Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi.

✅ Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻramoqda. 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi pasport (ID karta) olmagan.

❗️“OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur”, deya eslatmoqda vazirlik.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍19👎4
❗️ “O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnali ta’sis etildi

🔰 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi “O‘zbekistonda oliy ta’lim” deb nomlangan yangi ilmiy jurnal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

📃 Ijtimoiy, ilmiy-ommabop jurnal yangi formatda, yiliga 4 marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

✅ Jurnalning ilk soni Navro‘z bayrami arafasida chop etilib, mutolaa uchun keng jamoatchilikka taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

📑 Unda oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, amaliyotga joriy qilinayotgan tadqiqotlar, xorijdagi ta’limning o‘ziga xosliklari, akademik olimlar-u yosh izlanuvchilarning ilm-fan rivoji borasidagi takliflari, tahlillari va yutuqlari o‘rin oladi.

P.s: Ko'ngilni to'q qiling, bu jurnalga obuna bo'lishga majburlanmaysiz😉

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍19👎9😁2
❗️Asosiy stavkaning oshirilishi ta’lim kreditiga ta’sir qiladimi?

Bugun, 17-mart kuni Markaziy bank asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, yillik 17 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunga qadar 14 foiz edi. Xo‘sh, bu talaba-yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun 2021-yildan ajratilishni boshlagan ta’lim kreditiga ta'sir qiladimi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 22-bandiga asosan ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Bundan kelib chiqib, 2022-yil 17-martga qadar rasmiylashtirilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi, ushbu sanadan keyin rasmiylashtirilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida, ya’ni 17 foiz etib belgilanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍22👎4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda ajoyib laylak qor yogʻmoqda

(Hovlimizga qorlar yogʻdi pag'a pag'a ☃️)

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍25🤩4🔥3
Forwarded from Talaba.uz | Ta'lim portali
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

Do'stlaringizga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍20❤6👎1
❗️Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev:

«Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi.

Bu orqali har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Amaliyot davrida yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan talabalarga o‘qishni boshqa turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha davom ettirishga ruxsat beriladi».

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍34😱8👎4
❗️2022/2023-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍46👎5🔥1
❗️TALABAGA YENGILLIK

👨🏻‍💻 Aylanma varaqa (“обходной лист”)ni toʻldirish amaliyoti raqamlashtirildi

Taʼlim muassasalarini tugatganda yoki oʻqishni bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirganda aylanma varaqani toʻldirish amaliyoti bekor qilinib, “HEMIS” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda:

👉 talaba oʻz profili orqali elektron aylanma varaqasini olish uchun soʻrov joʻnatish imkoniyatiga ega boʻladi;

👉 oliy taʼlim muassasasidagi buxgalteriya va kadrlar boʻlimi, fakultet dekanati, axborot resurs markazi hamda yotoqxona masʼullari tomonidan talabaning elektron aylanma varaqasi shakllantiriladi;

👉 talaba oʻz profili orqali shakllantirilgan aylanma varaqa va unga kiritilgan izohlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍20🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qo'rqmadi,chempionatinggayam dedi, sovrininggayam dedi... Shartta kamchiliklarni aytib tashladi

Aytishlaricha, bugun Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani Zarbdor mahallasida Zakovat tanlovi o'tkazilgan va bosh sovringa 10 ta iPhone 13 pro Max qo'yilgan ekan.

Lekin g'oliblarni aldashgan!!! Telefon tugul qutisini ham ko‘rsatishmagan!

Bolalarni xo‘rozqand bilan aldagandek " televizor olib turinglar telefonlaringizni keyin olib kelib beramiz" deyishyapti ekan)
G'oliblar televizorlarni olmagan.

"Men sovg'a uchun emas adolat tiklanishi uchun, yoshlarga ajratilgan mablag'lar yoshlarga sarflanishi uchun, yangi, xaromxo‘rlardan holi O'zbekistonni qurish uchun sizga yozyapman. Iltimos, bizga yordam bering!" - deb murojaat qildi o'quvchilardan biri.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍160🤬37🔥6
❗️Bayram kunlari narx-navoni otti kallasidek qilib yuboradigan xalqmiz bor...

Bu gap hammaga ham tegishli emas, gap egasini topasi.

Bugundan barcha talabalar viloyatlarga qaytishmoqda. Lekin afsuski, yo'l kiralar juda qimmat bo'lib ketibdi. 80.000 so'm bo'lgan narxlar aynan bugun 250.000 so'm bo'lib ketgan.

Kimdir 3 oy deganda, yana kimdir 6 oy deganda uyiga ketyapti. Yo'l-kiraning narxi tufayli ham ota-onasiga 2 ta non ko'tarib borolmaydi(((

Talabalar uchun 50 foizgacha bo'lgan chiptalarni va reyslar sonini ko'paytirish kerak edi.

Biz ishonamiz, bilamiz baribir bu holatga hech qachon barham berilmaydi.

Hurmatli talabalar uyingizga omon-eson yetib oling. Asosiysi oila sog'inchi😊😊

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍89🤬40🔥9
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️Bayram kunlari narx-navoni otti kallasidek qilib yuboradigan xalqmiz bor... Bu gap hammaga ham tegishli emas, gap egasini topasi. Bugundan barcha talabalar viloyatlarga qaytishmoqda. Lekin afsuski, yo'l kiralar juda qimmat bo'lib ketibdi. 80.000 so'm bo'lgan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Avtobuschilar ham insofini yevorishibdi...

Samarqandga 120.000 so'mdan, tikka turib ketishi uchun olayapti ekan😒

Noinsoflar, ko'cha sovuq bo'lsa, bunaqa tubanlashib ketmanglar😡

Ma'sullar nimadir qilsangizchi, bu talabalarni aybi 19-mart kuni uyga ketayotganimi???

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬100👍19👎12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Sobir Rahimovda odam to'la, aytishlaricha narxlar kechgacha yana ko'tarilishi mumkin...

"Eh go'dakkina, Dubay Pubayda Sheyxni bolasi bo'lib tug'ilsang bo'lmasmidi. Hozir sovuqda u yoqdan buyoqqa yurib taksist bilan savdolashmagan bo'larding("

Ma'sullar chora ko'rishingizni so'rab qolamiz!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬87👍34😁14
❗️SamDu talabalari Navro'z sayli uchun 15000 so'mdan yig'ib berayotgani aytilmoqda.

Shu talabalarni rosa siqishdida... Bu yoqdan taksi, bu yoqdan majburiy to'lovlar...

Talabalarni boyvachcha deb o'ylashadi shekilli))

Navro'z sayllari uchun universitet hisobidan pul ajratilmasmidi mabodo?

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬131👍39🤔17
❗️ Moliyaviy mustaqillik berilgan 35ta OTMlarda kontrakt miqdorlari faqat 2022/2023-o'quv yili va undan keyin qabul qilinadigan talabalar uchun o'zgaradi.

✅ Qolgan 2-3-4-kurs talabalari uchun kontrakt miqdorlari BHM-baravari bo'yicha to'lanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍48🤬11😱9
❗️Maktabda olingan baholar shu yildan emas❌ kelasi yildan hisobga olinadi ✅

Majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlaridan boshlab amalga oshiriladi.

Yaʼni, shu yil emas kelasi yildan kuchga kiradi bu qaror.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍36😁12🤬10
🌺 Barchani yangilanish, yasharish bayrami bo'lmish Navro'zi - olam bilan tabriklaymiz. Sihat-salomatlik, fayz-u baraka, tinchlik-hotirjamlik, omad, baxt sizni va oilangizni hech qachon tark etmasin. ALLOHdan so'ragan ne-ki ezgu niyatlaringiz bo'lsa ro'yobini ko'rishingizni so'raymiz...

Barcha talabalarimizning o'qishlariga omad tilaymiz!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍23🎉9❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

❗️Har bir insonning o‘z vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda o‘xshab, menda o‘xshamadi demang hurmatli bitiruvchi talabalar hamda o'qishga kirish uchun tun-u kun mehnat qilayotgan abituriyentlar.

Sizning ham o‘z vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.


Shunchaki tomosha qiling, fikr qiling!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍29
❗️Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 490.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"
nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

📌 Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

☝️Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (490.000 so'mni) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

📌 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍73😁6👎3
#biroz_tabassum

— Nimaga savolga savol bilan javob qaytarasan?
— Oʻzing nima deb oʻylaysan?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁157👍20👎9
Top-1000(2022).pdf
3.3 MB
❗️Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qarorga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍37🔥3❤2