalar bekor qilingan;

📎 1ta holatda OTM bosh hisobchisi o‘rinbosari manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan (119 mln. so‘m);

📎 1ta holatda talabaning to‘lov-kontraktining ortiqcha qismini qaytarib olishda ta’magirlik holati aniqlangan;

📎 3ta holatda baho evaziga pora talab qilingan;

—————
AOKAda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanidan

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Turin politexnika universiteti talabasi oliygoh darvozasi oldida urib o‘ldirildi

25-noyabr kuni soat 13:00 atrofida Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti darvozasi oldida bir necha yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli A. R. (talaba emas) 18 yoshli Sh. R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok bo‘lgan.

Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Tibbiyot OTMlarining talabalariga yashash joyida amaliyot qilish mumkin bo‘ldi

▪️2022/23-yillarda barcha tibbiyot OTMlarining bitiruvchilari 1 semestrlik amaliyotni o‘z hududida o‘tashi mumkin bo‘ladi. Nazariy darslar esa masofaviy shaklda o‘tiladi.

Batafsil👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#Qabul2021
⚡️ Milliy estrada san’ati institutiga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

📌 2021-yil 26-noyabr kuni o‘tkazilgan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytidan shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.

🖥 Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun majburiy fanlardan test natijalari bilan birga kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari ham e’lon qilindi.

✅ Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari uchun chet tili fanidan test natijalari bilan birga mutaxassislikka mos fanlar uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari va talabgorlarning diplom ballari ham my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
#Qabul2021
⚡️ Professional ta’lım muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari

📌 2021-2022-o‘quv yili u
chun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shakliga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

🖥 Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❓“Intellektual qatʼiyat” degan iborani eshitganmisiz?

🔰 Talabalarimiz orasida har kuni eng koʻp qoʻllanilishi lozim boʻlgan mazmunli iboralardan biri bu “intellektual qatʼiyat” (“Intellectual perseverance”).

✅ “Intellektual qatʼiyat” bu — murakkab akademik sohalarni oʻrganayotgan vaqtda azm-u shijoatli boʻlish, qiyin vaziyatlarda orqaga chekinmaslik, niyatlardan voz kechmaslik, oʻz akademik tanlovini himoya qilish, tanlagan pozitsiyalarida mustahkam turish deganidir.

☝️ Bu “orqaga yoʻl yoʻq”, “oxirigacha boramiz” degan dunyo qarash bilan qurollanish.

✳️ “Intellektual qatʼiyatni” oʻzingizning ikkinchi tabiatingizga aylantirib olishingizni tavsiya etamiz.

✳️ “Intellektual kurashlarni” qabul qiling, ulardan qoʻrqmang.

🔆 Faqatgina shu holatda siz pirovardida gʻolib boʻlasiz.

©️ Sardor Usmanov

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
UzbekVoice.ai - o‘zbek tilini raqamlashtirish tashabbusi. Ishtirok eting va maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!

Birgalikda biz sunʼiy intellekt algoritmlarini o‘zbek tilini tushunishga o‘rgata olamiz!

Ishtirok etish uchun:
1) Albatta Telegramdagi jamoamizga qo'shiling: https://t.me/uzbekvoice 👥

2) Mozilla Common Voice platformasining O‘zbek tili sahifasiga kiring (commonvoice.mozilla.org/uz). Platformada ro‘yxatdan o‘ting (ixtiyoriy) 📄

3) “O‘qish” tugmasini bosing va o‘zbek tilidagi jumlalarni o‘qib, ovozingizni bazada yozib qoldiring 🎤

4) “Tinglash”ni bosing va boshqalar o‘qigan gaplarni tinglab, aniqligini tekshiring 🔊

To'rt nafar eng faol o‘quvchi va to'rtta eng faol tinglovchi quyidagi sovrinlardan biriga ega bo'lishadi:
📱Smartphone Xiaomi Redmi 9A
⌚️Smart Watch HW56
🔋Power Bank
💾Hard Drive

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2021-yil 15-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sizning ishtirokingiz muhimdir! Tashabbusda qatnashing va o'zbek tilini ommalashtirishda o'z hissangizni qo'shing!

Batafsil ma'lumot
Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Oksford universitetidan magistratura bosqichi uchun Oxford-Pershing Square Graduate Scholarships dasturi. Yillik stipendiya - £15,609

Talablar
— Nomzod ushbu universitetning Oksford 1+1 MBA dasturi talablariga javob berishi va o'sha dastur uchun hujjat topshirgan bo'lishi kerak;
— Hozirda magistratura yoki PhD kursini tamomlayotgan bo'lishi hamda ingliz tilini mukammal darajada bilishi zarur;
— Yuqori akademik ko'rsatkichga va GMAT/ GRE sertifikati yoki boshqa mukofotlarga ega bo'lishi lozim va b.

Foydali tomonlari
— Dastur davomida o'quv kontrakt to'lovidan ozod etiladi;
— 2 yillik o'qish davomida yashash xarajatlari uchun yillik £15,609 stipendiya bilan ta'minlanadi.

Oxirgi muddat
12.01.2022

Batafsil
https://bit.ly/3CYXPDp

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Qurollar evolyutsiyasi...

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha komplayens-nazorat tizimida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda.
Ⓜ️ OO’MTV

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
TOSHKENTDA ITALIYANING PIZA UNIVERSITETI FILIALI TASHKIL ETILADI

“Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.

Filialda geologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda ta’lim 2022/2023-o‘quv yilidan kunduzgi shaklda o‘zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi. Qabul parametrlari mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Assalomu alaykum va rahmatulloh!
Birodarlar rasmdagi bolajon yurak parogi kasalligi bilan og'rinyabdi😓
Jarrohlik amaliyoti (operatsiya) o'tkazilishi lozim. Sizlardan esa Umidjon haqqiga faqat duo qilishingizni iltimos qilamiz! Namozlaringizda, duolaringizda eslab turing Alloh taolo shu bolajonimizni dardiga shifoyu komil eto etsin, Ota-onasi va yaqinlarining ko'z quvonchi bo'lib yursin ilohim🤲
✔️Barcha yaqinlaringizga ham jo'nating ko'pning duosi ijobat bo'ladi InshaAllah
😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– ...Siz har kuni duch kelyapsiz-ku, u bola bilan. Uning tuflisiga koʻzingiz tushyapti, uning egnidagi kuylagiga koʻzingiz tushyapti, rangi-roʻyiga koʻzingiz tushyapti. Agar farzanddek shunga munosabat boʻlsa, kun sayin norozi odamlar kamayadi jamiyatda. Mana bizga yana bitta yoʻl.

© Abduqodir Toshqulov

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Qarshi Davlat universiteti rektori "super kontrakt"ga tushgan qizning shartnoma pulini toʻlab beribdi.

"Xalq so‘zi" saytida ma’lum qilinishicha, qiz QarDUning kimyo-biologiya fakultetiga hujjat topshirib, "super kontrakt"ga ilingan ("super-kontraktga" ilinmaslik mumkinmi o‘zi??) Rektor bilan uchrashibdi: ahvolini tushuntirgan bo‘lsa kerak, rektor shartnoma pulini universitet jamg‘armasi hisobidan to‘lab beradigan bo‘lgan.

Endi savollar:
Bitta "super-kontrakt" puliga kamida 5 ta talabaning yillik kontrakt pulini to‘lash mumkin edi. Shartnoma pulini to‘lolmay o‘qishni tashlab ketayotganlar yoki o‘qishga bormay, darsda o‘tirmay, ishlab yurganlar qancha ekan?? Bu qiz keyingi yil puxtaroq tayyorlanib kelgani, o‘rniga bir nechta talabalarga shartnoma puli to‘lab berilgani yaxshiroq emasmidi?

Universitet pulini rektor shaxsan tasarruf qiladimi, bitta suhbat davomida? Kengash-komissiya degan narsalar yo‘qmi?

Xabarni tayyorlagan jurnalistga ham qoyilmasmanki, tahlil yo‘q, ma’lumot chala (balki qiz ijtimoiy qiyin ahvoldadir, balki u yashayotgan hududga aynan shu qiz kabi mutaxassislar yetishmas, balki bir yo yarim ball yetmay qolgandir, xolos - ma’lumot yo‘q bular to‘g‘risida)

Xullas, maqsadli va oqilona mablag‘ sarflashga o‘rganmadik-o‘rganmadik-da.

© Shahnozxon

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg