Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️TATU talabalari ma'sullarning xatosi tufayli, bugun bo'lib o'tgan yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln so'mdan ortiq pul to'lashi mumkin...

Xabaringiz bor, TATUda kredit tizimi. Ya'ni, fanlardan yiqilsangiz, pulini to'lab qayta topshirishga ruxsat olishingiz kerak degani.

Bugun tizim xatosi va savollarning haddan tashqari murakkabligi tufayli ko'p TATU talabalari yiqilgan.

Barcha talabalar norozi, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan yordam so'rashmoqda. Sababi, TATU ma'sullari talabalarni eshitishgani ham yo'q.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱93👍62😢33
❗️ O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali yangi ochilgan filiallardan biri bo'lishiga qaramay tizimda g'alati ishlar ro'y bermoqda.

Guruhda o'rtada turib beruvchi dalollar ko'paygan. 4 baho uchun 150.000 so'm. (Narxi past ekan lekin😉)

Ismi sir bo'lib qolishni so'ragan talabaning aytishicha, domlalar talabalardan foydalanayotgan ekan. Buning evaziga domla talabaning fanlarini hal qilib berarkan)

Odam bo'lmaymiz, tizim shunday pastga qarab cho'kmoqda🛩

P.s: Tuxmat deb gap talashayotganlar diqqatiga. Siz bilan bunaqa holat yuz bermagan bo'lsa hamma oppoq degani emas. Vaholanki, biz murojaatchining xabarini e'lon qildik.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱74👍33👎23
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️ O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali yangi ochilgan filiallardan biri bo'lishiga qaramay tizimda g'alati ishlar ro'y bermoqda. Guruhda o'rtada turib beruvchi dalollar ko'paygan. 4 baho uchun 150.000 so'm. (Narxi past ekan lekin😉) Ismi sir bo'lib…
❗️ O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limidagilar surishtiruv ishlari boshlanganini e'lon qildi.

P.s: Ayni vaqtda Izzatillo ismli talaba o'z profillarini o'zgartirib yubordi. Ayrim talabalar esa @Talabauz ma'muriyatiga jinoiy ish ochmoqchi emish)) Qani davom etamiz, qayergacha borarkansizlar😉

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍41👎14😁8
❗️Rasman

Mamlakatimizda o'quv jarayonlari an'anaviy ta'limga o'tkaziladi.


Xususan, 2022 yil 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.

Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

©Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👎214👍75😢19
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Rasman Mamlakatimizda o'quv jarayonlari an'anaviy ta'limga o'tkaziladi. Xususan, 2022 yil 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv…
❗️Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 7- fevralga qadar avia va temiryo‘l chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

Oliy ta'lim muassasalariga ham 7-fevraldan darslar boshlanishi 100 foiz haqiqat. Bu haqida vazirlik rasmiy sahifasi e'lon qildi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👎96👍49😢14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sizlarni yaqinlashayotgan xavf bilan tanishtiramiz.

Ijarada yashayotgan talabalar hozirdan kvartira topib qo'yishingiz maqsadga muvofiq. O'qishlar an'anaviy bo'lishini uy dallollari ham eshitishdi. Narxlar ko'tarilishi aniq.

Afsuski, bu bizning eng og'riqli nuqtalarimizdan biri.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢96😁40👎33
Yurakdagi gaplarni aytibdi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍347🔥53❤18
❗️Ushbu audio xabar murojaat botimizga yetib keldi. (Qaysi OTMga tegishli ekanligi noma'lum)

Lekin bu degani rasmiy emas. Ertaga aniqlashtiramiz.

Bugungi qarorda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining aybi yo'q. Ular ham Respublika maxsus komissiya buyrug'iga ko'ra ish tutishadi. Bechora talabalar sarson bo'lisharkanda. Talabadan ham koʻra ustozlar, tyutorlar ovvora boʻladi...

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍288👎41❤14
​#achchiq_haqiqat

​​TALABA

Kim qanday talqin qilsa qilsin-u, lekin “Yigitning omadi yer ostida bo‘ladi” deganlari chippa-chin ekan! Gadoy topmas qishlog‘imda hech qaysi qiz betimga qaramasdi, katta shaharda katta bir o‘qishga kirib gul chehralarning erkatoyiga aylandim, qoldim. Kunoro o‘qish tugagandan keyin biror tanish qizni olib restorangga kiraman. Beye, jaydari yigit shaharning ovqatlarini farqiga borar emishmi, taomlar nomi yozilgan yupqa kitobni mehmonimga qarab uloqtir yuboraman: “Tanlayver akang aylansin, boy akangning davrida oshab qol!”. Ofatijon oqbilakoyim ham nafis lablarini chuchchaytirib, sinaman degan ingichka barmoqlarini nuqqancha taom va ichimliklardan tanlashga tushadi.

O‘lay agar, uning ingichka barmoqlari har to‘xtagan taomlar narxining orqasidagi nollar to‘rttadan kam bo‘lsa! Biroq cho‘ntakdan ko‘nglim to‘q, shuning uchun ham oshkora kibr bilan, o‘rindiqda yastani-i-ib o‘tiraman...
Izohlab o‘tsam: cho‘ntakdan xavotirlanmasligimga sabab yaqinda olgan stipendiyamdan oz muncha ortgan bo‘ladi, bu safar qadrli biror kiyimimni ham, kerakli biror hujjatimni ham “esdalikka” qoldirmasdan restorandan chiqib ketamiz. Oqbilakoyimni yotoqxonasi yonigacha kuzatib qo‘yarkanman, u menga mayin jilmayib qo‘llarini silkiydi. Xax, ishva-yu xiromoningdan akang! So‘ng, qadrdon yotoqxonamga asta qaytaman...

Ammo ko‘pincha mana shunday uchrashuvlardan qaytib krovatimga cho‘zilganda kayfiyatim tushadi. Oqbilakoyimdan bu mayin tabassum-u, barmoq silkitishdan ortiqroq nimadir kutgan edimmi, bilmayman, ko‘nglimga qumirsqadek bo‘lib o‘kinch urmalaydi. Xo‘rligim kelib onamni, otamni eslayman. Tushkunlikka bardoshim chidamaydi. Volidamga bo‘lgan mehrim yuragimni sil qilib, uyimizda o‘zim xabarlashib turish uchun qoldirgan eski telefonimning raqamlarini terishni boshlayman.

To‘xtab-to‘xtab raqamlarni terar ekanman, onamga aytmoqchi gaplarim huddi qog‘oz maktubga bitilayotganday miyamga yozila boshlaydi:
“Assalom-u, alaykum enajon, yaxshimisiz? Otajonim ham yaxshi mol boqib yuribdilarmi, qishloqning podasi qiynamayaptimi? Enajon, mendan so‘rasangizlar o‘qishlarim yaxshi. Faqat kecha adashib stuldan teshib chiqqan mixga o‘tirib olibman. Yo‘o‘q, yo‘o‘q, yo‘o‘-o‘-o‘-q, do‘xtirga ko‘rindim, salgini shilinibdi, biror xafta qatnab davolansang bitib ketadi, deyapti. Shanba kuni Abdurashid akaning o‘g‘li Berdishukur qishloqqa boradi. Shunga otam ikkalalaringiz pensalaringizni olgan bo‘lsangizlar uch-to‘rt sum berib yuborsangiz, yaxshi bo‘lardi. (Yaqinda jo‘natganlaringizni obuna, yotoqxona xaqi va boshqa xarajatlarimga sarflagan edim.) Lekin sira xavotir olmangizlar, duxtir ham aytganiday jaroxatim uncha xafli emas. Sizlarni judayam sog‘inganman, xudo xoxlasa ikki-uch xaftalarda qishloqqa o‘zim ham borib qolsam kerak, deb BITTA-Yu BITTA O‘GʻLINGIZ!"

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍96😢49👎35
❗️Kanalimizda chiqqan post bo'yicha Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi munosabat berdi

"Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari murojaati nazoratga olinadi.

Kecha, 2 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda TATU mas’ullarining xatosi tufayli talabalar bo‘lib o‘tgan yakuniylardan universitet hisobiga 300 mln so‘mdan ortiq pul to‘lashi mumkinligi haqidagi e’tirozli xabar tarqaldi.

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida mazkur masalani o‘rganish bo‘yicha mas’ullardan iborat tezkor ishchi guruh tuzildi.

Holat ishchi guruh tomonidan ob’yektiv va batafsil o‘rganiladi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumot vazirlik rasmiy manbalari orqali qo‘shimcha e’lon qilinadi.
@eduuz

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍68🔥8😁4
Talaba.uz | Ta'lim portali
Voice message
❗️Oliy ta'lim muassasalarining 1- va 2-kurs talabalari darslarni masofaviy tarzda davom ettirishlari aytilmoqda.

Ma'lumot aniqlashtirilmoqda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍438👎125😢42
❗️ Tezkor: TDTUda 1-bosqichlar uchun 21-fevraldan, 2-bosqichlar uchun 14-fevraldan an'anaviy darslar boshlanadi.

Qolganlarga 7-fevraldan.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍69👎54😁25
❗️ Samarqand davlat chet tillari institutida gibrid o'quv jarayonlari boshlanadi.

Batafsil rasmda.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍64👎23🔥4
❗️TATU Qarshi filialida ham kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalar uchun o‘quv jarayoni grafigi tasdiqlanibdi:

1-bosqich — 7 martdan an’anaviy tarzda bahorgi semestr uchun o‘quv jarayoni boshlanadi. 12 fevralgacha oraliq va yakuniy nazoratlarni ONLAYN topshirishadi. 14 fevraldan 5 martgacha qishki ta’til;

2-bosqich — 14 fevraldan an’anaviy tarzda bahorgi semestr boshlanadi. 7 fevraldan ta’tilga chiqishadi;

3-bosqich — 21 fevraldan an’anaviy tarzda bahorgi semestr boshlanadi. 7-19 fevral kunlari ta’til beriladi.

4-bosqich — 7 fevraldan an’anaviy tarzda bahorgi semestr boshlanadi.

magistrlarga — 21 fevraldan an’anaviy tarzda bahorgi semestr boshlanadi. 7-19 fevral kunlari ta’til beriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍73👎21🔥6
❗️ RASMIY: Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍94👎71😁8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hazil_time

❗️Xitoy xalq og'zaki ijodidan😉

👦Vazirning o'g'li: Dada uyda zerikdim. Bir kursdoshlarni ko'rsam deyman

👨‍🦰Vazir: Ha bo'ldi bolam. Ta'limni offlayn qilamizda

👦Vazirning o'g'li: Yog'e dada onlayn yaxshi

👨‍🦰Vazir: Sen ko'rishib bo'lganingdan keyin onlayn qilamizda bolam

P.s: Bu xitoyliklar rosa talabalarni sarson qilib tashladida. Yaxshiyam bizda tinch hammasi)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁178👍27😢11
❗️Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida an’anaviy oʻquv jarayonlari quyidagi sanalarda boshlanadi:

• Bakalavriat 1-kurslar 22-fevraldan
• Bakalavriat 2-kurslar 15-fevraldan
• Bakalavriat 3- va 4-kurslar 7-fevraldan
• Magistratura 1- va 2-kurslar 7-fevraldan

Bu taʼlimning kunduzgi va kechki taʼlim shakllari uchun amal qiladi!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍63👎13😢4
❗️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida an'anaviy o'quv jarayonlari quyidagi sanalarda boshlanadi:

3-bosqich va magistratura 1-bosqich talabalari uchun — 7 fevral (yakuniy nazorat 14 fevraldan boshlanadi),

1- va 2-bosqich talabalari uchun — 14 fevral (yakuniy nazorat 21 fevraldan boshlanadi),

4-bosqich talabalari uchun — 21 fevral

an’anaviy dars jarayonlarida ishtirok etish sanasi etib belgilandi.

24 fevraldan boshlab ta’lim jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklda olib boriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍39👎10🔥5