Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️ O'tgan yili o‘qishni ko‘chirishda o‘tish ballari qancha bo'lgan edi?

Xorijiy OTM, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirishda quyidagi o‘tish ballari:

➖Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
➖Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
➖Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 100 ball;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
➖Milliy rassomlik va dizayn instituti — 70,56 ball;
➖Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi OTM uchun — 66,1 ball;
➖Navoiy davlat konchilik instituti va uning Nukus filiali uchun — 66,1 ball.
➖ Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
➖ Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallari uchun — 56,7 ball;
➖ Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball.

* O'qishni ko'chirish uchun o'tish ballari bundan yuqoriroq bo'lishi ham mumkin...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍43😱8👎4
❗️Har yili...

Har yili mamlakatda minglab talabalar o‘qish pulini to‘lay olmagani uchun universitetlardan haydaladi.

Har yili yana o‘n minglab talabalar faqatgina otasining pullari bo‘lgani uchungina o‘qishga kiradi va diplom oladi.

Har yili yuz minglab otalar bolasini o‘qitish uchun qullikka rozi bo‘ladi.

Har yili yana shuncha otalar bolasi uchun pora oladi, davlat sirlaridan ko‘ra hozir azizroq bo‘lgan boyligini talon-taroj qiladi.

Har yili minglab o‘qituvchilar bir tiyinga qimmat ilmiy ishlarni yoqlaydi va shu ilmni talabalarga pullaydi.

Har yili qanchadan-qancha qizlar faqat o‘qish puli uchun o‘zini sotadi.

Har yili minglab onalar bolasini o‘qitish uchun o‘z jigarlarini davolatishdan voz kechadi.

Har yili... har yili shu ahvol yangi bo‘ladi. Yasharadi, tozalanadi va takrorlanadi.

Har yili minglab talabalar o‘qishni tugatadi. Ammo ularning ko‘ksini yorib ko‘rsangiz, faqat ichak borday, uzun ichak... "Yeyman, yeyman, yeyman", — deb qo‘lni tirnab tishlaydigan kattakon ichak va tishlar.

©Javlon Jovliyev "Qo‘rqma" asaridan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍147😢91🔥15
❗️Talabalik vaqtida eng ko'p ishlatilgan gaplar... 😁

• Hech kim sizlarni bu yerga majburlab olib kelmagannnnn (o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari)

• Kontrakt to‘lamagan talabalar diqqatiga: ...........(....).....(dekan va o‘rinbosarlari)

• Darsdan keyin ketib qolish yo‘qqqq, hamma tadbirgaaaaa (fakultet yetakchisi)

• To‘rtta ''kuchli-zabardast'' yigit kerak, stipendiya chiqdiiiiii (madaniy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari)

• Bollarrrr stipendiya tushdii oshgaaa (guruh sardori)

• Hamma 10 mingdan bersinnnnnn, fondgaaaa (MIB, ya'ni guruh hisobchisi)

• O‘zlaring bilib-bilib pulni berib ketinglarrrrr (tug‘ilgan kunlar uchun pul yig‘ishga mas'ul kursdoshim)

• Xo‘shshshsh bugungi axborot soati mavzusi kimga berilgann (kurator)

Sizlarda ham shunday xotiralar bormi tengdoshlarim?
Unda albatta komentariyada yozib qoldiring.


Tanishlarga joʼnatamiz 😉

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁154👍71❤11
Talabasiga tegajog‘lik qilishda ayblanayotgan “zamdekan ishi” bo‘yicha tergov yakunlandi, ish sudda yopiq ko‘riladi – Bosh prokuratura

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari, talaba qizni zo‘rlashga urinishda ayblangan Bog‘abek Yuldashevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanib, ish sudga oshirilgan.

«Zamdekan» mojarosi ortidan TDPU rektori Alisher Umarov ishdan olingan, uning o‘rniga Abdug‘affor Qirg‘izboyev tayinlangandi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimdagi xotin-qizlar zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlariga duch kelganda murojaaat qilishlari uchun 1006 ishonch telefoni hamda @himoya_otv_bot’ni ishga tushirdi.

O‘zbekiston bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ish sudda yopiq tarzda ko‘rilishini ma’lum qildi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬27👍25🤔7
​❗️O‘zbekistondagi 4 ta OTM Buyuk Britaniyaning yosh universitetlar reytingidan o‘rin oldi

🇺🇿 O‘zbekistondagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi ilk bor 🇻🇬 Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligini Young University Rankings – 2022 (“Yosh universitetlar reytingi – 2022”) reytingidan o‘rin oldi.

Mazkur OTMlar yangi turdagi maqom — “Reporter” universitetlar qatorida e’tirof etilgan. Bular:

☑️ Toshkent davlat yuridik universiteti;
☑️ Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
☑️ Turin politexnika universiteti;
☑️ Urganch davlat universiteti
;

Young University Rankings reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxat World University Rankings flagmani bilan bir xil 13 ta mezon ko‘rsatkichlariga asoslangan. 2022-yilgi reyting 539 ta universitetni o‘z ichiga olib, shundan 251 ta oliygoh “Reporter” maqomiga ega bo‘lgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍50😱6👎5
#bilasizmi?

❗️Texnikumda yaxshi oʻqigan bitiruvchilar OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi.

▪️Muvaffaqiyatli bitiruvchi semestrlarni 4 va 5 baholarga yakunlashi, baholarining kamida 50 foizi 5, tibbiyot OTMlari uchun 85 foizi 5 bo‘lishi kerak.

✅ Bunday bitiruvchilar suhbat asosida 2-kursdan o‘qishni davom ettirishi mumkin.

❌ Bu tartib harbiy va nodavlat OTMlarga, Toshkent davlat yuridik universitetiga tatbiq etilmaydi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍42👎9🔥1
❗️Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, "susanbul" degan otmda diplom ishlariga $oqqa olishni boshlab yuborishibdi.

Yo'g'e bu sizga tegishli emas, namuncha qovog'ingizni uyasiz ustoz)

Stavka narxlari 250💸ga ko'tarilib ketibdi...

Qizig'i, shu pul berayotgan "mardlar" ham bor ekan😊

"- Sizni nima ishingiz bor, o'qimagandan keyin pulga yopamizda. Kanalingizni jimgina yuriting." deydigan talabalar, omadingizni bersin😉

Qizig'i ming bilimi borlar ham berishga majbur bo'layotgani...

*Qaysi OTM ekanligini aytmadik, shunchaki ehtiyot bo'ling)

"Ehtiyotkorlik - qo'rqoqlik emasdir"

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍88🤬22😁12
❗️OTMlarga 2022/2023 o‘quv yili kirish imtihonlari uchun 94 ta katta sig‘imli pavilyon hamda 53 ta stadion va xiyobon tanlangan

AOKAda Davlat test markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaz tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, topshiriqlar ijrosi va 2022 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berildi:

📝O‘tayogan o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 1 mln 792 ming 40 nafar nomzod onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

✔️Imtiyozli
qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha jami 13 080 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

2022 yilda belgilangan ustuvor vazifalarga ko‘ra, test sinovlari natijalarini eʼlon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartirildi;

▫️Chet tillaridan test sinovlariga xalqaro standartlar asosida ko‘p darajali (multilevel) test tizimi joriy etiladi va 5000 nafardan ortiq talabgorga sinovlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍37👎3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Samarqandda talaba qiz o‘zini yuqori qavatdan tashladi

Voqea tunda Samarqand davlat universitetining talabalar yotoqxonasida sodir bo‘lgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😱51😢19👍12
Talaba.uz | Ta'lim portali
❗️OTMlarga 2022/2023 o‘quv yili kirish imtihonlari uchun 94 ta katta sig‘imli pavilyon hamda 53 ta stadion va xiyobon tanlangan AOKAda Davlat test markazi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaz tomonidan 2021 yilda…
❗️ Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍53🤬15😁6
#achchiq_haqiqat

No comment...

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁99👍48😢33
⚡️RASMAN: Ramazon oyi 2 apreldan boshlanadi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2022 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 2 aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
👍38❤12🔥5
Omadli insonlar!

Agar bugun ertalab sog' - salomat uyg'ongan bo'lsangiz dunyodagi 7 mlrd, 916 mln insondan baxtliroq ekansiz!

Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo'lsangiz ayni damda 1.2 mlrd insondan omadliroqsiz!

Urush taxlikasi va xavf - xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo'lsangiz 500 mln insondan erkinroq ekansiz!

Cho'ntagingizda pulingiz bo'lsa dunyodagi omadi kulgan 1 mlrd insondan birisiz!

Ota - onangiz, turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo'lsa siz dunyodagi noyob insonlar qatoridasiz!

Bergan ne'matlariga yaratganga shukur ayting!

Juma muborak!

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
❤68👍44🎉2
#hazil

❗️Maktabdan institutgacha😄

Maktab vaqtida: “Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi!”

Kollej vaqtida: “Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, oʻqishga kirishing kerak!”

Institut vaqtida: “Oʻgʻlim qizlarga qarama, oʻqi, tugatib ishga kir, muhimi shu!”

Ishga kirgach: “Uylansang uylanda endi, shuncha paytdan beri birorta qiz topmagansan, tezroq top”.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁156👍36👎6
Diqqat intiqlik bilan kutganlarimiz boshlanyapti 😊

Bugun 1-aprel tarovehning 1-kuni.

O'qiladigan sura va oyatlar: Fotiha surasidan Baqara surasining 141-oyatigacha

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
❤44👍23🤩9
❗️OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinadimi?

Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tomonidan 2020-yilda “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihasi tayyorlangan.

Mazkur qaror loyihasida dastlab tajriba-sinov tariqasida Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining, keyinchalik esa barcha umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qaror loyihasida avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlari topshirishi belgilangan.

Ya’ni imtihonlar unifikatsiya qilinishi OTMlarga kirish imtihonlarining to‘liq bekor bo‘lishini anglatmaydi, balki umumta’lim muassasalari bitiruvchilari 2 marotaba imtihon topshirish (yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMlarga kirish test sinovlari) o‘rniga yagona test sinovi orqali yakuniy davlat attestatsiyasini topshirib, shu test natijasi bilan OTMlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishini bildiradi.

© Davlat test markazi

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍32👎16
"Solar Orbiter" Quyoshni tarixdagi eng yaqin masofadan suratga oldi.

Bu rasm yer yuzida Quyoshning eng yuqori sifatli rasmi deb topildi - bu rasm 83 megapiksel. Koinot kemasi suratlarni 2022-yil 7-martda olgan.

Quyoshgacha bo'lgan masofa yaqin bo'lganligi sababli, zond Quyoshning butun maydonini suratga olishi uchun 25 ta surat kerak bo'ldi. Umuman olganda, suratga olish jarayoni to‘rt soat davom etgan.

🎓
Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍66🔥15🤩7