Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi 29 yoshda

1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun.

Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Davlat granti o'qishni ko'chirganda saqlanib qolishi

Assalomu alaykum, men bir taklif bildirmoqchiman, ya'ni talaba o'qishini mos yoki turdosh yo'nalishga ko'chirganda davlat granti saqlanib qolmaydi, bu esa ko'pchilik talabalarni qiynab kelayotgan muammodir. Shu sababli bu masala bo'yicha nizomga o'zgartirishlar kiritilsa, ya'ni davlat granti o'qishni ko'chirishda ham saqlanib qolinsa biz talaba yoshlar bundan xursand bo'lardik. Shu o'zgartirish amalga oshirilsa, talabalarning ko'pchilik qismi qo'llab-quvvatlagan bo'lardi.

Hozirgi kundagi dolzarb masala ovozga qo'yilibdi.

Davlat grantida o'qiyotganlar o'qishini ko'chirganda kontrakt bo'lib ko'chiradi. Bu tartibga o'zgartirish kiritish uchun ovozga qo'yilibdi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Termiz Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Akbar Djurabayevich Tashkulov Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
#biroz_tabassum

Haqiqiy og’riq 4 yosh ingliz bolacha, ingliz tilini sendan ko’ra yaxshiroq bilishi 😅

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
😢1
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Termiz Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda... 🎓Talaba.uz rasmiy kanali https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ Ommaviy mushtlashuv bo'lmagan, janjal 2 kishi o'rtasida bo'lgan. TerDU rasmiy munosabat bildirdi.

🔹 Termiz davlat universiteti matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti hovlisida talabalar ommaviy mushlashtganligi aytilmoqda” nomli videotasvir yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

📍9-dekabr kuni soat 12:50, tanaffus vaqtida Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti binosi oldida fakultetning matematika ta’lim yo‘nalishi (rus guruhi) 3-bosqich talabasi Abdullayev Dilshod shu yo‘nalish 1-bosqich talabasi Abdusalim Hamroyev bilan o‘zaro turtilib ketish natijasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Natijada o‘zaro gap talashishadi. Keyin A.Hamroyev hovli tomon qochadi. Abdullayev Dilshod uni quvib ketib, bir musht tushiradi. Videotasvirdagi holatda janjalni ko‘rib talabalar yig‘ilgani aks etgan bo‘lib, ommaviy mushtlashuv bo‘lmagan.

Voqea joyiga profilaktika inspektori Dilshod Yusupov, universitet rahbariyati, fakultet dekani va mas’ullar kelib, ular bilan voqea yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Talabalar o‘zaro yarashib olishgan. Fakultet miqyosida talabalar o‘rtasida holat muhokama qilinib, tegishli choralar ko‘rildi. Hozirda Termiz shahar 1-sonli IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Institutga kirgan vaqtimizda ko'pchilikda bir xil niyat bo'lgan: "tezroq dasturlashni o'rganish."

Lekin eng qiyini - boshlash. "Qaysi dasturlash tilini o'rganay, qaysi texnologiyani, qayerda kurs arzonroq, qaysi kurs yaqinroq, o'zim ham o'rgana olarman" degan har xil muhim bo'lmagan savollarni javobini qidirib, oylab, ba'zilarda yillab vaqtlar o'tib ketadi. Maslahatim bunaqa narsalarni o'ylashga ko'p vaqt sarflamang!

Yo'nalish tanlashda adashsangiz ham unchalik katta muammo emas, ya'ni, qaysi texnologiyani o'rgansangiz ham muhimi o'rganish. Boshlagan bo'lsangiz o'zingizga mos yo'nalishga o'tish uchun ham qiynalmaysiz

Agar yo'nalishlarda juda ikkilanyapman desangiz, maslahatim Frontendni o'rganishni boshlayvering. Boshlang'ich bilimlarni olishingiz bilan natijalaringizni vizual ko'rib turasiz (nima ish qilingani ko'rinib tursa o'rganishga qiziqish ham ortadi).

Qayerda o'rganishga kelsak, biror joyda ishlagan loyihalarda qatnashgan dasturchilardan o'rganing. Ularda bilim ham, tajriba ham bo'ladi. Bilishimcha hozirda Idrok ta'limda Frontend bo'yicha EPAM kompaniyasini senior dasturchilari dars beradi. Agar o'rganmoqchi bo'lsangiz shu kursga yozilishni tavsiya qila olaman. Seniorlardan o'rganish sizni mutaxassis qilishga yordam beradi!

Hullas, boshlang bu semestr ham tugay deb qoldi siz hali ham boshlamabsiz, savollarni bas qilib boshlang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda kichik so‘rovnoma o‘tkazdi

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bugun meni juda chuqur ta’sirlantirgan bir hodisa haqida sizlarga so’zlab bermoqchiman. Chekka hududlardagi mahalla yoshlarining muammolarini o’rganib yurganimizdan xabaringiz bor.

Ayni damda Jizzax viloyatidamiz. Ertalab Zarbdor tumani, tushdan keyin Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahallasiga bordik. Yoshlar bilan muloqot qilib turganimizda Shahodat ismli opaga ko’zim tushib qoldi. Opaning ko’zlarida onalarcha mehr bor edi. Ulardan “farzandlaringiz nima bilan shug’ullanadi, deb so’radim?” Ular “4 nafar farzandim bor, ikki qiz, ikki oʻgʻil — hammasi o’qiydi”, deb javob berdilar. 3 nafari toʻlov-kontrakt, bir nafari grantda o’qirkan.

Xayron bo’ldim, qanday qilib bir vaqtning o’zida 3 ta kontrakt pulini to’lash va qo’shimchasiga talabalar xarajatlarni qoplash mumkin axir? Shahodat opa o’z vaqtida oliy ta’lim olish uchun imkoni bo’lmaganligini, lekin hozir hech bir farzandi oliy ta’lim olish imkoniyatidan voz kechmasligi kerakligini aytdilar. Hatto bu oila uchun og’ir moliyaviy qiyinchiliklar tug’dirsa ham.

Men o’zim uchun bugun yangi qahramonni kashf qildim. O’zi yemay-ichmay bolam deb, farzandlari ta’limi uchun borini beradigan mana shunday ota-onalar jamiyatimizning, zamonamizning haqiqiy qahramonlaridir! Rosti ichimdan nima o’tganini o’zim bilaman. Shahodat opadan ularning oilalariga qanday yordam bera olishimni so’radim, ular kamtarona “o’zimiz uddalaymiz” dedilar.

Taqdirni qarangki, “Talabaga madad” loyihasi orqali bir qizlarining kontrakt pulining yarmini to’lab bergan ekanmiz. Endi yana bir qizlarining kontrakt pullarini bir qismini to’lab beradigan bo’ldik. Ayniqsa, qizlari ta’limi uchun harakat qilayotgan Shahodat opaga hurmatim ikki karra oshdi.

O’g’il farzandlari Bunyodbek esa Toshkentda grant asosida o’qir ekan, uning bir yillik yotoqxona xarajatlarini qoplab beradigan, o’qishi uchun agentligimiz nomidan noutbuk sovg’a qiladigan bo’ldik. Shunaqa gaplar, do’stlar!

©️ Alisher Sadullayev

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
BILASIZMI SIZDEK BO‘LISHNI ORZU QILGANLAR BOR!

Qanchadan-qancha mahbuslar bor, siz esa erkinlikdasiz.

Qanchadan-qancha qorni ochlar bor, sizni esa qorningiz to‘q.

Qanchadan-qancha bemor kishilar bor, siz esa sog‘lomsiz.

Qanchadan-qancha uysiz insonlar bor, sizni esa uxlashga boshpanangiz bor.

Qanchadan-qancha qo‘rquvga tushib qolganlar bor, siz esa omonlikdasiz.

Qanchadan-qancha o‘qishni bilmaydiganlar bor, siz esa savodlisiz...

Qanchadir insonga bugungi tongni ko‘rish yoki tunni ko‘rish toza havodan nafas olish baxti nasib etmadi, siz esa yana bir yangi kunni qarshi olib, oilangiz davrasida shodon kayfiyatda birga oʻtiribsiz.

Sizda millionlab insonlar orzu qiladigan ne’matlar bor.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, OTM talabalari uchun 2021 yil 27 dekabrdan 2022 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilanishi kutilmoqda.

Agar ta’til shu tartibda bo‘lsa, 2021 yil 25-dekabr oxirgi o‘qish kuni, 2022 yil 10 yanvar - o‘qishning birinchi kuni bo‘lar ekan.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Shavkat Mirziyoyev yangi Geologiya fanlari universtitetining professor va o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi, ularning takliflari bilan qiziqdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Juda ko’plab insonlarni qalbidan jo’y olgan “Osmondagi bolalar” loyihasi asoschisi Temur aka Adhamov YOSHLARFORUMI.UZ’da sifatli va arzon internet ta'rifini ishlab chiqish haqida taklif bildiribdilar.

Bu taklifni barchamiz qo’llab quvvatlasak yaxshi bo’lar edi. Bu juda ko’p insonlar uchun yaxshi taklif bo’lgan. Ayniqsa 21-asrda…

link

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Talaba.uz | Ta'lim portali
​​Uch yilcha oldin Facebook’da yozgan ekanman… ...Akam va katta opam shartnoma asosida o'qir edi. Kichkina opam esa abituriyent. Men esa shahar markazidagi litseyda o'qir edim. Bizning yolg'iz ta'minotchimiz dadam edilar. Yaxshi ishda ishlar edi-yu, aynan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlari ta'limi uchun borini bergan ota-onalarga bag'ishlaymiz!

"Osmondagi bolalar" jamoasi ushbu videoni farzandlarining ta'limi yo'lida o'zini baxshida qilgan ota-onalarga bag'ishlaydi!

Farzandlarining ta'limi uchun borini bergan ota-onalar, sizlar dunyodagi eng yaxshi insonsizlar! Boringizga shukur!

Bizlar uchun borini baxshida qilgan ota-onalarimizga yuboramiz!

* Bundan bir qancha muddat oldin Valijon aka To’raqulovni ota-onasi haqida yozgan postini kanalga jo’ylagan edik. Barchamizni yemay-yedirgan, kiymay kiydirgan ota onalarimizdan Alloh rozi bo’lsin

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
🤯 Dushanba og'ir kun. Dam olish kunidan keyin bo'lgani uchundir balkim.

Ushbu kunning kayfiyati qolgan kunlarga ham ta'sir o'tkazadi.

Shu kabi fikrlar koʻpchilikda aylanadi. Siz nima deb oʻylaysiz?

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
⚡️ yoshlarforumi.uz platformasida ta’lim muassasalarida majburiy formadan voz kechish taklifi e’lon qilindi.

Ushbu taklifni quyidagi havola orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin: https://yoshlarforumi.uz/uz/idea/item/04213095

🎓Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Bir millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa bo‘lishi shart emas. Buning uchun ta’lim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga o‘rgatishning o‘zi kifoya. Shunday qilinsa:

* Kasal aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qo‘lida o‘ladi.

* Uylar aldov bilan diplom olgan muhandis qo‘lida qulaydi.

* Moliya aldov bilan diplom olgan hisobchi qo‘lida inqirozga uchraydi.

* Insoniylik aldov bilan diplom olgan din shayxi qo‘lida halok bo‘ladi.

* Adolat aldov bilan diplom olgan sudya qo‘lida barham topadi.

* Farzandlar ongi aldov bilan diplom olgan o‘qituvchi qo‘lida xarob bo‘ladi.


TA’LIMNING QULASHI MILLATNING QULASHIDIR.

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❗️ RASMAN: Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

▪️Ijtimoiy tarmoqlarda talaba ijarada turgani uchun daromad solig‘i to‘lashi kerakligi haqida xabar tarqaldi. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, talabaga bunday majburiyat yuklatilmaydi. Mol-mulk uchun daromad solig‘ini uyini ijaraga beruvchi to‘laydi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Buni avtomatik hisoblaydigan “Ijara.soliq.uz” elektron tizimi 1-yanvardan ishga tushadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍1
Sizda ham bo’lib turadimi? 😅

Kanalga ulanish 👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg