Talaba.uz | Ta'lim portali
5.45K subscribers
3.41K photos
1.27K videos
262 files
8.9K links
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal

▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari

Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!

Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz

Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @Hikmatulloh_Karimberdiyev
Download Telegram
❗️Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi o‘yin klubidagi mushtlashuvdan so‘ng vafot etdi

Sergeli tumanidagi 68-maktabning 10-sinf o‘quvchisi o‘zaro mushtlashuvda kuchli zarba natijasida halok bo‘ldi. Uni kompyuter klubida 19 yoshli yigit urib o‘ldirgan.

❗️Hurmatli ota-onalar, farzandingiz maktabdan keyin qanday vaqt o‘tkazayotganini diqqat bilan kuzatib boring.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😢52🤬38👍12
#Obunachimizdan

No comment😁

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍61😁48😱23
❗️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022 yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishlari shart.

XTV ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

Bu yil maktabni bitirib ID karta olmasa, u o‘quvchi imtixonlarga kiritilmaydi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍24🤬7👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talaba universitet uchun mijoz.

"Otti kallasidek kontrakt to'laydi..."

Ajoyib gaplar bo'libdi👍 Videoni ochib ko'rishingizga arziydi. Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍109🔥33👏7
❗️Yuridik texnikum bitiruvchilarini OTMga qabul qilish tartibi

▪️Qarorga ko‘ra, bitiruvchilar yo‘llanma uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn ariza topshiradi.

Nomzod uchun talablar:

▫️har bir fan bo‘yicha reytingi 71 va undan yuqori (sirtqi yoki masofaviy taʼlimdagilar uchun 85 va undan yuqori);
▫️chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikat;
▫️maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlarida faolligi, shaxsiy yutuqlar;
▫️ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etish.

✅ Yo‘llanma olganlar hujjatini 5–25-iyulda OTMga yuboradi. Suhbat 10–25-avgustda o‘tkaziladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍39👎5😢3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu inson Nik Vuchich. Yashashni o‘rganing do‘stim. Biz ko‘p narsani bilmasdan, anglamasdan xulosa chiqaramiz.

"Ayrim insonlar fikricha, "Hayot mashaqqatli, keyin biz o‘lamiz." Yo‘q, unday emas. To‘g‘ri hayot qiyin, lekin biz haqiqiy uyimizga ketamiz. Ya’ni Xudoning huzuriga. Mana shu joyda umid bor. Va hammamiz bizga Xudo kerakligini tushunib yetamiz. Pul, mansab, obro‘.... Bular hech nima emas. Shuning uchun farzandlarimizga Xudoni tanishtirishimiz va o‘rgatishimiz kerak. Toki ular bu hayotda umid borligini tushunishsin."

Ushbu videoni ko'rib ko'zingizga yosh kelishi hech gap emas! Gohida to'rt muchamiz sog' bo'lib, hayotdan noliymiz.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍45😢13❤5
❗️📣Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori muvofiq 2022 yil 3-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (phd.mininnovation.uz) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.

❗️Hujjatlar joriy yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

📌Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍35🔥4👏2
#Xalqaro_olimpiada

❗️📣Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi O‘zbekistonda!

🇺🇿Joriy yilning 9-16-may kunlari bo‘lib o‘tadigan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

🌏Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan ushbu nufuzli olimpidada Avstriya, BAA, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Vengriya, Isroil, Latviya, Makedoniya, Ozarbayjon, Armaniston kabi 20ga yaqin davlatlarning o‘quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

🔬Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.
👉https://imcho56.uz/

📌Maʼlumot uchun: Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
👍15👏4🔥1
#Rasman

❗️2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi — XTV.

O‘zbekiston maktablarida 9- va 11-sinf o‘quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
😁34👍31👎6
❗️Tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, magistraturaga kirish uchun xalqaro yoki DTM tomonidan beriladigan chet tili sertifikati bo'lish majburiy talabi joriy yildan amalga oshirilmasligi mumkin.

Magistraturaga topshiraman deb niyat qilib yurganlar bo'lsa, sizlar uchun bu yaxshi imkoniyat))

Bu yil nima bo'lsa ham topshirib olinglar!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍118🤬10👎7
❗️Jizzaхda futbol akademiyasi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 6.04.2022 yildagi «Jizzaх viloyatida futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 159-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan «Sugʻdiyona» va «Sugʻdiyona Women» professional futbol klublari huzurida ⚽️ Futbol akademiyasini tashkil etish nazarda tutilgan.

Akademiya faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi, bunda oʻquv jarayoni unga eng yaqin masofada joylashgan umumta’lim maktablarida tashkil etiladi.

Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilandi:

☑️ yosh istiqbolli sportchilarni tanlab olish va tarbiyalash masalalari boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, futbol mahorat maktablari, iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-uslubiy va me’yoriy-aхborot yordami koʻrsatishni ta’minlash;

☑️ zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish;

☑️ Akademiya bazasida milliy terma jamoalari va ularning zaхiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda oʻtkazib borish;
☑️ Yevropa futbol jamoalari, futbol maktablari, akademiyalari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.

Akademiya qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab olish va tayyorlash tayyorlashga yoʻnaltirilgan nodavlat sport ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Akademiyaning umumiy kontingenti 168 nafar oʻquvchini tashkil etadi, har yili tanlov asosida 24 nafar qobiliyatli futbolchilar qabul qilinadi.

Akademiyada oʻqish muddati 7 yilni tashkil etadi, oʻqish yakunlanganidan soʻng attestat beriladi. Bitiruvchilarga olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlarida keyingi maхsus, kasb-hunar ta’limi berilishi ta’minlanadi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍18👎6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Kostyum-shim kiyib yurgan "obodonlashtirish" xodimlari aslida talabalar bo'lib chiqibdi

Qizig'i qaysi OTMdan siz deb so'raganda, TATU, Milliy universitet deb javob beribdi))

Talabalarning majburiy mehnatiga qanday qaraysiz?
Onlayn ko'rish

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤬66😁22👍15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon oyining uchinchi Jumasi muborak bo'lsin!

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍37❤8😁4
❗️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍27👏3
❗️Moliyaviy mustaqil OTMlar qanday huquqlarga ega?

▪️“Huquqiy axborot” kanalining eslatishicha, prezident qarori bilan 35ta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilmoqda. Ular quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi mumkin:

▫️kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
▫️mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
▫️o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
▫️xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish;
▫️bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👏33👍23🤬11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ QarDU 4-bosqich talabasi guruhiga o’zi tushunib tushunmay diniy audiofayl tashlagani uchun unga uch yarim yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi

Sud universitetda bo’lib o’tgan

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
🤔39😢31👍24
​❗️Oliy ta’lim vaziri: “Magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilmoqda”


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qarshi davlat universitetining iqtidorli talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Abduqodir Toshqulov tizimda o‘z yechimini kutayotgan muammolarga to‘xtalib, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida batafsil so‘z yuritdi.

Tadbirda talabalarning magistratura mutaxassisligiga o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati majburiy qilinganligi to‘g‘risidagi savolga oliy ta’lim vazirining bergan javobi barchani xursand qildi.  

– Shu savolga javob berish asnosida sizni yangi o‘zgarishdan xabardor qilmoqchiman, – dedi A.Toshqulov. –

Joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibini ko‘rib chiqyapmiz.

O‘zi shunday ham talaba 8 semestr davomida mutaxassislik fanlaridan kerakli ko‘nikma va bilimni egallaydi. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha bali hisobga olinadi. Hozirda ushbu taklif o‘rganilyapti.  
 
O‘z navbatida A.Toshqulov bildirilgan taklif va tashabbuslarni o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.  

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍63👎30🤬7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 MILLION JAMOASINING YANGI KONSERT DASTURI (FULL HD)

Onlayn ko'rish

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍99🤬28👎26
❗️Tolibon Afg‘onistondagi universitetlarda yigitlar va qizlar uchun alohida ta’lim joriy qildi.

Talaba qizlar shanba, dushanba va chorshanba kunlari, talaba yigitlar yakshanba, seshanba va payshanba kunlari universitetlarga boradilar.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍176👎40🤔12
Fanlar_majmuasi-2022.pdf
9.4 MB
❗️DTM: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

🎓Talaba.uz rasmiy kanali👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ㅤ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
👍27🤬5👎3